Научная статья на тему 'TALABALARNI O’Z KUCHIGA ISHONCHINI MUSTAHKAMLASHDA PEDAGOGIK TA’SIRNING AHAMIYATI'

TALABALARNI O’Z KUCHIGA ISHONCHINI MUSTAHKAMLASHDA PEDAGOGIK TA’SIRNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
46
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Barkamol shaxs / texnologik ishlanmalar / tashabbuskorlik / tortinchoylik / faollik / ta’lim islohotlari / hulq motivatsiyasi / ishonchsizlik / tarbiyaviy munosabatlar / ijtimoiy muhit / o’ziga ishonchni uyg’otish / xulqdagi o’zgarishlar / jamoaviy ta’sir o’tkazish

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jo’Rabek G’Ofurjonovich Yuldashev, Dilshod Abdug’Ofur O’G’Li Qayumov, Abduvohid Abduvali O’G’Li Abdusamatov

Maqolada ta’lim muassasalarida talabalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tarbiyaviy ishlar texnologiyasini to’g’ri tashkil qilish va qo’llashga bog’liq holda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli amaliy ishlar, talabalarni ma’naviy qo’llab-quvvatlash hamda o’z kuchiga ishonchni mustahkamlash ko’proq, tortinchoq, uyatchang, odamovi talabalar bilan tarbiyaviy ishlar olib borishda va ikki tomonlama munosabatda bo’lishdagi zaruriy usulla to’g’risida to’htalib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARNI O’Z KUCHIGA ISHONCHINI MUSTAHKAMLASHDA PEDAGOGIK TA’SIRNING AHAMIYATI»

TALABALARNI O'Z KUCHIGA ISHONCHINI MUSTAHKAMLASHDA PEDAGOGIK TA'SIRNING AHAMIYATI

Jo'rabek G'ofurjonovich Yuldashev Dilshod Abdug'ofur o'g'li Qayumov Abduvohid Abduvali o'g'li Abdusamatov Namangan muhandislik-qurilish instituti

Annotatsiya: Maqolada ta'lim muassasalarida talabalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tarbiyaviy ishlar texnologiyasini to'g'ri tashkil qilish va qo'llashga bog'liq holda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli amaliy ishlar, talabalarni ma'naviy qo'llab-quvvatlash hamda o'z kuchiga ishonchni mustahkamlash - ko'proq, tortinchoq, uyatchang, odamovi talabalar bilan tarbiyaviy ishlar olib borishda va ikki tomonlama munosabatda bo'lishdagi zaruriy usulla to'g'risida to'htalib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Barkamol shaxs, texnologik ishlanmalar, tashabbuskorlik, tortinchoylik, faollik, ta'lim islohotlari, hulq motivatsiyasi, ishonchsizlik, tarbiyaviy munosabatlar, ijtimoiy muhit, o'ziga ishonchni uyg'otish, xulqdagi o'zgarishlar, jamoaviy ta'sir o'tkazish.

THE IMPORTENCE OF PEDAGOGICAL INFLUENCE IN STRENGTHENING STUDENT CONFIDENCE

Jorabek Gafurjonovich Yuldashev Dilshod Abdugafur oglu Kayumov Abduvahid Abduvali oglu Abdusamatov Namangan Engineering and Construction Institute

Abstract: The article deals with the large-scale practical work carried out in connection with the improvement of the effectiveness of educational work with students in educational institutions, the proper organization and application of educational technology, moral support of students. and building self-confidence - a more necessary way to conduct educational work with more shy, shy, humane students and to have a two-way relationship.

Keywords: Harmonious personality, technological developments, initiative, shyness, activism, educational reforms, behavioral motivation, insecurity, educational relationships, social environment, self-confidence, behavioral changes, collective influence.

I ibiSi^^Bl 724 http://oac.dsmi-qf.uz

Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ijtimoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo'lib kelgan. O'zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi ta'lim muassasalarining oldiga yangi demokratik davlatning fuqarolarini shakllantirishdek muhim vazifani qo'ydi. Tabiiyki, hozirgi ta'lim islohotlari sharoitida ham barkamol shaxs tarbiyasi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ta'lim muassasalarida talabalar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish, tarbiyaviy ishlar texnologiyasini to'g'ri tashkil qilish va qo'llashga bog'liq. Bu esa, o'z navbatida ta'lim muassasalari uchun tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish uslubiyotini zamonaviy pedagogik texnologiya ishlanmalari asosida yaratishni talab etadi va talabalarni ma'naviy qo'llab-quvvatlash hamda o'z kuchiga ishonchni mustahkamlash orqali, ularni komil inson bo'lib voyaga yetishishlariga erishish mumkin bo'ladi. [1,2].

Ma'naviy qo'llab-quvvatlash hamda o'z kuchiga ishonchni mustahkamlash -ko'proq, tortinchoq, uyatchang, odamovi talabalar bilan tarbiyaviy ishlar olib borishda va ikki tomonlama munosabatda bo'lishda zaruriy usullardan hisoblanadi. Tortinchoqlik va o'z kuchiga ishonmaslik talabalarning ishchanligini pasaytiradi, faolligiga ko'pincha salbiy ta'sir qiladi. Ushbu usulni qo'llay turib, tarbiyalovchi talabalarga hayrixoh va chidamli munosabatda bo'ladi, ularning ijodiy kuchlarini faollashtiradi. Ushbu usuldan foydalanib, tarbiyalovchi talabada o'zini har tomonlama ko'rsata olishga o'rgatadigan pedagogik holatni yaratadi. Ushbu usuldan foydalanish uchun tarbiyalovchilar xar bir talabada qiziq va bebaho xislat borligiga, uni yon-atrofdagilar va talabalar o'zlarini namoyon qilish uchun kerakliligiga ishontirishlari kerak.

Guruhning kundalik hayotida tarbiyalovchi talabalar tomonidan o'z imkoniyatlarini namoyish eta oladigan sharoit yaratishi kerak. Ishonchdan pedagogik ta'sir usuli sifatida ta'lim-tarbiya jarayonida foydalanish mumkin. Uning mohiyati talabalarga javobgarligi mavjud bo'lgan aniq ishni topshirishdir. Ishonch talabalarni quvontiradi, ilhomlantiradi va burch hissini uyg'otadi, shuningdek, ularda tartib-intizomni, tashkilotchilikni, tashabbuskorlikni va faollikni mustahkamlaydi, ya'ni butun kuchini tarbiyalovchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarishga sarflash hissini shakllantiradi. Agar tarbiyalovchilar (talaba hurmatiga sazovor bo'lgan bo'lsalar) ishonch talabaning xulqiga katta ta'sir ko'rsatadi [3-6].

Tarbiyalovchi talabalarning yosh xususiyatlarini va qiziqishlarini hisobga olgan holda, ularni qiziqarli faoliyatga tortishlari lozim. Bunday jarayonda talabalarning qobiliyati rivojlanadi, ularda turli yaxshi intilishlar tug'iladi. Faoliyatga qiziqishni yo'qotmaslik uchun uni har doim murakkablashtirib borish, talabalarda yanada ko'prok iroda, bilim va malakalarni, javobgarlik hissini oshirishga qaratilgan ishlarni olib borishni faollashtirishi lozim. Tarbiyalovchi talabalarning xulqini kuzata turib,

I îhSi^^Bl 725 http://oac.dsmi-qf.uz

faoliyatning talaba uchun qiziqarli yoki kiziqarli emasligini aniqlashi va uni sekingina boshqa turiga o'zgartirishi kerak. Mazkur usulni keng qo'llash uchun tarbiyalovchilar talabalarni ta'lim muassasalarida doimiy tashkil etiladigan to'garaklar, sport sektsiyalariga a'zo bo'lishlariga, turli bayramlar, tadbirlarni tayyorlash va o'tkazishda ularni ishtirok etishlariga undashlari kerak [7-11].

Agar talabaning harakati tasodifiy bo'lsa va qasddan bo'lmasa u holda, tarbiyalovchining u bilan o'tkazadigan suxbati do'stona ruhda o'tadi. Odatda, bunday suhbat vaqtida shaxsning ijobiy qirralari ham ta'kidlanib o'tiladi. Tarbiyada yengil koyish usulining qo'llanilishi qattik jazo kutayotgan talabaning ko'nglini ko'taradi va o'rtadagi tanglikni yumshatadi. Bunday holat talabani ishonuvchan, tarbiyalovchining so'zlariga yanada e'tiborli bo'lishga, keyingi koyishlarni kuchliroq kabul qila olishga undaydi. Yengil koyishdagi juda ko'p hollarda foydalaniladi. Agar talaba ruhan yarador, ko'ngli yarim yoki tortinchoq bo'lsa, tarbiyalovchining qo'pol muomalasi talabadan yanada uzoqlashishga, shaxsiy kechinmalariga o'ralib, yakkalanib qolishiga olib keladi. Mayin koyishning yumshoq ta'siriga qaysar va ta'bi nozik talabalar ham bo'ysunadilar.

Tarbiyalovchilar talabaning kechinmalari va xulqidagi o'zgarishlariga qarab, tanlagan usullarining amaliy natijasini ko'radilar. Ogohlantirishda tarbiyalovchilar talaba xulqini o'zgartirmasa, uning oqibatlarini ochib beradilar. Bu ta'sirning mazmuni shundaki, tarbiyalovchilar talabada xavotir uyg'otadi va uning negizida noxush oqibatlarini yo'qotish hohishini uyg'otadi va buning oqibatida talabaning xulqida javobgarlik hissi uyg'onadi. Ogohlantirish jarayonida talabaga aytiltan so'z mazmunidan tashqari, tarbiyalovchining jiddiy, ta'sirchan, ba'zan aytilayotgan so'zning qattiq ohangi ham muhimdir [12-15].

Tarbiya amaliyotida yuqorida qayd etilgan pedagogik ta'sirning boshqa usullaridan ham foydalanish mumkin. SHuni ta'kidlash kerakki, mavjud pedagogik ta'sir usullaridan tashqari, har bir tarbiyalovchining pedagogik tajribasiga asoslangan shaxsiy pedagogik ta'sir usullari ham bo'lishi mumkin.

Хулоса урнида шуни таъкидлаш жоизки, таълим жараёнини илмий асосда ташкил этиш, талабаларни илмий билим малака ва куникмалар билан куроллантириш билан бирга уларни хаётга тайёрлаш,уларда инсонийлик фазилатларини шакллантириш,тарбияланувчиларнинг ёш хусусиятларидан келиб чиккан холда педагогик таъсир этиш усулларидан фойдаланиб уларда хаётга кизикиш, узига ишонч туйгуларини шакллантириш керак. Шунингдек, хар бир таълим олувчи шахслардаги ички иктидор ва кобилиятларни кузатувлар натижасида аникланган холда,тарбияланувчилар учун турли методик тавсиялар ишлаб чикиш, турли хил иктидор ва кобилият куникмаларини шакллантиришга каратилган тугаракларни ташкил этиш, улари билан мунтазам иш олиб бориш, ота-оналари билан хамкорлик муносабатлари олиб бориш лозим.

I ПяЗ^^^^В] ^26 http://oac.dsmi-qf.uz

Талабаларни таълим муассасаларида доимий ташкил этиладиган тугараклар, спорт секцияларига аъзо булишларига, турли байрамлар, тадбирларни тайёрлаш ва утказишда уларни иштирок этишларига ундашлари керак.

Колаверса, бу каби амалий вазифалар бугунги куннинг энг долзарб вазифалардан эканлигини хдр бир педагог чукур англаб етиши лозимлигини унутмаслиги лозим.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ишмухамедов Р. ва бошк. Тарбияда инновацион технологиялар - Т.: Истеъдод жамгармаси, 2008. -176 б.

2. К. Ишматов. Таълим сифатини бахрлашнинг замонавий усуллари (методик кулланма).-Наманган: НамМПИ, 2006 йил_

3. Yuldashev, J. G., F. Yuldasheva, and G. Yuldasheva. "Interactive education-quality assurance." Tashkent-2008 (2008).

4. Yuldashev, J. G., and S. А. Usmanov. "Implementation of modern pedagogical technologies." Tashkent: Science and Technology (2008): 132-134.

5. Yuldashev J. METHOD OF LECTURE OF PROFESSOR-TEACHER HIGHER EDUCATIONAL INSTITUTION AND BEHAVIOR //Theoretical & Applied Science. - 2020. - №. 2. - С. 647-649.

6. Юлдашев Ж. Г. ПУТИ ДОСТИЖЕНИЯ СОВЕРШЕНСТВА ЛИЧНОСТИ В УЧЕБНО-ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ ПРОЦЕССЕ //Science Time. - 2017. - №. 6 (42). - С. 63-66.

7. Yuldashev J. Directions and problems of new pedagogical technologies //Public education. - 1999.

8. Yuldashev J. G. Modern requirements for the continuous application of innovations in the educational process //T.:" Continuous education" j. - 2011. - №. 6. - С. 11-15.

9. Yuldashev J. G. et al. CAUSES OF DECREASE IN PUMP PERFORMANCE //Theoretical & Applied Science. - 2021. - №. 5. - С. 155-157.

10. Yuldashev J. G. INFORMATION AND EDUCATIONAL ENVIRONMENT IN THE PROVISION OF ACADEMIC ACTIVITY: AN EXAMPLE OF THE PARADIGM OF THE ENVIRONMENT //Theoretical & Applied Science. - 2021. -№. 5. - С. 150-154.

11.Yuldashev J., Otaxonov O. THE IMPORTANCE OF PEDAGOGICAL KNOWLEDGE AND ITS NECESSITY IN ELIMINATING NEGATIVE MANIFESTATIONS ENCOUNTERED IN TODAY'S YOUTH //Мировая наука. -2019. - №. 5. - С. 91-94.

727

http://oac.dsmi-qf.uz

12. Юлдашев Ж. Основные направления развития взаимоотношений Республики Узбекистан со странами СНГ и ЕС (на примере стран Северной Европы): выпускная квалификационная работа магистра по направлению 41.04. 01-Зарубежное регионоведение; 41.04. 01_01-Страны Северной Европы. - 2019.

13. Yuldashev J., Juraev U. THE NEED TO CREATE AN ALTERNATIVE

14. Ж Юлдашев, Д Каюмов, У Жураев. Укув жараёнини илмий асосда ташкил этишда талабаларнинг мустакил таълимини ривожлантиришнинг услубий асослари. Экономика и социум, 2021. 1-2, 802-806

15. Ж Юлдашев, Д Каюмов, У Жураев. Олий таълим муассасаси профессор укитувчисининг маъруза утиш услуби ва узини тутиши. Экономика и социум, 2021. 1-2, 813-817

728

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.