TALABALARNING MUSIQA VA SAN'ATGA BO'LGAN QIZIQISHLARINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY TEXNIK VA ELEKTRON VOSITALARDAN
FOYDALANISH
Maqsadjon Murodjon o'g'li Tuxtasinov tuxtasinov.maqsadj on@gmail .com Abdumannon Kodirjonovich Jumakulov [email protected] Xatamjon Mo'ydinovich Xoldarov xoldorovxatamjon071 @gmail.com Islom Karimov nomidagi TDTU Qo'qon filiali
Annotatsiya: Mazkur maqolada talabalarda musiqa va san'atga bo'lgan qiziqishlarini oshirishda zamonaviy texnik va elektron vositalardan foydalanishning samarali usullari, shuningdek amaliy ishlar orqali elektron qurilmalarda musiqalarni ijro etish dasturlari keltirilgan.
Kalit so'zlar: musiqa, san'at, texnika, Arduino, piezo-buzzer, nota.
USE OF MODERN TECHNICAL AND ELECTRONIC MEANS TO INCREASE STUDENTS' INTEREST IN MUSIC AND ART
Maqsadjon Murodjon ogli Tukhtasinov tuxtasinov.maqsadj on@gmail .com Abdumannon Kodirjonovich Jumakulov [email protected] Xatamjon Mo'ydinovich Xoldarov xoldorovxatamjon071 @gmail.com Kokand branch of Tashkent State Technical University
Abstract: This article discusses effective ways of using modern technical and electronic tools to increase students' interest in music and the arts, as well as programs for playing music on electronic devices through practical activities.
Keywords: music, art, technique, Arduino, piezo-buzzer, note.
Musiqa inson ruhiyatini tiklovchi, qalblarga orom baxsh etuvchi va uning hissiy kechinmalarini ifodalovchi vositalardan biri hisoblanadi. Ushbu xususiyatlarni inobatga olgan holda so'nggi yillarda yurtimizda ham yosh avlod qalbida ezgulik va san'atga bo'lgan muhabbatni oshirish maqsadida ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.02.2022 kungi PQ-112-sonli
qaroriga muvofiq yosh avlod hayotida musiqaning o'rni beqiyosligi ta'minlab berildi. Shu o'rinda nafaqat maktab va professional ta'lim markazlarida, shuningdek oliy ta'lim muassasalarida ham san'at va musiqa bo'lgan munosabatning ham zamiri belgilab berildi. Ushbu islohotlarning natijasi o'laroq har bir oliy ta'lim muassasida ham kasbiy yo'nalishdan kelib chiqqan holda, musiqa va san'atga bo'lgan qiziqishni oshirish imkoniyati mavjudligi namoyon bo'ladi.
Hozirgi texnika davrida vaqt insonning eng qimmatbaho boyliklaridan biriga aylanib qoldi. Yuqorida aytib o'tilgan islohotlarni shiddat bilan hayotimizga kirib kelayotganligi ham bunga yorqin misoldir. Mana shunday texnika, elektronika asrida talabalarning qalblarida musiqa va san'atga bo'lgan qiziqishni uyg'otishning o'ziga xos yo'llari mavjud ekanligi bugun hech kimga sir emas. Ushbu imkoniyatlarni hisobga olgan holda mazkur maqolada, texnika va elektronikaga ixtisoslashgan oliy ta'lim muassasalari talabalarida ham musiqa va san'atga bo'lgan qiziqishni oshirishning o'ziga xos yo'llaridan biri keltirib o'tilgan.
Albatta musiqa paydo bo'lishida notalar muhim o'rin tutadi. Texnik qurilmalarda ham notalarni ifodalashning imkoniyati mavjud, faqatgina bunda notalarni tovush chastotalari orqali ifodalab olish zarur bo'ladi. Huddi shunday elektr chastotalarini tovush to'lqinlariga aylantiruvchi eng sodda elementlardan biri bu - piezo-buzzer hisoblanadi. Piezo-buzzerdan tovush chiqarish uchun esa bizga Arduino qurilmasi yordamga keladi. Ya'ni Arduino platasiga yoziladigan dastur orqali piezo-buzzerda tovushlar ifodalanadi.
Quyidagi tajribada biz Arduino-da piezo-buzzer yordamida ko'pchilikka ma'lum bo'lgan "Yulduzlar jangi(Star Wars)" filmidagi "Imperiya Marshi(Imperial March)" kuyidan parchaning piezo-buzzer yordamida ijro etish dasturini yaratamiz.
Kerakli komponentlar:
• Arduino UNO platasi;
• prototiplash uchun taxta(maketnaya plata);
• piezo-buzzer;
• qarshilik 100 Ohm;
• ulash uchun simlar.
Tovushlarni hosil qilishning eng oddiy usuli piezo buzzerdan foydalanishdir. Piezokeramik buzzerlar (piezoelektrik buzzerlar) elektroakustik tovushni qayta ishlab chiqarish qurilmalari bo'lib, ular teskari piezoelektrik effektdan foydalanadilar ya'ni elektr maydoni ta'sirida mexanik deformatsiyalarning paydo bo'lishi orqali tovush paydo bo'ladi. Ikki turdagi piezo buzzerlar mavjud - o'rnatilgan generatorli va generatorsiz. O'rnatilgan generatorga ega piezo-buzzerlari ularga nominal kuchlanish qo'llanilgandan so'ng darhol kuchli ohangli signal chiqaradi. Ular mustaqil holatda signalni takrorlay olmaydilar. Ular odatda oddiy ovozli xabar berish uchun ishlatiladi. Agar siz musiqa ijro etishni istasangiz, u holda o'rnatilgan generatorsiz piezo
buzzerlardan foydalaning va alohida signal hosil qiling. Tajribada biz o'rnatilgan generatorli piezo buzzerdan foydalanamiz. Piezo-buzzerning ulanish diagrammasi quyidagi rasmda ko'rsatilgan(1-rasm).
1-rasm.
Keling, dastur yozishni boshlaylik. Ohang ijro etish uchun ma'lum chastota va davomiylikdagi tovushlarni ketma-ket berish kerak. Muayyan chastota va davomiylikdagi tovushlarni yaratish uchun biz:
tone(): tone(pin,frequency,duration);
Arduino funktsiyasidan foydalanamiz.
tone( ) funktsiyasi belgilangan chastotada (50% to'ldirish koeffitsienti bilan) kvadrat to'lqin chiqishini hosil qiladi. Funktsiya sizga signal davomiyligini ham o'rnatish imkonini beradi. Agar signalning davomiyligi ko'rsatilmagan bo'lsa, u noTone() funksiyasi chaqirilgunga qadar tovush chiqariladi. Birinchi va ikkinchi oktavalar notalarining chastota qiymatlari quyidagi jadvalda keltirilgan(1-jadval).
1-oktava Ifodalanishi Chastotasi, Hz 2-oktava Ifodalanishi Chastotasi, Hz
Do C 261 Do c 523
Do-diez C#(R) 277 Do-diez c#(r) 554
Re D 293 Re d 587
Re-diez D#(S) 311 Re-diez d#(s) 622
Mi E 329 Mi e 659
Fa F 349 Fa f 698
Fa-diez F#(T) 370 Fa-diez f#(t) 740
Sol G 392 Sol g 784
Sol-diez G#(U) 415 Sol-diez g#(u) 830
Lya A 440 Lya a 880
Si-bimol B 466 Si-bimol b 932
Si H 494 Si h 988
Keling, kuyni nota bo'yicha tuzamiz, uni melody[ ] qatoriga qo'yamiz, nota davomiyliklari ro'yxatini duration[ ] qatoriga qo'yamiz.
2-rasm. "Imperiya Marshi"dan parcha Nota belgilari bo'lgan ma'lumotlar notes[ ] massiviga va mos yozuvlar uchun chastotalar bilan ma'lumotlar frequncy[ ] massiviga kiritiladi. Dastur matni quyidagi tartibda tashkil qilinadi.
// MUSIQA - notalar massivi va davomiylik massivi
char melody[] = { r i i
f
rd'. ' d' , 'd' 'e' f 1 H' f
f
rg' / rgr I I i
' s ' , r ' S ' I I i
I I i
I
rg' / 'g< I T i
' S ' / r ' S ' I I i
I I i
I
r %' } '
int bb[] ~ {8
81 6, 2, 16,
2, 2, 4, 4, 2 8 r e, 2,
2 r 2, 4, 4, 2 8, e, 2,
Sr 6, 2 r 16 ,
2 r 2, 4 r 4, 2 8 r e, 2 r
2 r 2, 4 r 41 2 8, 6, 2 r
03 2, 16,
64, 64};
It 8-pin orqali dinamikni bog'lanadi int speakerPin = 8 ;
// Ijro tempi/notalar va davomiylik kiritiladi int tempoj notes , beats ; // notalarni kuylash protsedurasi void playNote(char note, int duration}
{
// ikki oktava ichida nota nomlari uchun massiv
char names[] ={*c1, 'r', 'd1, 's', 'e', 'f', 11' , "g", 'u', 'a', 'b', 'h1r 'C", 'E', "D'F '3', 'E1, ' F" , 'T', 1 G1 , ' U' , ' A" , 'B", 1H', 'F'};
// nota chastotalari massivi
int tones[ ] = { 261, 277, 253, 311, 32S, 34S, 370, 3S2, 415, 440, 466, 454, 523, 554, 537, 622, 655, 658, 740, 784, 830, 880, 532, 588}; // nataga mos keladig"an otiangni ijro etish.
for ( int i-0; i < sizeof(tones); i++)
{
if (names[i] == note)
{
tone ( speakerPin, tcnes[i], duration);
}
} :>
void set-up () {
pinMode(speakerPin, OUTPUT);
tempo=50; // musiqa i^ro etish tezligi }
void loop() {
for (int i=0; i<sizeof(melody); i++) {
notes=melody[i]; beats=bb[i]; if (note3==1*1)
tone ( speakerPin, 0, beats'1 tempo) ; // pauza else
playNote (notes, beats * tempo) ; // notalar orasidagi pauza
delay (beats*tempo+tempo ) ; }
:>
Ulash tartibi:
1. Piezo buzzerni Arduino platasiga 1-rasmga muvofiq ulanadi.
2. Yozilgan dastur kodini Arduino platasiga yuklanadi.
3. Dastur kodini yuklab olgandan so'ng, elektron platada ohangni tinglash mumkin(1-rasm). https://www.youtube.com/shorts/dti7vxPee6k sahifasida siz ushbu tajribaning natijasini ko'rishingiz mumkin.
Mazkur jarayonni amalga oshirish davomida talabalarda tovushlarni tinglash, ularni bir-biridan farqlash, tovushlarni notalar orqali ifodalash jarayonini tushunish ko'nikmalari paydo bo'ladi. Shu kabi topshiriqlarni bajarish davomida ularda o'zlari xohlagan musiqalarni ham Arduino orqali ifodalashga bo'lgan qiziqish uyg'onishi tabiiy hol albatta. Buning natijasida esa ularda musiqa va san'atga bo'lgan qiziqish va muhabbat yanada rivojlanib boradi. Shu o'rinda talabalarga milliy yoki xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan ohanglarni ham mana shunday elektron vositalarda ifodalashni tavsiya sifatida keltirib o'tishimiz mumkin. Shu yo'l orqali ularning milliy
qadriyatlarimiz, kuylarimizga bo'lgan munosabatlarini yanada yaxshilash imoniyati paydo bo'ladi.
Xulosa sifatida shuni ta'kidlab o'tish joizki, musiqaga oshno bo'lgan qalblardan hech qachon yomonlik chiqmaydi. Bugungi kundagi islohotlarning asl mazmuni ham shu aslida. Har bir yosh, har bir rivojlanayotgan kadrlar qalbida musiqaga oshnolikni yaratish o'zimizning qo'limizda. Bunda ularning qaysi soha, yoki yo'nalishda ekanliklarining o'rni muhim rol o'ynamaydi. Balki bizning ularga qanday yondashuvimizga bog'liq.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Петин В. А., Биняковский А. А. Практическая энциклопедия Arduino. -М.: ДМК Пресс, 2017. - 152 с.
2. M.M.Tuxtasinov, MAIN ADVANTAGES OF TEACHING METHODS IN ARTS, European Journal of Arts (EJA). Scientific journal. №°2 2020 ISSN: 2310-5666 146-148 bet
3. M.M.Tuxtasinov, SAN'AT VA MADANIYAT SOHASI TALABALARI BILIMLARINI NAZORAT QILISHDA NOSTANDART TESTLARNING AFZALLIKLARI, Oriental art and culture (OAC). Scientific-methodical journal. (3) III/2020 ISSN: 2181-063X 320-325 bet
4. M.M.Tuxtasinov, "KOMPYUTER GRAFIKASTOI O'QITISHNING SAMARALI VOSITALARI, "Oriental art and culture" ilmiy-metodik jurnali "O'zbekistonda ilm-fan va ta'lim" konferensiyasi 2020 yil 26-mart, 142-145 bet