Научная статья на тему 'TA’LIMDA INTERFAOLLIK VOSITALARIDAN FOYDALANIB O’QUVCHILARNING INTELEKTUAL QO’BILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING O’ZIGA XOS JIHATLARI'

TA’LIMDA INTERFAOLLIK VOSITALARIDAN FOYDALANIB O’QUVCHILARNING INTELEKTUAL QO’BILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING O’ZIGA XOS JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
interfaollik vositalari / qobiliyat / verbal muloqot / noverbal vositalar / vizual vositalar / audio vositalar / tabiiy vositalar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sharipov Abdumalik Axmadovich, Mardonova Feruza Boboqulovna, Dimonova Marjona A’Zam Qizi

Mazkur maqolada ta’limda interfaollik vositalaridan dars jarayonida foydalanishda o’qituvchi va talaba-o’quvchilarning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga erishish yo’llari tadqiq qilinadi. Talaba-o’quvchilarni dars jarayonida duch keladigan muammolarni hal etishda interfaol metodlarni o’rni haqida fikrlar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIMDA INTERFAOLLIK VOSITALARIDAN FOYDALANIB O’QUVCHILARNING INTELEKTUAL QO’BILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING O’ZIGA XOS JIHATLARI»

TA'LIMDA INTERFAOLLIK VOSITALARIDAN FOYDALANIB O'QUVCHILARNING INTELEKTUAL QO'BILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING O'ZIGA XOS JIHATLARI 1Sharipov Abdumalik Axmadovich, 2Mardonova Feruza Boboqulovna, 3Dimonova

Marjona A'zam qizi uO'qituvchi, NavDPI 3Talaba, NavDPI https://doi.org/10.5281/zenodo.11088183

Annotatsiya. Mazkur maqolada ta'limda interfaollik vositalaridan dars jarayonida foydalanishda o'qituvchi va talaba-o'quvchilarning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga erishish yo'llari tadqiq qilinadi. Talaba-o'quvchilarni dars jarayonida duch keladigan muammolarni hal etishda interfaol metodlarni o'rni haqida fikrlar yuritilgan.

Kalit so'zlar: interfaollik vositalari, qobiliyat, verbal muloqot, noverbal vositalar, vizual vositalar, audio vositalar, tabiiy vositalar.

Аннотация. В данной статье исследуются пути достижения педагогом и учениками гарантированного результата от поставленной цели при использовании в процессе урока средств интерактивности в образовании. Были высказаны мысли о роли интерактивных методов в решении проблем, с которыми сталкиваются учащиеся-учащиеся в процессе урока.

Ключевые слова: инструменты интерактивности, способности, вербальное общение, невербальные инструменты, визуальные инструменты, аудио инструменты, естественные инструменты.

Abstract. This article explores ways to achieve a guaranteed result from the established goal of the teacher and student when using the means of interfaith in education in the course of the lesson. Opinions were made about the role of interactive methods in solving the problems faced by student-students in the course of the lesson.

Keywords: interactivity tools, ability, verbal communication, nonverbal tools, visual tools, audio tools, natural tools.

Ta'limda pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi-bu o'qituvchi-trener va talaba-o'quvchilarning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyalarga bog'liq.

Ta'lim tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish, o'sib kelayotgan yosh avlodni ma'naviy-axloqiy va intellektual rivojlantirishni sifat jihatdan yangi darajaga ko'tarishning eng muhim sharti hisoblanadi, shuningdek o'quv-tarbiya jarayonida ta'limning innovatsion shakllari va usullarini qo'llashga ko'maklashadi.

Interfaollik vositalardan foydalanilganda. Interfaol usul nima? An'anaviy ta'limda "nimani? qachon? va qayerda?" muammolariga asosiy etibor qaratilgan bo'lsa, zamonaviy hamkorlikka asoslangan ta'lim texnologiyalarida "Qanday qilib o'rgatish kerak?" degan muammo muhim o'rinni egallaydi va hozirgi kunning ta'limida o'z aksini topib kelmoqda.

O'qituvchining ta'lim oluvchilar oldida o'zini tutishni bilishi, ta'lim oluvchining holatini, intilishlari, qiziqishlarini tushuna olishi va eng samarali yo'lini topa olishi bu pedagogik taktika hisoblanadi.

Tinglovchilar bilan muloqotda pedagogik taktikaga zid bo'lgan qo'pollik, adolatsizlik, qo'rqitish, haqorat, mensimaslik, pedagogikaga zid bo'lgan jazolash usullarini qo'llash va boshqa

ular shaxsiga salbiy ta'sir qiladigan turli qo'pol so'zlar ishlatish tinglovchilar qalbini umuman tuzalmaydigan darajada jarohatlab qo'yishi yoki o'qituvchining obro'siga putur yetkazishi mumkin.

Ta'lim jarayonida o'rgatuvchi va o'rganuchilar hissasining nisbati insoniyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha bo'lgan. Keyingi o'n yilliklarda ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchining hamkorlikdagi faoliyatiga asoslangan ta'lim texnologiyalari jadallik bilan rivojlanmoqda va ommalashmoqda. Pedagoglar bunday ta'lim texnologiyalarini "hamkorlik pedagogikasi" deb atashmoqda. Bunday hamkorlikka asoslangan ta'lim texnologiyalari AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya kabi rivojlangan mamlakatlarda keng qo'llanilib, yuqori samaradorlikka erishilmoqda. Bunday ta'lim texnologiyalaridan biri interfaol o'qitish metodlariga asoslangan. "Inter" so'zi lotincha bo'lib, o'zbekcha "oraliq", "o'rtasi", "o'zaro" kabi ma'nolarni bildiradi. Demak, interfaol ta'lim texnologiyalari ta'lim beruvchi bilan ta'lim oluvchi o'rtasidagi o'zaro faollikka asoslangan hamkorlik ekan. Tabiiyki , interfaol ta'lim texnologiyalari ta'lim tizimidagi o'zaro faol usullar (metodlar) dan tarkib topadi.

Hamkorlikka asoslangan, talaba-o'quvchilarning faolligini oshirishga mo'ljallangan, talaba-o'quvchilarni boshqalarning fikrini eshitish, tushunish, hurmat qilish, o'zgalar manfaatlari bilan hisoblashish, ulardan o'rganish, ularga o'rgatish, ta'sir qila olish, o'zing va boshqalarning "men"ligini sezish, his qilish, o'zini boshqarish, fikrini lo'nda va aniq bayon qila olishga o'rgatishga qaratilgan "interfaol" o'qitish usullari tez sur'atlar bilan rivojlanib, ijobiy samara bermoqda. Interfaol usullar guruhidagi kichik guruhlar o'rtasida raqobat muhitini vujudga keltirib, talaba-o'quvchilarni harakatchanlikka boshlab, ruhlantiradi, natijada o'quvchilar hamkorlikka o'rgana boshlaydilar. Har qanday interfaol usul to'g'ri va maqsadga muvofiq qo'llanilganida o'rganuvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatadi.

Interfaol usullarda muammoli, hayotiy vaziyatlardan foydalanish juda yaxshi natijalar beradi. Bahsli, muammoli vaziyat-insonning faoliyati davridagi fikrlash natijasiga bogliq bo'lib qoladigan murakkab holatga yoki sharoitga tushib qolishidir. Bunday holatda u hodisa yoki jarayonni qanday izohlashni bilmaydi. Bahsli, muammoli vaziyatlar talaba-o'quvchilarning aqliy kuchini zo'riqtiradi, vaziyatni oydinlashtirish uchun yo'llar qidira boshlaydi, qiyinchiliklar bilan to'qnashadi. Odam muammo bilan yuzma-yuz (to'qnash) kelgandagina fikrlay boshlaidi. O'zida mavjud bilimlar bilan fikrlab amallar bajara boshlab, saviyasiga mos darajadagi xulosalarga kela boshlaydi.

Talaba-o'quvchilar o'zlari bajargan, topshiriqlarni qanday qilib bajarganligini aytib, tushuntirib bera olishlari lozim. Qanday o'ylagani, fikrlagani haqida gapirib bera olishlari kerak. Muammoni hal qilish jarayonidagi tushunmay qolgan o'rinlarini o'z so'zlari bilan ifodalab bera olishi o'rgatuvchi uchun juda muhimdir.

Noverbal vositalari mimika, qo'l, gavda harakatlari orqali biror ma'no-mazmunni ifodalash yoki ta'kidlashdan iborat. Noverbal vositalar jiddiy ahamiyatga ega bo'lib, ularning o'rnini boshqa narsa bosa olmaydi. Insonning har bir harakati ma'lum ma'noga ega bo'lib, bu harakatlarni turli xalqlarda turlicha tushuniladi. Bu harakatlarni noverbal nutq deb nomlash qabul qilingan.

Vizual (ko'rgazmali) vositalar pedagogik texnologiya jarayonida talaba-o'quvchilar ko'z bilan ko'rishlari uchun mo'ljallangan barcha vositalarni o'z ichiga oladi. Bularga sinf doskasidagi yozuv va boshqa tasvirlar, kitoblardagi yozuv va tasvirlar, tarqatma materiallar, o'quv plakatlari , fotosuratlar, tasviriy san'at asarlari, video, kino tasvirlar, slaydlar, taqtimotlar, jonivorlar, o'simliklar, tabiat obyektlari, turli buyumlar va boshqalar kiradi.

Audio vositalar eshitish orqali axborotni o'rganish, o'zlashtirish imkoniyatini berad. Hozirda ko'proq audiovizual vositalar, yani bir vaqtda eshitish va ko'rishga xizmat qiluvchi vositalar: kino va boshqa ovozli video tasvirlardan foydalaniladi. Aslida esa amaliyotda mavjud sharoit va vaziyatdan kelib chiqqan holda, ijodiy yondashuv asosida mavjud vositalardan kompleks foydalanish eng yaxshi samara berishi mumkin.

Tabiiy vositalarga pedagogik texnologiya jarayonida o'rganish ko'zda tutilgan mazmunga tegishli barcha tabiiy narsalar kiradi. Bular odam va jonivorlar, o'simliklar va tabiat, asbob-uskunalar, buyumlar, mashinalar, mexanizmlar, inshootlar va shu kabilardan iborat.

Talaba-o'quvchi va o'qituvchi uchun zarur o'quv anjomlari hamda maktab jihozlari pedagogik texnologiyaning zarur vositalari hisoblanadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki , pedagogik texnologiyaning sifati va samaradorliga hozirgi kunda ko'p jihatdan barcha turdagi zarur vositalarning sifati va ulardan yuqori samaradorlik bilan foydalana bilishga bog'liq.

Zamonaviy ta'limda maqsadning amalga oshishi va kafolatlangan natijaga erishish ham o'qituvchi , ham talaba-o'quvchining hamkorlikdagi faoliyati hamda ular qo'ygan maqsad, tanlangan metod, shakl, vositaga, ya'ni texnologiyaga bog'liq.

O'qituvchi va o'quvchi-talabaning maqsaddan natijaga erishishida qanday texnologiyani tanlashlari ular ixtiyorida, chunki har ikkala tomonning asosiy maqsadi aniq natijaga erishishga qaratilgan, bunda o'qituvchi talaba-o'quvchilarning bilim saviyasi, guruh xarakteri, sharoitiga qarab ishlatiladigan texnologiya tanlanadi.

REFERENCES

1. Ochilov Sh.B. Forning students ekologikal competence physics lessons // J. Eastern european scientific. - Germany, ausgabe, №6. 2018. -p 134-138.

2. Ochilov Sh. B. Improving the methodology for the development of environmental competencies of students in the interdisciplinary teaching of physics //J. Acadecia An International Multidisciplianary Reserd. №10 -2021. -p. 1269-1273.

3. Ochilov Sh.B., Nematov B., Sharipov A.A., Mavlonova Yu.I., Usmonova S.T. Pedagogical-psychological diagnostic bases of preparing students for professional activity in technology education // J. Science and innovation. - O'zbekiston. №2. -2023. -p. 271-276.

4. Nematov B., Sharipov A.A., Ochilov Sh.B., Mavlonova Yu.I., Possibilities of using interactive tools in education // J. Science and innovation. - O'zbekiston. №2. -2023. -p. 117120.

5. Мардонова Феруза Бобокуловна «Эффективность применения игровых технологий как инновационных методов обучения на кафедре «Технологическое образование», //O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida texnologik ta'lim yo'nalishi fanlarini o'qitishning optimallashtirish masalalar mavzusida Respublika ilmiy amaliy anjuman toplami. FarDU -2023.-6-8 b.

6. Mardonova Feruza Boboqulovna "Использования активных методов обучения физике в средней школе". //Mikro va nanotexnologiya, yangi materiallar olishning zamonaviy holati va istiqbollari mavzusidagi xalqaro konferensiya QarshiDU-2023. -315-317 b.

7. Ochilov Sh. B., Ismoyilov D. B., Maxamatova I. R. O'quvchilarga serviz xizmati yo'nalishini fanlararo o 'qitish metodikasi // J. Uzbek Scholar. O'zbekiston. №2/12.-2024. -p.70-74.

8. Ochilov Sh. B. O'quvchilarga energetikaning ekologik muammolarini fanlararo o'rgatish // Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал. № 4/18. -2023. -B. 257-261.

9. Ochilov Sh.B. Texnologiya fanini fanlalaro o'qitishda o'quvchi ekologik kompetensiyasini rivojlantirish texnologiyalari // J. Science and innovation. № 1/7. O'zbekiston. -2022. -p. 1059-1064.

10. Nematov B., Ochilov Sh. B., O'quvchilarga sinfdan tashqari mashg'ulotlarni ekoturizm orqali rivojlantirish metodikasi // J. Uzbek Scholar. №2/17. O'zbekiston. -2024. -p. 78-81.

11. Davronov P.Z. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Samarqand, 2008

12. Ishmuhamedov R.J. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo'llari.- Toshkent, 2006

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.