Научная статья на тему 'TA'LIMNI RAQAMLASHTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI'

TA'LIMNI RAQAMLASHTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
47
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim / raqamlashtirish / zamonaviy texnologiyalar / ta’lim jarayoni / ta’limni shaxsiylashtirish / raqamlashtirishning konseptual asoslari / ta'lim sifatini oshirish / raqamli ma’lumotlar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Karimov A.A.

Maqola ta'limni raqamlashtirishning nazariy asoslari, zamonaviy texnologiyalarni ta'lim jarayonlariga qo'shish va o'rganish samaradorligini oshirishga qaratilgan turli konseptsiyalar, nazariyalar va yondashuvlarni o'z ichiga oladi. Bu soha, o'qituvchilar va ta'lim muassasalariga o'quvchilarning bilim olish jarayonlarini qanday qilib zamonaviy, interaktiv va shaxsiylashtirilgan qilish borasida muhim yo'naltiruvchi asoslab beradi. Asosiy nazariyalar orasida konstruktivistik yondashuvlar, kognitiv nazariyalar, sotsiokultural nazariyalar, TPACK (Texnologik Pedagogik Kontent Bilim), o'rganishni boshqarish nazariyalari va masofaviy o'rganish nazariyalari mavjud. Bu nazariyalar, ta'limni raqamlashtirishning keng qamrovli maqsadlarini, jumladan, o'rganish jarayonlarini faollashtirish, ta'limning individualizatsiyasi, ijtimoiy o'rganishni rag'batlantirish, texnologik ko'nikmalarini rivojlantirish, o'qitish usullarini diversifikatsiyalash va masofaviy o'rganish imkoniyatlarini ta'minlashni qo'llab-quvvatlaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA'LIMNI RAQAMLASHTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI»

TA'LIMNI RAQAMLASHTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI

Karimov A.A. PhD, dotsent

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.11039460

Annotatsiya. Maqola ta'limni raqamlashtirishning nazariy asoslari, zamonaviy texnologiyalarni ta'lim jarayonlariga qo'shish va o'rganish samaradorligini oshirishga qaratilgan turli konseptsiyalar, nazariyalar va yondashuvlarni o'z ichiga oladi. Bu soha, o'qituvchilar va ta'lim muassasalariga o'quvchilarning bilim olish jarayonlarini qanday qilib zamonaviy, interaktiv va shaxsiylashtirilgan qilish borasida muhim yo'naltiruvchi asoslab beradi. Asosiy nazariyalar orasida konstruktivistik yondashuvlar, kognitiv nazariyalar, sotsiokultural nazariyalar, TPACK (TexnologikPedagogikKontent Bilim), o'rganishni boshqarish nazariyalari va masofaviy o'rganish nazariyalari mavjud. Bu nazariyalar, ta'limni raqamlashtirishning keng qamrovli maqsadlarini, jumladan, o'rganish jarayonlarini faollashtirish, ta'limning individualizatsiyasi, ijtimoiy o'rganishni rag'batlantirish, texnologikko'nikmalarini rivojlantirish, o'qitish usullarini diversifikatsiyalash va masofaviy o'rganish imkoniyatlarini ta'minlashni qo'llab-quvvatlaydi.

Kalitso'zlar: ta'lim, raqamlashtirish, zamonaviy texnologiyalar, ta'limjarayoni, ta'limni shaxsiylashtirish, raqamlashtirishning konseptual asoslari, ta'lim sifatini oshirish, raqamli ma'lumotlar.

Abstract. The article includes the theoretical foundations of digitization of education, various concepts, theories and approaches aimed at adding modern technologies to educational processes and increasing the effectiveness of learning. It provides important guidelines for the field, educators and educational institutions on how to make student learning processes modern, interactive andpersonalized. Major theories include constructivist approaches, cognitive theories, sociocultural theories, TPACK (Technological Pedagogical Content Knowledge), learning management theories, and distance learning theories. These theories describe the broad goals of digitization of education, including activation of learning processes, individualization of education, promotion of social learning, development of technological skills, diversification of teaching methods, and distance learning opportunities 'supports provisioning.

Keywords: education, digitization, modern technologies, educational process, personalization of education, conceptual basis of digitization, improvement of the quality of education, digital information.

Аннотация. В статье представлены теоретические основы цифровизации образования, различные концепции, теории и подходы, направленные на добавление современных технологий в образовательный процесс и повышение эффективности обучения. Он предоставляет важные рекомендации для отрасли, преподавателей и образовательных учреждений о том, как сделать обучение студентов более современным, интерактивным и персонализированным. Основные теории включают конструктивные подходы, когнитивные теории, социокультурные теории, TPACK (знания технологического педагогического содержания), теории управления обучением и теории дистанционного обучения. Эти теории описывают широкие цели оцифровки образования,

включая активацию процессов обучения, индивидуализацию образования, содействие социальному обучению, развитие технологических навыков, диверсификацию методов обучения и возможности дистанционного обучения.

Ключевые слова: образование, цифровизация, современные технологии, образовательный процесс, персонализация образования, концептуальные основы цифровизации, повышение качества образования, цифровая информация.

Ta'limni raqamlashtirish jarayoni maktablar, universitetlar va masofaviy kurslarda ilovalar, dasturlar va boshqa raqamli ta'lim vositalaridan foydalanishlari ya'ni, o'quvchilar topshiriqlarni daftarda emas, balki Internetdagi platformadan foydalangan holda bajarishlari tushuniladi.

"Oxirgi yillarda qilingan ishlar, albatta, o'z natijasini berdi, xizmatlar qulay va odamlarga yaqin bo'ldi. Lekin raqamli texnologiyalar kun sayin o'zgarib, yangi-yangi imkoniyatlar ochilmoqda. Shuning uchun har bir vazirlik, davlat organi va hududlarda yangi dasturlarni joriy etish bo'yicha 'yo'l xaritasi' ishlab chiqish kerak" [1],

Respublikamizning hozirgi davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish tamoyillari jahondagi taraqqiy etgan mamlakatlar qatoridan munosib o'rin olish uchun ma'naviy salohiyatimizni va iqtisodiy qudratimizni yanada oshirish, ularni XXI asr ilmiy-texnika taraqqiyoti talablariga javob beradigan tarzda qayta qurishni talab qiladi. Buning uchun yoshlarimiz dunyoqarashini o'zgartirish, ularning bilim va ma'naviyatlarini jahon andozalari darajasiga ko'tarish zarur [2].

Bugungi kunda O'zbekistonda ta'lim muassasalarida raqamlashtirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda, bu ishlar mamlakatning raqamli transformatsiya strategiyasining bir qismi hisoblanadi.

Jumladan, "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasi doirasida, raqamli infratuzilma, elektron hukumat, raqamli texnologiyalar milliy bozori, axborot texnologiyalari sohasida ta'lim va malaka oshirish kabi ustuvor yo'nalishlar rivojlantirilmoqda. Bundan tashqari xalqaro hamkorlar bilan birgalikda ta'lim sohasida keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda, jumladan maktablarni qayta qurish, ta'mirlash, o'qituvchilarning malakasini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlash kabi tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, ta'lim tizimidagi boshqaruv tizimini takomillashtirishga ham katta e'tibor qaratilmoqda. AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) va YUNISEF kabi xalqaro tashkilotlar O'zbekistonda ta'lim sohasidagi loyihalarni qo'llab-quvvatlamoqdalar [3].

Bundan tashqari, davlat umumiy o'rta ta'lim muassasalarining o'quv jarayoniga xalqaro tan olingan ta'lim dasturlarini joriy etish ishlari ham olib borilmoqda. Bu jarayon xalq ta'limi vazirligi tomonidan nazorat qilinib, xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. Bu ishlar O'zbekistonning ta'lim tizimini zamonaviy talablarga javob beradigan darajada modernizatsiya qilish va raqamli iqtisodiyotning asosiy "drayveri"ga aylantirish maqsadiga xizmat qiladi.

Raqamli texnologiyalarni joriy qilish orqali ta'lim sifatini oshirish, o'qituvchi va talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish hamda ta'lim muassasalarining samaradorligini oshirish kutilmoqda. Bu borada ta'limni raqamlashtirishning konseptual asoslariga alohida urg'u berishimiz talab etiladi. Endi "Konseptual" so'zi konsept yoki tushuncha bilan bog'liq narsalarni ifodalash uchun ishlatiladi. Bu so'z asosan, g'oyalar, tamoyillar, qarashlar yoki nazariyalarni anglatishda qo'llaniladi. Konseptual tahlil yoki konseptual loyihalash kabi iboralarda, bu so'z muayyan bir mavzuni yoki loyihani tushunish va ishlab chiqishning asosiy g'oyaviy yoki nazariy jihatlari bilan shug'ullanishni bildiradi. Konseptual yondashuv, shuningdek, muammolarni hal

qilishda yoki yangi g'oyalar yaratishda asosiy tushunchalar va tamoyillarga urg'u berishni anglatishi mumkin.

Raqamlashtirishning konseptual asoslari, asosan, ma'lumotlar va jarayonlarni raqamli shaklda ifodalash va ishlashga oid usullar va printsipialarni o'z ichiga oladi. Raqamlashtirish, keng ma'noda, an'anaviy analog shakldagi ma'lumotlarni raqamli formatga o'girish jarayonini anglatadi. Bu jarayon texnologiya, kommunikatsiya, ma'lumotlar saqlash va ishlov berish sohalarida keng qo'llaniladi. Quyida raqamlashtirishning asosiy tushunchalari va unsurlari keltirilgan:

- Raqamlashtirishning asosiy qadami analog shakldagi ma'lumotlarni (masalan, qog'ozdagi yozuvlar, foto suratlar yoki tovush yozuvlari) raqamli ko'rinishga o'girishdir. Bu jarayon skanerlash, digitalizatsiya yoki raqamli yozish orqali amalga oshiriladi.

- Raqamli ma'lumotlar elektron qurilmalarda, masalan, qattiq disklar, SSD, bulutli saqlash xizmatlari va boshqalarda saqlanadi. Raqamli format ma'lumotlarni osonroq qidirish, tahlil qilish va ulashish imkonini beradi.

- Raqamli ma'lumotlar ustida turli xil ishlov berish amallari bajarilishi mumkin, masalan, tahrirlash, filtrlash, saralash, matematik hisob-kitoblar va boshqalar. Bu jarayonlar dasturiy ta'minot yordamida amalga oshiriladi.

- Raqamli ma'lumotlar turli kodlash sxemalari orqali ifodalanadi. Masalan, matn Unicode formatida, tasvirlar JPEG yoki PNG kabi formatlarda, audio MP3 yoki WAV kabi formatlarda saqlanadi. Dekodlash jarayoni esa ma'lumotlarni foydalanuvchiga tushunarli shaklga keltirish uchun kerak bo'ladi.

- Audio, video va boshqa turdagi signalarni raqamlashtirish va ular ustida turli xil ishlov berish (masalan, tahrirlash, kompressiya, shovqinlarni kamaytirish) signalni ishlov berish sohasiga kiradi.

- Raqamli ma'lumotlarni himoya qilish muhimdir. Bu maqsadda shifrlash, parollar, elektron imzolar va boshqa xavfsizlik texnologiyalari qo'llaniladi.

- Raqamli ma'lumotlar turli tarmoqlar orqali, masalan, Internet yoki lokal tarmoqlar (LAN) orqali osonlikcha uzatilishi mumkin. Bu jarayon ma'lumotlar uzatish protokollari va standartlari asosida amalga oshiriladi.

Raqamlashtirishning konseptual asoslari, zamonaviy texnologiyalar va ularning keng qo'llanilishi bilan bog'liq ko'nikmalarni o'z ichiga oladi. Raqamli texnologiyalarning tez rivojlanishi tufayli bu sohada doimiy o'qib borish va yangi bilimlarni egallash muhimdir. Ta'limni raqamlashtirishda shaxsni raqamlashtirishning tabiati bilan mos keladi. Ta'limni raqamlashtirish negzida shaxsni raqamlashtirish g'oyasi yotadi. Yuqorida ta'kidlanganidek, shaxslar qaysi raqamli texnologiyalarni qabul qilishlari va ulardan foydalanishlari to'g'risida qaror qabul qilishlari uchun javobgardirlar va ular pul to'lashlari va korporativ rag'batlantirish va yordamisiz bunday texnologiyalardan qanday foydalanishni o'rganishlari kerak. Bu omillar korporativ kontekstdagidan farqli qaror qabul qilish vaziyatiga olib keladi va potentsial ravishda qaror qabul qilishda shaxsning faolligini oshirishga va IT dan foydalanishning turli natijalariga olib keladi [2].

1.Yangi dastur domenlarining ko'tarilishi: IT qurilmalari nafaqat yaxshilangan funksiyalardan, balki IT bo'lmagan oldingi qurilmalarni raqamli boyitishdan ham foyda ko'rayotganligi sababli, foydalanuvchilar ITdan tobora ko'proq foyda olishlari mumkin bo'lgan yangi dastur domenlari paydo bo'lmoqda.

2. IT tobora keng tarqalmoqda, yangi IT katta masofalarda ma'lumot almashishda yordam berishi mumkin bo'lsa-da, biz foydalanuvchilar va IT o'rtasidagi jismoniy masofa ko'p hollarda

yo'qolib borayotganini ham kuzatamiz. Agar ilgari asosan statsionar qurilmalar ishlatilgan bo'lsa, ular vaqt o'tishi bilan tobora ko'proq harakatchan bo'lib, ko'pincha tanaga kiyiladi va tobora ko'proq foydalanuvchilar bilan birlashishi mumkin, eng ekstremal holatlarda hatto jismoniy shaxslarning tanasida ham qo'llaniladi.

3.Foydalanuvchilar o'zlarining IT landshaftini yaratadilar, ilgari shaxsiy kontekstda IT dan foydalanish bir necha qurilmalar bilan chegaralangan bo'lsa, bugungi kunda ko'plab foydalanuvchilar IT arsenaliga ega bo'lib, ular qulaylik va salomatlik maqsadlari uchun xizmat qilmoqda.

4. Raqamli immigrantlar ustunlik qiladi, vaqt o'tishi bilan bunday muhitga ko'chib o'tish o'rniga, raqamli muhitda o'sgan foydalanuvchilar soni ortib bormoqda. Bu raqamli texnologiyalarni qabul qilish va ulardan foydalanish bo'yicha foydalanuvchi imtiyozlarini o'zgartirishga olib keladi va yangi kontekstlarda IT tarqalishining muhim ustuni bo'lishi mumkin, bu esa etkazib beruvchilar va foydalanuvchilar uchun muhim oqibatlarga olib kelishi mumkin.

5. Salbiy va ijobiy ta'sirlar faqat faol foydalanish bilan bog'liq bo'lishi shart emas, IT va kundalik hatti-harakatlarning kuchli o'zaro bog'liqligi tufayli yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy va ijobiy ta'sirlar ham uchta yo'l bilan ishlatilmaydigan stsenariylarga ko'proq harakat qilmoqda: birinchisi, turli texnologiyalar ham foydalanish vaqtidan tashqarida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xavflarni (masalan, ma'lumotlarni yozib olish orqali) yoki foydalanish bilan bog'liq bo'lmagan imtiyozlarni (masalan, xavfsizlik hissi) taklif qilish. Ikkinchidan, foydalanish paytida yuzaga keladigan salbiy ta'sirlar IT-dan foydalanish davridan tashqarida ham o'zini namoyon qilishi mumkin (masalan, ijtimoiy tarmoqlarda ijtimoiy so'zlash); xuddi shunday, foydalanishdan keyin ijobiy ta'sirlar paydo bo'lishi mumkin (masalan, sog'liq uchun foyda). Uchinchidan, raqamli qurilmalardan foydalanmaslik haqidagi qarorlar inson hayotining turli jabhalariga tobora kuchayib boradi (masalan, ijtimoiy istisno va raqamli tafovutning salbiy tomoni va farovonlikning ijobiy tomoni).

Oliy ta'lim muassasalarida raqamlashtirishning ahamiyati va zarurati, jamiyatda va ishlab chiqarishda raqamli texnologiyalarning tobora keng tarqalishi bilan bevosita bog'liqdir. Raqamlashtirish, ta'lim jarayonini yanada samarali, interaktiv va moslashuvchan qilish orqali o'qituvchi va talabalar o'rtasidagi o'qitish va o'rganish jarayonini tubdan o'zgartirishi mumkin. Quyida oliy ta'lim muassasalarida raqamlashtirishning asosiy ahamiyati va zarurati haqida batafsilroq to'xtalamiz:

- ta'lim sifatini oshirish: raqamli resurslar va vositalar, masalan, elektron darsliklar, interaktiv ta'lim platformalari va o'quv simulyatorlari ta'lim sifatini oshiradi. Ular o'quv materiallarini yanada tushunarli va yodda qolarli qilishga yordam beradi;

- o'qitish usullarini diversifikatsiyalash: raqamlashtirish o'qituvchilarga turli xil o'qitish usullarini, jumladan, masofaviy ta'lim, aylanma ta'lim (flipped classroom) va aralash ta'lim (blended learning) kabi usullarni qo'llash imkonini beradi;

- ta'lim jarayonini moslashuvchanligi: raqamli texnologiyalar talabalarga o'z o'qish vaqtini va tezligini o'zlari belgilash imkonini beradi, bu esa turli sharoitlardagi talabalar uchun ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytiradi;

- ta'lim resurslariga kirish imkoniyatini kengaytirish: internet orqali taqdim etiladigan raqamli kutubxonalar va o'quv materiallari talabalarga cheksiz ma'lumot manbalariga kirish imkonini beradi;

- talabalarni ish bozoriga tayyorlash: raqamli ko'nikmalar hozirgi ish bozori uchun juda muhimdir. Oliy ta'lim muassasalarida raqamlashtirish talabalarni zamonaviy ish muhitida talab qilinadigan ko'nikma va bilimlar bilan ta'minlaydi;

- ta'lim jarayonida samara va samaradorlikni oshirish: raqamlashtirish o'qituvchilar va ta'lim muassasalari uchun ma'lumotlarni boshqarish, baholash va ta'lim jarayonini kuzatib borishni osonlashtiradi;

- global hamkorlik va almashinuv: raqamli texnologiyalar oliy ta'lim muassasalariga dunyo bo'ylab boshqa universitetlar, tadqiqotchilar va talabalar bilan hamkorlik qilish va bilim almashish imkoniyatlarini kengaytiradi;

- innovatsiya va tadqiqotni rag'batlantirish: raqamlashtirish tadqiqot va innovatsiyalarni rag'batlantiradi, chunki u yangi tadqiqot usullarini, ma'lumotlar tahlilini va ilmiy hamkorlikni osonlashtiradi.

Oliy ta'lim muassasalarida raqamlashtirishning ahamiyati va zarurati, shu bilan birga, o'qituvchilarning raqamli texnologiyalarni qo'llash ko'nikmalarini oshirish, infrastrukturani modernizatsiya qilish va talabalar uchun raqamli ta'lim resurslarini ta'minlash kabi qator tashkiliy va texnik masalalarni hal qilishni talab qiladi.

Umumiy qilib aytganda, ta'limni raqamlashtirishning nazariy asoslari, ta'lim sohasida texnologiyalardan samarali foydalanish orqali o'quv jarayonlarini boyitish va o'rganish tajribalarini yaxshilash yo'llarini taqdim etadi. Bu nazariyalar, ta'lim muassasalari va o'qituvchilarga o'quvchilarning o'rganish jarayonlarini qanday qilib zamonaviy, interaktiv va shaxsiylashtirilgan qilish borasida yo'naltiruvchi asoslar beradi.

Xulosalar.

1. Raqamlashtirish ta'lim materiallarini boyitish imkonini beradi, masalan, multimediali darsliklar, interaktiv mashqlar va virtual laboratoriyalar orqali. Bu usullar o'quvchilarning mavzuni chuqurroq tushunishlariga yordam beradi va ularning bilimlarini mustahkamlash imkonini beradi.

2. Internet orqali ta'lim resurslariga kirish imkoniyati ta'limni geografik cheklovlardan ozod qiladi. Masofaviy ta'lim dasturlari orqali talabalar istalgan joyda o'z bilimlarini oshirishlari mumkin.

3. Raqamlashtirish o'quvchilarning individualligini hisobga olgan holda ta'lim berish imkonini beradi. Masalan, elektron ta'lim platformalari o'quvchilarning o'zlashtirish tezligi va qiziqishlariga qarab, moslashtirilgan ta'lim materiallari taqdim etishi mumkin.

4. Raqamli vositalar o'qituvchilarga o'quvchilarning bilim darajasini aniqroq va tezkor baho qilish imkonini beradi. Testlar va topshiriqlar onlayn tarzda bajarilishi va darhol baholanishi mumkin, bu esa ta'lim jarayonini yanada samarali qiladi.

5. Raqamlashtirish ta'lim muassasalari o'rtasida hamkorlikni rivojlantirishga yordam beradi. O'qituvchilar va o'quvchilar turli qurilmalar va platformalar orqali muloqot qilishlari va bilim almashishlari mumkin.

6. Raqamlashtirish ta'lim muassasalariga o'quv materiallarini nashr etish va tarqatish xarajatlarini kamaytirish imkonini beradi, bu esa ta'limni yanada qulay va arzon qiladi.

Umumiy qilib aytganda, raqamlashtirish ta'lim muassasalarida o'quv jarayonini zamonaviy, samarali va moslashuvchan qilishda muhim rol o'ynaydi. Bu ta'limning sifati va kirish imkoniyatlarini oshiradi hamda ta'lim jarayonini zamonaviy jamiyatning talablariga moslashtiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. https://daryo.uz/2021/07/13/shavkat-mirziyoyev-raqamli-texnologiyalami-joriy-etish-chora-tadbirlariga-oid-taqdimot-bilan-tanishdi.

2. Muammoli ta'limning nazariy asoslari haqida ma'lumot. (abiturtest.uz)

3. Ally, M. (2008). Foundations of educational theory for online learning. In T. Anderson & F. Elloumi (Eds.), Theory and practice of online learning. Athabasca University. http://cde.athabascau.ca /online_book/pdf/TPOL_book.pdf. Zugegriffen am 28.05.2019.

4. Shukurov Vasliddin Sobirjon o'g'li. IQTISODIY SOHALARNING RIVOJLANISHIDA INTERNET TEXNOLOGIYALARINING O 'RNI. The Journal of Economics, Finance and Innovation, 2023. https://sbtsuejournals.uz/index.php/EFI/article/view/98

5. Shukurov Vasliddin Sobirjon o'g'li. IQTISODIYOT FANLARINI O'QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH. Engineering problems and innovations, 2023. https://fer-teach.uz/index.php/epai/article/view/189

6. Shukurov Vasliddin Sobirjon o'g'li. TA'LIM JARAYONIGA INTERFAOL ELEKTRON MANBALARNI JORIY QILISHNING AHAMIYATI. Talqin va tadqiqotlar, 2023. https://talqinvatadqiqotlar.uz/index.php/tvt/article/view/605

7. V Shukurov, J Khaydarov, A Karimov. FACTORS FOR THE FORMATION OF MULTIMEDIA COMPETENCIES IN IMPROVING THE METHODOLOGY OF TEACHING SPECIALIST SUBJECTS. https://cyberleninka.ru/article/n/factors-for-the-formation-of-multimedia-competencies-in-improving-the-methodology-of-teaching-specialist-subjects.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.