Научная статья на тему 'TA’LIMDA MOTIVATSIYANING O‘RNI'

TA’LIMDA MOTIVATSIYANING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

474
68
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIMDA MOTIVATSIYANING O‘RNI»

TA'LIMDA MOTIVATSIYANING O'RNI

Sh. A. Do'stmuhammedova

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti, psixologiya fanlari nomzodi

I. Arabov

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistranti

Sharqning qomusiy olimlari tomonidan shaxs shakllanishi, ta'lim-tarbiyasi borasida qator ilmiy-nazariy masalalar ular tomonidan qoldirilgan ilmiy asarlarda atroflicha yoritib berilgan. Ayniqsa, shaxs kamolotida bilim, aql, idrok, tafakkur jarayonini shakllanganligi aqliy mezon sifatida e'tirof etilgan. Shu boisdan ham jahon ilm-fani va madaniyatiga samarali hissa qo'shgan Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Umar Xayyom, Alisher Navoiy va boshqa allomalarimiz tomonidan qoldirilgan ilmiy meros aqlan kamolga yetgan, barkamol avlodni tarbiyalashda dasturulamal bo'lib xizmat qilib kelmoqda. Sharq mutafakkirlarining bizga qoldirgan boy ilmiy merosi juda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.

Qomusiy olim Abu Ali ibn Sino (980-1087) inson kamolotga erishuvining birinchi mezoni sanalgan ma'rifatni egallashga alohida urg'u beradi. Sababi, ilm-fan insonga xizmat qilib, tabiat qonunlarini ochib avlodlarga yetkazishi kerak. Zero, ma'rifatli kishilar jasur, o'limdan qo'rqmaydigan, faqat haqiqatni bilish uchun harakat qiladigan bo'ladi, deydi u fikrini davom ettirib. U haqiqatni bilish uchun bilimga ega bo'lish kerakligi, lekin har qanday bilim ham haqiqatga olib kelmasligi, inson o'z bilimining haqiqatligini bilish uchun mantiq (ilmi)ni ham bilishi zarur deya uqtiradi. Olim ta'limda qaysi metodlardan foydalanilmasin, hammasida talabada haqiqiy bilim hosil bo'lishi, mustaqil, mantiqiy fikrlash qobiliyati shakllanishi lozimligini alohida ta'kidlaydi.

Sharqning buyuk mutafakkirlari Abu Rayhon Beruniyning (973-1048) ta'kidlashicha, bilim olish va egallashda o'quvchida avvalambor, intilish va qiziqish bo'lishi lozim. Beruniy o'qitishda muallimning o'qib o'rganishi, takrorlashi bilan bevosita bog'liq ekanini alohida uqtirgan. Shuningdek, u kitob o'qishning usul va metodlariga alohida e'tibor beradi. Kitoblarni shunchaki emas balki, fikrlab kichik-kichik bo'limlarga bo'lib o'qishni, hamma o'qilgan joylarini umumlashtirib qayta o'qish haqida ham ibratli fikrlarni keltirib o'tadilar. Yana shuningdek, allomaning fikricha o'qitishda faqat induktiv yo'l

bilangina emas, balki deduktiv yo'l bilan ham ish tutmoq

|_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

lozimligini ta'kidlaydi. Bunda olim har qaysi metodni o'z joyida qo'llamoq zarurligini yaxshi bilish kerakligini ta'kidlaydi. Bunday o'qish tafakkurni o'stirib bilishning sifatini yaxshilaydi, aqliy bilimini boyitadi.

Xorij psixologlari, jumladan, g'arb tadqiqotchilari o'quv jarayonining samarali bo'lishida avvalambor, ichki va tashqi motivatsiya asosiy o'rinda turishini ta'kidlashadi. "O'z-o'zini o'rganish (yoki aniqlash) nazariyasi"ga asoslanib aytishimiz mumkinki, o'quvchilarni ikkita manba o'rganishlikga, ta'lim olishlikka undashi mumkin. Bular - ichki va tashqi omillardir. Umuman olganda, bu joyda motivatsiyaning ikkita turi bor: ichki va tashqi motivatsiya.

Bu joydagi shaxsga qaratilgan stimul - ichki stimul hisoblanadi. Ushbu rag'batlantiruvchi omil - biologik, emotsional, ma'naviy yoki ijtimoiy xarakterda bo'lishi mumkin. Mazkur holatda bu yerda tashqi rag'batlantiruvchi yoki mukofotlovchi narsa yo'q. Bu faoliyat o'z-o'zidan zavqlanish va individual qoniqishni his qilish uchun amalga oshiriladi. Bu holat qiziquvchanlik va qiyinchiliklarni yengish istagi bilan ajralib turishi mumkin. Biror bir shaxs o'qish jarayonida his qiladigan, sezadigan ichki motivatsiya qiziqish yoki zavq bilan boshqariladi. Bu ko'proq ichki individuallik bilan bog'liq, ya'niki tashqi ta'sirga tayanmaydi. Rayan va Desi kabi tadqiqotchilar tashqi komponentni hisobga olmagan holda ichki motivatsiyani tushuntirib bermoqchi bo'ldilar. Ularga ko'ra o'quvchilar o'zlarning ichki manfaatlari, quvonch va hayajonlari tufayli (o'quv) faoliyati bilan shug'ullanadi va shu sababdan ham ichki motivga ham ega. Mett va Deylning ta'kidlashicha, ichki motivatorlar mavzuga qiziqish, uning hayot va dunyo bilan bog'liqligini his qilish, uni o'zlashtirishdagi muvaffaqiyat hissi va unga chaqirish tuyg'usini o'z ichiga oladi. Xarterning tushuntirishicha, ichki motivatsiya - bu inson tabiatidagi haqiqiy harakat bo'lib, u odamlarni izlanishga va yangi mu ammolarni hal qilishga undaydi. Desi: "Ichki motivatsiyani o'zi uchun faoliyatda bo'lish va ishtirok etishdan olingan zavq va qoniqishni anglatadi", deb aytgan. Ichki motivatsiya o'quvchilarni o'quv faoliyati bilan shug'ullanishga undaydigan ichki kuchdir, chunki ular o'qishga qiziqadi va o'quv jarayonidan zavqlanadi. Ularning (o'quvchilarning) qobiliyatlari sinovdan o'tkaziladi (yoki o'tkazib ko'rilsa) va ular yutib olinadigan tashqi mukofotlar bo'lmasa ham o'rganishga intiladi, qiziqaveradi. Fan mazmuni va ko'nikmalarini o'zlashtirish uchun tushunishga harakat qilish maqsadlariga ega bo'lgan talabalar ichki motivatsiyali deyiladi. Talabalarning ehtiyojlari ularni o'quv maqsadlariga erishishga undashi mumkin. Masalan, ijtimoiy hayotda muloqot qilish uchun ingliz tilini bilishi kerakligi sababli bu tilni o'rganayotgan o'quvchi yoki do'kondan mahsulot sotib

May 21

109

olayotganda aldanmaslik uchun matematika ilmiga muhtoj bo'lgan o'quvchi odatda yuqori darajadagi motivatsiyani ko'rsatishi tabiiy holat. Bu unga ijtimoiy hayotda muvaffaqiyatli umT kechirish uchun mavzuni o'zlashtirishga yoгdam beгadi.

Seyfert va Sattonning ta'kidlashicha, qiziqish (affektiv va ichki komponent) talabalarning motivatsiya darajasini oshiгishda ham muhim rol o'ynaydi. Agar talaba geografiyani o'rganishga qiziqsa, talaba o'гganish maqsadiga osongina erishishi mumkin. Niemik va Rayan kabi olimlarga ko'гa talabalaг motivatsiyasini oshirishda zavqlanish yoki qoniqish ham muhim ahamiyatga ega. Agar o'quvchilar sinfda biгoг mavzuni o'гganishni yoqtirmasalar, o'qitiladigan mateгialni o'zlashtiгish qiyin bo'ladi, shuning uchun yuqorida aytib o'tilganidek, ichki motivatsiya shaxsning o'ziga ta'sir qiladigan shaxsiy omillaгi tomonidan yaratiladi. Bulaгga ehtiyojlaг, qiziqishlar va rohatlanish kabi hislar kiгadi. Bu shuni ko'rsatadiki, o'quvchilaг o'zlaгi motivatsiya yaratishlari mumkin. Ichki motivatsiya tashqi motivatsiyadan ko'ra ko'pгoq ta'siг qiladi, chunki ichki motivatsiya tashqi omil ta'sirida bo'lmagan o'quvchining o'zidan paydo bo'ladi. Gagne va Desiga ko'ra, ichki ehtiyojlar faoliyatning o'zini bajarishdan, tashqaridan biгon biг mukofot olmasdan ham faoliyatni amalga oshirishdan qoniqish hosil qilaveradi. Bu esa o'z navbatida o'quvchini o'rganishi keгakligi haqida xabardor qiladi.

Stipek tomonidan olib borilgan tadqiqot ham shuni ko'rsatadiki, ichki motivatsiyaga ega bo'lgan talaba (yoki o'quvchi) yoshlar mustaqil ravishda o'rganishadi va har doim qiyin vazifalarni bajarishni qo'rqmasdan tanlashadi. Ular o'z zimmalariga olgan vazifalarni qat'iyat bilan bajara olishadi. Ular ta'lim dargohida olgan bilim va ko'nikmalarini maktabdan tashqarida olgan tajribalari bilan birlashtira oladilar. Biroq, ichki motivatsiyani rivojlantirishga qaratilgan harakatlar xulq-atvorga ta'sir qilish imkoni sekin bo'lishi va maxsus hamda uzoq tayyorgarlikni talab qilishi mumkin. Talabalarning har biri individualdir, shuning uchun turli talabalarni rag'batlantirish uchun turli yondashuvlar kerak bo'lishi mumkin.

Ta'lim jarayonida ichki motivatsiyadan tashqari tashqi motivatsiyaning ham alohida o'rni bor. Bu yerda rag'batlantirish shaxsdan tashqarida bo'lib, u operativ shartlash yoki ijtimoiy bilish shaklida namoyon bo'lishi mumkin. Bu natijaga erishish uchun vazifani bajarishni anglatadi. Bu qandaydir mukofot, ijtimoiy ma'qullash yoki minnatdorchilik shaklida bo'lishi ham mumkin. Tadqiqotchi Xarmerning ta'kidlashicha, tashqi motivatsiya har qanday tashqi omillardan kelib chiqishi mumkin. Ular orasida moliyaviy mukofot umidi ham, imtihondan o'tish kerak yoki kelajakdagi qulay bir imkoniyat ham bo'lishi mumkin. Umuman olganda, motivatsiya ma'lum bir javob

May 21

110

natijasida yuzaga keladigan tashqi stimul sanaladi. Demak, tashqi motivatsiya o'quvchidan tashqarida kelib chiqadigan va uni o'quv jarayoniga undaydigan har qanday stimul hisoblanadi. Rayan va Desi kabi olimlarning fikricha, o'quvchilar o'rganishning o'zidan boshqa natijalarni kutish bilan harakatni bajarishga tashqaridan harakat qilishadi. Shuningdek, boshqa tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, tashqi motivatsiya talabalarni tashqi sabablarga ko'ra akademik vazifalarni bajarishga undaydi. Benabou va Tirol kabilarning fikriga ko'ra esa, tashqi motivatsiya kerakli xatti-harakat uchun ijobiy mustahkamlovchi bo'lib xizmat qiladigan mukofotlar bilan mehnat va samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.

Bu yerda, tashqi motivatorlar - ota-onalarning umidlari, boshqa ishonchli namunalarni kutishlari, o'quv kursi (yoki predmeti)ning daromad olish potensiali hamda yaxshi baholarni o'z ichiga qamrab olishi mumkin. Mett va Deylning ta'kidlashicha, tashqi motivatorlar xatti-harakatlarni o'zgartirishni osonlashtiradi va odatda nisbatan kam harakat yoki tayyorgarlikni talab qiladi. Mualliflarning qo'shimcha qilishicha, tashqi motivatorlarni qo'llash bo'yicha harakatlar ko'pincha individual talabalardan keng bilim talab qilmaydi. Shuningdek, tashqi motivatsiya odatda darhol natijalar beradi va ichki motivatsiyaga nisbatan kamroq harakat talab etadi. Biroq, tashqi motivatorlar ko'pincha o'quvchilarni mavzuni o'rganishdan yoki mustaqil ta'limdan chalg'itishi ham mumkin. Mett va Deyl singari olimlar fikricha, talabalarning xatti-harakatlari uchun tegishli mukofot va jazolarni ishlab chiqish qiyin bo'lishi mumkinligini ta'kidlashadi. Ko'pincha, ma'lum bir ta'sir darajasini saqlab qolish uchun vaqt o'tishi bilan mukofot va jazolarni kuchaytirish kerak. Ularning qarashiga ko'ra, tashqi motivatorlar bilan bog'liq yana bir muammo shundaki, ular odatda uzoq muddatda ishlamaydi. Mukofotlar yoki jazolar olib tashlangandan so'ng, talabalar motivatsiyasini yo'qotadilar. Bu shuni anglatadiki, tashqi motivatsiyaga ega bo'lgan talabalar, ichki motivatsiyaga ega bo'lgan talabalarga qaraganda, akademik jihatdan past natijalarga ega bo'lishadi. Bir qancha tadqiqotchilar, tashqi motivatsion omillar o'quvchilarning ichki motivatsiyasini kamaytirishi mumkinligiga amin bo'lishdi. Hattoki, tashqi mukofotlar ichki motivatsiyaga salbiy ta'sir ko'rsatadi degan xulosaga kelishlariga sabab bo'ldi. Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish kerakki, ichki motivatsiya bilan o'quvchilar o'quv predmetlarini yaxshiroq o'rganishadi va jarayonga ko'proq yo'naltirilgan, o'qishda yanad qat'iyatli va o'z -o'zini o'rganish va rivojlanishga ko'proq moyil bo'ladilar. Biroq, tashqi motivatsiyaning ayrim shakllariga o'quv faoliyati tabiatan qiziqarli yoki yoqimli bo'lmagan vaziyatda zarurat sezilishi mumkin. Bunda u ta'lim olishda tramplin vazifasini bajaradi.

May 21

111

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-108-113

REFERENCES

1. Anorbayevna, G. N. (2016). Influence of the sibling statuse's of teenagers on interpersonal relations. European journal of education and applied psychology, (2).

2. Deci EL, Ryan RM. Self-determination theory: A macro theory of human motivation, development, and health. Canadian Psychology. 2008;49(3):182-185.

3. Deci EL, Ryan RM. Self-determination theory: A macro theory of human motivation, development, and health. Canadian Psychology. 2008;49(3):182-185.

4. Dornyei Z. Teaching and researching motivation. Harlow, UK: Longman; 2001.

5. Mirqosimova M. INTERNATIONAL JOURNAL OF PHILOSOPHICAL STUDIES AND SOCIAL SCIENCES Vol 1, Issue 4 , 2021.

6. N.N.Azizxo'jaeva. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. -T.: O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti. 2006 y.

7. O. Hasanboeva, J. Hasanboev, H. Hamidov. Pedagogika tarixi. -T.: "O'qituvchi" nashriyoti, 1997-yil.

8. O.E.Hayitov; Psixodiagnostika: O'quv qo'llanma // V.M.Karimovaning umumiy tahriri ostida. - T.: 2007.

9. Rasulova Miss, F. (2020). PSYCHOCORRECIONAL WORK OF A PRACTICAL PSYCHOLOGIST WITH AGGRESSIVE BEHAVIOR OF CHILDREN AND TEENAGER. The Light of Islam, 2020(1), 145-152.

10. Ryan RM, Deci EL. Intrinsic and extrinsic motivations: Classic definitions and new directions. Contemporary Educational Psychology. 2000;25(1):54-67.

11. Абдуганиева, Д. А. К (2021). КОПИНГ-СТРАТЕГИЯЛАРНИ АМАЛГА ОШИРИШДА ДИН ОМИЛИНИНГ НАМОЁН БУЛИШ ХУСУСИЯТЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 2), 150-156.

12. Акрамов М. Р. Психолого-педагогические особенности экологического образования //The Way of Science. - 2014. - С. 78.

13. Аскарова, Н. А. (2022). ОСОБЕННОСТИ ЭМОЦИНАЛЬНО-ВОЛЕВОЙ СФЕРЫ ДЕТЕЙ С СИНДРОМОМ ДЕФИЦИТА ВНИМАНИЯ И ГИПЕРАКТИВНОСТИ. Gospodarka i Innowacje., 22, 266-271.

14. Дусмухамедова, Ш. А. (1987). Психологические особенности педагогической оценки в обучении детей

Щ_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-108-113

шестилетнего возраста. Педагогическая и возрастная психология". М.

15. Расулева, Н. Т. (2018). ПСИХОЛОГИЯ ИСЛАМСКОЙ ЛИЧНОСТИ. In XLIII INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE" INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION" (pp. 123-124).

16. Расулов, А. И. (2018). У^ИТУВЧИ ШАХСИНИ ПСИХОЛОГИК ТАШХИС ЭТИШ. Современное образование (Узбекистан), (10).

Щ_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.