Научная статья на тему 'TARBIYA IJTIMOIY HODISA'

TARBIYA IJTIMOIY HODISA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tarbiya / A.Avloniy / insoniyat / tarix / barkamol shaxs / ta`lim / ijtimoiy hodisa.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shomurotova Zilola Yolchiyevna, M.A.Esonova

Maqolada tarbiyaning faoliyat sifatida ijtimoiy hodisa ekanligiga doir fikrlar aks ettirilgan, adib A.Avloniy fiklari keltirilgan va insoniyat tarixining hamma davrlarda pedagogik faoliyat ham mavjud bo’lganligi aks etgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARBIYA IJTIMOIY HODISA»

TARBIYA - IJTIMOIY HODISA

1Shomurotova Zilola Yo'lchiyevna, 2M.A.Esonova

1Qoqon DPI Maktabgacha talim fakulteti 102-kundizgi gurux talabasi, 2Qoqon DPI dotsenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11211804

Annotatsiya. Maqolada tarbiyaning faoliyat sifatida ijtimoiy hodisa ekanligiga doir fikrlar aks ettirilgan, adib A.Avloniy fiklari keltirilgan va insoniyat tarixining hamma davrlarda pedagogik faoliyat ham mavjud bo 'lganligi aks etgan.

Kalit so^zlar: tarbiya, A.Avloniy,insoniyat, tarix, barkamol shaxs, talim, ijtimoiy hodisa.

Аннотация. В статье отражены мысли о том, что образование является социальным явлением, представлены труды писателя А. Авлони, показано, что педагогическая деятельность существовала во все периоды человеческой истории.

Ключевые слова: образование, А. Авлони, человечество, история, всесторонне развитая личность, социальное явление.

Abstract. The article reflects the thoughts that education is a social phenomenon, presents the works of the writer A. Avloni, and shows that pedagogical activity existed in all periods of human history.

Keywords: education, A. Avloni, humanity, history, comprehensively developed personality, social phenomenon.

Mutafakkir Abdulla Avloniy ta'kidlaganidek, "Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot: yo najot, yo halokat: yo saodat, yo falokat masalasidir". Insoniyat tarixiga nazar tashlar ekanmiz, hamma davrlarda pedagogik faoliyat ham mavjud bo'lgan. Insonni dunyoga kelishi, faqat tug'ilishidan iborat tabiiy-biologik hodisa emas, balki tug'ilgandan keyin o'z zamonasining taraqqiyoti darajasiga ko'tarilishi, mavjud ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashi, jamiyatda o'z o'rnini belgilab olishi, tarixiy jarayonining faol ishtirokchisiga aylanishi, ya'ni tarbiya olishi kerak. Bu jarayonda katta avlod o'zining yashash, kurash va mehnat tajribasini, bilim va malakalarini kichik avlodlarga bera boshlaydi, ya'ni yangi tug'ilgan odam bolasining rivojlanishi, shakllanishi va voyaga etishi jarayoniga rahbarlik qilingan, boshharilgan. Bu tarbiya deb atalmish ijtimoiy hodisa orqali amalga oshirilgan. Jamiyat rivojlangani sari yetuk, barkamol shaxslarni etishtirish ehtiyoji hamortib borgan hamda o'zgarib, yangilanib, jamiyatga xizmat qilgan. Insoniyat jamiyatning turli bosqichlarida ta'lim-tarbiya tashkilotlarini yaratish, yosh avlodlarni o'qitish va tarbiyalash sohasidagi tajribalarni nazariy jihatdan anglash, umumlashtirish va hayotga tadbiq qilish jarayonida pedagogika fani paydo bo'la boshladi. Pedagogika ta'lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalari, davlat ta'lim standartlari, ta'lim va tarbiyaning usullari, tashkil etish shakllari, umuman uning qonuniyatlari haqidabilim, ma'lumot beradigan fanga aylandi. Pedagogika atamasi ham qadimiy bo'lib, "bola yetaklovchi" degan ma'noni bildiruvchi yunoncha "paydogogos" so'zidan kelib chiqqan. Tarixiy manbalarning ko'rsatishicha, qadimgi Yunonistonda o'z xo'jayini (quldor)ning bolalarini sayr qildirgan, ehtiyot qilgan tarbiyachini, ya'ni qullarni "pedagog" (bola yetaklovchi) deb atashgan. Keyinchalik esa, maxsus o'qitilgan va pedagoglikni o'ziga kasb qilib olgan kishilarni pedagog deb atay boshlashgan. Inson yaratilishi, paydo bo'lishi zahotiyoq ilm va tarbiyaviy sifatlar uning yashashi, hayot kechirishi uchun eng zaruriy shart va vositalar ekanligini anglab boradi. Shuning uchun insoniyat jamiyatning ilk ko'rinishlaridanoq tarbiya bilan shug'ullanuvchi mutaxassislarga ehtiyoj tug'ildi, desak biz tarbiyani faqat bir tomonini, ya'ni boshqalarni yana ham xususiylashtirib, agar yoshlarni tarbiyalash, desak tarbiya tushunchasiga juda ham tor qaralgan bo'ladi. Chunki tarbiya eng avvalo har bir insonni o'ziga qaratilgandir. Har

bir kishi doimo ham aqliy, tarbiyaviy, jismonan takomillashib, shakllanib boradi. Ayrim kishilar bu fikrga qo'shilmasliklari mumkin. Bunda jamiyatdagi o'rta, katta avlodning tarbiyasida kamchiliklar, etishmovchiliklar bor ekan-da, degan xulosa chiharmasligi kerak. Negaki, olamning moddiy-ma'naviy tuzilishi, qurilishi, uning rivoji, insonning moddiy - ma'naviy yashash sharoiti, imkoniyatlari, uning aqliy, axloqiy, jismoniy holati bilan o'zviy bog'liq. Shuning uchun tabiatning inson yashashi, mavjudligi, baxtiyorligini ta'minlash imkoniyatlari, uning aqliy-axloqiy, jismoniy rivoji, o'sishiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liqdir. Tabiatdagi, jamiyatdgi muammolar insoniyatni ma'naviy-aqliy rivojlanishiga yo'naltirib unga o'zining yangi-yangi xazinalarini ochib beraveradi. Yuqorida sanab o'tilgan ikki sifat komil inson sifatining asosini tashkil etadi. Komil inson sifatlarini tarbiya sohasidagi ilmlarni xulosalab, mujassamlashtirilsa, ular asosan uchta:

1. Ezgu niyat, fikr;

2. Ezgu so'z, xushmuomalalik;

3. Ezgu ish, ezgu faoliyatdan iboratdir.

Mana shu yuqoridagi uch sifat o'qitishning, ta'lim-tarbiyaning bosh maqsadidan iboratdir. Bu bosh maqsad insonlarda, yoshlarda, mutaxassislarda komillik sifatlarini takomillashtirish, yoshlarni zamonaviy, axloqiy-amaliy o'quv, malaka, ko'nikmalar bilan qurollantira borish, mutaxassislarda har bir sohaga mos ilm, bilim, ko'nikmalar hosil qilishdan iborat bo'lgan pedagogika fanining zamonaviy fan asoslarini kengayganligini ko'rsatadi. Zamonaviy talimda pedagogika fanining predmeti, o'qitishning ta'lim-tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari, mazmuni, usullari, vositalari bilan kishilarni, yoshlarni, mutaxassislarni qurollantiruvchi fan bo'lganligi uchun uning metodologik asoslari maqsad va vazifalari dunyoning moddiy-ma'naviy rivojida shaxs kamoloti uyg'unligi qonuniyatlari va davlatning zamonaviy siyosatidan kelib chiqadi. Pedagogika fanlari tizimida tarbiyalanuvchilarning yoshlariga qaratilgan tarmoq pedagogikalar mavjud. Jumladan: maktabgacha ta'lim pedagogikasi, boshlang'ich ta'lim pedagogikasi, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi pedagogikasi, oliy ta'lim pedagogikasi, ishlab chiharish pedagogikasi, pedagogik menejment, davolash pedagogikasi, gerontopedagogika, harbiy pedagogika, yangi pedagogik texnologiyalar kabilardir. Bu tarmoq pedagogikalar maktabgacha ta'lim tashkilotlarida umumiy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy o'quv yurtlarida olib boriladigan ta'lim-tarbiya jarayonining qonuniyatlarini o'rganadi. Bulardan tashqari difektologiya deb ataluvchi maxsus pedagogika ham shakllandi va maxsus o'quv maskanlarida o'qituvchi, tarbiyachilar tayyorlashda surdopedagogika (soqov bolalarni o'qitish va tarbiyalashda), tiflopedagogika (ko'zi ojiz bolalarni o'qitish), oligofrenapedagogika (aqliy rivojlanishdan orqada qolgan bolalarni tarbiyalash va o'qitish) logopediya (nutqi yaxshi rivojlanmagan bolalarni o'qitish) masalalari bilan shug'ullanadi.

Xulosa qilib aytganda, tarbiya -ijtimoiy hodisa sifatida o'rganilishida pedagogika fanlari tizimining muhim tarmog'i sifatida aniq fanlarni o'qitish va o'rganishning qonuniyatlari o'rganuvchi uslubiyot fanining ham xizmatlari beqiyos kattadir. Har bir fanni o'qitishnig o'ziga xos yo'l-usullari mavjuddir. Zero, Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev fikrlari bilan aytganda "Bizning asosiy maqsadimiz - yoshlarning sifatli ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'lishiga erishish, ularning o'z qobiliyatini va iste'dodini ro'yobga chiharishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratib berishdan iborat".

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni. T., "O'zbekiston", 2020-yil 23-sentabr.

2. O'zbekiston Respublikasi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida" Qonuni 595-sonli qonun.2019 yil 22-oktyabr

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentyabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3261-sonli Qarori.

4. "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi (takomillashtirilgan)., Toshkent 2022-yil

5. Esonova M. A., Maktabgacha pedagogika, Darslik. Toshkent 2022-yil

6. Esonova M. A., Maktabgacha pedagogika, O'quv qo'llanma Toshkent 2022-yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.