Научная статья на тему 'TA’LIMDA FANLARARO ALOQADORLIKNING AHAMIYATI'

TA’LIMDA FANLARARO ALOQADORLIKNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2197
168
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fanlararo aloqadorlik / modernizatsiya / ta’lim sifati / innovatsion o’qitish / dunyoqarashni kengaytirish. / междисциплинарность / модернизация / качество образования / инновационное обучение / расширение мировоззрения.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Rahimova, Rushana Eldarovna

Maqolada ta’lim o‘quv jarayonida fanlararo aloqadorlikning ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyati, integratsion darslar orqali talabalar dunyoqarashini kengaytirish usullari tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ЗНАЧЕНИЕ МЕЖДИСЦИПЛИНАРНЫХ ОТНОШЕНИЙ В ОБРАЗОВАНИИ

В статье рассматривается значение междисциплинарности образовательного процесса в повышении качества образования, методы расширения кругозора учащихся посредством интегрированных занятий.

Текст научной работы на тему «TA’LIMDA FANLARARO ALOQADORLIKNING AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

TA'LIMDA FANLARARO ALOQADORLIKNING AHAMIYATI

Rushana Eldarovna Rahimova

Xorijiy tillari kafedrasi o'qituvchisi, O'zJOKU

ANNOTATSIYA

Maqolada ta'lim o'quv jarayonida fanlararo aloqadorlikning ta'lim sifatini oshirishdagi ahamiyati, integratsion darslar orqali talabalar dunyoqarashini kengaytirish usullari tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: fanlararo aloqadorlik, modernizatsiya, ta'lim sifati, innovatsion o 'qitish, dunyoqarashni kengaytirish.

В статье рассматривается значение междисциплинарности образовательного процесса в повышении качества образования, методы расширения кругозора учащихся посредством интегрированных занятий.

Ключевые слова: междисциплинарность, модернизация, качество образования, инновационное обучение, расширение мировоззрения.

O'quv jarayonida fanlararo aloqadorlikning amalga oshirilishi ta'lim sifatining oshirilishiga jiddiy ta'sir ko'rsatib, ta'limni modernizatsiyalash, innovatsion o'qitish imkoniyatlarini kengaytiradi. Integratsiya jarayonini o'rganishda didaktik olim Yan Amos Komenskiy quidagi fikrlarni bildirgan: "Bir-biri bilan bog'liq bo'lgan hamma narsa, xuddi shunday holda o'rganilishi kerak". Fanlararo bog'liqlik g'oyasiga keyinchalik juda ko'p pedagoglar yondashib, uni rivojlanishi va umumlashtirilishiga hissa qo'shdilar. D.Lokk g'oyasiga ko'ra: "Ta'lim mazmuning aniqlanishida bir fan boshqa fanlar elementlari va faktlari bilan to'ldirilishi kerak". Xuddi shuningdek, I.V.Pestalossi o'zining didaktik maqolasida o'quv darsliklaridagi fanlararo bog'liqlik masalasiga keng to'xtalib o'tar ekan: "Bir-biri bilan bog'liq fanlarni ongingga keltir, ularni tabiatdagi uzviy bog'liqlik holatida ekanini angla" -deydi. Pestalossi bir fanning boshqa bir fandan uzoqlashuvi hatto xavfliligini ta'kidlaydi. Fanlararo aloqa va integratsiyaning OTM larda o'qitish va tarbiyalashdagi ahamiyati juda ko'p pedagog olimlar tomonidan ko'rib chiqilgan. Jumladan, I.D.Zvernov, M.A.Danilov, V.N.Maksimova, S.P.Baranov, N.M.Skatkin; metodist olimlar M.R.Lvov, V.G.Goreskiy, N.N.Svetlovskaya, Yu.M.Kolyagina, G.N.Pristupa va boshqalar. Bir qator olimlar T.L.Ramzayev, G.N.Akvilev, N.YA.Vinelkin, G.V.Beltyukovlarning ilmiy ishlari boshlang'ich fanlararo va fanlar ichidagi bog'liqliklar muammosiga bag'ishlangan.

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Hozirgi vaqtda ham integratsiya muammosiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Integratsiyani uslubiy hodisa sifatida e'tirof etgan I.Kalojvari va L.Pechnikovalar «Qanday qilib integrirlangan darsni tashkillash mumkin?» nomli maqolasida ta'kidlashlaricha: «Integratsiyaning kelajagi porloq. Bu usul natijasida o'quvchilar ongida olamning faol va ko'p tomonli tasviri shakllanadi. Talabalar olgan bilimlarini amalda faol foydalanishga boshlashadi. Chunki bilimlari osonroq amaliyotga xos xususiyatlarni aniqlaydi, yangicha fikrlay boshlaydi, fanni tez o'zlashtiradi, uning boshqa fanlarga bo'lgan munosabatini ravshanlashtiradi». O'quvchilarini o'qitishda dars samaradorligiga erishish uchun integrirlashga e'tibor berish shart. E.Smirnova «Bo'lmasdan egalik qil» maqolasida shunday deydi: «Birinchi bosqichda quyidagi fanlarni integrirlash mumkin: o'qish, yozuv, tasviriy san'at va mehnat. Faqat o'qish va faqat yozish talabani juda charchatadi va unda salbiy tuyg'ularni uyg'otadi. 1 -kurs talabasida birinchi darslardayoq o'qishga bo'lgan istak yo'q bo'lmasligi mumkin. Uning ko'zlaridagi uchqun o'chmasligi kerak. Yuqorida aytib o'tilgan fanlarni tartiblashda o'quvchining o'rganish jarayonini, qiziqishini ushlab turish, faollashtirishga e'tibor beriladi». Ta lim tizimida ilgaridan integrirlangan kurslar borligini unutmaslik kerak. Savodxonlik darslari o'qish va yozuv K.D.Ushinskiy davridanoq integrirlanib o'tiladi. Hozir ilk bosqichda yarim yillikda o'qish va yozuvga o'rgatiladi. Auditoridan tashqari o'qish ham integrirlangan. Bunda bir butun jarayon: kitob-o'qish jihozi sifatida, darsda olgan o'qish ko'nikmalarini rivojlantirish, matn - so'z san'ati sifatida, nutqning rivojlanishi, kitob olami, suhbatdoshlar doirasi sifatida. Azaldan tabiatshunoslik integrirlangan: tabiatshunoslik va geografiya. Matematika asli arifmetika, algebraning elementlari, geometriya, arifmetik materiallar yaxshiroq o'zlashtirishga ko'maklashadi. Shu bilan birga algebrani, geometriyani, mehnat ta'limi o'rganishga asos soladi. Yuqorida aytilgan integrar kurslarni o'qish - ona tili, o'qish - tabiatshunoslik, o'qish — tabiatshunoslik, o'qish — tasviriy san'at, o'qish - tabiatshunoslik - tasviriy san'at, ona tili - o'qish -tasviriy san'at, o'qish — tabiatshunoslik — mehnat, ona tili -tabiatshunoslik - tasviriy san'at kabilarga birlashtirish mumkin.

Asosiy qism: Boshlang'ich bosqichlarda fanlarni integratsiyalash dars samaradorligini oshiradi, vaqtdan unumli foydalanishga olib keladi, darsni chuqur o'zlashtirishga yordam beradi, bo'sh vaqt orttiriladi va to'garaklarga jalb etiladi. Boshlang'ich ta'limda ona tili, o'qish, tabiat, tasviriy san'at darslarini integratsiyalash mumkin. Masalan, O'zbekiston mening Vatanim mavzusini o'tishi uchun mavzu tushuntiriladi, tabiiy boyliklari va ularni qadriga yetish ko'rib chiqiladi, mavzu asosida rasm ham chiziladi. Bu esa bolaning mavzuni yaxshi tushunib olishiga

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yordam beradi, kengroq va chuqurroq tushunishiga imkon ortadi, uzoq vaqt yodda saqlab qolishiga yordam beradi. Bu esa dars samaradorligini oshiradi. Ona tili, o'qish, matematika, mehnat darslari integratsiya qilinsa ham yaxshi natijaga erishiladi. Bunda ham o'quvchi darsni yaxshi tushunadi. Masalan, "Kuz" mavzusi o'tilsa, mavzu o'qiladi, tushuntiriladi, hosil yig'ib olishga doir masalalar yechiladi, mehnat darslarida mevalarni yasash mumkin. Shunda esa darsni mukammal o'zlashtirib olishlariga imkon yaratadi. Masalan; Bog'da o'quvchilar birinchi kuni 35 kg, ikkkinchi kuni 45 kg olma terishdi. Hammasi bo'lib necha kg olma terishdi? 35+45=80 javob: 80 kg. Bu masala asosida mevalar rasmini chizishlari mumkin. Bola bir darsning o'zida kuz haqida o'rgandi, mevalar haqida bildi va rasm chizadilar, kuz mevalari haqida masala yechadilar. Shunday qilib, o'quvchi birgina integratsiya darsida juda ko'p ma'lumotlarga ega bo'ladi va uzoq vaqt esda saqlab qoladi. Matematika, jismoniy tarbiya, tabiat, musiqa darslari mujassamlashtirilsa foydadan holi bo'lmaydi. Musiqa eshitish, mavzu yuzasidan misol yechish, narsalar yasash -bularning hammasi dars samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Fanlarni integratsiya qilib dars o'tilganda quyidagilarga e'tibor berish kerak.

- har bir dars muayyan maqsadga yo'naltirilgan bo'lishi kerak;

- fanlararo aloqalarga oid tanlangan qo'shimcha material o'tiladigan mavzu bilan bog'lanishi shart;

- fan o'quvchilari faolligini oshirish maqsadida ular bilan ishlash yo'llarini aniqlash mumkin. Dars faqat ta'limiy bo'lib qolmasdan, o'quvchilarni insonparvarlik jihatlarini tarbiyalashga qaratilgan bo'lishi zarur. Mavzu mazmunidan kelib chiqqan holda, tabiat, jamiyat, inson tafakkuri, taraqiyoti haqidagi bilimlar respublikamiz kelajagiga ishonch va e'tiqodni shakllantirishga qaratilgan bo'lishi kerak. Bu esa o'quvchi dunyoqarashini kengaytiradi. Umuman olganda integratsiya darsi bir- biriga mos kelishi ( mavzu jihatdan ) va puxta reja asosida tuzilgan bo'lishi kerak.

Boshlang'ich bosqich o'qituvchisiga integrirlangan darslarga o'tish oson, chunki bir o'zi hamma fanlarni o'qitadi. O'quvchi qanchalar yosh bo'lsa, u shuncha kam biladi. Shuning uchun boshlang'ichda integratsiya imkonlari chegaralangan. Boshlang'ich ta'limda amalda ichki va fanlararo aloqalardan foydalanish va rivojlantirish kerak. Boshlang'ich ta'limda integratsiya «oz -oz hamma narsadan» usuliga ega. Bolalar boshlang'ich ta'limda juda ko'p hodisa, tushuncha, fanlar bilan tanishishadi, lekin ular to'g'risida elementar tushuncha olishadi. Keyingi yillarda mavjud bilimlarini to'ldirib va kengaytirib borishadi. Shuning uchun o'qituvchi bir xillikdan qochishi va rang-barang shakl va usullarda dars o'tishi talab etiladi. Integratsiyalangan darslar charchoqni va taranglikni o'quvchilardan oladi,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

faoliyatning bir turidan ikkinchisiga o'tishi hisobidan ziyraklik va hozirjavoblikka o'rgatadi. Lekin ilk bosqichlarda integratsion darslarga uncha berilmaslik tavsiya etiladi. Chunki bolaning bilim zahirasi ko'p emas, grammatik, matematik va texnik konikmalari shakllanib ulgurmagan. Chunki integratsiya mavjud mavzuni kengaytiradi, chuqur tahlil qilishni talab qiladi, hodisalarni umumlashtiradi, ularning bilim doirasi boshqa fanlar hisobiga kengayadi. O'quvchilar mustaqil tarzda shuncha ishni bajarishga kuchi yetmasligi mumkin. O'z navbatida o'qituvchiga juda ko'p talablar qo'yiladi. Integrirlangan dars o'qituvchidan qo'shimcha tayyorgarlik, katta bilimdonlik, yuqori kasb mahoratini talab qiladi.

Ta'lim-tarbiya jarayoni har bir o'qituvchidan katta aql-zakovat, sabr-matonat, o'quvchilarga va o'z kasbiga yuksak mehr-muhabbatli bo'lishni talab etadi. O'qituvchining doimo izlanuvchan, bilim va tajribasini orttirib boruvchan bo'lishi, o'quvchilarni chuqur tushunish, ularning ichki dunyosini payqay olishi, o'sish va rivojlanish darajalarini nazorat qilib borishi va zarur paytda yordam bera olish qobiliyati ta'lim va tarbiya jarayonining muvaffaqiyatini ta'minlovchi omillardir.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, hikoyalar til o'rganishda ideal vositadir, chunki ular butun hayotimiz davomida bizni boshqaradi. Demak, nafaqat ona tilimizni, balki boshqa xorijiy tillarni ham hikoyalar orqali o'rganish bizning sa'y-harakatlarimizni yanada qiziqarli, qiziqarli va esda qolarli qilish imkonini beradi. Talabalar mashg'ulotlar ularga tanish va yoqimli bo'lsa, tilni o'zlashtirishning ajoyib qobiliyatiga ega. Chet tilini hikoya qilish asosida o'rgatish - bu tanish va qiziqarli mashg'ulot. Hikoyalar nafaqat talabalar uchun, balki barchamiz uchundir, shuning uchun ulardan o'smirlarni o'qitishda foydalanish yosh bolalarni o'qitishda foydalanish kabi muhimdir. Hikoyalar talabalar e'tiborini jalb qilishi mumkin, chunki ular sevgi va do'stlik kabi kundalik qiziqishlariga asoslangan qiyin mavzularni taqdim etadi. Ular, shuningdek, fantaziya va ijodkorlik uchun katta maydonni ta'minlaydi. Hikoyalar ingliz tilini o'quv dasturidagi boshqa fanlar bilan bog'lashi mumkin, biz ushbu tezisda buni ko'rsatishga harakat qilamiz. Ular o'quvchilarni fikrlashga o'rgatadi. Barcha ko'nikmalar, funktsiyalar va tuzilmalarni hikoyalar orqali o'rgatish mumkin. So'z boyligi, talaffuzi va ijodkorligi rivojlanishi mumkin. Ushbu tadqiqotda biz haqiqiy kitobdan ko'chirma asosida dars rejasini tuzishga harakat qildik va hatto uni amaliy mashg'ulotda sinab ko'rish imkoniga ega bo'ldik. Til o'rganishda hikoyalardan foydalanish muhim o'qitish usuli hisoblanadi. Hikoyalar insonni butun hayoti davomida boshqaradi va inson o'z ona tilini yoki chet tilini

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

o'rganganida ulardan foydalanadi. Binobarin, hikoyalar yordamida chet tilini o'rganish tabiiydir.

REFERENCES

1. Sayidaxmedov N.S. Oliy pedagogik talimda integral texnologiyalar. 2003 y.

2. Abdujabarova, K. H. Q. . (2022). Use of Literature in the Development of Speech Activity of the Future Journalist in Practical Lessons. Vital Annex : International Journal of Novel Research in Advanced Sciences, 1(6), 57-59. Retrieved from https://innosci.org/IJNRAS/article/view/595

3. Рахимова Рушана Эльдаровна Обучение в сотрудничестве на уроках английского языка как средство формирования коммуникативной компетенции // Проблемы педагогики. 2020. №2 (47). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/obuchenie-v-sotrudnichestve-na-urokah-angliyskogo-yazyka-kak-sredstvo-formirovaniya-kommunikativnoy-kompetentsii

4. Jeremy Harmer, The Practice of English Language Teaching, Longman, 2005

5. Markhabo Raxmonkulovna Abdullayeva. (2022). CONVEY THE NATIONAL SPIRIT IN TRANSLATIONS. International Scientific and Practical Conference "Modern Psychology and Pedagogy: problems and solutions", ANGILYA. https://doi.org/10.5281/zenodo.6531998

6. Gail Ellis and Jean Brewster, Tell it Again!, Penguin 2002

7. Abdullayeva, M. R. (2022). TRANSLATION PROBLEMS OF VERB PHRASEOLOGISMS EXPRESSING NATIONAL COLOR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 25), 347-352.

8. Saidakbarova, S. P. (2022). Classification of English and Uzbek idioms depending on gastronomic codes. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 12(5), 51-55.

9. Oripova, N. V. K., & Rakhimova, R. E. (2022). NEW PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES AND THEIR APPLICATION IN FOREIGN LANGUAGE LESSONS. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 604-609.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.