Научная статья на тему 'TA'LIM JARAYONIDA MARKETINGNING VAZIFALARI VA AHAMIYATI'

TA'LIM JARAYONIDA MARKETINGNING VAZIFALARI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
marketing / marketing aralashmasi / ta'lim / strategiya / ta'lim marketingi. Annotation: This article will focus on the tasks and role of educational marketing / and pay special attention to their importance. Several opinions and tools will be highlighted on specific marketing strategies for educational institutions.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Adhamjonova Azizaxon Azizjon Qizi, Mirzayev Alimardon Zafarjon O’G’Li, Saxobiddinova Nilufarxon Kamoliddin Qizi

Ushbu maqolada ta'lim marketingining vazifalari va roli haqida mulohazalar yuritiladi, hamda ularning ahamiyatiga alohida e’tibor beriladi. Ta'lim muassasalari uchun aniq marketing strategiyalari borasida bir necha fikrlar hamda vositalar yoritib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA'LIM JARAYONIDA MARKETINGNING VAZIFALARI VA AHAMIYATI»

TA'LIM JARAYONIDA MARKETINGNING VAZIFALARI VA

AHAMIYATI

1Adhamjonova Azizaxon Azizjon qizi, 2Mirzayev Alimardon Zafarjon o'g'li, 3Saxobiddinova Nilufarxon Kamoliddin qizi

1,2,3QDPI, Maktab menejmenti yo'nalishi talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.11179631 Annotatsiya. Ushbu maqolada ta'lim marketingining vazifalari va roli haqida mulohazalar yuritiladi, hamda ularning ahamiyatiga alohida e'tibor beriladi. Ta'lim muassasalari uchun aniq marketing strategiyalari borasida bir necha fikrlar hamda vositalar yoritib beriladi.

Kalit so'zlar: marketing, marketing aralashmasi, ta'lim, strategiya, ta'lim marketingi. Annotation: This article willfocus on the tasks and role of educational marketing, and pay special attention to their importance. Several opinions and tools will be highlighted on specific marketing strategies for educational institutions.

Keywords: marketing, marketing mix, education, strategy, educational marketing. Аннотация. В этой статье мы сосредоточимся на задачах и роли образовательного маркетинга и уделим особое внимание их важности. Будут освещены несколько мнений и инструментов, касающихся конкретных маркетинговых стратегий для образовательных учреждений.

Ключевые слова: маркетинг, маркетинговый комплекс, образование, стратегия, образовательный маркетинг.

Kirish. Ushbu sohadagi ya'ni marketing sohasidagi ko'plab mutaxassislar tomonidan "zamonaviy marketingning otasi" deb hisoblangan Filipp Kotler, umuman olganda, marketingni "ehtiyojni qondirish yo'nalishi bo'yicha yo'naltirilgan inson faoliyati" deb qarash kerak deydi.[1] "Marketing" atamasining o'zi esa bozorni tahlil qiladigan usullar, texnikalar va vositalar, bozor omillarini o'rganuvchi, malum bir fan yoki bilimlar majmui sifatida ta'kidlaydi. Marketing tushunchasi ta'riflari turlicha asoslangan bo'lib va uni kengaytirish faoliyat yo'nalishlari ham turlicha hisoblanadi. Turli sohalar, shuningdeh, ijtimoiy marketing, ta'lim marketing, savdo marketinggi, sog'liqni saqlash marketingi, madaniy va sport marketingi ham bo'lishi mumkin. Ta'lim marketinggi asosan ta'lim xizmatlarini olib borish va individual o'quv maqsadlariga alohida e'tibor qaratiladi. Ta'lim marketingining roli quyidagilardan iborat:

- bozorni o'rganish, uning ta'rifi hamda tovarlarning potentsial iste'molchilarini aniqlash va xizmat ko'rsatish;

- vaqt, joy va to'g'ri bo'lgan narxda mijozlarning ehtiyojlariga mos mahsulot va xizmatlarni taqdim eta olish;

- mijozlarga optimal, sifatli va samarali ta'lim xizmatlarini taqdim etish;

- iste'molchilarni ularning ehtiyojlari va talablarini o'rganish orqali jalb qilish; Ta'lim marketingi bir nechta funktsiyalarga ham ega bo'lib, ular quyidagilar:

- ta'limning asosiy iste'molchilarini, maqsadli auditoriyasini topishga harakat qilib, bozorni o'rganish;

- ta'lim bozorining asosiy talablarini bog'laydigan marketing siyosatini olib borish;

- ta'lim xizmatlarini iste'molchilarning mahsulotlarga bo'lgan ehtiyojlari, talablari va xohishlariga moslashtirish hamda ta'lim xizmatlarini ko'rsatish;

- erishish uchun materiallar va axborot resurslaridan foydalangan holda optimal samarali boshqaruvni rag'batlantirish belgilangan asosiy maqsadlar hisoblanadi.

Ta'lim dunyosida har bir ta'lim muassasalari uchun aniq marketing strategiyalari ishlab chiqilsa yanada yaxshiroq, ijobiyroq natijaga erishiladi.

Strategiya-bu tashkilot maqsadlarga muvaffaqiyatli erishish va ulardan to'g'ri foydalanish uchun kerak bo'lgan reja hisoblanib, marketing strategiyasining elementlari tashkilot biznesini uzoq muddatli rivojlantirishga imkon yaratib beradi. Turli ta'lim muassasalari bir yoki bir nechtasini oladigan faoliyatni rivojlantirishi mumkin bo'lib, ular turli tomondan marketing muhitini yaxshilab, rivojlantirib borishi mumkin bo'ladi.[2] a) ta'lim muassasalari o'zida mavjud bo'lgan xizmatlar bilan bozorlarga kirib borishi mumkin, ular mavjud bozorlarda xizmatlarni joriy etish orqali xizmatlarni rivojlantirish, bozorni kengaytirish imkoniyatiga ega bo'ladilar; b) ayni paytda yangi mijozlar auditoriyalarini jalb qilish yoki yangi mahsulotlarni yangi iste'molchilarga taklif qilish orqali o'z faoliyatini diversifikatsiya qilishi mumkin bo'lgan bozorlar. Ta'lim marketingi aralashmasi bu eng yaxshi marketing strategiyalaridan biri bo'lib, u haqda mashhur ta'lim mutaxassisi, M.J. Beyker shunday deydi: " eng qadimiy va eng foydali marketing konseptsiyasi", ya'ni olim ham bu konseptsiyaning foydali va samarali ekanligini ta'kidlaydi.[3] "Marketing aralashmasi" konseptsiyasiasosiy va muhim o'rinni egallaydi, bu tashkilotning tashvishlari va u bozor maqsadlariga muvaffaqiyatli javob bera olashini aytib o'tgan. Marketing mix-bu tashkilot ishini boshqarishda samarali vosita, aniqrog'i, "hamma narsanini ochish kalitidir", bu kalit orqali muvaffaqiyat eshiklarini ochish mumkinkiligini ham alohida aytib o'tadi. Mahsulot siyosati konsepstsiyasi. Biz hammamiz mahsulot yoki Tovar haqida bazan hayron bo'lamiz va mahsulot nima ekanligini bilishga harakat qilamiz. F. Kotler mahsulotni quyidagicha ta'riflaydi, " bozorga e'tibor, sotib olish, foydalanish yoki iste'mol qilish uchun taklif qilinishi, istak yoki ehtiyojni qondirish mumkin bo'lgan narsa " [4] Ushbu mahsulot toifasiga nomoddiy narsalar, xizmatlar, tashkilotlar va g'oyalar, odamlar, joylar kiradi,

Ta'lim sohasidagi mahsulot siyosati ko'plab harakatlarni o'z ichiga oladi, ularga ta'lim muassasalari o'z maqsadlarini amalga oshiradilar, tanlashga asoslangan faoliyatini amalga oshiradilar. Ta'limda zarur choralarni ko'rish uchun ishlatiladigan samarali strategiyalardan biri sanaladi. Xulosa. Bugungi kunda marketing ko'pincha bizning atrofimizda, har yerda mavjud. Bu maqola orqali biz asosiy ta'lim marketinggiga oid muhim vositalrni, omillarni ta'kidlashga harakat qildik. Ta'lim marketinggi ta'lim muassasasi tomonidan doimiy ravishda amalga oshiriladigan va qo'llaniladigan harakatlarning murakkab usuli sifatida qaraladi. Hozirgi kunda menejerlar ta'lim xizmatlari iste'molchilarining muloqot qobiliyatlarini loyihalashtirishga e'tibor qaratmoqdalar, hamda ularni targ'ibot qilish va tayyorlashga kata ahamiyat berilmoqda. Ta'lim sifati ko'p jihatdan sifatli o'qitish ta'lim sharoitlariga, ta'lim kabi uzluksiz va murakkab jarayonga jalb qilingan ko'plab vositalarning sifatiga bog'liq.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Philip Kotler, „Principles of Marketing", Third Edition, Prentice Hall Inc. Englewood Cliffs, N.J. 1986, p.4.

2. Vezi Valeric_ Olteanu, ,,Marketingul serviciilor. Edi_ia aII-a", Capitolul 6, p.159.

3. Vezi Michael J. Baker, „Marketing", Ed. S.C. _tiin__i Tehnic_ S.A., Bucure_ti, 1996, p.64.

4. Philip Kotler, ,,Principiile Marketingului", Editura Teora, Bucure_ti, 1998.

5. Ustadjalilova, K. (2022). improving the mechanisms of the system of advanced training of university teachers using alternative methods. International Journal of Early Childhood Special Education, 14(8).

6. Umarovna, Radjabova Gavkhar. "INCREASING THE COMPETITIVENESS OF UNIVERSITIES IN THE MARKET OF EDUCATIONAL SERVICES." Open Access Repository 9.11 (2022): 269-273.

7. Radjabova, Gavkhar Umarovna. "The oretical, practical and demographic aspects of labor market development in Uzbekistan." ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 11.3 (2021): 1070-1075.

8. Shokirova, Rahmonova Manzura. "MANAGEMENT DIRECTIONS OF HUMAN CAPITAL DEVELOPMENT." Academia Repository 4.10 (2023): 259-263.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.