Научная статья на тему 'TA’LIM TIZIMIDA INNOVATSION MENEJMENTNING TASHKILIY SHAKLLARINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI'

TA’LIM TIZIMIDA INNOVATSION MENEJMENTNING TASHKILIY SHAKLLARINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsion boshqaruv / ta’lim / innovatsiya / jarayon / ta’lim texnologiyasi / innovatsion faoliyat.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Shamuratov R.Sh, Yaxshilikova T. Z.

Ushbu maqola muammoli vaziyatdagi ta’lim tashkilotlari va muammoli vaziyatlarni boshqarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va ta’lim muassasalariga innovatsion jarayonlarni joriy etish haqida bayon qiladi. Shuningdek, ushbu maqolada ta’lim tizimida innovatsiyalarni boshqarishning tashkiliy shakllarini rivojlantirish va ta’limning barcha darajalarida innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashning asosiy strategiyalari muhimligi haqida yoritilganligini ko‘rish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM TIZIMIDA INNOVATSION MENEJMENTNING TASHKILIY SHAKLLARINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI»

TA'LIM TIZIMIDA INNOVATSION MENEJMENTNING TASHKILIY SHAKLLARINI RIVOJLANTIRISH YO'LLARI 1Shamuratov R.Sh., 2Yaxshilikova T. Z.

1Nizmomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti v.b. dotsenti, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) 2Nizmomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11182374

Annotatsiya. Ushbu maqola muammoli vaziyatdagi ta'lim tashkilotlari va muammoli vaziyatlarni boshqarish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish va ta'lim muassasalariga innovatsion jarayonlarni joriy etish haqida bayon qiladi. Shuningdek, ushbu maqolada ta'lim tizimida innovatsiyalarni boshqarishning tashkiliy shakllarini rivojlantirish va ta'limning barcha darajalarida innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlashning asosiy strategiyalari muhimligi haqida yoritilganligini ko'rish mumkin.

Kalit so'zlar: innovatsion boshqaruv, ta'lim, innovatsiya, jarayon, ta'lim texnologiyasi, innovatsion faoliyat.

Аннотация. В данной статье описывается учреждение в проблемных ситуациях и создание необходимых условий для управления проблемными ситуациями и внедрения инновационных процессов в образовательные учреждения. Кроме того, в данной статье можно показать, что подчеркивается важность основных стратегий поддержки инноваций в системе образования и повышения организационного уровня управления инновациями в системе образования.

Ключевые слова: инновационный менеджмент, образование, инновации, процесс, образовательные технологии, инновационная деятельность.

Abstract. This article deals with the institutions within problematic situations and the creation of necessary conditions for managing problematic situations and introducing innovative processes into educational institutions. In addition, in this article, it is possible to discover the importance of the main strategies of innovation support in the education system, and the improvement of the organizational level of innovation management in the educational system is highlighted.

Keywords: innovative management, education, innovation, process, educational technology, innovative activity.

Tashkilotdagi ta'lim jarayonini boshqarish ta'lim muassasasining samarali ishlashi va yuqori sifatli ta'limni ta'minlash uchun turli jihatlarini nazorat qilish va muvofiqlashtirishni o'z ichiga oladi. Bu maqsad va vazifalarni belgilash, o'quv rejalari va o'quv dasturlarini ishlab chiqish, resurslarni boshqarish, qoidalar va standartlarga rioya qilishni ta'minlashni o'z ichiga qamrab oladi. Ta'lim menejerlari ta'limdagi kamchiliklarni bartaraf etishga va talabalar muvaffaqiyatga erishishlari uchun ta'lim faoliyatini rejalashtirish, tashkil etish, kuchli xodimlar bilan ta'minlash, rahbarlik qilishni turli xil usullar bilan uddalash va nazorat qilish uchun mas'ul shaxslardir. Ular ijobiy ta'lim muhitini yaratish va ta'lim tizimini doimiy takomillashtirishga yordam berish uchun o'qituvchilar, xodimlar, talabalar, ota-onalar va manfaatdor tomonlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Chunki ta'lim jarayonining to'g'ri boshqarilganligi va talabalarning ta'lim natijalarining oshirilganligi akademik muvaffaqiyatlarga erishish va ta'lim kelajagini shakllantirishda hal qiluvchi omillar bo'lib xizmat qiladi.

Stiv Djobs aytganidek: —Rahbar oddiy ishchidan innovatsion g'oyasi bilan farq qilib turadi1. Innovatsiyalarni biznesdagi o'rni haqida SAS tashkiloti boshlig'i Djeyms Gudnayt shunday deydi: — "Biznesning oltin baliqchasi - bu innovatsiyalardir."2 Haqiqatdan ham uddaburon va tez qaror qabul qilish qobiliyatiga ega bo'lishlik bu ulkan san'at. Davlatlar solishtirilganda natijalarga ko'ra Janubiy Koreya, Finlandiya, Singapur, Kanada va Yangi Zelandiya kabi davlatlar eng yuqori o'rinlarda ekanligi ma'lum bo'ldi. Ushbu davlatlar boshqaruvda innovatsiyalardan foydalanish bo'yicha ancha ilgarilab ketgan desak mubolag'a bo'lmaydi.

Shu o'rinda, "Bu mamlakatlar qanday qilib bu kabi ilg'orliklarga erishdi?" degan savol paydo bo'lishi shubhasiz. Buning asl sababi, ushbu mamlakatlarda kundan kunga o'qituvchilar obro'si oshirib borilmoqda. Masalan, Finlandiya mamlakati eng yaxshi ta'lim tizimini taklif qiluvchi mamlakatlar orasida yuqori o'rinlarni egallaydi. Chunki, Finlyandiyalik o'qituvchilar sinfda yuqori darajadagi professional avtonomiyaga ega. Ular o'z darslarini loyihalash, o'qitish usullarini tanlash va o'quvchilarning tajribasi va individual ehtiyojlarini tushunishlari asosida talabalarni baholash erkinligiga ega. Bu avtonomiya o'qituvchilarning kasbiy mulohazasiga bo'lgan ishonch va hurmat hissini uyg'otadi. Undan tashqari bu erkinlik o'qituvchilarga doimo rivojlanish imkoniyatini beradi. Ta'lim berish strukturasi bir xil bo'lgan o'qituvchilar shunchaki robot kabi ishlaydi xolos, ularda rivojlanishga intilish xissi kamdan kam paydo bo'ladi. Qachonki o'qituvchi o'zining kreativv bo'lishiga ishontirilsa, unga ishonch bildirilayotganini his qilsa, u har bir darsni o'zgacha mehr va kreativ yondashuv bilan o'tadi. Qo'shimcha qilib aytadigan bo'lsak, bunday erkinlikni o'qituvchilarga berish uchun o'quvchilarning bir xil emasliklari ham yetarlicha sabab bo'la oladi. Finlyandiyada o'qituvchilarga o'qituvchilik mahoratini oshirish, ta'lim sohasidagi eng so'nggi tadqiqotlar va ilg'or tajribalardan xabardor bo'lish hamda o'z malakalarini doimiy ravishda oshirib borish uchun malaka oshirish imkoniyatlari taqdim etilgan. O'quv mashg'ulotlarida asosiy e'tibor pedagogik usullar, o'quv dasturlarini ishlab chiqish, baholash amaliyoti va o'quvchilarning faolligini oshirish strategiyalariga qaratiladi. Malaka oshirish ko'pincha o'qituvchilarning o'ziga xos ehtiyojlari va manfaatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi. Ushbu kasbiy rivojlanishning moliyaviy tomoniga keladigan bo'lsak o'z qo'l ostidagi xodimlarini qo'llab quvatlash maqsadida davlat byudjeti, maktab byudjeti yoki ta'lim grantlari hisobidan moliyalashtiriladi.

Ta'lim tashkilotlarida innovatsion menejmentni tashkil qilish maqsadida texnologiyalarni qamrab olish ham boshqaruvga o'zining samarali foydasini bermay qo'ymaydi. Texnologiyani qamrab olish ijodkorlikni, hamkorlikni va doimiy takomillashtirishni qo'llab-quvvatlash uchun samarali vositalar va resurslarni taqdim etish orqali ta'lim tizimida innovatsiyalarni boshqarishni tashkil qilishni sezilarli darajada yaxshilashga olib keladi. Chunki texnologiyalarni ta'lim markaziga tadbiq qilish orqali o'qituvchilarni zamon bilan hamnafas qilibgina qolmay, o'quvchilarni ham yanada ilg'or va ko'p sohalardan habardor kadr bo'lishlari uchun fundament bo'lib xizmat qiladi. Texnologiya ta'limda innovatsiyalarni boshqarishni osonlashtiradi va soddalashtiradi:

• Raqamli hamkorlik platformalari: Texnologiya o'qituvchilar, talabalar, ota-onalar va manfaatdor tomonlarga raqamli platformalar va vositalar orqali hamkorlik qilish va birgalikda yaratish imkonini beradi bu esa o'quvchining tirishqoqlik qobiliyatini yanada yuksaltiradi. Virtual sinflar, loyihalarni boshqarish ilovalari va video konferentsiya

1 Journal BusinessWeek , 25 march 2010

2 Djek Traut, El Rays «Botton - up Marketing», 2012 - p. 137

dasturlari kabi onlayn hamkorlik joylari jamoaviy ish, fikr almashish va muammolarni jamoaviy hal qilishga yordam beradi. Bularga misol sifatida, Trello va Monday.com kabi ish taqsimotini va zarurishlar ro'yxatini har soatda o'sha ish tugatilmagunicha eslatib turuvchi programmalar orqali boshqaruvchi online tarzda ham ish taqsimotini boshqarishi va kim qaysi ish bilan bandligidan xabardor bo'lish imkoniyatiga ega bo'ladi. Zoom va Google meet kabi ilovalar esa xodimlar bilan muhokama va munozalarni yuzma-yuz online tarzda olib borish uchun qulay platformalar hisoblanib, turli xil filliallari mavjud bo'lgan o'quv markazlar va xususiy maktablar uchun boshqaruv jarayonini tahlil qilish uchun qo'l keladi.

Ma'lumotlar tahlili va mustahkamlanishi: Texnologiya o'quvchilar faoliyati, o'rganish tendentsiyalari va yaxshilash sohalari haqida qimmatli tushunchalarni taqdim eta oladigan kuchli ma'lumotlarni tahlil qilish vositalarini taklif etadi. Ma'lumotlarni tahlil qilish orqali o'qituvchilar asosli qarorlar qabul qilishlari, o'rganish tajribasini shaxsiylashtirishlari va innovatsion tashabbuslarning ta'sirini kuzatishlari mumkin. Internet olamida yana shunaqangi saytlar borki, ular orqali bemalol o'qituvchi o'quvchilarining bilimlarini mustahkamlash va fikr doiralarini kengaytirish yo'lida foydalanishlari mumkin. Kahoot! saytida tayyor ko'rinishdagi testlarni topishingiz yoki mavzuga doir testlarni o'yin tarzida yaratib o'quvchilarning kompetentligini oshirib dars mashg'ulotlarini qiziqarli va foydali qilib o'tish mumkin.

Onlayn ta'lim resurslari: Texnologiya interaktiv ta'lim veb-saytlari, raqamli kutubxonalar va multimedia kontentini o'z ichiga olgan keng ko'lamli onlayn ta'lim resurslaridan foydalanish imkonini beradi. Ushbu manbalar innovatsion o'qitish usullarini qo'llab-quvvatlaydi, o'quvchilarni faol o'rganishga jalb qiladi va turli xil ta'lim uslublari va afzalliklarini ta'minlaydi. Bu innovatsiyaning taqdim etilishi o'qituvchilarga va menejerlarga ham ulkan malakaviy professionallikka erishish imkoniyatini taqdim etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. "Innovatsion menejment" R.I.Gimush, F.M.Matmurodov

2. "Innovatsion menejmnet" G. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov

3. "Managing Technology and Innovation in teaching and learning" Dr. George Thomas Mr. G.A.Sivasankar

4. "The Innovator's Dilemma: When New Technologies Cause Great Firms to Fail" - Clayton

M. Christensen

5. "Open Book of Educational Management" Alexandra Hanna Licht, Evita Tasiopoulou

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.