Научная статья на тему 'TABIIY FANLARNI О‘QITISHDA BО‘LAJAK О‘QITUVCHILARINING METODIK TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH'

TABIIY FANLARNI О‘QITISHDA BО‘LAJAK О‘QITUVCHILARINING METODIK TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
253
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kreativ yondashuv / ta’lim va tarbiya / shakl va mazmun / matematkia / pedagogika / psixologiya / tasavvur va tafakkur

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Djumayeva Moxigul Mamanazarovna

Maqolada Matematik tasavvurlarni shakllantirish yuzasidan olib boriladigan ishning asosiy shakli–mashg‘ulotdir.Dastur vazifalarining kо‘pchilik qismi mashg‘ulotlarda hal qilinadi. Bolalarda ma’lum izchillikda tasavvurlar shakllantiriladi, zarur malaka va kо‘nikmalar hosil qilinadi.Atrofdagi xamma narsani miqdor jihatidan kuzatishlarni uyushtirishga, bolalarning о‘z faoliyatlarining xilma-xil turlarida matematik mazmundagi bilim va kо‘nikmalaridan qanday foydalanishlariga katta ahamiyat beriladi.Mashg‘ulotlarda va kundalik hayotda didaktik oyinlardan hamda oyin-mashqlardan keng foydlaniladi haqida batafsil tо‘xtalib о‘tamiz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TABIIY FANLARNI О‘QITISHDA BО‘LAJAK О‘QITUVCHILARINING METODIK TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

TABIIY FANLARNI O'QITISHDA BO'LAJAK O'QITUVCHILARINING METODIK

TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISH Djumayeva Moxigul Mamanazarovna

Termiz davlat pedagogika instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.7994351

Annotatsiya. Maqolada Matematik tasavvurlarni shakllantirish yuzasidan olib boriladigan ishning asosiy shakli-mashg'ulotdir.Dastur vazifalarining ko'pchilik qismi mashg'ulotlarda hal qilinadi. Bolalarda ma'lum izchillikda tasavvurlar shakllantiriladi, zarur malaka va ko'nikmalar hosil qilinadi.Atrofdagi xamma narsani miqdor jihatidan kuzatishlarni uyushtirishga, bolalarning o'z faoliyatlarining xilma-xil turlarida matematik mazmundagi bilim va ko'nikmalaridan qanday foydalanishlariga katta ahamiyat beriladi.Mashg'ulotlarda va kundalik hayotda didaktik oyinlardan hamda oyin-mashqlardan keng foydlaniladi haqida batafsil to'xtalib o'tamiz.

Kalit so'zlar: kreativ yondashuv, ta'lim va tarbiya, shakl va mazmun, matematkia, pedagogika, psixologiya, tasavvur va tafakkur.

O'zbekiston Pespublikasining bozor islohotlari yo'lidagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy yangilanishlari shaxs hayot tarzini o'zgartirdi, jamiyat hayotining barcha sohalari, shu jumladan xalq ta'limi sohasida ham yangi masalalarni qo'ydi. "O'zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha "Harakatlar strategiyasi"da xalqimiz hayot darajasini yuksaltirishning aniq mexanizmlari belgilab berilganligi to'g'risida fikrlarini bildirib, ushbu strategiyaning nafaqat xalqimiz, balki dunyo jamoatchiligi e'tiborini o'ziga jalb etgan muhim hujjatga aylanganligini alohida ta'kidlab, o'tamiz[1].

O'qituvchilari metodik-matematik tayyorgarligining biz tomondan ishlab chiqilgan konsepsiyalarga mos ravishda o'quvchilarnii ijodiy shaxs sifatida rivojlanishida maxsus yo'naltirilgan va saralangan fundamental matematik tayyorgarlik mazmuni tanlovi zarur. Buning uchun avvalo "Ona tili" o'quv fanining amaliyotga tatbiq etilishida yangi yondashuvni ishlab chiqish lozim. Bu kurs yuqori ilmiy saviyada, qattiq qo'llikning ongli darajasida (milliy-nazariy daraja bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini matematik rivojlanishi bilan zid kelmasligi uchun) bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari tomonidan aqliy faoliyatning umumlashgan usullarini egallashga, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirishga yo'naltirilgan o'rganilayotgan materialning amaliy yo'naltirilganligiga, integratsiya, gumanitarizatsiya tamoyillarga rioya qiluvchi kurs bo'lishi lozim.

Maktabga borgunga qadar tasavvur va tafakkur rivojlanish darajasiga ega bo'lgan o'quvchilar o'qishda qiyinchiliklarga duch kelmaydilar. Maktabga endigina qadam qo'ygan o'quvchiga, bular yaxshi o'qiydi, bular - o'rta, bular - qiyinchilik bilan o'qiydilar deb aytish uchun, bir nechta psixologik testlar, vazifalar berish yetarli. Bola tasavvurining shakllanish darajasidagi bunday farq qayerdan kelib chiqadi? Olimlar kichik boshlang'ich sinf yoshidagi bolalarni o'rganadilar. Bolalar qanchalik yosh bo'lsalar, ularning tafakkuri va tasavvuri rivojlanishi bo'yicha shunchalar yaqin bo'lganlar. Demak, agar siz yuqoridagi natijalarga erishmoqchi bo'sangiz, o'z vaqtida - go'daklik vaqtidan boshlang.

Metodist olimalardan Abdullayeva B.S., Sadikova A.V., Toshpo'latova M.I , Z.G'.Tadjiyeva shu narsani isbot qildilarki, boshlang'ich sinf o'quvchilarining tasavvurini shakllantirish pedagogning o'zaro faoliyatida yanada yaxshi rivojlanar ekan[3]. Xo'sh,

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

boshlang'ich sinf o'qituvchisi o'quvchilar faoliyatiga qanday rahbarlik qilishlari kerak? Har qanday faoliyat shundagina yaxshi natija beradi-ki, qachonki о'quvchilar qiziqish bilan shu faoliyat turi bilan shug'ullanadilar, shuningdek ijod ham - bu doimo qiziqish hattoki unutilishdir. Faoliyatning u yoki bu turiga tasavvurni shakllantiruvchi o'yinlarga nisbatan bo'lgan qiziqishni oshirish kerak. O'qish jarayonida namayon bo'ladigan o'quvchilarning psixologik - pedagogik farqlarini hisobga olgandagina o'qitishda yuqori natijalarga erishish mumkin. Bu farq nimada va qanday namayon bo'ladi?, degan xaqli savol tug'iladi. Ularning namayon bo'lishi turlichadir. O'qitish jarayonida namayon bo'lgan qaysi xususiyatlar o'quvchilar jamoasi uchun xarakterli tipik xususiyat ekanligi ma'lum bo'lgandagina o'quvchiga nisbatan to'g'ri pedagogik yondashishni ta'minlash mumkin. Bunday yondashish o'qitishning barcha etaplarida yangi material o'tilganda, mustaqil ishlarni tashkil etishda, o'quvchilardan so'rashda va shu uy vazifalarini topshirishda muntazam ravishda olib borilgandagina samarali bo'lishi mumkin. Z.G'.Tadjiyeva o'qituvchilar bilan birgalikda darsni tashkil etishning yangi shakllarini amalga oshirmoqda. Bu sistemaga ko'ra sinf o'quvchilarining o'zlashtirish tipik xususiyatlariga qarab uch guruhga yuqori o'rtacha va past guruhlarga bo'linadi. O'quvchilar jamoasi uch xil variantdagi topshiriq ustida ishlab kuchi yetgan darajada bilim, o'quv va malakaga ega bo'ladilar[4].

Ikki tipdagi o'quvchining qobiliyatiga diqqatimizni jalb etamiz:

Arifmetikani oson o'zlashtiruvchi o'quvchilarning faolligi va fikrlashlarining eguluvchanligi, yangi masalaga yechish usulini topish zarur bo'lgan muammo deb qarashlariga masala shartini analiz qilgan holda masalani yechishga shoshilmaslikda ravshanroq namayon bo'ladi. Masalaning ayrim tomonlarini yechishga kirishar ekan, masalaning to'la shartini diqqat markazlarida tutadilar, ushbu amalni bajarish kerakmi, yoki kerak emasligini bir necha bor o'z oldilariga qo'yadilar. Doimo masalaning oxirgi savoli va masala shartidagi boshqa berilganlarni nazarda tutadilar. Analiz eng qiyin turi o'ziga xos, ya'ni keyingi amallarga qaratilgan oldindan ko'rish tarzidagi hisoblashni bu o'quvchilar boshlang'ich sinflardayoq tushunib oladilar. Arifmetikani o'rganishda zaif qobiliyatga ega bo'lgan o'quvchilar bu holda odatda o'quvchi o'qituvchi qo'ygan vazifadan chekinadi, uni o'qitish bo'yicha, shuningdek tarbiyaviy talablariga itoat etmaydi. Bu holni o'qishning birinchi kunlaridayoq payqash mumkin. Bunday bolalarni o'quv jarayonida so'nggi kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, ular o'quv materialini sekinlik bilan o'zlashtirish jihatidan farq qiladilar. Sinfning ko'pchilik o'quvchilari qo'shish jarayonini bajarishda ancha takomillashgan birliklar guruhi bilan hisoblashishga o'tganlar, bu bolalar esa elementar usul, ya'ni bittalab sanash orqali hisoblashda davom etadilar. Yoki o'quvchilarning ko'pchilik qismi ismsiz hisoblashga o'tganda, bu bolalar hisoblash jarayonida hali ham barmoqlaridan yoki tayoqchalardan foydalanadilar.

Matematik tasavvurlarni shakllantirish yuzasidan olib boriladigan ishning asosiy shakli-mashg'ulotdir.Dastur vazifalarining ko'pchilik qismi mashg'ulotlarda hal qilinadi. Bolalarda ma'lum izchillikda tasavvurlar shakllantiriladi, zarur malaka va ko'nikmalar hosil qilinadi.Atrofdagi xamma narsani miqdor jihatidan kuzatishlarni uyushtirishga, bolalarning o'z faoliyatlarining xilma-xil turlarida matematik mazmundagi bilim va ko'nikmalaridan qanday foydalanishlariga katta ahamiyat beriladi.

Mashg'ulotlarda va kundalik hayotda didaktik oyinlardan hamda oyin-mashqlardan keng foydlaniladi. Mashg'ulotlardan tashqari vaqtlarda o'yinlar tashkil qilib, bolalarning matematik tasavvurlari mustahkamlanadi, chukurlashtiriladi va kengaytiriladi. Bir qancha hollarda,

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

masalan, joyni bilish ko'nikmasini rivojlantirish yuzasidan olib boriladigan ishlarda oyinlar asosiy o'quv vazifasini o'taydi[6].

Mashg'ulotlarda bolalarning aktiv faoliyati birinchi navbatda yangi material ustida ishlashni hamda ilgari o'tilgan materialni takrorlashni birga to'g'ri olib borish bilan ish turlarini va uni tashkil etish usullarini almashtirib turish bilan ya'ni, mashg'ulot tuzulishi bilan taqsimlanadi.Mashg'ulot tuzulishi dastur vazifalarining hajmi, mazmuni, birga kushib olib borilishi, tegishli bilim va ko'nikmalarning o'zlashtirilishi darajasi, bolalarning yosh hususiyatlari bilan belgilanadi.Maktab davriga kelib bolalar to'plam va son, shakl va kattalik haqida o'zaro bog'langan bilimlarni nisbatan ko'prok egallagan, fazoda va vaqtni mo'ljalga olishni bilishni o'rgangan bo'lishlari zarur.Bolalar miqdor nisbatlarini aniqlashda eng aniq usul predmetlarni sanash va kattaliklarni o'lchash ekanligini tushuna boshlaydilar.Sanash va o'lchash malakalari ularda tobora mustahkam va ongli o'zlashtiradilar[7].

Boshlangich ta'lim fakultetida ishlashning ko'p yillik tajribasiga tayanib, mavjud ilmiy-metodik tadqiqotlar natijalarini va ko'p bosqichli boshlang'ich ta'lim mutaxassisini tayyorlashning o'ziga xos xususiyatlarini xisobga olib, matematika bo'yicha dasturlarni qayta ishlab chiqdik[5].

Ta'limning xozirgi talablari ixtiyoriy bosqichda ta'lim fundamentalligini, ya'ni fandagi asosiy tushunchalarni ajratish va mohiyatga tayanuvchi umumlashma malakani shakllantirishni taqozo etadi. Bu asosiy ikkita vazifani hal qilishga ko'maklashadi: fanni chuqur o'rganish va zo'riqishini bartaraf etish.

Birinchi talabning bajarilishi: boshlang'ich maktab matematika kursida asosiy matematik g'oya, tushuncha va dalillarning aks ettirilishi - "boshlang'ich sinfda geometrik tushunchalar", "boshlang'ich sinfdabo'lish nazariyasining asosiy qoidalaridan foydalanish", "boshlang'ich sinfdatenglama tushunchasini o'qitish" va dasturning har bir bo'limida shunga o'xshash savollar mavjudligidan iborat, ikkinchi talabga rioya etilishi: geometrik bo'limni kuchaytirish, jumladan geometrik materialiga bag'ishlangan bo'limda ko'rinib turgan o'zgarish g'oyalari simmetriya bilan bog'liq tushunchalar hisobiga. Uchinchi talab: nafaqat tarixiy-matematik va estetik elementlar, balki boshqa o'quv fanlari, san'at, amaliy san'at, faoliyat, atrof-muhitdan illyustrativ material jalb etish hisobiga matematika kursi gumanitarizatsiyasini kengaytirish, biz tomonimizdan ishlab chiqish maxsus kurs va tanlanma kurslarda bulardan kengroq foydalaniladi. Bundan tashqari, dasturga zamonaviy matematik ta'lim talablarida ustuvor bo'lgan kombinatorika va ehtimollar nazariyasi bilan bog'liq savollar qo'shilgan.

O'quv fani mantig'i fanning mantiqiy konstruksiyalari variantlaridan birini aks ettirishi kerakligi uchun bilimlarni o'zlashtirish psixologiyasini xisobga olgan holda ilmiy nazariyalar tuzilishi tizimlarini mantiqiy-didaktik tahlili va taqqoslanishi masalasi yuzaga chiqadi. Masalan, "Son tushunchasini kengaytirish" bo'limida haqiqiy sonlar nazariyasi boshlang'ich ta'lim fakultetida cheksiz o'nlik davriy bo'lmagan kasrlar tushunchasi yordamida tuziladi .

O'qituvchilari tomonidan "Matematika" kursi materiallarini ongli chuqur o'zlashtirilishi ularga boshlang'ich maktab materialiga yaxshi yo'nalish, masala yechishda izlanish yo'llari to'g'riligi va ko'p ma'noliligini nazorat qilish o'quvchilarni mushohada qilishining maqsadga yo'nalganligi va to'g'riligini baholash, masala tartibiga muvofiq keltirib chiqarilgan hollarni to'liq qamrab olishga imkon beradi.

REFERENCES

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2G23-yil 2-iyun

1. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.Toshkent, "O'zbekiston", 2016 yil, 56 bet.

2. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947 sonli Farmoni.

3. Abdullayeva B.S., Sadikova A.V., Toshpo'latova M.I., Boshlang'ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish Pedagogika oliy ta'lim muassalarining 5141600-«Boshlang'ich ta'lim va tarbiyaviy ish» bakalavr yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan o'quv-metodik qo'llanma - T.: OOO «Jahon - Print», 2011. - 148 bet.

4. Tadjiyeva Z.G'. va boshqalar „Boshlang'ich sinf matematika, ta'lim samaradorligini oshirishda tarixiy materiallardan foydalanish—Toshkent.: Jahon Print, 2007, 100 bet.

5. Ginsburg A., Leinwand S., and Decker K., "Informing Grades 1-6 Standards Development: What Can Be Learned from High-Performing Hong Kong, Korea, and Singapore?" American Institutes for Research, 2009.

6. Djanpeisova G.E.Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi. O quv qollanma.2018 yil. TDPU/ 264 bet.

7. Jumayev M.E. va boshqalar. Matematika o'qitish metodikasi (kasbhunar kollejlari o'quvchilari uchun o'quv qo'llanma) - T.: "Ilm-Ziyo", 2003, 240-bet

8. Malikova, D. (2020). Deposit base of Uzbekistan commercial banks. World Scientific News, (143), 115-126.

9. Malikova, D. (2020). Consulting services market of Uzbekistan. World Scientific News, (145), 168-179.

10. Malikova, D. (2023). METHODOLOGY FOR EFFECTIVE ASSESSMENT OF THE LEVEL OF ECONOMIC SECURITY OF BANKS. Innovative Society: Problems, Analysis and Development Prospects, 96-98.

11. Malikova, D., & Ziyadullayeva, M. (2023). INFLATION: THEORETICAL ASPECTS AND ANALYSIS OF PRICE CHANGES IN UZBEKISTAN. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11(2), 204-207.

12. Malikova, D., & Abduganieva, F. (2023). The Role of Consulting in the Modern Economy. Global Scientific Review, 12, 1-4.

13. Malikova, D., & Rakhmonov, N. (2023). MONETARY AGGREGATES AND THEIR IMPORTANCE IN THE ECONOMY.

14. Malikova, D., & Ochilova, I. (2023). Analysis of the Current State of Deposit Operations of Commercial Banks of Uzbekistan. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal, 2(2), 28-31.

15. Malikova, D., & Ochilova, I. (2023). THE IMPORTANCE OF DOMESTIC BANKS'PRECIOUS METALS ACCOUNTING OPERATIONS. International journal of advanced research in education, technology and management, 2(2).

16. Маликова, Д. (2021). UMUM TA'LIM MAKTABLARIDA KITOBXONLIK STRATEGIYASINI QO 'LLASH: Malikova Dilrabo Mahmudovna, O 'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktoranti. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (7), 299305.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.