Научная статья на тему 'TA’LIM-TARBIYADA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH KO’NIKMALARI'

TA’LIM-TARBIYADA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH KO’NIKMALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
globallashuv / integratsiya / axborot kommunikatsion texnologiyalari / mediata’lim / o‘quvchi-yoshlar / ta’limtarbiya.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sultanov Bazar

Ushbu maqolada ta’lim-tarbiyada zamonaviy axborot resurslaridan foydalanish hamda uning ahamiyati, mediata’lim darslarini tashkil etishning o‘ziga xos jihatlari haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM-TARBIYADA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH KO’NIKMALARI»

TA'LIM-TARBIYADA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH KO'NIKMALARI

Sultanov Bazar

Iqtisodiyot fanlari nomzodi. Dotsent, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.11208509

Annotatsiya. Ushbu maqolada ta'lim-tarbiyada zamonaviy axborot resurslaridan foydalanish hamda uning ahamiyati, mediata'lim darslarini tashkil etishning o'ziga xos jihatlari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: globallashuv, integratsiya, axborot kommunikatsion texnologiyalari, mediata'lim, o'quvchi-yoshlar, ta'limtarbiya.

KIRISH

Dunyoda sodir bo'layotgan globallashuv va integratsiya jarayonlari, jahon bozorida tobora kuchayib borayotgan raqobat fan va texnologiyalarning eng ilg'or yutuqlarini tezlik bilan o'zlashtirish va joriy etishni taqozo etadi. Kadrlarning raqobatbardoshligini oshirish mamlakatning ham raqobatbardoshligini oshirishini hammamiz yaxshi tushunamiz

O'quvchi-yoshlar ta'lim-tarbiyasida ma'naviyma'rifiy targ'ibot ishlarining ta'sirchanligini ta'minlaydigan zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, jamiyatimizning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishga qaratilgan samarali usullarni ishlab chiqish, bugungi kunda muhim vazifamizga aylanib borayotganini chuqur tushunib olishimiz zarur.

Metodlar

Ma'lumki, o'quvchi-yoshlarni Vatan va xalqqa sadoqatli, insonparvar, har tomonlama yetuk va komil shaxslar etib tarbiyalash - eng oliy maqsadlarimizdan biriga aylangan.

Mamlakatimizda o'quvchi shaxsini shakllantirishda katta ahamiyatga ega bo'lgan barcha fanlarni samarali asosda o'qitilishiga kuchli e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, umumiy o'rta ta'limda axborot ta'lim resurslaridan foydalanish bugungi kun pedagoglar oldidagi dolzarb vazifalardan biriga aylandi.

Muhokama

O'quvchilar tomonidan o'quv materialini to'liq va aniq, shu bilan birga samarali tarzda o'rganilishiga xizmat qiluvchi usul hamda vositalardan biri axborot kommunikatsiya texnologiyalar(AKT)dir. O'rganilayotgan davrni faqat o'qish yohud eshitish bilan o'quvchi to'la ma'lumotga ega bo'la olmaydi. O'quvchiga ma'lumotlarni mediata'lim orqali yetkazilishi, ya'ni darslarda mavzuga doir o'quv filmlarining namoyish etilishi, elektron o'quv darsliklari, rasm, musiqa va taqdimotlardan hamda elektron dasturdan foydalanilishi natijasida o'quvchining darslarga bo'lgan qiziqishi ortishi bilan birga mavzuni o'rganishi samarali kechadi.

Turli davlatlar olimlarining ma'lumotlariga ko'ra, mediata'lim tarbiyaviy, ta'limiy ahamiyatga ega bo'lib, o'quvchilarni o'quv-bilish jarayonida kreativ fikrlashga o'rgatadi. Ayniqsa mavzuga doir filmning namoyish etilishi o'quvchi ko'z oldida qayta gavdalantiradi. Uning tasavvur qilishi va tushunishi ana shu namoyish meteriali orqali to'liq va oson shakllanadi.

Mutaxassislarning fikricha, insonning eshitish a'zolariga nisbatan ko'rish a'zolari yordamida qabul qilingan besh marotaba ko'p ma'lumotni eslab qolish mumkin. Sababi - eshitish a'zolariga nisbatan ko'rish a'zolaridan olinayotgan ma'lumotlar qayta kodlashtirilmay, to'g'ridan to'g'ri xotiraga o'tadi va saqlanadi. Elektron darslik an'anaviy darslikka nisbatan o'quv

materiallarini namoyish qilish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. O'tkazilgan tadqiqotlar asosida tuzilgan o'qitish piramidasi shuni ko'rsatganki, o'quvchilarga ma'ruzalar orqali 5 foiz, ko'rgazmali va audiomateriallar orqali 20 foiz va namoyish qilish orqali 30 foizdan yuqori darajada bilim berish mumkin.

Boshqa bir tadqiqotlarga ko'ra, o'quvchilar egallagan axborotlarini 11-13 foizini eshitish orqali, 75-83 foizini ko'rish orqali olishlari ma'lum bo'lgan. Qolaversa, o'quvchilarni mustaqil ishlashlarida, uy vazifalari va topshiriqlarini bajarishlarida ham AKT vositalaridan keng va unumli foydalanish mumkin.

Bulardan tashqari o'quvchilar bilimini sinashda, ulardagi bo'shliqlarni aniqlashda qo'l keladigan elektron dasturlardan foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. Lekin mediata'lim darslarini tashkil etishning o'ziga yarasha o'quvchilarning uzluksiz ishlashi me'yorlariga ko'ra 1-sinflarda 10 daqiqagacha, 2-5 sinflarda 15 daqiqagacha, 6-7 sinflarda 20 daqiqagacha , 8-9 sinflarda 25 daqiqagachavaqt belgilangan[1].

Xulosa

Ta'lim-tarbiyada zamonaviy AKT vositalaridan foydalanish bilan o'qituvchi samarali dars tashkil etadi, o'quv jarayonini faollashtiradi, o'qishni individuallashtiradi, o'quvchilarni mustaqil bilim olishlarini tashkil etadi, ma'lumotlarni tez topish va tizimlashtirish orqali vaqtni tejaydi, yetishmagan ma'lumotlarni to'ldiradi.

Shuningdek, o'quvchilar voqea va hodisalarni videofilmlar, fotosuratlar hamda taqdimotlar namoyishi orqali oson va qulay, asosiysi mustahkam va samarali egallaydilar. Bu esa o'quvchi-yoshlar tafakkurini shakllantirishga muhim ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'quvchi shaxsini rivojlantirishga yo'naltirilgan ta'lim. Umumta'lim maktablari o'qituvchilari uchun o'quv modullari. III modul. Ikkinchi nashr. - T., 2013.

2. Akhmedov, B. A. (2024). Dialogue Leading to a Problematic Situation and Its Place In School Education. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 28, 17-21.

3. Akhmedov, B. A. (2023). Socratic methods in education based on conflict dialogue. Sciental Journal of Education Humanities and Social Sciences, 1(3), 1-7.

4. Akhmedov, B. A. (2024). Reorganization of teaching manual in higher education in Tashkent region. Uzbek Scholar Journal, 24, 13-25.

5. Akhmedov, B. A. (2024). Methods Of Improving the Quality of Dissertation Works in The Exact Sciences of The Tashkent Region. Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical Developments, 2(1), 39-57.

6. Akhmedov, B. A. (2023). Socratic dialogue as a response to the challenge of the Epoch. Sciental Journal of Education Humanities and Social Sciences, 1(1), 1-9.

7. Akhmedov, B. A. (2023). Physics is a Science Forming Knowledge About Health. Diversity Research: Journal of Analysis and Trends, 1(3), 350-355.

8. Тангиров, И. Х., & Ахмедов, Б. А. (2021). Перспективы развития правового государства. Политика и общество, 7(18), 178-186.

9. Axmedov, B. A., & Muxamedov, G. I. (2021). Klaster Mobile DGU 09834.

10. Akhmedov, B. A. (2023). Use of information technology in medicine, history, biology, literature, physical education. Uzbek Scholar Journal, 22, 17-29.

11. Inomjonov, N., Axmedov, B., & Xalmetova, M. (2023). Kasbiy faoliyatida axborot-kommunikativ kompetentlikni oshirish usullari. Academic research in educational sciences, ¥(CSPU Conference 1), 580-586.

12. Akhmedov, B. A., & Khimmataliyev, D. O. (2023). The emergence-theoretical aspects of dialogue in education. Sciental Journal of Education Humanities and Social Sciences, 1(2), 1-7.

13. Akhmedov, B. A., Makhmudova, D. M., & Akhmedjonov, D. G. (2024). Using the Socrates method in improving the quality of education in pedagogical universities. Sciental Journal of Education Humanities and Social Sciences, 2(1), 16-24.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.