Научная статья на тему 'OʻZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK SEKTORINING RIVOJLANISH TENDENTSIYALARI'

OʻZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK SEKTORINING RIVOJLANISH TENDENTSIYALARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
179
52
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kichik biznes / xususiy tadbirkorlik / imtiyoz / infratuzilma / bank / davlat bojlari / YaIM / Covid­ 19 / eksport / import / soliqlar / makroiqtisodiy koʻrsatkichlar / Small business / private entrepreneurship / privilege / infrastructure / bank / state taxes / GDP / Covid­19 / export / import / taxes / macroeconomic indicators

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mambetjanov Qahramon Qurbandurdievich, Sarmanov Alisher Adiljonovich

Mazkur maqolada Oʻzbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sektorining rivojlanish tendentsiyalari tahlil qilingan. Shuningdek, amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida ushbu sohani rivojlantirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT TENDENCIES OF THE SECTORS OF SMALL BUSINESS AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP IN UZBEKISTAN

In the article is analyzed the development trends of the sectors of small business and private entrepreneurship in Uzbekistan. Also, as a result of the conducted research, scientific proposals and practical recommendations were given for the development of the field

Текст научной работы на тему «OʻZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK SEKTORINING RIVOJLANISH TENDENTSIYALARI»

Mambetjanov Qahramon Qurbandurdievich,

O'zbekiston Milliy universiteti, iqtisodiyot fanlari doktori, professor

Sarmanov Alisher Adiljonovich,

O'zbekiston Milliy universiteti 1-bosqich talabasi

O ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK SEKTORINING RIVOJLANISH TENDENTSIYALARI

UOK: 334.772 DOI: 10.34920/EIF/VOL_2023_ISSUE_9_3

MAMBETJANOV Q.Q., SARMANOV A.A. O ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIK SEKTORINING RIVOJLANISH TENDENTSIYALARI

Mazkur maqolada O'zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sektorining rivojlanish tendentsiyalari tahlil qilingan. Shuningdek, amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida ushbu sohani rivojlantirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, imtiyoz, infratuzilma, bank, davlat bojlari, YalM, Covid-19, eksport, import, soliqlar, makroiqtisodiy ko'rsatkichlar.

МАМБЕТДЖАНОВ К.К., САРМАНОВ А.А. ТЕНДЕНЦИИ РАЗВИТИЯ СЕКТОРА МАЛОГО БИЗНЕСА И ЧАСТНОГО ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА В УЗБЕКИСТАНЕ

В данной статье анализируются тенденции развития сектора малого бизнеса и частного предпринимательства в Узбекистане. Также в результате проведенных исследований были даны научные предложения и практические рекомендации по развитию данного направления.

Ключевые слова: малый бизнес, частное предпринимательство, льгота, инфраструктура, банк, государственные пошлины, ВВП, Covid-19, экспорт, импорт, налоги, макроэкономические показатели.

MAMBETJANOV Q.Q., SARMANOV А.А. DEVELOPMENT TENDENCIES OF THE SECTORS OF SMALL BUSINESS AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP IN UZBEKISTAN

In the article is analyzed the development trends of the sectors of small business and private entrepreneurship in Uzbekistan. Also, as a result of the conducted research, scientific proposals and practical recommendations were given for the development of the field.

Key words: Small business, private entrepreneurship, privilege, infrastructure, bank, state taxes, GDP, Covid-19, export, import, taxes, macroeconomic indicators.

Kirish.

XXI asrga kelib insoniyat o'z taraqqiyotining eng yuqori bosqichiga chiqdi. Buning natijasi o'laroq dav-latlar orasidagi raqobat kuchaydi. Jahon bozorida davlatlar orasida savdo-iqtisodiy munosabatlarda manfaatlar to'qnashuvi har qachongidan ham shid-datli tus oldi. Chunki, dunyodagi istalgan qudratli davlat ham o'zining tashqi iqtisodiy aloqalarini sama-rali yo'lga qo'ymasdan turib raqobatga bardosh bera olmasligi tobora oydinlashib bormoqda.

Shu nuqtai-nazardan qaraganda, O'zbekiston Respublikasi uchun ham eksportbop tovarlarni ish-lab chiqarish, jahon bozorida o'z o'rniga ega bo'lish juda katta ahamiyatga ega. Chunki, bu bir tomondan, mamlakatning valyuta zaxirasi salmog'ini oshirishga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, hukumatning o'z oldiga qo'ygan strategik maqsadlariga erishishi uchun keng imkoniyat yaratadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabr PQ-306-son «Kichik biznesni rivojlanti-rishni moliyaviy va institutsional qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi qaroriga ko'ra, kichik biznesni qo'llab-quvvatlash bo'yicha "uzluksiz xizmat-lar zanjiri" dasturini yaratish, biznesni rivojlantirish banki, uch oy muddatda xalqaro moliya institutlarin-ing texnik ko'magi va boshqa manbalar hisobidan biznes jarayonlarini avtomatlashtirgan holda tashkil etish va muvofiqlashtirib borish uchun Biznes por-talni ishga tushirish, 2024-yil 1-yanvardan boshlab oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar 3 yilgacha muddatga 6 oylik imtiyozli davr bilan yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada ajratilish vazifalari belgilab berildi. Biznesni rivojlantirish banki aynan shu Dasturni samarali amalga oshirish va uni doimiy ravishda takomillashtirib borish bo'yicha asosiy tay-anch bank etib belgilandi. Dasturni 2023-2026-yil-larda amalga oshirish uchun davlat mablag'lari hisobidan 6 trillion so'm va xalqaro moliya institutlarining 1,2 milliard AQSh dollari miqdoridagi mablag'lari yo'naltirishi belgilandi1.

Yuqorida qayd etilgan ma'lumotlardan kelib chiqib, O'zbekistonda kichik biznes va xususiy tad-birkorlikning rivojlanishi hozirgi kunda eng dolzarb masalalardan biridir.

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabr PQ-306-son «Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institusional qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori // https://lex.uz/docs/-6609110

Ilmiy muammoning qo'yilishi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlanishining ilmiy-nazariy va amaliy asoslari xorij olimlari S.Cao, D.Leung, R.B.Sappey, R.Anderson, R.G.Kuper, S.Xarvi tomonidan o'rganilgan va tad-qiq qilingan2.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanti-rishning ustuvor yo'nalishlari MDH mamlakatlari iqti-sodchi olimlari V.V.Volgin, V.N.Tishkov, S.D.Polzikov, V.V.Visokov, Y.A.Mazilov ilmiy ishlarida tadqiq etilgan. Ular tadqiqot ishlarida sohaning rivojlanish evolyutsiyasi, davlat tomonidan tartibga solini-shi hamda turli xildagi imtiyozlar orqali qo'llab-quvvatlash masalalari yoritib berilgan3.

Milliy iqtisodiyotda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish masalasi yuzasidan o'zbek olimlari ham ilmiy tadqiqotlar olib borishgan va hozirgi kunda izlanishlar davom etmoqda. Jum-ladan, X.T.Qodirov, M.S.Qosimova, R.A.Sodiqova, Sh.Yuldashev, S.Gulomov, N.Q.Muradova va boshqalar Respublikada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanishining ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan juda ko'p tadqiqotlar o'tkazishgan4.

Shuni alohida ta'kidlash lozimki, Respublikada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlan-

2 Cao, S., & Leung, D. (2020). Credit constraints and productivity of SMEs: Evidence from Canada. Economic Modeling, 88, 163-180; Sappey R.B. Industrial Relations: A Small Business Perspective. Journal of Industrial Relations. 1985;Anderson R. Entrepreneurship: Starting a New Business, Harper & Row, Publishers, Incorporated, New York, 1990; Купер Р.Г. Победа нового продукта. Ускорение процесса от идеи до запуска. В сб. «Коммерциализация технологий",- М.: Изд «Moscow News Weekly" АН при Правительстве Российской Федерации. 1995.; Harvey С. Small Business Admiration, Managing for Profits

3 Волгин В.В. Индивидуальный бизнес. — М.: 0с-89.2001.; Тишков В.Н. Внешнеторговая политика: тарифное и нетарифное регулирование внешней торговли: Учебное пособие. — СПб.: Изд-во СПб ГУЕФ, 2001.; Ползиков С.Д. Пути развития современного предпринимательства —М.,

1993.; Visokov V.V. Maliy biznes: made in Russia: Nauchno-prakticheskoye posobiye. Rostov-na-Donu: Izdatelskiy sentr DGTU. 1999. 120 s.; Mazilov Y.A. Rol malogo biznesa vsotsi-alno-ekonomicheskom razvitii rossiyskix regionov: problemi itendyensii// Problemi razvitiya territorii, 2018;

4 Qodirov Х.Т. Tikuv- trikotaj korxonalari eksport salohi-yatini xalqaro marketing strategiyalari asosida oshirish. — Т., 2020; Qosimova M.S. Kichik biznes va tadbirkorlik. — Т.: TDIU, 2012.; Sodiqova R.A. 0 'zbekiston iqtisodiyotini Mod-ernizatsiya qilish sharoitida kichik biznesda raqobat muhi-tini shakllantirish, i. fn. ilmiy darajasini olish uchun disser-tatsiya. — Т.: 0 'zRFA Iqtisodiyot instituti, 2008.; Yuldashev Sh. Maliy biznes I predprinimatelstvo, -T.: Iktisod-moliya, 2006.; Gulomov S.S. Tadbirkorlik va kichik biznes. T.: TGEU, 1996.; Muradova N.Q. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning nazariy asoslarini takomil-lashtirish. Iqt. fan. doktoridiss.avtoreferati. -T.2016.;

1-rasm. 2000-2023 yillardagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YaIM dagi ulushi foizda (%)1.

80% 70%

20% 10%

0%

OiHrgm^-LniDi^oomOiHrsim^-Ln^Di^oooiOrHcNm oooooooooooooooooooooooo

Р^ГМГМГМГМГМГМГМГМГМГМГМГМГМГМГМГМГМГМГМГМГМГМГМ

ishiga ta'sir qiluvchi omillarni aniqlash hamda hudud-larda kichik biznesni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning iqtisodiy mexanizmini takomillashti-rish muammolari yetarlicha darajada o'rganilmagan. Aynan mana shu holat tanlangan muammo dolzar-bligini belgilaydi va ushbu muammoni hal qilish Yangi O'zbekiston 2030 yilga qadar rivojlantirish Srategiyasini amalga oshirishda ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.

Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu tadqiqot jarayonida ilmiy mushohadalash, jadval va grafik, tizimli tahlil, statistik guruhlash, taqqoslash kabi metodlardan foydalanilgan.

Asosiy tahlil va natijalar.

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erish-gandan mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqi-yotini ta'minlash borasida ko'plab chora-tadbirlar amalga oshirildi. Natijada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalariga e'tibor kuchaydi va ko'plab istiqbolli loyihalar va chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqildi. Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strate-giyasida "Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoit yaratish, xususiy sektorning yalpi ichki mah-sulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish" vazifasi qo'yilgan2.

Shu o'rinda ta'kidlash joizki, YaIM davlatning haqiqiy qudratini ko'rsatadigan makroiqtisodiy

1 https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/small-business-and-entrepreneurship-2

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi

Farmoni .https://lex.uz/uz/docs/-5841063

ko'rsatkich hisoblanadi. So'nggi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YalMdagi ulushi muntazam oshish tendensiyasiga ega bo'ldi va oxirgi 5 yilda past darajada tushmoqda (1-rasm).

2000-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining YaIM dagi ulushi 31.0% ni tashkil qilgan bo'lsa, 2005-yilga kelib bu ko'rsatkich 38.2% ga, 2010-yilda 60.8%ga, 2015-yilda 64.6% ga, 2020-yilda 54.8% ga va 2023-yilda esa 51.2% ga yetgan. Yillar davomida olib qaraydigan bo'lsak oshish ten-densiyasi kuzatilyapti, ammo 2016-yildan keyin past darajada bo'lsa ham pasayish tendensiyasi kuzatildi. So'nggi yillarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YaIM dagi ulushini kamayishining asosiy sababi YaIM hajmining oshishligi bilan bog'liq. Masalan, 2019-yilda YaIM hajmi 532 712,5 mlrd so'mni tashkil qilgan bo'lsa, 2023-yilda 1 066 569,0 mlrd so'mga yetdi, bu o'z navbatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushini pasayishiga to'g'ri keladi. Bundan shuni aniqlasak bo'ladiki, 2019-yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati 298 319 mrld. so'm (56%), 2023-yilda esa 555 682.4 mlrd. so'mni (51.2%) tashkil qilgan3.

O'zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning o'sish sur'atlariga bozor iqtisodiyotiga bos-qichma-bosqich o'tish, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va qarorlari, investitsi-yalarning kirib kelishi, tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyatlar va imtiyozlar, oilaviy tadbirkorlikka e'tiborning kuchayishi va boshqa ko'pgina omillar ta'sir ko'rsatadi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlan-ish tendensiyalarini ifodalovchi qator ko'rsatkichlar

3 https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/national-accounts-2

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 9 (169)

1-jadval. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyot tarmoqlaridagi asosiy

ko'rsatkichlari hajmi1

№ Ko'rsatkichlar 2019 y. 2020 y. 2021 y. 2022 y. 2023 y.

1. Ro'yxatdan o'tgan korxona va tashkilotlar soni (Dehqon va fermer xo'jaliklarisiz, dona) 394657 468942 551636 602344 673397

2. Ro'yxatdan o'tgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni (fermer va dehqon xo'jaliklarisiz, dona) 279891 341890 417244 467096 503804

3. Iqtisodiyotda jami bandlar soni (ming kishi) 18949 19158,2 19334,9 19517,5 20095,5

4. Kichik biznesda bandlar soni (ming kishi) 10318,9 9865,7 10080,6 10131,1 10278,9

mavjud bo'lib, ular dinamikasi sohadagi o'zgarishlarni ifodalaydi. "Kichik va o'rta biznesn-ing xalqaro bozorlarga chiqishiga imkoniyatlarni kengaytirish, mikro moliyalashtirishni rivojlantirish, innovatsiyalar va startaplarni qo'llab-quvvatlash hamda yirik biznes bilan kooperatsiyani rivojlanti-rishning yangi instrumentlarini amaliyotga joriy etish"2 ustuvor maqsadlardan biri sifatida belgilandi.

Har qanday mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisoddagi o'rni va roli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasiga bevosita ta'sir qiladi. O'zbekiston iqtisodiyotida ham kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyot tarmoqlaridagi o'rni sezilarli darajada. Buni sanoat, qishloq xo'jaligi, bandlar soni va aholi daromadlarida kuzatish mum-kin (1-jadval).

Hozirgi davrda kichik biznes va xususiy tad-birkorlik faoliyatlarining rivojlanish natijasida ularning iqtisodiy sohalardagi ko'rsatkichlari ham bir necha barobar oshmoqda. Ro'yxatdan o'tgan korxona va tashkilotlar soni dehqon va fermer xo'jaliklarisiz 2019-yilga nisbatan 2023-yilda - 1.7 marta, ro'yxatdan o'tgan, kichik tadbirkorlik sub-yektlari soni, fermer va dehqon xo'jaliklarisiz - 1.8 marta, iqtisodiyotda jami bandlar soni (ming kishi hisobida) 1.1 marta oshganini ko'rishimiz mumkin. Kichik biznesda bandlar soni 2019-yilda 10318.9 ming kishini tashkil qilgan, ammo Covid-19 sababli bu ko'rsatkich tushgan va 2020-yilda 9865.7 ming kishiga yetgan. So'nggi yillarda bandlar soni yana o'sish sur'atlarini ko'rsatdi va 2023-yilda 10278.9 ming kishiga yetdi.

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma'lumotlari asosida muallif tomonidan tuzildi. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/small-business-and-entrepreneurship-2

2 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158-son "0'ZBEKIST0N-2030" STRATEGIYASINING 56-maqsadi .https://lex.uz/uz/docs/-6600413

Xulosa va takliflar.

Yuqorida amalga oshirilgan tahlillar va tadqiqot-lar natijasida, O'zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning barqaror rivojlanishi bo'yicha quy-idagilar taklif etiladi:

- tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari uchun tovarlarini eksportga rasmiylashtirish jarayonlarini soddalashtirish, bunda raqamli texnologiyalardan foydalanishga alohida e'tibor qaratish;

- eksportbop tovarlar ishlab chiqaruvchilarni qo'llab-quvvatlash maqsadida, kichik biznes korx-onalarida ishlatiladigan chetdan import qilinayotgan xom-ashyo tovarlari uchun qo'shilgan qiymat solig'i stavkasini pasaytirish (QQS stavkasini tovar qayta ish-langanlik darajasiga qarab tabaqalashtirish);

- kichik biznes faoliyatini belgilaydigan ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkichlarning aniq tizimini ishlab chiqish, kichik biznesda ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy qilish, kichik va katta biznes o'rtasidagi aloqalarni kengaytirish;

- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash maqsadida, ulardan turli xil soliqlar va undiriladigan pul miqdorlarini kamaytirish hamda kichik biznesni boshlamoqchi bo'lgan aholiga sub-sidiyalar ajratish;

- hozirgi davr talabidan kelib chiqqan holda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivoji uchun qulay muhitni shakllantirish va paydo bo'ladigan xatar-lardan holi etish uchun kichik biznes metodologiya-sini o'rganish.

- yangi texnikalar ishlab chiqarishga va ilmiy tadqiqotlardan asosiy daromad oluvchi, ilmiy tad-qiqotlar yutuqlarini ommaviy axborot vositalari orqali targ'ib etadigan kichik biznes korxonalariga soliq, arzon kreditlar ajratish va boshqa masalalarda imtiyozlar tizimini islab chiqish;

- Yangi O'zbekiston 2030 yilga qadar rivojlantirish Srategiyasini amalga oshirishda qatnashayotgan va o'z hissasini qo'shayotgan kichik biznes korxonalariga soliq, arzon kreditlar ajratish va boshqa masalalarda imtiyozlar tizimini islab chiqish.

ИКТИСОД ВА МОЛИЯ / ЭКОНОМИКА И ФИНАНСЫ 2023, 9 (169)

Foydalanilgan adabiyot го'уха^:

1. O,zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentabrdagi PQ-306-son «К^Ь^ biznesni г^^П^И™ moliyaviy va institutsional qo,llab-quvvatlash сИога^а^Нап to'g'risida»gi Qarori.

- https://lex.uz/uz/docs/-6609110

2. О^Ье^оп Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-son "O,zbekiston

- 2030" strategiyasi to'g'гisidagi Faгmoni. - https://lex.uz/ru/docs/6600413

3. 0'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi 0'zbekistonning Taгaqqiyot stгategiyasi to'g'гisida"gi Farmoni. - https://lex. uz/docs/5841063.

4. Abdullaev S.A., Mambetjanov Q.Q., Mamanazarov А.А. O,zbekiston milliy boyligini oshirishning tabiiy va insoniy omillaгi. // Iqtisodiyot va moliya (O'zbekiston). № 3, 2020 уП.

5. Amonov М. Tadbiгkoгlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va qo'llab-quvvatlash tizimini г^^П^^И. Avtoгefeгat. - Toshkent: 2024.

6. Kambarova БИ. O,zbekistonda innovatsiya jarayonlari rivojlanishi sharoitida kichik biznesning eksport salohiyatini oshiгish. Avtoгefeгat. - ^Ь^П^ 2023.

7. Salamov I., Qudratova I., Qudratov Т. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik. Ma'ruzalar Ыы.

- 2015, 119 Ь, 13-14 ЬЬ.

8. Salayev J. Sanoatda kichik biznes sub'yektlari faoliyati samaradorligini oshirishning istiqbolli yo'nalishlaгi. Avtoгefeгat. - ^Ь^П:: 2023.

9. https://kun.uz/uz/news/2023/02/24/mehnat-resurslari-soni-eng-kop-bolgan-hudud-malum-qilindi

10. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/small-business-and-entrepreneurship-2

11. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/national-accounts-2

12. https://stat.uz/uz/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.