Научная статья на тему 'TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHNI IQTISODIY-STATISTIK BAHOLASH METODOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH'

TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHNI IQTISODIY-STATISTIK BAHOLASH METODOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tadbirkorlik / iqtisodiy-statistik baholash / ekonometrika / prognozlash / iqtisodiy samaradorlik / iqtisodiy tahlili / entrepreneurship / economic and statistical evaluation / econometrics / forecasting / economic efficiency / economic analysis

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Qodirova Nozima Rasulovna

Ushbu maqolada tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy-statistik tahlili hududlar kesimida statistik kuzatuv ma’lumotlari tahlilining optimal variantlarini tanlash negizida mahsulot ishlab chiqarish, mehnat sarfi va transaksion xarajatlarni kamaytirishning qo‘shimcha imkoniyatlari ochib berilgan; ishlab chiqarish funksiyasida sotuvdan tushgan sof tushum ustuvorligi asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida mahsulot ishlab chiqarishning 2022-2030-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari aniqlangan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF THE ECONOMIC-STATISTICAL ASSESSMENT METHODOLOGY OF THE DEVELOPMENT OF THE POTENTIAL OF BUSINESS ENTITIES

In this article include linear econometric model has been developed based on panel data and regression of factors such as employment, investment environment, etc., affecting business development; the mechanism for the development of small businesses has been improved, taking into account the specifics of activities and expediency of business entities in Bukhara; Medium-term multidimensional forecast indicators of important indicators reflecting the development of business entities have been developed subjects of the city of Bukhara for 2022-2030

Текст научной работы на тему «TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHNI IQTISODIY-STATISTIK BAHOLASH METODOLOGIYASINI ISHLAB CHIQISH»

TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISHNI IQTISODIY-STATISTIK BAHOLASH METODOLOGIYASINI ISHLAB

CHIQISH

Qodirova Nozima Rasulovna

Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot kafedrasi o'qituvchisi n. r. qodirova@buxdu. uz

Annotatsiya: Ushbu maqolada tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy-statistik tahlili hududlar kesimida statistik kuzatuv ma'lumotlari tahlilining optimal variantlarini tanlash negizida mahsulot ishlab chiqarish, mehnat sarfi va transaksion xarajatlarni kamaytirishning qo'shimcha imkoniyatlari ochib berilgan; ishlab chiqarish funksiyasida sotuvdan tushgan sof tushum ustuvorligi asosida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarida mahsulot ishlab chiqarishning

2022-2030-yilgacha prognoz ko'rsatkichlari aniqlangan.

Kalit so'zlar: tadbirkorlik, iqtisodiy-statistik baholash, ekonometrika, prognozlash, iqtisodiy samaradorlik, iqtisodiy tahlili.

РАЗРАБОТКА МЕТОДИКИ ЭКОНОМИКО-СТАТИСТИЧЕСКОЙ ОЦЕНКИ РАЗВИТИЯ ПОТЕНЦИАЛА СУБЪЕКТОВ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА

Кадырова Нозима Расуловна

Преподаватель экономического факультета Бухарского государственного

университета

n.r. qodirova@buxdu. uz

Аннотация: В данной статье экономико-статистический анализ деловой активности в разрезе регионов на основе выбора оптимальных вариантов анализа данных статистического наблюдения выявляет дополнительные возможности снижения производственных, трудовых затрат и трансакционных издержек; На основании приоритета чистого дохода от реализации в производственной функции определены прогнозные показатели производства продукции в субъектах малого бизнеса и частного предпринимательства до 2022-2030 годов.

Ключевые слова: предпринимательство, экономико-статистическая оценка, эконметрика, прогнозирование, экономическая эффективность, экономический анализ.

DEVELOPMENT OF THE ECONOMIC-STATISTICAL ASSESSMENT METHODOLOGY OF THE DEVELOPMENT OF THE POTENTIAL OF

BUSINESS ENTITIES

Kadirova Nozima Rasulovna

Teacher of the Economics Department of Bukhara State University

n.r. qodirova@buxdu. uz

Abstract: In this article include linear econometric model has been developed based on panel data and regression of factors such as employment, investment environment, etc., affecting business development; the mechanism for the development of small businesses has been improved, taking into account the specifics of activities and expediency of business entities in Bukhara; Medium-term multidimensional forecast indicators of important indicators reflecting the development of business entities have been developed subjects of the city of Bukhara for 2022-2030.

Keywords: entrepreneur ship, economic and statistical evaluation, econometrics, forecasting, economic efficiency, economic analysis.

KIRISH

Yangi O'zbekistonni barpo etish jarayonida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. 2022-2026-yillarda O'zbekiston Respublikasining taraqqiyot strategiyasida iqtisodiyotni rivojlantirish va erkinlashtirish, milliy iqtisodiyot barqarorligini ta'minlash, qishloq xo'jaligini modernizatsiyalash hamda xususiy sektorni qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish kabi ustuvor vazifalar belgilab berildi1.

2030-yilgacha bo'lgan davrda tadbirkorlikni rivojlantirish strategiyasining maqsadi iqtisodiyotning ushbu sektorini ijtimoiy va xavfsizlik omillaridan biri sifatida rivojlantirishdir. Tadbirkorlikni rivojlantirish bandlikning izchil yuqori darajasi, shuningdek innovatsion rivojlanish va iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasini takomillashtirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-son "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida", 2016-yil 5-oktabrdagi "Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-4848-sonli farmoni,

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida»gi 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni. O'zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlari to'plami, 2017 yil, 6-son,70-modda.

2018-yil 14-iyuldagi PQ-3856-son "Aholi bandligini ta'minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida", 2018-yil 27-iyundagi PQ-3777-son "Har bir oila-tadbirkor" dasturini amalga oshirish to'g'risida",

2019-yil 24-oktabrdagi PQ-4498-son "Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu dissertatsiya ishi muayyan darajada xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Xorijlik olimlarning ilmiy ishlarida tadbirkorlik nazariyasi, modellashtirish va bashoratlashga ekonometrik yondashuv, uni amaliyotga tadbiq etish masalalari keng yoritilgan hamda asoslab berilgan. Xususan J.Sey, Y.Shumpeter, J.Keyns, R.Xizrich, M.Piters, F.Xayek, M.Lapusta, Yu.Starostin, K.Makkonnell, S.Bryu, N.Artamonov, V.Afanasev, E.Berndt, M.Verbik, D.Dayitbegov, J.Vuldridj2 va boshqalarning ilmiy ishlarida yoritilgan. Shu bilan birga, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi (MDH) davlatlaridatadbirkorlik sohasini tadqiq etish bo'yicha G.Sh.Abdullaev, V.M.Vlasova, A.Raiskiy, A.Shestakov, N.Ye.Yegorova, V.M.Savchenko, V.M.Shepelov, M.A.Fedotova, I.Tolmachev, S.Stanislav, A.Vilenskiy, S.Valdaysev, A.Andreev3 va boshqalar ilmiy izlanishlar olib borganlar. O'zbekistonda TADBIRKORLIKning umumiy muammolari, ekonometrik modellashtirish hamda pragnozlash masalalari S.S.G'ulomov, B.Yu.Xodiev, B.A.Begalov, T.Sh.Shodiev, B.Ruzmetov, Yo.Abdullaev, R.X.Alimov, B.K.G'oyibnazarov, M.R.Boltabaev, T.Do'stjanov, O.Kenjaboev, O.Rixsimboev, A.B.Yugay, X.S.Muxitdinov, I.O.Ulashev,

2 Сэй Ж.Б. Трактаты политической экономии. - М.: Экономика. 1985. - 55 с.; Шумпетер Й. Теория экономического развития.

- М.: Прогресс, 1985. -159 с.; Кейнс Ж. Общая теория занятости, процента и денег. - М.: Экономика, 1948. - С. 238-241.; Хизрич Р., Питерс М. Предпринимательство или как завести собственное дело и добиться успеха. - М.: Прогресс, 1991. - 223 с.; Хайек Ф. Дорога к рассвету - М.: Экономика, 1992. - 91 с.; Лапуста М.Г, Старостин Ю.Л. Малое предпринимательство. М.: Инфра-М, 1997. - С. 87.; Макконнелл К.Р., Брю С.Л. Экономикс. В 2-х т. Т-1. - М..: Инфра-М, 2003. - 399 с.; . Артамонов, Н. В. Введение в эконометрику.- М.: МЦНМО, 2015. - 204 с.; Афанасьев, В. Н. Эконометрика. - М.: Финансы и статистика, 2017. - 256 с.; Берндт, Эрнст Практика эконометрики. Классика и современность. - М.: ЮнитиДана, 2016. - 848 с.; Вербик, Марно.Путеводитель по современной эконометрике. - М.: Научная книга, 2018. - 616 с.; Дайитбегов, Д. М. Компьютерные технологии анализа данных в эконометрике. - Москва: ИЛ, 2015. - 592 c.; Wooldridge, J. M. Econometric analysis of cross section and panel data / J. M. Wooldridge. - 2nd ed. -2010.

3 Абдуллаев Г.Ш. Математическое моделирование развития малого бизнеса в регионах России. Кан.экон.наук.дисс.-М. :2004. -159 с.; Власова В.М. Основы предпринимательской деятельности. - М.: Финансы и статистика. 1996 - 106 с.; Раиский А. Экономика предприятия. - М.: Маркетинг. 2000. - 696 с.; Шестаков А. Предпринимательская деятельность. - М.: 2000, - 263 с.; Егорова Н.Е. Моделирование деятельности малого предприятия //.Экономика и математические моделы. Том 35, N»2, 1999.

- 67-69 с.; Савченко В.М. Феномены предпринимательства. // .Рос.экон. журнал. - М.: 2006. №9. - 46 с.; Шепелов В.М. Очерки теории и практики развития предпринимательства. - Т.: Фан, 1998. - 177 с.; Федотова М.А. Доходы предпринимателя. - М.: 1993. - 235 с.; Толмачев, И. А. Все о малом предпринимательстве. - М.: РОСБУХ,

ГроссМедиа, 2017. - 424 с.; Сметанин, Станислав История предпринимательства в России. - М.: КноРус, 2018. - 441 c.; Виленский, А.В. Макроэкономические институциональные ограничения развития российского малого предпринимательства.

- М.: Наука, 2017. - 814 с.; Валдайцев, С. В. Малое инновационное предпринимательство: моногр.. - М.: Проспект, 2015. - 538 с.; Андреев, Алексей Магия предпринимательства. Русские традиции делоуправления: моногр.- М.: ИГ "Весь", 2016. - 416 c.

N.B.Ashurova, S.K.Salaev, N.Q.Murodova, I.S.Abdullaev, M.A. Gulmanov, J.J. Urmonov, H.N. Baqoev4 va boshqalarning ilmiy ishlarida keng yoritilgan.

METODOLOGIYA

Ushbu maqola har bir ilmiy izlanish kabi olimlarning fikrlari va mulohazalarini tahlil etishni o'z ichiga olib asosiy maqsadga erishish uchun ilmiy abstraksiyalash, induksiya, deduksiya, tizimli yondashish, qiyosiy tahlil kabi usullardan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda tadbirkorlik iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuch sifatida e'tirof etilgan bo'lib, uning rivojlanish darajasi tadbirkorlik salohiyati qay darajada shakllantirilganligi va amalga oshirilganligi bilan izohlanadi. Tadbirkorlik salohiyati muayyan turdagi tadbirkorlik faoliyati va muayyan iqtisodiy tizimning o'ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadigan jihatlarga ega. Tadbirkorlik salohiyatining holati, tadbirkorlik rivojlanish darajasi mamlakatda ro'y berayotgan umumiy iqtisodiy jarayonlar, milliy iqtisodiyot rivojlanish darajasi, davlatning yo'naltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatiga bog'liq.

P.L.Gluxix ilmiy tadqiqotlarida hududlarda tadbirkorlik salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirish bo'yicha o'z uslubini taklif etgan. Unda

4 G'ulomov S.S. Tadbirkorlik va kichik biznes. - T.: 2008.-365 b; Shodiev T.Sh., Xodiev B.Yu. i dr. Ekonometrika. ucheb. posobie. - T.: Sharq . 1999 -240 s.; Begalov B.A. Axborot-kommunikatsiyalar bozorining shakllanish va rivojlanish tendensiyalarini ekonometrik modellashtirish. i.f.d. ilmiy darajasi olish uchun èzilgan dissertatsiya ishi. -T.:TDIU, 2001.-330.; Ruzmetov B. Optimizatsionnbie zadachi mnogoagregatnbix kompleksov. Modeli, metodbi resheniya, programmnbie moduli. - T.: Fan, 2010.; Abdullaev Yo. Kichik biznes va tadbirkorlik asoslari. - T.: Mehnat, 2010. - 349 b.; Alimov R.X. va boshqalar. Milliy iqtisodda axborot tizimlari va texnologiyalari. o'quv qo'llanma. - T.: Sharq, 2004. - 320 b.; G'oyibnazarov B.K., Boltaboev M.R. va boshqalar. Kichik biznes va tadbirkorlik: o'quv qo'llanma. - T.: Iqtisodièt, 2010. -275 b.; T.Do'stjanov Kichik biznesning katta imkoniyatlari.- Urganch.: Xorazm, 1997.; Kenjabaev A.T. Tadbirkorlik faoliyatini axborotlashtirish milliy tizimini shakllantirish muammolari.: iqt.fan. dokt. diss.avtoref. - T.:TDIU, 2005-39 b:, Rixsimboev O.Q. O'zbekiston Respublikasida kichik va o'rta biznesning ustuvor yo'nalishlarini ekonometrik bashoratlash.: iqt.fan. nomz. diss.avtoref. -T.:TDIU, 2002. -22 b; Югай А.Б. Моделирование процессов управления развитием производства предприятий малого бизнеса.: щт.фан. номз. дисс.автореф. -Т.: ТДИУ, 2004. -22 б; Muxitdinov X.S. Hudud aholisi turmush darajasini oshirish va ijtimoiy rivojlanishini modellashtirish. -T.: Fan, 2009. . Ulashev I.O. va boshqalar. Sanoatlashgan hududda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni innovatsiyaviy rivojlanishi: monografiya-N.: A.Navoiy -152 b.; Ashurova N.B. Barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlashda soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish. iqt.fan. dokt. diss.avtoref. - T.:BMA, 2018-72 b., Salaev S.K. Kichik biznes rivojlanish tendensiyalarini modellashtirish va bashoratlash muammolari: nazariya, uslubièt va amalièt. Monografiya. Toshkent.: "Fan", 2007. 241 bet.; Murodova N.Q. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo'llab - quvvatlashning iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish. Iqt.fan. dokt. diss.avtoref. - T.: TDIU, 2016-74b.; Abdullaev I.S. Mintaqaviy iqtisodiy tizimni optimal tartibga solishning mexanizmlarini takomillashtirish. Iqt.fan. dokt. diss.avtoref. - T.: 201767 b.; Gulmanov M.A. Kichik biznes kooperatsion aloqalarini ekonometrik modellashtirish (Xorazm viloyati misolida). iqt.fan. nom. diss.avtoref. - T.: TDIU, 2011-24 b.; Urmonov J.J. Tadbirkorlik sub'ektlarini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish masalalari: Monografiya /; T.: —IqtisodMoliya, - 2018. 240 b.; Baqoev H.N. Hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati

rivojlanishining ekonometrik tadqiqi (Navoiy viloyati misolida). Iqt. fan. bo'yicha fals. dok. (PhD) diss. avtoref. T.: 2020-60 b.;

tadbirkorlik salohiyatini shakllantirishning umumiy shart-sharoitlari, shakllanish jarayoni va rivojlantirish bosqichlari yoritilgan. Lekin kichik tadbirkorlik subyektlari salohiyatiga ta'sir etuvchi ishchanlik muhitini tavsiflovchi ko'rsatkichlardan foydalanilmagan. Ular tomonidan ishlab chiqilgan uslubiyot tadbirkorlik subyektlarining hudud ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qo'shgan hissasini reyting asosida baholash imkonini beradi .

Bular obyektiv va subyektiv statistika ko'rsatkichlaridir. Ob'ektiv statistik ko'rsatkichlar tizimi rasmiy statistika idoralari va boshqa rasmiy tashkilotlar manbalari asosida yuritilsa, subyektiv statistik ko'rsatkichlar tizimi aholi va kichik tadbirkorlik subyektlari o'rtasida mustaqil o'tkazilgan so'rovnoma natijalariga asoslanadi. Ushbu statistik ko'rsatkichlar tizimi asosida hududning kichik tadbirkorlik subyektlari salohiyatini baholashga imkon beruvchi mahalliy budjet daromadlari, aholi jon boshiga to'g'ri keladigan o'rtacha daromadlar, ishsizlik darajasi, mehnatga layoqatli yoshdagi aholi tadbirkorlik faolligi, hudud aholisining kichik tadbirkorlikni qabul qilishi holati, aholi jon boshiga to'g'ri keladigan soliq tushumlari, aholi jon boshiga to'g'ri keladigan tadbirkorlik soni, kichik tadbirkorlik aylanmasi hajmi va boshqa ko'pgina statistik ma'lumotlarni tahlil qilish imkoniyati paydo bo'ladi. Kichik tadbirkorlik subyektlari salohiyatining holati va rivojlanishini tavsiflovchi statistik ko'rsatkichlar tizimi: obyektiv statistikaga asoslanadigan ko'rsatkichlar tizimi hamda subyektiv statistikaga asoslanadigan ko'rsatkichlar tizimi. Ob'ektiv statistikaga asoslanadigan ko'rsatkichlar tizimiga Davlat Statistika Qo'mitasi, Davlat Soliq Qo'mitasi, Moliya Vazirligi va boshqa rasmiy idoralar ma'lumotlari kiradi.

Bular esa o'z navbatida tadbirkorlik subyektlari soni; kbhtda bandlarning o'rtacha soni; tadbirkorlik korxonalari aylanmasi hajmi; asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi; tadbirkorlik subyektlarining yagona soliq to'lovlari hajmi va b.q. Subyektiv statistikaga asoslanadigan ko'rsatkichlar tizimiga esa aholi va kichik tadbirkorlik subyektlari o'rtasida mustaqil o'tkazilgan so'rovnoma natijalari orqali amalga oshirishda kichik tadbirkorlikni rivojlantirish yo'lidagi asosiy ijtimoiy -iqtisodiy muammolar va to'siqlar miqyosini aniqlash va baholash; soliq solish, moliyaviy holat, mulkiy muammolar, ijtimoiy mehnat munosabatlari, yashirin iqtisodiyot ko'lami va boshqalar bilan bog'liq muammolarni kuzatish va baholash kiradi.

Bizning fikrimizcha, respublikada xizmat ko'rsatish, faol tadbirkorlik iqtisodiyotning zamonaviy tarmoqlari singari rivojlanib borayotgan sohadir. Shunga ko'ra, mazkur sohada faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari iqtisodiy samaradorligining barcha ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa jihatlari quyidagi mezonlarda o'z aksini topadi (2-rasm).

1-rasm. Xizmat ko'rsatish sohasida tadbirkorlikning mezonlari5

Aytib o'tish joizki, kichik tadbirkorlik subyektlari salohiyatining holati va rivojlanishini ifodalovchi ko'rsatkichlar tizimi yetarli darajada ko'pligi uning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holatini natijaviyligi va samaradorligini aks ettiruvchi yig'ma indikatorlar tizimini shakllantirish zaruratini vujudga keltiradi. Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida mulkchilik shaklidan qat'iy nazar barcha turdagi korxona va tashkilotlar samaradorlikka oid masalalarda hozirgi davr talabidan kelib chiqqan holda yangicha yondashishlari talab etiladi. Aynan samaradorlik xo'jalik faoliyatining eng muhim va umumlashtirilgan ko'rsatkichlarini o'zida umumlashtiradi. Ya'ni faoliyatning oxirgi natijalari samaradorlikda o'z aksini topadi. Iqtisodiy adabiyotlarda samaradorlikning mohiyati, tushunchasiga ko'plab qarashlar mavjudligi kabi, uning har xil mezonlari va ko'rsatkichlari tasnif qilinadi. Ko'pgina mualliflar samaradorlikni nisbiy ko'rsatkich deb ta'kidlab, u olingan (erishilgan) natija bilan xarajatlar nisbati orqali aniqlanishini tavsiya qiladi. Bizning fikrimizcha, muhim masalardan biri bo'lgan ijtimoiy- iqtisodiy samaradorlikni har tomonlama chuqur o'rganish va tushunish uchun alohida ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik mezonlari va ko'rsatkichlari ishlab chiqilishi kerak.

Lekin bunda ijtimoiy va iqtisodiy samaradorlik mezonlari va ko'rsatkichlari o'zaro bog'liq emas, degan fikr kelib chiqmaydi. Aksincha, ular uzviy bog'langan va bir-birini taqozo qiladi, to'ldiradi. Iqtisodiy samaradorlik sifat jihatidan hisoblab chiqilmasa va o'lchanmasa, uning muntazam oshib borishi bo'yicha belgilangan ishlarni bajarib bo'lmaydi. Iqtisodiy samaradorlikning o'sishi ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish har qanday shakli rivojlanishining ob'ektiv qonuniyatidir. Chunki,

5 Luskatova O.V., Glenkova Ye.O., Shalova V.A. Metodicheskiy podxod k ekonomicheskoy otsenke vliyaniya predprinimatelstva na dinamiku razvitiya regiona // Fundament. issled. 2013.№ 2-3. S. 594-598.

jamiyatning rivojlanishi ishlab chiqariladigan mahsulot yoki ko'rsatiladigan xizmatlar hajmi va sifati ortishini, ishlab chiqarish va muomala, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun jamg'arishni ko'paytirishni talab etadi.

Fikricha, iqtisodiy samaradorlik ko'rsatkichlarini ikki guruhga - alohida (xususiy) va umumlashgan ko'rsatkichlarga bo'lish mumkin. Faol tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy samaradorligini tavsiflovchi alohida ko'rsatkichlarga mehnat resurslaridan foydalanish hamda moddiy va moliyaviy resurslardan samarali foydalanish ko'rsatkichlarini kiritish mumkin. Xizmat ko'rsatish sohasida tadbirkorlikning iqtisodiy samaradorligi ko'rsatkichlari tizimida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi ko'rsatkichlari alohida o'rin egallaydi. Bizningfikrimizcha, xizmat ko'rsatish sohasida tadbirkorlikda mehnat unumdorligi darajasi va dinamikasi (natural va qiymat ko'rsatkichlari); o'rtacha mehnat haqi; bir xodim hisobiga to'g'ri keladigan xizmatlar hajmining o'sish sur'ati va mehnatga haq to'lash sur'atining nisbati; mehnat haqining bir so'miga olingan natija ko'rsatkichlari tizimidan foydalanib, mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini keng tavsifiga ega bo'lish mumkin. Mehnat unumdorligi darajasi natural va qiymat shaklida hisoblanishi mumkin. Natural shaklda hisoblansa, tovarlar hajmining xodimlar o'rtacha soniga nisbati olinadi.

Mehnat unumdorligi darajasi natural va qiymat shaklida hisoblanishi mumkin. Natural shaklda hisoblansa, tovarlar hajmining xodimlar o'rtacha soniga nisbati olinadi.

Xususiy tadbirkorlikda mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi mehnat unumdorligi, mehnat qiymati va mehnat sig'imi kabi ko'rsatkichlarda aniqlanadi. Mehnatning foydalilik (rentabellik) darajasi. Ushbu ko'rsatkich bir so'mlik ish haqiga to'g'ri keladigan sof foyda summasini ifodalaydi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

O'zbekistonning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga munosib tarzda kirib borishida kichik biznes muhim rol o'ynaydi. Chunki ko'plab biznes tahlilchilari va tadqiqotchilar XXI asrda tadbirkorlik qator mamlakatlarda iqtisodiyotning dinamik qismiga aylanib, milliy iqtisodiyot taraqqiyotining mustahkam tayanchini tashkil etadi degan fikrdalar. Boshqacha qilib aytganda, kichik biznes har qanday davlatning muvaffaqiyatli rivojlanishi va gullab yashnashining asosiy negizi bo'lib, bozor munosabatlariga o'tish sharoitida iqtisodiyotning tayanch sohasi sifatida tan

olingan. Shu bois mamlakat yalpi ichki mahsulotining o'sish sur'atlari hamda aholi farovonligining oshishi hal qiluvchi darajada aynan tadbirkorlikning rivojlanishiga bog'liq.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni. «Xalq so'zi» gazetasi, 2017 yil 8 fevral, №28 (6722).

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasi. // uza.uz.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yavardagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli Farmoni.// lex.uz.

4. Junaydullayevich, A. A., & Rasulovna, Q. N. (2023). MAMLAKATIMIZ IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING O 'RNI. SCIENTIFIC ASPECTS AND TRENDS IN THE FIELD OF SCIENTIFIC RESEARCH, 1(10), 34-37.

5. Abdulloyev, A. J., & Rahmatov, A. A. O. G. L. (2022). Tadbirkorlik subyektlari salohiyatini oshirishning iqtisodiy asoslari hamda rivojlanish istiqbollari. Central Asian Academic Journal of Scientific research, 2(6), 582-588.

6. Niyozova, I. (2023). Mamlakatimizda korxonalarning tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish va boshqarish. Центр научных публикаций (buxdu. uz), 39(39).

7. .Rasulovna, Q. N. (2024). Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida raqamli marketingning o'rni va ahamiyati. Gospodarka i Innowacje., 46, 274-278.

8. Junaydullayevich, A. A., & Rasulovna, Q. N. (2024). Sanoat korxonalarining iqtisodiy salohiyatini baholash usullarini ishlab chiqish. Journal of economy, Tourism and service, 3(2), 20-24.

.Junaydullaevich, A. A., & Rasulovna, Q. N. (2023). The role and place of economic potential in activities of the organization. pedagogical sciences and teaching methods, 2(24), 101-104.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.