O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar
^ationalUniversity^fUzbekista^^^^^^^^^MediaeiHi
TARBIYADA "MONTESSORI METODF'NI OMMALASHTIRISH
Mavluda O'ktam qizi Ro'zimboyeva
Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Amaliy psixologiya, kechki ta'lim yo'nalishi,
3-bosqich talabasi
ANNOTASIYA:
Malumki, har bir jamiyat taraqqiyotida ta'lim tizimining ahamiyati katta. Ta'lim esa bevosita tarbiya bilan uyg'unlikni kasb etadi. Bu borada xalqimizning asrlar bo'yi amal qilib kelinayotgan ustoz- shogirt an'analari yoxud tarbiyaga oid: bir bolaga yetti mahalla ota-ona, tarbiya oiladan boshlanadi, kabi qarashlarini inkor qila olmaymiz. Biroq shu bilan birgalikda jamiyat rivojlanishi, zamon bilan rivojlangan mamlakatlar taraqqiyotining ijobiy jihatlarni o'ziga ichiga olgan qarashlar bilan ham bog'lanishi zarur. Bolaning ta'lim va tarbiya olishida eng foydali va samarali sanalgan usullaridan biri montessori ta'lim usuli bo'lib u metod asosida-, bolaga ota-ona yoxud pedagog o'zlarining mulki sifatida emas balki mustaqil shaxs sifatida qarab munosabat bildirishlari me'zon qilib olinadi.
Kalit so'zlar: Tarbiya, Ta'lim usuli, Ta'lim metodi, Toksik elementlar, bilingual altsgeymer, autizm.
АННОТАЦИЯ:
Известно, что система образования имеет огромное значение в развитии каждого общества. Образование напрямую связано с образованием. В этом отношении мы не можем отрицать сложившиеся веками традиции нашего народа, его взгляды на воспитание: у одного ребенка семь родителей, и воспитание начинается с семьи. Однако при этом необходимо связывать развитие общества и развитие развитых стран с положительными аспектами. Одним из самых полезных и эффективных методов обучения детей является метод Монтессори. В его основе лежит принцип, согласно которому родители или учителя относятся к ребенку как к независимой личности, а не как к своей собственности.
Ключевые слова: Образование, метод обучения, образовательный метод, токсичные элементы, двуязычный, болезнь альцгеймера, аутизм.
ABSTRACT:
It is known that the educational system is of great importance in the development of every society. Education is directly related to education. In this
May 2024
330
O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar
^ationalUniversity^fUzbekista^^^^^^^^^Mediaeiui
regard, we cannot deny the traditions of our people, which have been practiced for centuries, or their views on education: one child has seven parents, and education begins with the family. However, at the same time, it is necessary to connect the development of society and the development of developed countries with positive aspects. One of the most useful and effective methods of child education is the Montessori method of education. It is based on the principle that parents or teachers treat the child as an independent person, not as their property.
Keywords: Education, method of education, educational method, toxic elements, bilingual, alzheimer's, autism.
Ma'lumki, har bir jamiyat taraqqiyotida ta'lim tizimining ahamiyati katta. Ta'lim esa bevosita tarbiya bilan uyg'unlikni kasb etadi. Bu borada xalqimizning asrlar bo'yi amal qilib kelinayotgan ustoz-shogirt an'analari yoxud tarbiyaga oid: "bir bolaga yetti mahalla ota-ona", "tarbiya oiladan boshlanadi", kabi qarashlarini inkor qila olmaymiz. Biroq shu bilan birgalikda jamiyat rivojlanishi, zamon bilan rivojlangan mamlakatlar taraqqiyotining ijobiy jihatlarni o'ziga ichiga olgan qarashlar bilan ham bog'lanishi zarur.
Bolaning ta'lim va tarbiya olishida eng foydali va samarali sanalgan usullaridan biri montessori ta'lim usuli bo'lib u metod asosida -, bolaga ota-ona yoxud pedagog o'zlarining mulki sifatida emas, balki mustaqil shaxs sifatida qarab munosabat bildirishlari me'zon qilib olinadi. Bolalarni asosan o'yin orqali rivojlantirishga qaratilgan bu metod hozirgi kunda ko'plab rivojlangan mamlakatlardagi ota-onalar tomonidan bolaning ilk dunyoga kelgan paytidan boshlab qo'llaniladi.
Montessori ta'lim usulida bolaning katta va kichik motorikasi rivojiga kata ahamiyat qaratish zarur konsepsiyadir. Uning kognitiv bilish jarayonlari rivojiga foyda beruvchi diqqatini rivojlantiruvchi o'yinlar katta va kichik motorlikasi rivojlanishi ta'minlab beradi. Yurtimizda bir necha bog'chalarda, xususiy ta'lim dargohlarida, maktabgacha ta'lim maskanlarida bu usul kam bo'lsada qo'llanilayotganiga guvoh bo'lishimiz mumkin. Lekin, bu to'laqonli yetarli degani emas, bu metodni har bir ota-ona farzandi dunyoga kelganining ilk kunlaridan boshlab qo'llashi kerak. Bolaga kitob o'qib berish uning bajarayotgan harakatlarini asosan kuzatish va hamma narsani o'ziga qo'yib berish bolaning jamiyatga hayotning har xil vaziyatlariga ideal tarzda tayyor bo'lishini ta'minlaydi. Nimagadir bizda "bolani oynaga qaratma yomon bo'ladi" deyishadi. Lekin Montessori metodi bo'yicha bolalarga tug'ilishi bilan past qilib oyna o'rnatib, qorni bilan yotqizib oynaga qarashiga undashadi. O'zini taniydi, kuzatadi, harakatlarini ko'ra oladi deyishadi. Va qorni bilan ko'p yotgan bolalarni mushaklari mustahkamlanadi,
May 2024
331
O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar
bo'ynini tez tutib oladi, atrofni bemalol tomosha qiladi faqat shiftni ko'ravermasdan, boshi tekis bo'lib qolish xavfi kamayadi.
Montessori metodi bo'yicha uydagi narsalar bola o'ynashiga mos bo'lishi kerak. Masalan, o'yinchoqlari korobkaga solingan holatdamas, ustida terilgan, ko'rinib turadigan (easily accessible) holatda turishi kerak. Kitoblari ham terilib turilishi kerak emas. Yuzi oldinga qilib taxlab qo'yilishi kerak aslida. Bola o'zi mustaqil borib o'ynay oladigan, kitob o'qiy oladigan bo'lishi kerak. Shu o'rinda bugungi kunda montessori ta'lim usuliga qilinayotgan noto'g'ri yondashuvlarni ham sanab o'tish zarur. Sir emaski, ushbu metodning jihatlarini o'rganib olgan ayrim insonlar hozirgi kunda ota-onalarga asosan bu metodni pul asosida, kurslar orqali o'rgatishmoqda aslida esa bu metod hamma uchun qo'llanilishi oson metod hisoblanadi va bolaga u bilan shug'ullanishda kerak bo'ladigan vositalarni hamma joydan topish mumkin va ularni onalar o'z qo'llari bilan yasay oladi. Muhimi bolaning erkin holatda rivojlanishi ta'minlansa bas va qo'llaniladigan mahsulotlar kerak bo'lsa uning o'yinchoqlari kitoblari barchasi tabiiy ingridientlardan (environmentally friendly) qilinishi; zararli ya'ni toksik elementlardan tashkil topgan bo'lmasligi kerak. Mana shu kabi jihatlar bilan hisoblashgan holda metodga yondashish ijobiy natijalarni olishni ta'minlab beradi, bundan tashqari bolaning ilk yoshlaridanoq uning ikki tilli (bilingual) tarzda voyaga yetishiga ham ushbu usulni yaxshi tarzda amalga oshirish orqali erishish mumkin. Masalan: montessori usuli doirasida shunday maslahatlar beriladi-ki, farzandi ikki yoki undan ortiq tilda gapirishini istagan ota-ona uyida mana shunday muhit yaratish kerak bo'ladi oila a'zolaridan ota-ona alohida tillarda ona bir tilda, ota esa boshqa tilda bolaga gapirishi kerak yoxud uy ichidaligida bir tim tashqarida va ko'chada ikkinchi til orqali gaplashish kerak mana shu vositasida ham bolaning tez va oson tarzda bir emas bir nechta tilni o'rganishi taminlab beriladi.
Xulosa qilib aytganda, har tomonlama ushbu metod xalqimiz orasida ommalashtirilsa o'zining ijobiy natijalarini ko'rsatmasdan qolmaydi va bu metod doirasida tarbiyalangan ta'lim olgan bola kelajakda turli xil kasalliklarga chalinishining ham ehtimollari kamayadi aytish kerak bo'lsa altsgeymer kasalligi yoki autizm kasalliklarning ham oldini olishga montessori metodini ommalashtirish orqali erishiladi.
REFERENCES:
l.The Montessori Baby: A Parent's Guide to Nurturing Your Baby with Love, Respect, and Understanding Book by Junnifa Uzodike and Simone Davies 2 .Fausyek Yu.U. Motessori bolalar bog'chasi. T.: «Yangi asr avlodi» 2007y
332
May 2024
O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar
NatjonalUniver^
2. THE MONTESSORI ELEMENTARY MATERIAL, by Maria Montessori. The A dvanced Montessori Method, volume 2. The education of children from 7 to 11 512 p
3.THE MONTESSORI METHOD, by Maria Montessori. Introduction by Martin Mayer. Illustrated The education of children from 3 to 6 448 pages.
4. SPONTANEOUS ACTIVITY IN EDUCATION, by Maria Montessori. The Advanced Montessori Method, volume 1. 348 pages.
333
May 2024