Научная статья на тему 'TALABALARDA OG’ZAKI NUTQNI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH TEXNOLOGIYALARI'

TALABALARDA OG’ZAKI NUTQNI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH TEXNOLOGIYALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

1595
130
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nutqni rivojlantiruvchi o‟yinlar / semantik assotsiatsiyalar / interfaol usullar / assotsiatsiyalash g‟oyalari / kommunikativ yo‟nalish / speech developing games / semantical associations / interactive methods / associational ideas / communicative directions

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shabnam Jo’raboyevna Toliboboyeva

Ushbu maqola talabalarda og‟zaki nutqni rivojlantirish metodlarini va ularda nutqiy malakalarni rivojlantirish texnologiyalarini aks ettiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article reflects the issues of students‟ speech development and the methods of active learning improvement

Текст научной работы на тему «TALABALARDA OG’ZAKI NUTQNI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH TEXNOLOGIYALARI»

Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 6 | 2022

TALABALARDA OG'ZAKI NUTQNI RIVOJLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH TEXNOLOGIYALARI

Shabnam Jo'raboyevna Toliboboyeva

Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola talabalarda og'zaki nutqni rivojlantirish metodlarini va ularda nutqiy malakalarni rivojlantirish texnologiyalarini aks ettiradi.

Kalit so'zlar: nutqni rivojlantiruvchi o'yinlar, semantik assotsiatsiyalar, interfaol usullar, assotsiatsiyalash g'oyalari, kommunikativ yo'nalish

ABSTRACT

This article reflects the issues of students' speech development and the methods of active learning improvement.

Keywords: speech developing games, semantical associations, interactive methods, associational ideas, communicative directions

KIRISH

Ingliz tili mashg'ulotlarida og'zaki va yozma nutqni rivojlantirishda lug'at bilan ishlash juda muhim bo'lib, o'qituvchi talabalarga nutqiy muloqotga kirishib keta olishiga yordam beradigan dialogik nutq orqali ularga turtki bo'ladilar. Talabalarga so'zlarning tarjimasini tushuntiribgina qolmay, balki bu so'zlarni nutqlarida faol ishlatishga ham odatlantirib boradilar. Lug'at tilning qurilish materiali hisoblansa, grammatika gapda so'zlarning o'zgarishi va ularning bog'lanish usullarini belgilaydi. Bundan tashqari, grammatika tilning qurilish modelini belgilaydi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Talaba xorijiy tilning barcha grammatik aspektlarini qanchalik erta o'zlashtirsa, u nutqiy jihatdan tezroq rivojlanadi. Har qanday mashg'ulot davomida talaba tomonidan yo'l qo'yilgan xatolik o'qituvchi tarafidan tuzatib borilishi kerak. Xato o'z vaqtida tuzatilmay qoladigan hollarda u o'rganuvchining xotirasida aks etib, boshqa o'rganuvchilar ham uning izidan xato so'zlashiga olib keladi. Nutqni rivojlantiruvchi o'yinlar, o'z o'zini baholash (self-evaluation) va jamoaviy loyihalar (teamwork) orqali nutqdagi ancha xatolarni bartaraf etish mumkin.

June, 2022

82

Talabalarning nutqiy faolligi va ravonligini oshirishdek murakkab jarayonda innovatsion metodlar, interfaol usullar va axborot texnologiyalaridan foydalanish muhim o'rin tutadi. Hamkorlikda ishlash o'z natijasini darhol beradi, an'anaviy darslarga qaraganda o'quvchining faolligini ko'proq oshiradi. Hozirda "native speaker"lar, ya'ni ingliz tili ona tilisi bo'lgan insonlar bilan muloqot olib borish, ulardan darslar va master klasslar olish juda ham ommalashib ketdi. Til o'rganish yangi bosqichga ko'tarildi. Bundan tashqari turli ilova va dasturlar, o'yinlar, ularni darslarga tatbiq etish juda ham mahsuldor usul hisoblanadi. Har bir o'qituvchi o'ziga va o'rganuvchilar uchun eng mos keladigan usul va uslublarni tanlaydi. Masalan, film va qo'shiqlar bir guruhdagi o'quvchilar uchun ko'proq mos tushsa, "Kahoot" kabi o'yinlar boshqa guruh aksariyat talabalari uchun munosib mashg'ulotdir. Bunda o'quvchilarning potensialini o'z vaqtida payqashning ahamiyati katta.

Takrorlash texnikalarini ham ayniqsa og'zaki nutqni rivojlantirishda chetlab bo'lmaydi. Bu turli mavzulardagi debatlar, o'zaro savol-javoblar va ko'rgazmali materiallar orqali bo'lishi mumkin. Semantik assotsiatsiyalarni yaratishga qaratilgan o'quv va uslubiy metodlar assotsiatsiyalash g'oyalariga asoslangan bo'lib, ular insonning kognitiv faoliyatidagi aloqalarni ochib beradi. Birinchi navbatda, kommunikativ yo'nalishga nisbatan umumiy strategiyani o'z ichiga oladi, o'rganishning amaliy maqsadini tushunadi, ya'ni tilni ijtimoiy hodisa sifatida o'zlashtirish, og'zaki (tinglash va gapirish) va yozma shaklda (o'qish va yozish) muloqot vositasi bo'lib xizmat qiladi. Talaba har tomonlama rivojlanib, kerakli madaniyatga, yaxshi naslga ega bo'lishi va kasbiy faoliyat bilan shug'ullanishga tayyor bo'lishi kerak. O'qituvchi bilimli, ijtimoiy faol shaxsni tarbiyalashni ta'minlashi kerak va bu faqat o'quv jarayonining sifati yaxshilangan taqdirdagina mumkin bo'ladi. Har bir o'qituvchi maqsadlarni, o'quv tizimi va komplektlarga kiritilgan texnikani, o'quv materiallarining mazmunini bilishi, ta'lim, tarbiya va rivojlanish imkoniyatlaridan ijodiy foydalana olishi kerak.

NATIJALAR

Chet tilidagi nutq faoliyatini o'rgatish jarayonida material har doim ma'lum dozalarda o'zlashtiriladi. Har bir bunday dozaga ega bo'lish mahorat darajasiga yetkazilishi kerak. Bu darajaga erishish uchun materialni o'zlashtirishning ma'lum bosqichlaridan o'tish kerak. Materialning dozasini o'zlashtirish davrlari vaqti -vaqti bilan takrorlanar ekan, bosqichlar ham takrorlanadi. Har bir bosqich o'ziga xos maqsadga muvofiqligini hisobga olib, dars turlarini aniqlash mezonini nutq malakalarini shakllantirishning ushbu bosqichining maqsadi deb hisoblash mumkin.

June, 2022

83

Academic Research in Educational Sciences ISSN: 2181-1385

Volume 3 | Issue 6 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

Nutqning mazmuni, odatda o'qituvchi tomonidan yordamchi savol, rasm, keyin o'quvchining o'zi gapirib berish kerak bo'lgan o'zbekcha gap, tekst yoki boshqa biror usul orqali ifoda qilinishi mumkin.

O'quvchilar bunday holda odatda nima haqida gapirishni o'zlari hal etmaydilar. Bu yaxshigina til materiali zapasiga ega bo'lgan o'quvchini butunlay layoqatsiz kishi qilib qo'yadi, darsdan tashqari paytda biror kishi unga elementar savol bilan murojaat qilsa yoki undan oddiygina bir narsani tushuntirib berishni so'rasa, qanoatlanarli javob ololmaydi. Og'zaki nutqni o'qitishga bag'ishlangan darslarning maqsadga yetarli darajada yo'naltirilmaganligini ham aytib o'tish lozim.

MUHOKAMA

Grammatik jihatdan to'g'ri nutqni shakllantirish bo'yicha mashg'ulotlar ko'rgazmali materiallar yoki ko'rgazmasiz o'tkaziladigan ta'limiy o'yin xarakteriga ega. O'quvchi nutqidagi xatolarni do'stona, xushmuomalalik bilan tuzatish kerak. Hech vaqt bola nutqidagi xatoni takrorlash yaramaydi, yaxshisi grammatik shaklli to'g'ri bo'lgan so'zlarni, ta'limiy o'yinlarni takrorlash joizdir, o'qituvchi dars davomida yoki turli hil o'yinlar davomida bola nutqini kuzatib borishi va grammatik xatolarni tuzatishi shart.

O'qituvchi darsda nutqi yaxshi rivojlanmagan o'quvchilarga alohida e'tibor qaratishi kerak. Ayniqsa indamas, muloqot qilishni istamaydigan, o'zini tutib tura olmaydigan o'quvchilarga alohida yondashishi kerak.

Mashg'ulot vaqtida qo'l keladigan interfaol usullar va didaktik o'yinlarning ahamiyati katta bo'lib, ulardan to'g'ri foydalanish va muvaffaqiyatli tashkil etish o'quvchilarning ongli faoliyatining faollashuvi, bilimlarni puxta egallash vositasi sifatida muhim rol o'ynaydi.

REFERENCES

1. O'.Hoshimov. I.Yoqubov. Ingliz tili o'qitish metodikasi.- Toshkent-2003.

2. Jalolov J. Chet tili o'qitish metodikasi. - Toshkent., 2012: - 48-bet.

3. Ingliz tilini o'qitishning innovatsion usullari. https://fayllar.org/ingliz-tilini-oqitishning-innovatsion-usullari.html

4. O'qituvchi nutq madaniyati. https://fayllar.org/oqituvchi-nutq-madaniyati.html

5. Xorijiy filologiya jurnali. http : //samxorfil. uz/maqola/tillarga-ixtisoslashmagan-oliy-talim-muassasalarida-chet-tili-oqitishning-

XULOSA

maqsadi

June, 2022

6. Gazieva S. T. READING IS THE RECEPTIVE SIDE OF WRITING //Academic research in educational sciences. - 2021. - T. 2. - №. 5. - C. 1564-1570.

7. Gazieva S. T. Modern technology in learning foreign languages //Academic research in educational sciences. - 2020. - №. 3. - C. 1272-1275.

June, 2022

85

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.