Научная статья на тему 'TAʼLIM-TARBIYA JARAYONIDA ZAMONAVIY TEXNIK VOSITALAR O„QUVCHILARNING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI'

TAʼLIM-TARBIYA JARAYONIDA ZAMONAVIY TEXNIK VOSITALAR O„QUVCHILARNING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TAʼLIM-TARBIYA JARAYONIDA ZAMONAVIY TEXNIK VOSITALAR O„QUVCHILARNING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH IMKONIYATLARI»

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^

TA'LIM-TARBIYA JARAYONIDA ZAMONAVIY TEXNIK VOSITALAR O'QUVCHILARNING IJODIY QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH

IMKONIYATLARI

O. A. Yo'ldoshev

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti Tillar va maktabgacha ta'lim fakulteti dekani,

O'zbekiston

Barchamizga ma'lumki, har qanday texnologiya ta'limning yangi mazmunini shakllantirish va takomillashirish ta'lim tamoyillariga asoslanadi. Ta'lim jarayonining faol subyektlari o'qituvchi va o'quvchilar bo'lib, ular ortasidagi hamkorlik faoliyatlari muayyan bilim (yoki fanlar) bo'yicha kam kuch va vaqt sarflangan holda nazariy va amaliy bilimlarni chuqur o'zlashtirish imkonini yaratadi. Boshlang'ich sinflarda zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o'qitish o'quvchilarni taqqoslash, tahlil qilish va xulosalar chiqarish qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradi. Ta'lim-tarbiyaning an'anaviy va zamonaviy texnik vositalari o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va bilimlarni yuqori darajada tushunish va talqin qilish bir imkoniyat. Bunda o'quvchilar axborotni o'zlashtirish yoki uni mustahkamlash va umumlashtirish, o'z savollarini shakllantirish, kompyuterdan yordamida o'zlari uchun o'quv materialining optimal variantini aniqlash, o'rganilayotgan mavzuni kerak darajada qaytarish uchun ko'plab texnik vositalardan foydalanishlari mumkin. Zamonaviy texnologiya vositalarning grafik imkoniyatlari bolalarga displey ekranida chizmalar yaratish va ularni darhol chop etish, loyihalashtirish, yangi modellarni ixtiro qilish imkonini beradi, agar bola gapirishida nuqsoni bo'lsa, u gapirishga qo'rqadi, texnogen vositalar ko'magida bularning barchasi kamroq qo'rqinchli va muvaffaqiyatsizliklarni tuzatish oson.

"Yapon olimi B.Sakamoto "o'qitish texnologiyasi - o'qitishning maqbulligini ta'minlovchi yo'l-yo'riqlar tizimi bilan bog'liq bilimlar sohasi" ekanligini e'tirof etadi. Professor E.G'oziev, A.Jabborovlar texnologiyani: "Belgilangan o'quv maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat", deb tushuntiradi. Ular zamonaviy o'qitish texnologiyasi haqida fikr yuritib, uni alohida fan sifatida qarash lozimligini uqtirib o'tadi"[4, 270].

Boshlang'ich sinfda dars o'tqazishda eng muhimi, kompyuterda individual vazifani bajaradi. Ko'pincha kasallik tufayli darslarni o'tkazib yuborgan o'quvchilarni yoki darsning birinchi yarmida samarali faoliyat ko'rsatgan o'quvchilarni kompyuterda yakka tartibda ishlashga taklif etish tavsiya etiladi. Shu toifadagi o'quvchilarni, shuningdek, o'rtacha darajaga nisbatan murakkabroq vazifalarga muhtoj bo'lgan ilg'or o'quvchilar toifasini frontal so'rov davomida kompyuterda ishlashga jalb qilish, oldindan bajarilgan materialni mustahkamlash tavsiya etiladi. Maktab o'quvchilarining unumli faoliyat davri haqidagi ma'lumotlarni hisobga olgan holda o'qituvchi har bir o'quvchining imkoniyatlaridan eng samarali foydalanishi va ularni o'z vaqtida boshqa faoliyat turiga o'tkazib, kompyuterdan

May 3, 2024

17

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^

kuchli motivatsion vosita sifatida foydalanishi mumkin, bu esa, kelajak ta'lim-tarbiya tizimidir.

Shaxsga yo'naltirilgan ta'lim, talabani ta'lim tizimiga moslashtirishni emas, aksincha, uning individual xususiyatlarini inobatga olgan holda har tomonlama rivojlanishi, shaxs sifatida kamolotga yetishi uchun zarur shartsharoitlarni yaratishni nazarda tutadi. Bu turdagi ta'lim talabalarni o'z-o'zini rivojlantirishga, mustaqil bilim olishga, o'zining ichki imkoniyatlari, qobiliyatlarini to'la namoyon eta olishi, bilish faolligini oshirish uchun zarur sharoitni vujudga keltirishi zarur. Talabalar shaxsga yo'naltirilgan ta'lim jarayonida o'quv materialini o'zlashtirishga ijodiy, tanqidiy yondoshishni, yangi g'oyalarni ilgari surish, ularni asoslash, o'z fikrini himoya qilish, muammoli vaziyatlarda samarali yechimni topish, bilim, ko'nikma, malakalarni o'zlashtirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Pedagog tomonidan ta'lim jarayonida innovatsion xarakterga ega turli faol metodlarning qo'llanilishi, talabalarni rivojlantirish, qobiliyatlarini yanada o'stirishga xizmat qiladi"[5, 8].

Boshlang'ich sinf o'quvchilari ta'lim-tarbiya jarayonida zamonaviy texnologiyalarning o'rni ijobiy va salbiy jihatlari qiyosiy tahliliga doir tadqiqot natijalari asosida quyidagi xulosalarga kelindi:

1. Bugungi kun o'qituvchisi zamonaviy ta'lim usullarini yaxshi bilishi, zamonaviy texnologiya yutuqlaridan oqilona foydalanishi, zamonaviy texnologiya yutuqlarini boshlang'ich sinf o'quvchilari ta'lim-tarbiya jarayoniga muvofiq ravishda qo'llashning zamonaviy shakllari, pedagogik-psixologik jihatlari rivojlangan davlatlar tajribalariga ega bo'lishi lozim;

2. Fan-texnika va texnologiya qanchalik kuchli taraqqiy etmasin, undan turli manfaatdor kuchlar o'zlarining mafkuraviy maqsadlari yo'lida noxolis foydalanish xavfi mavjud. Bunday holatlarni jamiyatning ta'lim-tarbiya jarayonlarida ham uchratish mumkin. Oilada zamonaviy texnologiya vositalardan foydalanishda ijtimoiy tarmoqlar loyihasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning metodologik jihatlarini (www.TexnoPedolam.uz)ga ustuvorlik berish muhim sanaladi;

3. Boshlang'ich sinfda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari shundan iboratki, insoniyat tamaddunidan hozirga qadar zamonaviy texnologiyalardan ilm-fan, texnologiyaning rivojlanishi ijtimoiy hayotdagi, ta'lim-tarbiya jarayonlarining yaxshilanishi, qulayliklarning yaratilishi va o'zgarishlarga olib keldi. Bu esa, tevarak-atrofga bo'lgan ijtimoiy munosabatlar sohasida ham o'z ifodasini topmoqda. O'qituvchi boshlang'ich sinf dars jarayonida o'quvchilar uchun zamonaviy vositalar asosida qulay pedagogik muhit yaratadi va boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funksiyasini bajaradi.

4. Boshlang'ich sinf ta'lim-tarbiya jarayonida o'qituvchilar tomonidan qo'llaniladigan zamonaviy vositalar qatoriga televidenie, radio, personal kompyuterlar, proektor, planshet, internet, mobil aloqa kabi zamonaviy texnologiya yutuqlarini qo'llashda, o'quvchilarning ta'lim-tarbiya jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolarga ta'lim klasteri (oila-maktab-o'quvchi hamkorligi)ni qo'llash hamda o'qituvchilarning

May 3, 2024

18

Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects

Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^

(fiziologik, ijtimoiy, pedagogik, texnik topqirligi, mantiqiylik) kompetentsiyasini takomillashtirish, ayni paytda bu vositalarni o'quvchilarning yoshi, intellektual qobiliyati, fiziologik, jismoniy salomatligini hisobga olgan holda qo'llash muhim ahamiyatga ega.

Kelajakda yangi zamon oila maktabda boshlang'ich sinf o'quvchilari tafakkuri zamonaviy texnologiya natijasida yanada rivojlanib boraveradi, bu jarayonda milliy umuminsoniy qadriyatlarga bo'lgan munosabat sustlashishi mumkin. Shu sababli kelajak pedagogi texnika va texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ahamiyatini o'quvchilarga singdirish lozim.

Boshlang'ich sinf ta'lim tarbiya jarayonining dastlabki bo'g'ini va fundamenti ekanligini hisobga olgan holda dars jarayonida zamonaviy vositalardan o'quvchilarning yoshi, o'zlashtirish darajasi va intellektual qobiliyatini hisobga olgan holda foydalanish lozim.

Boshlang'ich sinf o'qituvchisi 1-4 sinflar kesimida mashg'ulotdagi vaqtini tejab tezkor ravishda ko'proq ma'lumot berishga imkoniyat yaratish maqsadida ta'lim tarbiya jarayonida zamonaviy vositalardan o'quvchilarning salomatligi, kuzatish, diqqat, nutq va tafakkurini imkoniyatlari ko'rish, eshitish va eslab qolish qobiliyatlarini nazarda tutgan holda har bir fan bo'yicha alohida tavsiyalardan foydalanish lozim.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining texnogen qobiliyatlarini shakllantirishda o'qituvchining kasbiy nuqtayi nazari muhim o'rin tutib, malaka oshirish kurslari o'quv rejasiga "O'qituvchining zamonaviy texnogen vositalarni boshqarish kompetentsiyasi" o'quv modulini kiritish maqsadga muvofiq.

References / Adabiyotlar

1. Азизходжаева Н.Н. Педагогические технологии и педагогическое мастерство. -Ташкент: Молия, 2002.

2. Авлиёцулов Н.Х. Замонавий уцитиш технологиялари. -Тошкент: 2001, -68 б.

3. Шодмонов Д. Таълим самарадорлигини оширишда инновацион технологияларнинг методик асослари. «Таълим, фан ва ишлаб чицариш интеграциясида интеллектуал салох,иятли мавзусидаги ёшлар- мамлакат XIII республика тарацциётининг илмий-амалий мух,им омили» конференцияси материаллари. -Самарканд: СамДА^И нашри, 2016 й. 343-344 б.

4. Н.Боймуродов. Амалий психология. Уцув цулланма. Тошкент, 2008.

5. N.A.Muslimov, M.H.Usmonboyeva, D.M.Sayfurov, A.B.To'rayev. Innovatsion ta'lim texnologiyalari. Toshkent, 2015.

19

May 3, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.