Научная статья на тему 'TA'LIM METODLARI VA VAZIFALARI'

TA'LIM METODLARI VA VAZIFALARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
7741
218
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Ta'lim oluvchi / talim beruvchi / metod / og'zaki metod / ko'rgazmali metod / amaliy metod / malaka / ko'nikma.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Adiba Tulqin Qizi Omonova

Ushbu maqolada ta'lim metodlari va vazifalarining o'quv jarayonida ahamiyati to'grisida fikr yiritilib taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA'LIM METODLARI VA VAZIFALARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

TA'LIM METODLARI VA VAZIFALARI

Adiba Tulqin qizi Omonova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada ta'lim metodlari va vazifalarining o'quv jarayonida ahamiyati to'grisida fikr yiritilib taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Tayanch so'zlar: Ta'lim oluvchi, talim beruvchi, metod, og'zaki metod,ko'rgazmali metod, amaliy metod, malaka, ko'nikma.

Metod bu-texnalogiya, usullar majmuasi, maqsadga erishish yo'li bo'lib har bir soha o'z metodlariga ega bo'ladi. Ta'lim metodi esa anchagina murakkab bo'lib, aniq faktlarga asoslanga bo'ladi. Ta'lim metodlari ta'lim beruvchi ongida ma'lum bir yunalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida shakllangan bo'ladi. Mazkur loyihada ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi faoliyatining o'zaro tutashuvi o'qitish va o'qishga yo'naltirilgan aniq harakatlar, amallar va rejalar shaklida joriy etiladi. Bunda o'qituvchiga davlat ta'lim standarstlaridan chetga chiqmagan holda turli samarali metodlardan foydalanib o'quvchiga sifatli ta'lim berishdek muhum vazifa yuklatiladi. Bunda o'qituvchi og'zaki, ko'rgazmali va amaliy metodlardan foydalanib ta'lim shaklini yanada samarali shakllantiradi.

•Og'zaki ta'lim metodi o'z ichiga tushuntirishm, hikoya suhbat, bahs,munozara kabi ichki kichik uslublarni o'z ichiga oladi va ta'lim oluvchiga eshitish orqali ta'lim egallash qobilyatini o'stiradi.

•Ko'rgazmali ta'lim metodi ma'munaviy misol keltirish, namoyish qilish, foto va vedio shaklida namoyish qilish kabi uslublardan tashkil topgan bo'lib, bunda o'quvchi mavzuga oid material va malumotni ko'rib tasavvur qilish qobilyatini rivojlantiradi. •Amaliy metod eng muhum metodlardan bo'lib, mashq bajarish, labratoriya va amalda qo'llash kabi uslublardan tarkib topgan bo'ladi va o'quvchi nazariyani amaliyotda sinab ko'rib o'z bilim malakasini oshiradi.

Ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini hozirgi zamon talab va takliflariga javob bera oladigan darajaga yitkazish maqsadida ta'lim beruvchilarga yuklanga vazifalar yanada mas'ulyatli va salmoqlidir.Bu vazifa shuni anglatadiki, har bir ta'lim beruvchi qaysi ta'lim muassasasida ta'lim berishidan qat'iy nazar o'z ustida ishlab ilmiy va ijodiy tomonlama

malakalarini oshirib borishi zarur.O'quvchiga bilim berish o'qituvchining ma'suliyatli burchidir.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

Yillar davomida ajdodlarimiz Al Buxoriy, At Termiziy, Ibn Sino, Al Beruniy, Al Farobiy kabi ko'plab olim va faylasuflar talim sohasiga bag'shlangan ko'plab qimmatbaho asarlar va qo'lyozmalar yaratib pedagogika rivojiga o'zlarining ulkan hissalarini qo'shganlar.

Shunga ko'ra, Ibn Sino o'qituvchining qanday bo'lishi kerakligi haqida fikrlarini bayon etar ekan, shunday yo'l-yo'riqlar beradi. Bular quyidagilardan iborat:

- bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo'lish;

- berilayotgan bilimning talabalar qanday o'zlashtirib olayotganiga e'tibor berish;

- talimda turli metod va shakllardan foydalanish;

- talabalning xotirasi, bilimlarni egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilish;

- fanga qiziqtira olish;

- berilayotgan bilimlaring eng asosiysini ajratib bera olish;

- bilimlarni o'quvchiga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berish;

- har bir so'zning bolalar hissiyotini uyg'otish darajasida bo'lishiga erishishi zarur. O'quvchi davlat ta'lim standarstlaridan chetga chiqmagan holatda zamonaviy ta'lim uchun foydali bo'lgan texnalogiyalardan foydalanib o'quvchilarga kerakli ma'lumotni qisqa vaqt ichida kengroq planda yetkazib berish imkoniyatiga ega bo'ladi. Bu o'z o'zidan dars ichun ajratilgan vaqtdan unumli foydalanib ko'proq vaqtni bolalarning o'z ustida ishlashlariga zamin yaratadi.Bu usul usulni qo'llash nafaqat bolalarning dunyo qarashini kengaytiradi, balki olinga bilimni mutaxasis nazorati ostida amalda qo'llash hamda amalyot jarayonida o'quvchilarni qiziqtirgan savol va muammoli vaziyatga guruh bo'lib birgalikda yichim topish imkonini yaratadi.Bu ta'lim sifatini ko'taradi va o'quvchilarning birgalikda hamjihat bo'lib ishlash ko'nikmasini shakllantiradi. Ta'lim oluvchilarni darsga qiziqtira olish ham ta'lim beruvchi mutaxasisning asosiy vazifalaridan biridir.Bunda o'qituvchi dars mobaynida o'quvchilarning yoshi va ijtimoiy holatini hosobga olgan holda turli enterfaol metodlardan(aqliy hujum,fikriy hujum,bahs munozara,gruh bo'lib yoki indevidual) foydalansa dars yanada mahsuldor va unumli bo'ladi.

Yurtimizda ta'lim sohasida ko'plab ta'lim qonunlari, metodlari ,tamoyillari bo'lishiga qaramasdan, bu qonun va metodlar o'z o'zini oqlamayapti. Ta'lim stasndarslari va o'quv rejalari qog'ozda puxta tuzulgan lekin natijalar kutilganidek emas. Natijalar qoniqarli bo'lmagach, umumiy o'rta ta'lim shaklini yanada yaxshilash maqsadida to'qqiz yillik umumiy ta'lim va unga qo'shimcha 3 yillik kollej va akademik letsiy ta'lim dasturidan o'n bir yillik umumiy o'rta ta'lim dasturiga o'tildi, ya'ni maktab to'qqiz yillik ta'limdan o'n bir yillik ta'limga uzaytirildi. Ular maktabni tug'atgach shahodatnomalar beriladi, bu hujjat o'quvchining keyingi oliy ta'lim muassasalariga imtihon topshirish uchun

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

ruxsatnoma vazifasini bajaradi xolos. Albatta o'quvchi oliy ta'lim muassasiga test sinovlari orqali qabul qilinadi bunda eng asosiy e'tibor o'quvchining olgan bilim savyasi orqali baholanadi.. Lekin maktab berayotgan bilim o'quvchining oliy ta'limga qabul qilinishi uchun yitarlicha emas. Natijada buni anglagan o'quvchi qo'shimcha repetetorlarga bormoqda va albatta pul to'lab o'qishga qurbi yitganlari xolos. Maktabdan kerakli bilimni ololmagan bola maktabga nisbatan qiziqishi yo'qoladi va ustozlardan va darsdan uzoqlashib, asosiy e'tiborini repetetordagi o'zi qiziqqan sohaga oid fanlarga qarata boradi. Bu ta'lim metodlarida va standaralarida ancha kamchiliklar borligini anglatadi. Bu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ta'lim standardlariga va metodlariga bir qancha o'zgartirishlar kiritish kerak deb o'ylayman. Yani beshinchi sinfda to'qqizinchi sinfgacha o'quvchi matematika, fizika,kimyo, bialogiya, ona tili va adabiyot,tarix kabi asosiy fanlarni bosqichma bosqich o'rgansin, to'qqizinchi sinfdan o'n birinchi sinfgacha, uch yil mobaynida bolalarga iqtidori va tanlovlarini inobatga olgan holda eng kuchli mutaxasislar tomonidan chuqurlashtirilgan ta'lim berilishi to'g'risida yangi metodni ta'limga kiritishlarini taklif qilaman.

Xulosa: Zamonaviy va mahsuldor ta'lim metodlari ta'lim samaradorligining kafolatidir.Bunda ta'lim uchun o'qituvchining bilim mahorati va salohiyati o'quvchining sifatiga katta ta'sir ko'rsatadi.Albatta bu metodlar o'quchlilarning boshlang'ich ta'limdan to oliy ta'limgacha o'quvchilarning kelajagi va manfaati uchun ishlashi va kerakli natijani berishi zarur.

REFERENCES

1. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik. - T.: «Sano-standart» nashriyoti, 2017-yil, 416 bet.

2. Pedagogik mahorat. Darslik / A. A. Xoliqov; 0 6zR Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - T.: «IQTISOD-MOLIYA», 2011, -420 b.

3. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

4. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

5. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

6. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

7. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

8. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

9. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

10. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

11. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

12. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

13. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

14. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

15. Гайдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.