Научная статья на тему 'FANLARARO INTEGRATSIYANI YO‘LGA QO‘YISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

FANLARARO INTEGRATSIYANI YO‘LGA QO‘YISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2742
111
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
rivojlanish qobiliyati / kitobxonlik targ`iboti / matnshunoslik / adabiy manbashunoslik / kompyuter lingvistikasi / sotsolingvistika / scientific problems / the world of textual criticism / the study of history / and text editing / effective teaching methods / modern teaching methods

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — U. Azimova

Buyuklik va mangulikning betakror timsoli, yuksak iste’dod egasi, mutafakkir shoir, olim, turkiy tilda shoh asarlar bitgan bobomiz Alisher Navoiyning shaxsi, boy adabiy merosi uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o‘rgatiladi. Mazkur maqola Alisher Navoiy asarlardan foydalanishning ahamiyatiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda adabiyot darslarida fanlararo integratsiyani yo‘lga qo‘yish vositasi sifatida miniatyuralardan foydalanishning o‘ziga xos xususiyatlari, uzluksiz ta’lim tizimida Alisher Navoiy hayoti va ijodini o‘rgatilishining o‘quv dasturi va darsliklarida yoritilishi va qo‘shimcha adabiyotlar sharhi, shoir tarjimai holi va “Xamsa” dostonlarini o‘rgatishda miniatyuralardan foydalanishda innovatsion ta’lim texnologiyalarining talabalar kreativ qobiliyatini rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PECULIARITIES OF THE IMPLEMENTATION OF INTERDISCIPLINARY INTEGRATION

The personality and rich literary heritage of our senior Alisher Navoi, a unique symbol of greatness and eternity, a great talent, a thinker poet, scientist, author of great works in the Turkish language, is taught at all levels of the continuous education system. This graduation work (project) is devoted to the importance of using miniatures in the teaching of A. Navoi's works. In the continuous education system, the life and work of A. Navoi is covered in the curriculum and textbooks and the review of additional literature, the role of innovative educational technologies in the development of students' creative abilities in the use of miniatures in the teaching of the poet's epics are highlighted.

Текст научной работы на тему «FANLARARO INTEGRATSIYANI YO‘LGA QO‘YISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

FANLARARO INTEGRATSIYANI YO'LGA QO'YISHNING O'ZIGA XOS

XUSUSIYATLARI Umida Abduqaxxarovna Azimova

TDIU "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7405600

Annotatsiya. Buyuklik va mangulikning betakror timsoli, yuksak iste 'dod egasi, mutafakkir shoir, olim, turkiy tilda shoh asarlar bitgan bobomiz Alisher Navoiyning shaxsi, boy adabiy merosi uzluksiz ta'lim tizimining barcha bosqichlarida o'rgatiladi. Mazkur maqola Alisher Navoiy asarlardan foydalanishning ahamiyatiga bag'ishlangan bo'lib, unda adabiyot darslarida fanlararo integratsiyani yo'lga qo'yish vositasi sifatida miniatyuralardan foydalanishning o'ziga xos xususiyatlari, uzluksiz ta'lim tizimida Alisher Navoiy hayoti va ijodini o'rgatilishining o'quv dasturi va darsliklarida yoritilishi va qo'shimcha adabiyotlar sharhi, shoir tarjimai holi va "Xamsa" dostonlarini o'rgatishda miniatyuralardan foydalanishda innovatsion ta'lim texnologiyalarining talabalar kreativ qobiliyatini rivojlantirishdagi o'rni yoritilgan.

Kalit so^zlar: rivojlanish qobiliyati, kitobxonlik targiboti, matnshunoslik, adabiy manbashunoslik, kompyuter lingvistikasi, sotsolingvistika

ОСОБЕННОСТИ РЕАЛИЗАЦИИ МЕЖДИСЦИПЛИНАРНОЙ ИНТЕГРАЦИИ

Аннотация. Личность и богатое литературное наследие нашего деда Алишера Навои, уникального символа величия и вечности, обладателя высокого таланта, мыслителя, поэта, ученого, автора царских произведений на турецком языке, преподается на всех ступенях системы непрерывного образования. . Данная статья посвящена важности использования произведений Алишера Навои, в которой раскрываются специфические особенности использования миниатюры как средства межпредметной интеграции на уроках литературы, цели обучения жизни и деятельности Алишера Навои в системе непрерывного образования. выделены образовательные технологии в развитии творческих способностей учащихся в использовании миниатюры в преподавании учебных программ и учебников и просмотре дополнительной литературы, биографии поэта и эпосе «Хамса».

Ключевые слова: научные проблемы, мир текстологии, изучение культуры, редактирование текста, эффективные методы обучения, современные методы обучения, преимущества

PECULIARITIES OF THE IMPLEMENTATION OF INTERDISCIPLINARY

INTEGRATION

Abstract. The personality and rich literary heritage of our senior Alisher Navoi, a unique symbol of greatness and eternity, a great talent, a thinker poet, scientist, author of great works in the Turkish language, is taught at all levels of the continuous education system. This graduation work (project) is devoted to the importance of using miniatures in the teaching of A. Navoi's works. In the continuous education system, the life and work of A. Navoi is covered in the curriculum and textbooks and the review of additional literature, the role of innovative educational technologies in the development of students' creative abilities in the use of miniatures in the teaching of the poet's epics are highlighted.

Keywords: scientific problems, the world of textual criticism, the study of history , and text editing, effective teaching methods,modern teaching methods

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Kirish (Introduction). Yurtboshimiz ta'kidlaganlaridek, "Adabiyot xalqning yuragi, elning ma'naviyatini ko'rsatadi. Bugungi murakkab zamonda odamlar qalbiga yo'l topish, ularni ezgu maqsadlarga ilhomlantirishda adabiyotning ta'sirchan kuchidan foydalanish kerak. Ajdodlar merosini o'rganish, buyuk madaniyatimizga munosib buyuk adabiyot yaratishimiz uchun hamma sharoitlarni yaratamiz", "Adabiyot masalasi - bu ma'naviyat masalasidir", "Ma'naviyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o'giti bilan birga singadi", "Kitob - inson tafakkurining qanotidir" , "Kitob (bitik) - barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni o'rgatuvchi murabbiydir". Ko'rinib turibdiki, yoshlar ongini yuksaltirish, ularning ma'naviy dunyosini boyitish, Vatanni sevish, ardoqlash, kezi kelsa, uning obro'si, osoyishtaligi, ravnaqi yo'lida jon fido eta olish xislatlarini tarbiyalashning ulkan vositalaridan biri badiiy adabiyotdir.Uzluksiz ta'lim tizimi barcha bosqichlari adabiyot darslarida badiiy matn bilan tanishish, uni tahlil qilishga kirishishdan avval, yozuvchi yoki shoirning tarjimai holi bilan ham tanishiladi.Respublikamizda Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilayotgan hozirgi sharoitda ta'lim tizimini sifat jihatidan milliy va xorijiy tajriba uyg'unlashgan xalqaro standartlarga mos tarzda yangi bosqichga ko'tarish bo'yicha keng qamrovli islohotlarni amalga oshirish uchun belgilangan ustuvor topshiriqlarni amalga oshirish yo'lidagi eng muhim vazifalardan biri uzluksiz ta'lim tizimi o'qitish jarayonida fanlararo integratsiyani yo'lga qo'yish imkoniyatlaridan samarali foydalanishni samarali tashkil etishning zamonaviy texnologiyalarini amalga oshirishdir. Ozbek adabiy tanqidchi O. Sharafiddinov to'g'ri ta'kidlaganidek: "Cheksiz olamdagi katta-kichik har bir narsa o'zaro bog'liqlikda yaratilgani va biri boshqasining mavjudligini ta'minlab turgani uchun ham dunyoni bilishning uyushtirilgan pedagogik shakli bo'lmish ta'lim jarayonida ana shu uzviylik, chambars aloqadorlik hisobga olinishi lozim. O'zga insonlar ruhiyatidagi tovlanishlarni anglash asosida o'quvchilarda shaxslik sifatlarini shakllantirishga yo'naltirilgan adabiy ta'limda ham fanlararo aloqa muhim ahamiyat kasb etadi. Adabiyot o'qitishda samaradorlikka erishish uchun uning maktabda o'qitiladigan o'zga o'quv fanlari bilan aloqasini ta'minlashga alohida e'tibor qaratish zarur"."Integratsiya" atamasiga ilmiy manbalarda berilgan ta'rif va munosabatlarga e'tibor qaratamiz. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi"da integratsiya atamasiga quyidagicha ta'rif beriladi: "Integrasiya - (lot. integratio - tiklash, to'ldirish, integer - butun so'zidan) - 1) sistema yoki organizmning ayrim qismlari va funksiyalarining o'zaro bog'liqlik holatini hamda shunday holatga olib boruvchi jarayonni ifodalovchi tushuncha; 2) fanlarning yaqinlashishi va o'zaro aloqa jarayoni; differensiatsiya (frans. differentiation, lot. differentia - farqlanish, farq), ixtisoslashish - dastlab bir xil elementlardan iborat bo'lgan sistemaning sifat jihatidan farq qiladigan bir qancha qismlarga ajralib ketishi. D. muayyan sistema funksiyasining kengayishi, intensivligining ko'tarilishi va bu funksiyalarni uning tarkibiy qismlari o'rtasida taqsimlanishi bilan bog'liq holda sistema ishining samarasini oshiradi (3-jild, 330-bet) bilan birga kechadi; 3) 2 va undan ortiq davlatlarning iqtisodiyotini o'zaro muvofiqlashtirish va birlashtirish.Taniqli metodist olima R.Niyozmetova fanlararo integratsiyaning ta'lim tizimidagi o'rnini quyidagicha belgilaydilar: "Fanlararo aloqa xarakteridagi integratsiyalashgan darslar tizimi ma'lum o'quv fani bo'yicha yil davomidagi mashg'ulotlarining maksimal qismini tashkil etishi lozim. O'zlashtirilgan bilimlarning har xil aspektda ochilishi, masalan, biror badiiy asar mazmunidagi voqea-hodisalarning ham geografik, ham biologik, ham botanik, ham psixologik bilimlarga tayanilgan holda va insoniy tuyg'ular asosida ochib berilishi shakllanib kelayotgan shaxsning

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

fikrlash, his qilish, qayg'udosh bo'lish singari jihatlardan rivojlanishiga o'z ta'sirini ko'rsatadi". Fanlararo integratsiyani yo'lga qo'yish masalasiga qiziqish juda qadim zamonlardan boshlangan. Ya.A.Komenskiy grammatika va falsafani, falsafa va adabiyotni, D.Lokk esa, tarix bilan geografiyani o'zaro aloqada o'rganish haqida fikr yuritganlar. I.Gerbart, A.Disterveglar ham o'z vaqtida fanlar o'rtasidagi chegaralarni kamaytirish, ularni o'zaro aloqada o'rganishni himoya qilganlar.XIX-XX asrlar oralig'ida A.Ya.Gerd, D.N.Kaygorodov va A.P.Pavlovlar tomonidan kichik yoshdagi maktab o'quvchilarining tabiiy muhit bilan tanishtirishning integratsiyalashgan kursini yaratish fikrini muhokamaga qo'yilgan. XX asrning 50-60-yillarida AQShda tarix, geografiya, grajdanshunoslik fanlarining elementlarini o'z ichiga olgan "Jamiyat fanlari" kursi tashkil etilgan. Polshada esa, "Madaniyat" deb nomlangan umumlashgan kursni sinab ko'rilgan. Rossiyada jamiyatshunoslik va tabiatshunoslik fanlarini o'z ichiga birlashtirgan madaniyat tarixi kursini sinovdan o'tkazish tajribasi amalga oshirilgan.Milliy o'quv dasturida bu masala echimiga jiddiy e'tibor qaratilganligi, "2020-2025 yillarda ijod maktablari faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasi"ga ko'ra, ijod maktablari o'quvchilarining asosiy ko'rsatkichlari sifatida o'zbek va dunyo adabiyoti, o'zbek va dunyo kinemotografiyasi, o'zbek va dunyo tasviriy san'ati, o'zbek va dunyo mumtoz musiqasining eng mukammal asarini bilishi nazarda tutilgani, 2019-2020 o'quv yilida Davlat test markazi imtihonlari savollari tarkibiga: tarix va geografiya fanlaridan yozuvsiz xarita, jadval, rasmli test topshiriqlari qo'llanilganligi; abituriyentlarning test topshiriqlarini tez anglay olishi, fikrlash ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadida endilikda yana ona tili va adabiyot, chet (ingliz, nemis, fransuz) tillari, biologiya, kimyo fanlaridan ham holatni ifodalash uchun rasmli test topshiriqlari shakllantirilayotganligi - katta qadamni ushbu izlanishlarning natijasi sifatida baholash mumkin. Ma'lumki, fan bilan san'atning o'zaro aloqasi ko'p qirrali va murakkabdir. Biz e'tiborni fan bilan san'at o'rtasidagi aloqalarning ta'lim tizimida hisobga olinishi kerak bo'lgan qismlargagina e'tibor qaratamiz. Bu o'qitish jarayonida fanlararo integratsiyani amalga oshirish uchun asos bo'ladi. "Adabiyotni boshqa gumanitar fanlarga bog'lab o'rganish" nomli metodik qo'llanmasi da to'g'ri ko'rsatilganidek, maktabda har bir o'quv fanini, jumladan, adabiyotni o'rganishda o'quvchilarning anglash, fikrlash, ayniqsa, nutqiy faoliyati alohida o'rinni egallaydi. Shu sababli darslarda o'quvchilardan adabiy matnni to'g'ri o'qish, anglash, o'qiganlarini amaliy tajribada bevosita qo'llash malakalarini o'stirishga ahamiyat beriladi. Shu bilan birga, ularda ob'ektiv hayotdagi voqea va predmetlar orasidan muhimlarini ajratib olish, belgi va xususiyatlariga qarab ularni guruhlashtirish ko'nikmasi ham tarbiyalab boriladi, Shu boisdan ham, adabiyotni boshqa gumanitar fanlar - ona tili, tarix, tarbiya, geo-grafiya va estetik yo'nalish fanlari - tasviriy san'at, musiqa bilan bog'lab o'qitiladi.Biz darslarida san'at asarlaridan, jumladan, tasviriy san'at - miniatyuralardan foydalanish tajribasini yoritishni maqsad qilganimiz sababli adabiyotning bu fanlar bilan aloqasi masalasiga alohida to'xtalmoqchimiz.San'at inson ruhiy holatining eng nozik tomonlarigacha zabt etadi. U faqat his-tuyg'ulargagina ta'sir etib qolmasdan, inson erki va maqsadini ham ifoda etadi. Shu yerda uning o'z-o'zini anglashni rivojlantirish, axloqiy tuyg'ularni tarbiyalash va dunyoqarashni shakllantirishdagi eng muhim ahamiyati ko'zga tashlanadi. Shuning uchun shaxsni har tomonlama barkamol inson sifatida tarbiyalashda san'at asarlaridan foydalanish eng muhim vositalardan biri hisoblanadi.Bugungi kunda uzluksiz ta'lim tizimida san'atning an'anaviy turini o'rgatishdan foydalanib kelinadi. Har bir san'at turining alohida manbalari mavjud bo'lsa-da, ularning asosiy tilini belgilaydigan narsa bor. Bu obrazdir.Obraz so'zi o'zida hayotiy ma'nodor va jozibali mazmunlarni mujassamlashtiradi. Shuning uchun unga estetik

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

yo'nalish fanlarini o'qitish jarayonida diqqatni qaratish juda muhimdir. Talaba, tomoshabin, tinglovchi badiiy obraz muallif tomonidan uning tasavvurlari asosida yaratilishini bilishi, adabiyot, tasviriy san'at, musiqa asarlarining o'zaro aloqadorligini, ularning mantiqiy rivojlanib borishini his qilishi va tushunishi zarur. Adabiy obrazlarda aks ettirilgan voqealar o'quvchilar uchun hayotda ko'rganlarining umumlashmasi, natijasi bo'lishi lozim. Musavvirlik san'atida bevosita amalga oshirilgan bu jarayon yosh tomoshabin uchun ko'rish shaklini idrok etishning natijasi yashirinligicha qoladi. Musiqada esa, badiiylik murakkab obrazlar tizimidan iborat bo'lib, ijro etilishi o'ziga xos ifoda vositalari - kuy, garmoniya, polifoniya orqali amalga oshiriladi va voqealarni, his-tuyg'ularni o'zicha rivojlantiradi.Shunga qaramasdan, har bir san'at o'zining boy ifoda vositalariga ega bo'lib, ular doimo bir-biri bilan aloqada bo'ladi, bir-birini to'ldiradi. Adabiyotni musiqa, tasviriy san'at bilan hamkorlikda o'rganish bu san'at turlarining umumiy tabiatidan kelib chiqadi, chunki bularning hammasi ham hayotni obrazlar orqali aks ettiradi. San'at asarlari o'rtasida umumiylik, o'xshashlik bor bo'lga-ni holda ularning farqli tomonlari ham mavjuddir. "Hayotni obrazlar orqali aks ettirishi jihatidan san'at turlari o'rtasida umumiylik, o'xshashlik, mushtaraklik mavjud bo'lsa-da, obraz yaratish jarayonida san'atning har bir turi uning faqat o'zigagina xos bo'lgan ifoda vositalaridan foydalanadi. Bunday ifoda vositalari, odatda, san'at turlarining "o'z tili" deb yuritiladi.Badiiy adabiyot tili haykaltaroshlik, me'morlik, rassomlik, musiqa tillaridan farq qiladi. Rassomlikda badiiy obraz surat va kartina vositasida yaratiladi, shunga ko'ra, rassom "tili" deganda, chiziqlar, rang, yorug'lik soyasi va kompozitsiyasini tushunamiz. Xoreografiyaning "tili" esa inson tanasining o'ziga xos ifodali harakatidir.Adabiyotda til, kompozitsiya, ohang, ritm kabilar vositasida badiiy obraz yaratiladi. Bunday vositalarning jamul jamisiz adabiy asar yashay olmaydi. Shu sababli bu vositalarning jami - nutq, ritm, ohang, kompoziiya - badiiy adabiyot "tili"dir. Shunga ko'ra, badiiy adabiyot "so'z san'ati" deb ham yuritiladi. Adabiyot so'z vositasi bilan obraz yaratganligi sababli san'atning boshqa turlariga nisbatan hayotni va insonni mumkin qadar to'laroq ifodalash imkoniga ega".Musiqa - his-tuyg'ularning tili. Undagi eng asosiy narsa ketma-ket intonatsiya orqali ulanib ketadigan kuylardir. Kuy kishi ruhiyatiga asta-sekin ta'sir qo'shib, tanada o'ziga xos o'zgarishlar hosil qiladi. Oliy asab silsilasi, boshqa a'zolar hovuridan tushadi, o'ziga keladi, maromida ishlaydi. Ba'zi kuylarning ohangiga, ya'ni ma'nosiga qarab kishi beixtiyor fikrlar, hissiyotlar olamiga sho'ng'ib ketadi. Kuylar borki, kishining kuchiga kuch qo'shib, og'irini engil qiladi. Naim Karimov esa, lirika bilan musiqaning bir-biriga yaqinligini quyidagicha ta'riflaydi: "Lirika va musiqa obrazli aytganda, san'atning Fotima va Zuhrolari, uning egizak farzandlaridir". Shunday ekan, musiqa bilan lirika uyg'unligi taassurotlarni kuchaytiradi, hissiyotlarni qitiqlaydi, natijada san'atning eng muhim vazifasi amalga oshadi.Tasviriy sanat -bo'yoqlar, chiziqlar, ovozlar tilidir. Nodir Normatov ta'biri bilan aytganda, "rang tasvir hamisha inson qalbini tashqi olam bilan bog'lashda ko'prik rolini o'ynaydi. Bu ko'prik nafis, mustahkam va qonuniy..".Qadimgi Misr papiruslariga xira bo'yoqlar bilan peroda rasmlar tekis yuzali qilib rangtasvir usulida ishlangan. So'nggi antik miniatyuralar (4 - 6-asrlar) shakllar va nurhavo holati to'g'ri berilganligi bilan diqqatga sazovor. O'rta asrlar g'arb miniatyurasi mahalliy maktablarning ko'pliga bilan ajralib turadi. Armaniston (6 - 7-asrlar), Gruziya (9 - 10-asrlar), Rossiya (P-a.)da miniatyura rivojlandi .Badiiy adabiyot, asosan, epik she'riyat - masnaviy, dostonlar (jumladan, Firdavsiyning "Shohnoma", Nizomiy, Xusrav Dehlaviy, Alisher Navoiylarning "Xamsa"lari, Jomiy, Sa'diy, Hofiz Sheroziy va b. ning asarlari) qo'lyozmalarini ziynatlash uchun yaratilgan miniatyuralar alohida turkumni tashkil qiladi. Buyuk musavvir

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

sifatida Sharqda Moniydan so'ng Junaid Bag'dodiy, Xoja Abdulhay, Mahmud Siyohqalam, G'iyosiddin Naqqosh, Mirak Naqqosh, Kamoliddin Behzod, Qosim Ali, Mahmud Muzahhib, Abdulla Musavvir, Basavan, Rizoyi Abbosiy va b. ning nomlari mashhur. Temuriylar davrida alohida varaqlarga miniatyura ishlash va ulardan muraqqa tuzish an'anaga aylangan, alohida shaxslar tasviri (portreti)ni ishlash taraqqiy etgan, xususan, Hindistonda Boburiylar davrida yuksak darajaga ko'tarilgan.Demak, san'atning turli tarmoqlari o'z oldiga qo'ygan vazifasini bajarishda har xil vositalardan foydalanadi. Adabiyotning quroli so'z bo'lsa, musiqachi turli-tuman tovush va ohanglardan, musavvir xilma-xil rang va bo'yoqlardan, haykaltarosh ganch, tosh, marmar va boshqalardan foydalanib obraz yaratadi. Badiiy adabiyotda hayot, voqelik va kishilar rivojlanishda, taraqqiyotda tasvirlanadi. Shu jihati bilan adabiyot san'atning musavvirlik yoki haykaltaroshlik kabi turlaridan farq qiladi. Chunki, rasm va haykalda ma'lum lavha, holat aks etadi.

Tahlil va natijalar. (Analysis аnd results) Bu masalaning nazariy tomonlarini chuqurroq ochib berish, adabiyot darslarida san'at asarlaridan foydalanishning o'rni va ahamiyatini aks ettiruvchi qarashlar tamoyillarini ishlab chiqish, eng samarali sharoitlarni aniqlash va ulardan o'qituvchilarning unumli foydalanishlarini tashkil etish juda muhimligini yirik metodist olimlar ham ta'kidlamoqdalar.

Xulosa va takliflar. (Conclusion/Recommendations) Xulosa qilib aytganda, san'atning turlari bir-biridan farqlansa-da, ular voqelikni aks ettiri^da o'zaro mushtaraklik xususiyatiga egadir.Ta'lim jarayonida fanlararo integratsiyani yo'lga qo'yish vositasi sifatida adabiyotni san'atning boshqa turlari bilan uyg'unlikda o'rganish yuzasidan ko'plab tadqiqotlar olib borilgan bo'lsa-da, adabiyot va san'at asarlarining yaqinligi to'liq tadqiq etildi degan xulosani aytib bo'lmaydi. Badiiy adabiyot vakillarining ijod namunalarini o'rgatish va tahlil qilish,talaba yoshlarni o'zbek adabiyotining boy imkoniyatlaridan foydalangan holda, Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida, keng dunyoqarashga ega bo'lgan ma'naviy yetuk insonlar etib tarbiyalashda adabiyot o'qitish metodikasi fanining o'rni beqiyos.Shu sababli oliy ta'lim tizimida ushbu fanga oid mavzularning keng yoritilishi taqozo etiladi.Bugungi kunda o'quv muassasalarida o'quv-tarbiya va boshqaruv jarayonlarini axborotlashtirish ehtiyoji tobora ortib bormoqda. Darslarda axborot texnologiyalarini qo'llash, turli metodologik yondashuvlarga amal qilish o'z o'rnida ko'pgina fundamental tushunchalarni oson va puxta egallash imkonini yaratadi.

REFERENCES

1. l.Sulaymonov, J. B. (2021). „Muqaddima "Asarida jamiyat taraqqiyotiga TA'SIR QILUVCHI OMILLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 732-737.

2. Yusupov E. Inson kamolotining ma'naviy asoslari. - Toshkent, Universitet

3. Hasanboyev J., To'raqulov X.A., Ravshanov O.A., Kushvaktov N.H. Milliy pedagogikamiz tarixiy ildizlari va barkamol avlod tarbiyasi. - Jizzax: 2007. http://linguistics.berkeley.edu/~kjohnson "UzACADEMIA" scientific-methodical journal 2 www.academiascience.uz

4. INNOVATIVE APPROACHES, Muhitdinova PROBLEMS, SUGGESTIONS AND SOLUTIONS IN SCIENCE AND EDUCATION" .http://conference.adu.uz/nmot/files/nutq_madaniyati_%20va_ozbek_tilshunosligi_2020.p

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

5. Nutq madaniyati va o'zbek tilshunosligining dolzarb muammolari. . www.scopus.com Бюллетень науки и практики / Bulletin of Science and Practice https://www.bulletennauki.com Т. 5. №4. 2019 D01:10.33619/2414-www.istanbul.edu.tr/http://www.washington.edu/,http:www.uva.nl/en/home/,http://london.a c/uk/http://www.uop.edu.www.ivran.ruhttp://elm/az/http://elm/az/,www.navoiy-uni.uz.

6. Po'latov A. Kompyuter lingvistikasi.-T., 2011.Sultonsaidova S., Sharipova O'. O'zbek tili stilistikasi. -T.: Yurist-Media markazi, http://conference.adu.uz/nmot/files/nutq_madaniyati_%20va_ozbek_tilshunosligi_2020.pdf

7. Nutq madaniyati va o'zbek tilshunosligining dolzarb muammolari. Azimova U.A. o'qituvchi, TDIU Umida19720409gmail.

8. [email protected] info.com.uz

9. http://ru.wikipedia.org www.elektron-lugat.zn.uz

10. www.scopus.com Бюллетень науки и практики / Bulletin of Science and Practice https://www.bulletennauki.com Т. 5. №4. 2019 D01:10.33619/2414-www.istanbul.edu.tr/http://www.washington.edu/,http:www.uva.nl/en/home/,

11. http://london.ac/uk/http://www.uop.edu.www.ivran.ruhttp://elm/az/http://elm/az/,www.navoiy -uni.uz;

12. http://www.abendblatt.de/daten/2008/03/05/854899.html

13. http://ecmd.nju.edu.cn/UploadFile/17/8076/standard.docPo'latov A. stilistikasi. -T.: Yurist-Media markazi, .

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.