Научная статья на тему 'TALABALARDA MUSIQIY QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHGA YO`NALTIRILGAN KOMPYUTER DASTURLARIDAN FOYDALANISH'

TALABALARDA MUSIQIY QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHGA YO`NALTIRILGAN KOMPYUTER DASTURLARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
157
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
musiqa / texnika / kompyuter / tinchlik bog’i / tizimlashtirish / ta’lim – tarbiya / ilm – fan. / teacher – musician / love of music / harmoniously clereloped person / musical art / voice and ownership / music lesson / creativity of a teacher – musician.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Dildora Sanaqul Qizi Yakubova

Talabalarga ta’lim – tarbiya berish jarayonida Musiqa madaniyati darslarini kompyuter yordamida o’tishning o’ziga xos yo’llari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF COMPUTER PROGRAMS FOR STUDENTS 'DEVELOPMENT OF MUSICAL ABILITIES

The Unigue ways of tesching musical culture classes with the help of computers while educating students.

Текст научной работы на тему «TALABALARDA MUSIQIY QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHGA YO`NALTIRILGAN KOMPYUTER DASTURLARIDAN FOYDALANISH»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021

ISSN: 2181-1601

TALABALARDA MUSIQIY QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISHGA YONALTIRILGAN KOMPYUTER DASTURLARIDAN FOYDALANISH

Dildora Sanaqul qizi Yakubova

Jizzax davlat pedagogika instituti magistri dildorayakubova96@gmail .com

ANNOTATSIYA

Talabalarga ta'lim - tarbiya berish jarayonida Musiqa madaniyati darslarini kompyuter yordamida o'tishning o'ziga xos yo'llari yoritilgan.

Kalit so'zlar: musiqa, texnika, kompyuter, tinchlik bog'i, tizimlashtirish, ta'lim -tarbiya, ilm - fan.

USE OF COMPUTER PROGRAMS FOR STUDENTS 'DEVELOPMENT OF

MUSICAL ABILITIES

Dildora Sanakul kizi Yakubova

Master of Jizzakh State Pedagogical Institute dildorayakubova96@gmail .com

ABSTRACT

The Unigue ways of tesching musical culture classes with the help of computers while educating students.

Keywords: teacher - musician, love of music, harmoniously clereloped person, musical art, voice and ownership, music lesson, creativity of a teacher - musician.

KIRISH

Musiqa va texnika integratsiyasi bu zamon talabi musiqa darslarida kompyuterni qoTlanilishi, shu fanga boTgan qiziqishni orttiradi va musiqa eshtitish qobiliyatini shakllantiradi. Kompyuter yordamida musiqani ijro etish bilimlarini shakllantirish ba'zi bir qiyinchiliklarni tugMiradi. Bu muammoni yechimini topish uchun o'qituvchidan ijro etish uslubi, tembr, ritm davomiyligi va boshqalarga e'tibor qaratishni talab etadi. Shu bilan birga musiqa jismoniy va tovush xususiyatlari nazariyasini rivojlantirish va uni kompyuter yordamida ijro etish uchun ham katta axamiyatga ega.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ilm-fan taraqqiyoti bizga tabiat hodisalari va jamiyatni rivojlanish qonuniyatlarini o'rganishga imkon beradi, buning natijasida inson tabiat bilan faol munosabatga

kirishib, o'z hayotiy sharoitini yaxshilaydi.Musiqa va texnikaning bir - biri bilan bogliqligi texnika va musiqa oldida yangi vazifalarni qo'yadi.

Kompyuterda o'quvchilarning xohlagan musiqalarini tinglashlari ularning qobiliyatlarini, fikrlash doirasini rivojlantiradi.O'qituvchi imkon qadar kompyuter yordamida musiqiy asarlarni tizimlashtirishi lozim. Buning uchun turli notalar davomiyligini aks ettiruvchi algoritm ishlab chiqildi. U quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi:

I. bosqich: raqam orqali musiqa notalarini davomiyligini aks ettirish.

II. bosqich: turli tizim va harflar orqali notalar nomini aks ettirish.

III. bosqich: raqamlar orqali musiqa tezligini aks ettirish.

IV. bosqich: harflar sistemasi orqali musiqada uchraydigan alteratsion belgilarni aks etilishi.

V. bosqich: tez sur'atda ijro etiladigan 16 notalarni raqamlar orqali aks ettirilishi.

VI. bosqich: musiqada uchraydigan oktavani raqamlar orqali aks etirish.

VII. bosqich: musiqiy asar qo'shig'i (repriza) uchun algoritmlar ishlab chiqish.

VIII. bosqich: kompyuter sistemasini asoslash.

IX. bosqich: kompyuter sistemasini joriy etish uchun ishchi dasturlarni ishlab chiqish.

X. bosqich: kompyuter sistemasi yordamida musiqa ijro etish.

XI. bosqich: kompyuterda musiqa ijro etish darajasini tahlili.

Boshlangich sinf musiqa o'qituvchilarini tayyorgarligini takomillashtirish maqsadida, ishlab chiqilgan kompyuter sistemasi o'z ichiga quyidagi kuylarni oladi:

- F.Nazarovni "Paxtaoy","Teplovoz" musiqalari;

- N.Nasimovni "Tinchlik bogi","Bizdan sizga kim kerak" musiqalari;

-S.Abramovni "Paravoz","Ari" qo'shigi, "Onajon", "Soatim" musiqalari

- U.Tojibekovni "Oqshomda" musiqasi.

- G.Qodirovni "Baxor" qo'shigi,"Binafsha","May" musiqalari.

- O'zbek xalq kuyi "Yallama yorim".

- Ozbek xalk kuyi "Do'lana".

- O'zbek xalq kuyi "Qashqarcha".

- Il.Akbarovni "Paxtakor kuyi", "Baxtiyorlar" qo'shig'i musiqalari.

- M.Muxammadjonovni "Ertalab" musiqasi.

- Ozbek xalq raqsi "Andijon polka" va boshqalar

Yuqorida aytib o'tilgan musiqa va kuylar uchun tuzilgan ishchi dasturlar kompyuterni "Musiqa" nomli yaxlit dasturga birlashtirilgan.Umumta'lim maktablarda musiqani kompyuter yordamida o'rgatish, o'quvchi shaxsi rivojlanishini shakllantiruvchi ajralmas qism sanaladi. O'z navbatida, kompyuterda musiqa va sinxron ijroni amalga oshirish ma'lum bir qiyinchiliklarni o'z ichiga oladi. Bu o'z navbatida, tovushqatorida notalarni joylashish tartibini, ular orasidagi farqni, o'quvchilar ongiga

yetkazish uchun konkret bilimlarni talab etadi. Ma'lumki, yetti tovush orasidagi masofa (interval) oktava dyeyiladi.

MUHOKAMA

Musiqa va ashulalarni kompyuter yordamida ijro etilganda oktavalar quyidagicha aniqlanadi.

Kichik oktavadagi tovush intervali:

Sol -255 sol diyez -240, lya - 228 lya diyez -214, si - 204

birinchi oktavadagi tovush qator:

do -192 do-diyez -184, rye-171 rye diyez -184, mi-152, fa-144 fa diyez - 136, sol-128 sol diyez -120, si -102 lya diyez - 180 ikkinchi oktavadagi tovush qatori:

do -96 do diyez -92,rye -85 rye diyez -80,mi -76,fa -76 fa diyez -65,sol -64 sol diyez -60, lya -57 lya diyez -54

uchinchi oktavadagi tovush qatori: do - 48 do diyez -45, rye -42 rye diyez -40, mi -36, fa -35 fa diyez -34, sol 32 sol

diyez -30, lya -28 lya diyez -26, do -24 (do tovushi to'rtinchi oktavada) Ularning raqamlar orqali ifodalanish kompyuter yordamida musiqa yozishni osonlashtiradi. Tovushning katta raqam bilan belgilanishi, uning tembrini kuchaytirishga olib keladi, kichik raqam bilan belgilanishi esa tovushni past tembrini anglatadi.Musiqa o'qituvchisi Kompyuter dasturini musiqa va ashulaning ijrosini joylashtirishiga e'tibor berishi zarur. Kuy va qo'shiqlarni kompyuter yordamida ijro etish nafaqat oktavaga, balki tovush davomiyligi, uning tezligi va har xilligiga ham bogliqdir.

Tovush davomiyligini aniqlashda ularni algoritm orqali kesib olish maqsadga muvofiqdir. Notalar tovushning turli xil davomiyligidan tashkil topgan va bir - biridan raqamlar bilan farqlanadilar. Raqamlar bilan ular quyidagicha:

Musiqiy asarni ijro etishning ma'lum bir uslubini aniqlash uchun uning tezligini aniqlash zarur. Quyidagi raqamlarga ishora qilib, ijro tezligi uslubini ya'ni sekin, o'rta, tez ijroni aniqlaymiz; 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13,14,15 yoki 16, 17, 18, 19, 20, 21, 22, 23, 24, 25, 26, 27, 28, 29, 30, 31, 32, va h.k.

Musiqa va ashulani kompyuter yordamida tinglash va o'rganish jarayoni o'quvchilar ongining rivojlanishiga yordam beradi. Bu o'quv jarayonida yangi imkoniyatlarni ochishga texnik imkon berishi muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang'ich sinflarda musiqa darslar uchun haftada 1 soat ajratiladi. Shuni inobatga olib, musiqiy asar bilan tanishish maqsadida musiqa darsida kompyuter yordamida ta'lim dasturi ishlab chiqildi. Musiqa darsida kompyuterni qollash oquvchilarda eshitish qobiliyatini shakllantirib, nota bilan ishlash samaradorligini oshiradi. Biz buni F.Nazarovning "Paxtaoy" musiqasini kompyuter yordamida o'rganish misolida qarab chiqamiz.

Musiqani ijro etishdan oldin o'qituvchi o'quvchilarni musiqa muallifi bilan tanishtiradi. Bundan tashqari ashula so'zlari muallifi, oktavalar, tezliklar, alteratsiya, tovush davomiyligi, ularni katta-kichikligi, haqida tushuncha berib, so'ngra musiqa kompyuterda tinglash bosqichiga o'tiladi. Musiqani kompyuter yordamida ijro etishni quyidagi ketma-ketlikda bajarilishni maqsadga muvofiq deb bilamiz. F.Nazarovni "Paxtaoy" musiqasida uchraydigan turli tovushlarni raqamlar yordamida aks ettirish;

- turli notalar va tovushlarni harflar tizimi yordamida aks ettirishi;

- fa diyez alteratsion belgisini harflar bilan belgilanishi.

- aks ettirilgan tovushlarni oldingi ma'lumotlar bilan taqqoslash va ularni tahlil qilish;

- ijro uchun algoritmlarni ishlab chiqish;

Musiqa o'qituvchisi darsda kompyuterda oldindan quyidagi so'zlarni yozib qo'yishi zarur.

- bastakor F.I.Sh.

- so'z muallifi F.I.Sh.

- nota chizig'idagi tovushlar, va ularni davomiyligi.

- alteratsiya belgilari, ularni hajmi.

- qo'shiq so'zlari.

Savol - javobdan so'ng kerakli ma'lumotlarga ega bo'lgach, o'qituvchi kompyuterda musiqa tinglashni taklif etadi. Bunda musiqani takrorlanishiga, tovush tembriga (ohangiga) e'tibor berishni tavsiya etamiz.Musiqa darsida F.Nazarovni "Paxtaoy" musiqasini kompyuter yordamida tinglash, o'quvchilarni eshitish qobiliyatini rivojlantiradi va musiqa o'rganishga yangi ijodiy yondashuv hisoblanadi.

NATIJA

M.Nasimovning "Tinchlik bog'i" kuyini kompyuterda ijro etishni qarab chiqamiz. Ushbu musiqani tinglash uchun II sinfda 1 soat ajratilgan. musiqasining kompyuter yordamida o'rganish darsini rejasi quyidagicha:

Mavzu: M.Nasimovni "Tinchlik bogT' kuyini kompyuterda ijro etish.

Darsning maqsadi: oquvchilarda qo'shiqni ijrosi eshitish uchun qobiliyatlarini shakllantirish, tabiatga muxabbat uyg'otish.

Uslub: darsni kompyutyer yordamida tashkil etish.

Darsning borishi.

I. Kompyuter yordamida o'tgan mavzu M.Nasimovni "Tinchlik bogT' kuyini takrorlash. (10 daqiqa). (Bu mavzu oldindan EHM xotirasida tayyorlab qo'yilishi zarur).

II. Yangi mavzu bo'yicha mashg'ulot (20 daqiqa)

A) Mavzuni tushuntirish.

B) "Tinchlik","Tabiat dunyosi" mavzulari bo'yicha suhbatni korgazmali qurollar yordamida o'tkazish.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021

ISSN: 2181-1601

V) Oquvchilarning javoblari (dunyo va tabiat haqidagi kuy va qo'shiqlar asosida) G) "Tinchlik bog'i" ashulasini sinfda kompyuter yordamida xor bo'lib ijro etish. D) Kompyuter yordamida qo'shiqni tinglash orqali o'quvchilarni eshitish qobiliyatlarini shakllantirish.

III. Kompyuterda "Tinchlik bog'i" kuyini tinglash (5-6 daqiqa). Oquvchilar bilan ijro etish va darsni mustahkamlash.

IV. Darsning xulosa qismi (4-daqiqa ) (savol-javob) tariqasida o'tkazilib, o'quvchilarni bilim darajasi aniqlanadi.

V.Baholarni e'lon qilish.

XULOSA

Har bir o'qituvchini yonida dars konspekti bolishi zarur.Kuyni kompyuter yordamida tinglash, dars samaradorligini oshiradi, o'quvchilarning eshitish, fikrlash qobiliyatlarini shakllantiradi, ularda musiqaga qiziqish tug'diradi va o'quvchilarni estetik tarbiyalashda muhim vosita bo'lib xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. T: O'zbekiston. 2016.

2. Mirziyoyev Sh. M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. T: O'zbekiston. 2017.

3. Mirziyoyev Ah. M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qattiyat bilan davom ettirib yangi bosqichga ko'taramiz. T: O'zbekiston. 2017.

4. Baubekova G.D., Xalikova G.T. Innovatsionnye tyexnologki optimizatsii uchyebnogo protsyessa. - V kn.: Obrazovaniye: opnt, problyemn, pyerspyektivn. Uchyebnoye posobiye. T.: "YaNGI ASR AVLODI" , 2001. - S. 67-99.

5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2004-2009 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida» gi qarori GGTa'lim taraqqiyoti jurnali ., 2004. 5-son.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.