TA'LIM-TARBIYA SAMARADORLIGI: MAKTABGACHA TA'LIMDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH
Husnida Rashidovna Madaminova
Qo'qon davlat pedagogika instituti
Annotatsiya: Hozirgi kunda maktabgacha ta'lim oldida turgan dolzarb vazifalardan biri bolalarni erkin fikrlovchi, izlanuvchi va tadqiqotchi qilib tarbiyalash, ularni maktabga tayyorlashdir. Shuning uchun ta'lim jarayonida innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanib, ta'lim-tarbiya samaradorligini ko'tarishga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Ushbu maqolada maktabgacha ta'limdada ta'lim samaradorligiga erishishda interfaol metodlardan foydalanish yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim, bola tarbiyasi, ta'lim samaradorligi, interfaol usullar, pedagogik texnologiyalar, axborot texnologiyalar
EDUCATIONAL EFFECTIVENESS: USE OF INTERACTIVE METHODS IN
PRESCHOOL EDUCATION
Husnida Rashidovna Madaminova Kokand State Pedagogical Institute
Abstract: One of the urgent tasks facing preschool education today is to educate children as free thinkers, seekers and researchers, to prepare them for school. Therefore, the interest and attention to increase the effectiveness of education using innovative pedagogical and information technologies in the educational process is increasing day by day. This article describes the use of interactive methods to achieve educational efficiency in preschool education.
Keywords: preschool education, child education, educational efficiency, interactive methods, pedagogical technologies, information technologies
O'quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to'g'ri joriy etilishi bolalarning bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa bolalardan ko'proq mustaqilllikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi. Har qanday pedagogik texnologiyaning o'quv-tarbiya jarayonida qo'llanilishi shaxsiy xarakterdan kelib chiqqan holda, bolani kim o'qitayotganligi va tarbiyachi pedagog kimni o'qitayotganiga bog'liq. Pedagogik texnologiya asosida o'tkazilgan mashg'ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolariga o'z munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini qondirib, ularni fikrlashga, o'z nuqtai
ncTTni^^H] 196 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
nazarlarini asoslashga imkoniyat yaratadi. Hozirgi davrda sodir bo'layotgan innovasion jarayonlarda ta'lim tizimi oldidagi muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o'zlashtirish va o'zlashtirgan bilimlarini o'zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va erkin fikrlaydigan shaxslar kerak.
Zamonaviy texnologiyalar qo'llanilgan mashg'ulotlar o'quvchilar egallayotgan bilimlarni o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O'qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o'quv jarayonida o'quvchi asosiy figuraga aylanadi.
Pedagog-olimlarning yillar davomida ta'lim tizimida
Nega o'qitamiz? Nimani o'qitamiz? Qanday o'qitamiz? savollariga javob izlash bir qatorda Qanday qilib samarali va natijali o'qitish mumkin? -degan savoliga ham javob qidirdilar.
Bu esa, olim va amaliyotchilarni o'quv jarayonini texnologiyalashtirishga, ya'ni o'qitishni ishlab-chiqarishga oid aniq kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonga aylantirishga urinib ko'rish mumkin, degan fikrga olib keldi. Bunday fikrning tug'ilishi pedagogika fanida yangi pedagogik texnologiya yo'nalishini yuzaga keltirdi. Bugungi kunda ta'lim muassasalarining o'quv-tarbiyaviy jarayonida pedagogik texnologiyalardan foydalanishga alohida e'tibor berilayotganining asosiy sababi quyidagilardir:
Birinchidan, pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta'limni amalga oshirish imkoniyatining kengligida "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunda rivojlantiruvchi ta'limni amalga oshirish masalasiga alohida e'tibor qaratilgan.
Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o'quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi.
Uchinchidan, pedagogik texnologiya o'qituvchini ta'lim-tarbiya jarayonining maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo'lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi.
Shuning uchun ham, ta'lim muassasalarining o'quv-tarbiyaviy jarayonida zamonaviy o'qitish uslublari interfaol uslublar, innovasion texnologiyalarning o'rni va ahamiyati beqiyosdir. Pedagogik texnologiya va ularning ta'limda qo'llanishiga oid bilimlar, tajriba o'quvchilarni bilimli va yetuk malakaga ega bo'lishlarini ta'minlaydi.
Innovatsiya (inglizcha - "innovation") yangilik kiritish, yangilik demakldir.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o'qituvchi va o'quvchi faoluyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi. Interfaol ("Inter" - bu o'zaro. "act" - harakat qilmoq) - o'zaro harakat qilmoq yoki kim bilandir suhbat, muloqot tartibida bo'lishni
Пс^Ш^^В! 197 ISSN 2181-063Х/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
anglatadi. Boshqacha so'z bilan aytganda, o'qitishning interfaol uslubiyotlari - bilish va kommunikativ faoliyatni tashkil etishning maxsus shakli bo'lib, unda ta'lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo'ladilar, ular biladigan va o'ylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo'ladilar.
Interfaol ta'lim jarayonida mashg'ulotlar bolalarning o'zaro muloqotlari asosida amalga oshiriladi. Interfaol metod - ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi faollikni oshirish orqali ularning o'zaro harakati, ta'siri ostida bilimlarni o'zlashtirishni kafoiatlash, shaxsiy sifatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Ushbu usullarni qo'llash dars sifati va samaradorligini oshirishga yordam beradi. Uning asosiy mezonlari - norasmiy bahs-munozaralar o'tkazish, o'quv materialini erkin bayon etish, mustaqil o'qish, o'rganish, seminarlar o'tkazish, o'quvchilarni tashabbus ko'rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo'lib ishlash uchun topshiriq, vazifalar berish, yozma ishlar bajarish va boshqalardan iborat. Interfaollik, bu - o'zaro ikki kishi faolligi, ya'ni, bunda o'quv-biluv jarayoni o'zaro suhbat tariqasida, dialog shaklda (kompyuter aloqasi) yoki o'qituvchi-o'quvchilarning o'zaro muloqotlari asosida kechadi.
Interfaollik- o'zaro faollik, harakat, ta'sirchanlik, o'quvchi-o'qituvchi, o'quvchi-o'quvchi (sub'yekt-sub'yekt) suhbatlarida sodir bo'ladi. Interfaol metodlarning bosh maqsadi - o'q jarayoni uchun eng qulay muhit vaziyat yaratish orqali o'quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritish, uni ehtiyoj, qiziqishlari, ichki imkoniyatlarini ishga solishga muhit yaratadi. Bunday darslar shunday kechadiki, bu jarayonda bironta ham o'quvchi chetda qolmay, eshitgan, o'qigan, ko'rgan bilgan fikr- mulohazalarini ochiq-oydin bildirish imkoniyatiga ega bo'ladilar. O'zaro fikr almashish jarayoni sodir bo'ladi. Bolalarda bilim olishga havas, qiziqish ortadi, o'zaro do'stona munosabatlar shakllanadi.
Interfaol ta'lim o'z xususiyatiga ko'ra didaktik o'yinlar orqali, evristik (fikrlash, izlash, topish) suhbat-dars jarayonini loyihalash orqali, muamoli vaziyatni hosil qilish va yechish orqali, kreativ-ijodkorlik asosida, axborot kommunikatsion texnologiyalar yordamida amalga oshirish metodlarini o'z ichiga oladi. Axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida ta'lim o'z navbatida kompyuter dasturlari yordamida o'qitish, masofadan o'qitish, internet tarmoqlari asosida o'qitish, media-ta'lim metodlaridan iborat.
Maktabgacha ta'lim pedagog tarbiyachilar tomonidan bolalarning yosh xususiyatlari, savodxonlik darajalari, shaxsiy tabiatlariga ko'ra didaktik o'yinlar orqali, evristik suhbatlar loyihalashtirish asosidagi metodlar keng qo'llanilmoqda. Agar o'qitish jarayonida har bir bola o'zining o'zlashtirish imkoniyati darajasida topshiriqlar olib ishlaganida u yuqori sifat va samaradorlikni ta'minlagan bo'lar edi.
Demak, ta'lim-tarbiya jarayonida asosan bolalarda ta'lim olish motivlarini, ularni turli yo'nalishlardagi qobiliyat qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga
ITFVE^^Hl 198 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
moyilliklarmi ko'rsatadigan, didaktik o'yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Didaktik o'yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchaniik va boshqa yo'nalishdagi turlarga ajratiladi. Ular boalarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash, o'lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, nutq o'stirish, til o'rgatish, yangi bilimlar olish faoliyatlarini rivojlantiradi. Didaktik o'yinli metodlar o'quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular bola shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro'yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Bu metod o'quvchini ichki imkoniyatlarini ishga tushishiga, o'ylashga, erkin fikr yuritishga, muloqotga, ijodkorlikka yetaklaydi. Ayniqsa, unda atrof-muhit, hayotni bilishga qiziqish ortadi, uchragan qiyinchilik, to'siqlarni, qanday yengish va tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini shakllantiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Egambergan Khudoynazarov, Jumanazar Yarmetov //Application of problem-based teaching methods in the development of mathematical thinking skills of students. Psychology and education (2021) 58(1): p. 4537-4541
2. Muzaffar Ummatovich Kurbanov. (2022). THEORETICAL AND PRACTICAL FRAMEWORK FOR SCHOOL MANAGEMENT. Galaxy International Interdisciplinary esearch Journal, 10(12), 1530-1537. Retrieved from ttps://www.giirj.com/index.php/giirj/article/view/4343
3. Калинина Н.В. Развитие социальной компетентности школьников в образовательной среде: психолого-педагогическое сопровождение / Н.В. Калинина. - Ульяновск: УИПК ПРО, 2014. - 228 с.
4. Лукьянова М.И. Психологические аспекты развития социальной компетентности школьников. - Ульяновск, 2003. - 207 с.
5. Kurbanov M. U. Improving School Management By Effectively Managing The Pedagogical Community //Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching. - 2023. - Т. 18. - С. 190-194.
6. Kurbanov Muzaffar Ummatovich 2022. PURPOSEFUL MANAGEMENT OF THE TEACHING STAFF OF SCHOOL: THEORY AND PRACTICE. Open Access Repository. 8, 12 (Dec. 2022), 80-83. DOI:https://doi.org/10.17605/OSF.IO/KBUZ2.
199
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)