DOI 10.46566/2225-1545_2022_1_94_658
Mahkamova Sh.R.
Toshkent Viloyati Chirchiq davlatpedagogika instituti,
musiqa ta'limi kafedrasi mudiri Islamova N.M.
Chirchiq shahar 2-umum-ta'lim maktabining musiqa madaniyatifani o'qituvchisi
TA'LIM TIZIMIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN
KLASTER ASOSIDA DARS JARAYONIDA FOYDALANISH
Annotatsiya: Innovatsion faoliyat-pedagogning o 'z kasbini takomillashtirishdagi mavjud shakl va vositalarni egallashga ijodiy yondashuvini nazarda tutadi. Ta'limdagi innovatsiyalar va innovatsion faoliyat haqida barqaror, hammaga ma'qul bo'lgan ilmiy tasavvurlar va innovatsion pedagogik faoliyat haqida barqaror va hammaga ma'qul bo'lgan ilmiy tasavvurlarr tasniflar shu paytgacha mukammal tarkib topgan emasligini ham e 'tirof etish lozim.
Kalit so'zlar: texnologiya, innovatsion, konsepsiya, manbalar, tashkiliy, metodik, psixologik, pedagogik jamoalar, parametrlari, innovasiyon o'qitish.
Makhkamova Sh.R. head of the department of music education Chirchik State Pedagogical Institute
Tashkent region Islamova N.M. teacher of musical culture Chirchik secondary school No. 2
USE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES ON THE BASIS OF THE CLUSTER IN THE EDUCATION SYSTEM DURING THE LESSON
Abstract: Innovative activity is understood as the creative approach of the educator to the existing forms and means of improving their profession. It should also be recognized that the classification of stable, generally accepted scientific ideas about innovation and innovative activity in education and stable and generally recognized scientific ideas about innovative pedagogical activity has not yet been finally formed.
Key words: technology, innovation, concept, resources, organizational and methodological, psychological and pedagogical teams, parameters, innovative education.
Bugungi kunda har bir soha va tizim faoliyatini innovatsion g'oyalar va texnologiyalar asosida olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatdan mavzuga kirishishdan oldin «innovatsiya» so'zining ma'nosiga biroz to'xtalishni lozim topdik. Innovatsiya tushunchasi (lotincha novus yangi) tadqiqotlarda va ilmiy ishlarda XIX asrlarda qo'llanila boshlagan. Avval u alohida elementlarni bir sohadan boshqa sohaga kiritishni ifodalagan. Texnikaviy yangiliklar kiritish qonuniyatlarini o'rganib firmalar foyda olish uchun «innovatsion siyosatni» butun bir tizim sifatida o'zlashtirishdi. Mazkur faoliyat jamiyat hayotining ixtiyoriy bo'g'inini yangilash bo'yicha umumiy belgilarga, qonuniyatlar, yangilik kiritish mexanizmiga ega. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayonda o'qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o'zgartirishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda interfaol metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Interfaol usullar ta'lim jarayonida qatnashayotgan har bir o'quvchining faolligiga, erkin va mustaqil fikr yuritishga asoslanadi.
Bu usullardan foydalanganda bilim olish o'quvchi uchun qiziqarli mashg'ulotga aylanadi. Interfaol usullar qo'llanilganda o'quvchilar o'qituvchilar yordami va hamkorligida mustaqil ishlash ko'nikma va malakalariga ega bo'ladilar. O'quvchilar yangi bilimlarni ilmiy izlanish, tadqiqotchilik, tajriba sinovlar o'tkazish asosida o'zlashtiradilar. Ilm orqali bilim olish tamoyiliga amal qilinadi. Ta'lim jarayoni qatnashchilari kichik guruhlarga bo'lingan holda ishlaydilar. O'quv topshiriqlari alohida bir o'quvchiga emas, balki kichik guruhning barcha a'zolariga beriladi. O'qitish jarayonini tashkil etishning asosiy shakli darsdir.
Hozirgi paytda darsning xilma xil noan'anaviy shakllari joriy etilmoqda. Bunday darslar o'quvchining ijodiy qobiliyatini o'stirish, aqliy salohiyatini kuchaytirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish va har bir yangilikni tez va to'la qabul qila olish ko'nikma va malakalarining shakllanishiga xizmat qiladi. Dars jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo'llash o'quvchilarda ilmiy izlanishga qiziqishni uyg'otadi, ijodkorlik va bunyodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi. Natijada egallangan bilim, ko'nikma va malakalar amaliy faoliyatda tatbiq etiladi, o'zlashtirish sifati oshadi. Buning uchun o'qituvchi mahoratli bo'lishi va mavzularning mazmuniga qarab darsni to'g'ri rejalashtirishi, mashg'ulot davomida barcha o'quvchilarni faol va ongli ishlashlariga erishmog'i lozim.
Pedagogik innovatsiya bu pedagogik g'aoliyatdagi yangilik, o'qitish va tarbiya mazmuni va texnologiyasidagi o'zgarishlar, ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan.Innovatsiya - innovatsiya natijasi sifatida tushuniladi va innovatsion jarayon uchta asosiy bosqichning rivojlanishi sifatida qaraladi: g'oyani yaratish (ma'lum bir holatda, ilmiy kashg'iyot), amaliy jihatlarda g'oyalarni rivojlantirish va yangiliklarni amaliyotga tatbiq etish.
Pedagogik innovatsiyalab samaradorligining o'lchovi sifatida optimallik o'qituvchi va o'quvchilarning kafolatlangan natijaga erishishi uchun kuch-quvvat sarflashlarini taqozo etadi. Turli o'qituvchilar va o'quvchilar o'zlarining
shaxsiy pedagogik hamda o'quv faoliyatlari jarayonida turlicha darajadagi samaradorlikka
Bundan tashqari, xususiy, to'g'ri pedagogik (masalan, uslubiy) yangiliklarning samaradorligi, agar ular ijtimoiypedagogik rejada qo'llab-quvvatlanmasa, qo'llab-quvvatlanmasa, ancha past bo'ladi. Shunday qilib, xususiy innovatsiyalar va ijtimoiy-pedagogik yangiliklarni qo'llabquvvatlovchi ijtimoiy-pedagogik kontekstni yaratish ham, ma'lum hajm, miqyos va daraja umuman mintaqaviy ta'lim tizimini rivojlanishini sezilarli darajada kuchaytirishi mumkin.
Yuqoridagilardan tashqari har qanday innovatsion jarayonda yangiliklarni yaratish va yangiliklardan g'oydalanish (o'zlashtirish) kabi tuzilmalarni ko'rish oson; bir-biri bilan bog'liq bo'lgan mikroinnovatsion jarayonlardan iborat bo'lgan butun maktabning rivojlanishi asosida yotadigan murakkab innovatsion jarayon.
O'qituvchilarda ijodkorlikni shakllantirishning muhim pedagogik sharti uni mustaqil bilim olish va ijodiy fikirlashga yónaltirishdan iborat. Shu bilan bir qatorda, o'qituvchilar orasida ijodiy muhit, muayyan ma'naviy-ruhiy holat, tashkiliy, metodik, psixologik chora-tadbirlar qo'llashga ham alohida e tibor qaratish lozim. erishadilar. Xuddi mana shuning o'zi pedagogik innovatsiyalarning optimallik darajasini belgilaydi.
Innovatsion usullarning eng muhim belgisi sifatida natijalanganlik o'qituvchi faoliyatida ijobiy yutuqlarga erishilgandagina namoyon bo'ladi. O'lchovlardagi texnologiklik, kuzatuvchanlik, natijalarning qayd etilganligi o'qitishning yangi usullari, metodlarini baholash orqali namoyon bo'ladi. Mazkur o'lchovning ahamiyatli jihati shaxs, uning idroki va tushunchalarini shakllantirishning bir butunligida namoyon bo'ladi. Shu munosabat bilan innovatsion jarayonni ilmiy g'oyani amaliy foydalanish bosqichiga olib chiqish va shu bilan bog'liq ijtimoiy pedagogik muhitdagi o'zgarishlarni amalga oshirish jarayoni deb hisoblash mumkin. G'oyalarning innovatsiyaga aylanishini ta'minlaydigan va bu jarayonni boshqarish tizimini shakllantiradigan faoliyat bu innovatsion faoliyatdir. Innovatsiya jarayoni rivojlanish bosqichlarining yana bir o'ziga xos xususiyati mavjud. Pedagogik tajribada pedagogik innovatsiyalarni ijodiy qo'llash alohida o'qituvchilar ish faoliyatining boshlang'ich bosqichida namoyon bo'ladi.
Pedagogik innovatsiyalarning mazmuni, uni qo'llash metodlarini bo'lajak o'qituvchilar tajribasiga singdirish muhim ahamiyatga ega. Ta'lim muassasasi hayotiga pedagogik innovatsiyalarni keng ko'lamda olib kirish uchun unda yangilik muhitini yaratish, muayyan axloqiy psixologik holatni shakllantirish, tashkiliy, metodik, psixologik xarakterdagi choratadbirlarni kullash talab etiladi. Shu maksadda bulajak ukituvchilarning kreativ funksiyalarini rivojlantirish, ularni pedagogik innovatsiyalar bilan izchil kurollantirib borish, innovatsion usullarni tahlil va tatbiq qilishga o'rgatish vazifasini kuyish lozim.
Pedagogika fanida ta'lim tizimidagi yangilik masalalari muttasil mutaxassislar tomonidan o'rganilib kelinmoqda. Biroq, ijtimoiy-pedagogik yangiliklar mintaqaviy ta'lim tizimini rivojlantirish omili sifatida, bir tomondan, nisbatan yaqinda tez rivojlanayotgan ijtimoiy pedagogika fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida nisbatan yaqinda paydo bo'lganligi sababli, boshqa tomondan, ta'limni markazsizlashtirish va mintaqalashtirishning ijtimoiy tendensiyasining nisbiy yangiligi bilan bog'liq.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. // «Xalq so'zi» gazetasi, 2017 yil 23 dekabr
2. Ibragimova G.N. Interfaol o'qitish metodlari va texnologiyalari talabalarning kreativlik qobiliyatlapini rivojlantirish. I Monografiya. - T.: «Fan va texnologiyalar», 2016. -77-b.
3. Mochalova N.M. Maktabning metodik ishini tashkil etishning innovatsion yondashuvlari: O'quv qo'llanma. - Ufa, 2002. - 86 bet Slastenin V.A., Podimova L.S. Pedagogika: innovatsion faoliyat. - M., 1997
4. Panfilova A.P. Innovatsion pedagogik texnologiyalar: Faol o'rganish: Oliy o'quv yurtlari talabalari uchun darslik / A.P. Panfilov. - M., Akademiya, 2009 y.
5. M.S. Muxiddinova "MaKTa6ra4a Ta^raM тaшкилотлaридa ax6opoT-компьютер технологиялaрини муси^ Tap6^^ восш^си сифaтидa кулгашнинг хусусиятлaри" 2020 yil
6. Sh.R.Mahkamova "Имконияти чекганган болaлaр Ba xap TOMoanaMa етук aвлoдни тaрбиялaшдa муси^нинг урни" 2020
7. Mahkamova Sh.R. Ta^raM жaрaёнидa укувчи Ba тaлaбaлaр билимини бax,oлaш усуллaри Ba метoдикaси // "Экономии и социум" №11(90) 2021//