Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘QUVCHILARDA SHAXSLARARO MUNOSABATLARGA KIRISHISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH IMKONIYATLARI'

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘QUVCHILARDA SHAXSLARARO MUNOSABATLARGA KIRISHISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
33
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlang‘ich ta’lim / shaxslararo munosabatlar / ko‘nikma / ijtimoiy ong / innovatsion texnologiyalar.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abdrimova S. S.

Maqolada boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarda shaxslararo munosabatlarga kirishish ko‘nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘QUVCHILARDA SHAXSLARARO MUNOSABATLARGA KIRISHISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH IMKONIYATLARI»

ОСНОВНОЙ РАЗДЕЛ

Abdrimova S. S. Urganch davlat pedagogika instituti Boshlangich talimyonalishi 239-guruh ta'labasi

BOSHLANG'ICH TA'LIMDA O'QUVCHILARDA SHAXSLARARO MUNOSABATLARGA KIRISHISH KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH IMKONIYATLARI

Annotatsiya. Maqolada boshlang'ich ta'limda o'quvchilarda shaxslararo munosabatlarga kirishish ko'nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: boshlang'ich ta'lim, shaxslararo munosabatlar, ko'nikma, ijtimoiy ong, innovatsion texnologiyalar.

Abdrimova S. S. student of the 239th group of primary education Urganch State Pedagogical Institute

OPPORTUNITIES FOR FORMING INTERPERSONAL RELATIONSHIP SKILLS IN STUDENTS IN PRIMARY EDUCATION

Abstract. The article talks about the possibilities of forming interpersonal skills in students in primary education.

Key words: primary education, interpersonal relations, skills, social consciousness, innovative technologies.

Zamonaviy ta'limda muhim bo'lgan shaxslararo munosabatlarga kirishish ko'nikmalarini rivojlantirish o'quvchilarni boshlang'ich sinfdanoq mustaqil fikrlashga o'rgatish masalasini hal qilishda muhim omillardan biri hisoblanadi. Bugungi kunda sifatli ta'lim-tarbiya berish maqsadida samarali ta'lim vositalarini yaratish va ularni amalda qo'llash, yangilarini egallash, XXI asr ta'lim muhitini ilgari surish va rivojlantirish kabi muhim masallar bugungi kun uchun dolzarbdir.

Ushbu masalani to'laqonli hal qilish maqsadida O'zbekisto n Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi "Umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida"gi 187 sonli Qarori tasdiqlandi va yangi o'quv yilidan boshlab barcha ta'lim muassasalarida joriy etilishi belgilab berildi. Davlat ta'lim standartining maqsadi - umumiy o'rta ta'lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg'or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan

holda tashkil etish, ma'naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.

XXI asrga xos bo'lgan shaxsga yo'naltirilgan ta'lim uslubida asosiy e'tibor o'quvchining ehtiyoj va qiziqishlariga qaratilgan bo'lib, uning markazida o'qituvchining xohish va istaklari o'rin olgan bo'lib, an'anaviy ta'limdan farqlanadi. Binobarin, mazkur uslublarning har birini qamrab oluvchi mavzular, ko'rsatmalar, sinf xona muhiti, baholash mexanizmi va texnik qo'llanmalardan foydalanish kabi masalalarda turli xil yondashuvlarga asoslanilgan holda kafolatlangan natijani ta'minlash, ko'zlangan maqsadga erishishni nazarda tutadi. Ta'lim berishdagi zamonaviy yondoshuvlarni rivojlantirish o'quvchilarda teran fikrlashga ega bo'lishni, shaxslararo munosabatlarda ishlashni rivojlantirishni talab etadi. O'quvchida quyidagi kompetensiyalar shakllanishiga ko'maklashadi:

- ko'p qirrali, murakkab vazifalarni amalga oshirishga o'rganishi;

- har bir muammo xususida chuqur fikrlash va o'z bilimini oshirib borishni boshqara olishi;

- o'z tengdoshlari, o'qituvchilar va mutaxassislar bilan chuqur mulohazani talab etuvchi muhim vazifalarni bajarishda shaxslararo munosabatlar qila olishlari;

- qarorlar qabul qilish, muammolarni hal etish va yangi fikrlar yaratishda texnologiyalardan foydalana olish.

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda boshlang'ich sinflardan boshlab o'quvchilarda:

- Mas 'uliyat va moslashuvchanlik;

- Muloqot qilish ko'nikmalari;

- Ijodiylik va qiziquvchanlik;

- Tanqidiy fikrlash va tizimli fikrlash;

- Axborot va ommaviy axborot vositalaridan foydalanish;

- Shaxslararo va shaxslararo munosabatlar;

- Muammolarni aniqlash, shaklga solish va yechmini topish;

- O'z-o'zini yo'naltirish;

- Ijtimoiy mas 'uliyat.

Boshlang'ich ta'limda shxslararo munosabatlarni rivojlantirish orqali o'quvchilarga bilim berish natijasida ular har bir fan bo'yicha qo'yilgan malaka talablarini egallash, fanga oid xususiy va tayanch kompetensiyalarni o'zlashtirib olish imkoniyatlariga ega bo'ladilar.

Ta'lim-tarbiya jarayoni shaxslararo munosabatlarda o'qitish asosida tashkil etilganda o'quvchilar o'z ko'nikmalarini yaxshiroq shakllantirishga erishadilar, har bir mavzuni o'zlashtirish maqsadida tanlangan usul va vositalardan samarali foydalanib, uni amaliyotning muhim tarkibiy qismlarida tadbiq etish orqali amalga oshiradilar.

Boshlang'ich ta'limda o'quv-biluv jarayonini shaxslararo munosabatlar asosida tashkil etish va rivojlantirish Davlat ta'lim standartining quyidagi asosiy prinsiplarga ham asoslanadi:

- o'quvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligi;

- umumiy o'rta ta'lim mazmunining insonparvarligi;

- Davlat ta'lim standartining ta'lim sohasidagi davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi;

- umumiy o'rta ta'limning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalariga asoslanilganligi;

- o'quvchilarda fanlarni o'rganish va ta'lim olishni davom ettirish uchun tayanch va fanlarga oid umumiy kompetensiyalarni rivojlantirishning ta'minlanganligi;

- rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ta'lim sohasida me'yorlarni belgilash tajribasidan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish

Ta'limning uzluksizligi, uzviyligi, o'quvchi shaxsi va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqib, ularning yosh xususiyatlariga mos ravishda boshlang'ich sinflardan boshlab quyidagi tayanch kompetensiyalar:

- Kommunikativ kompetensiya

- Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi

- O'zini o'zi rivojlantirish kompetensiyasi

- Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi

- Milliy va umummadaniy kompetensiya

- Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo'lish hamda foydalanish umumta'lim fanlari orqali o'quvchilarda shakllantiriladi.

Dars jarayonlarida ko'pincha o'quvchilar qo'yilgan maqsadlarga erishish yo'lida shaxslararo munosabatlarda ishlashga undaladilar. Shaxslararo munosabatlar jamoa bo'lib ishlashni, ya'ni bir yoki undan ko'p insonlar bilan maqsadlarni belgilab olish va ularga birgalikda erishishni talab etadi. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, shaxslararo munosabatlar o'quvchilarga o'zlashtirishda muvaffaqqiyatga erishish imkoniyatlarini yaratib beradi. Chunki, ushbu uslub orqali o'quvchilar savollar bilan murojaat qilishlari, fikrlar xususida bahs yuritishlari, yechimlarni qidirishlari, teran fikrlashlari hamda dars mavzusini chuqurroq tushinishga erishishlari mumkin. Shuningdek, navbat bilan harakat qilish, o'rtoqlashish, boshqalarga ko'maklashish hamda boshqalarning yordamini qabul qilish kabi ko'nikmalarni aynan shaxslararo munosabatlar uslubi orqali shakllantirish mumkin. Shaxslararo munosabatlar qiluvchi guruhlar yoki juftliklar ko'plab uslublar orqali tashkil etilishi mumkin:

O'qituvchilarga ushbu bo'limdagi barcha amaliyotlarni bajarishda birgalikda ishlaydigan juftliklarni tuzish tavsiya etiladi. Bundan ko'zlangan maqsad ikki o'quvchi birgalikda dars o'zlashtirishlariga imkon yaratishdir. Shaxslararo munosabatlar qilish ko'nikmasi o'quvchilardan tabiiy ravishda paydo bo'lmasligi va buning uchun rag'batlantirish, rol o'yinlari, bevosita ko'rsatmalar va mashq uchun vaqt talab etilish mumkin. Masalan, birgalikda ishlash uslublari xususida bahs yuritilishi mumkin, jumladan, navbat bilan fikr bildirish, boshqalar gapirayotganda quloq solish orqali hamda o'z o'zlashtirish jarayoniga mas'uliyat

his etish orqali. O'quvchilar shaxslararo munosabatlar qilganlarida va birgalikda ish olib borganlarida o'qituvchilar guruhlardagi barcha o'quvchilar:

• Ishtirok etishlari va o'zlarini jarayonning bir qismi sifatida his etishlarini.

• Ko'zlagan natijalariga erishish yo'lida o'z maqsadlari va rejalarini kelishib olishlariga.

• O'z natijalariga erishish uchun ularga ajratilgan bo'limlar ustida ishlashlariga.

• Birgalikda bajargan ishlarini qanday yaxshilash mumkinligi xususida birga bosh qotirishlari.

• O'zlari bajargan ish xususida gapirishlari va fikr bildirishda birbirlariga yordam berishlarini ta'minlashlari lozim.

Har qanday texnik va texnologik jihatan to'g'ri tashkil etilgan, shaxslararo munosabatlar asosida olib borilgan dars jarayoni natijasida:

- O'quvchida o'ziga va ishiga mas'uliyatli bo'lish;

- Har qanday jarayonga moslasha olish ko'nikmasini tarbiyalash bilan birga o'ziga va boshqalarga nisbatan yuqori marra va standartlarni belgilash va ularga erishishga intilish;

-Turli xil shakl va mazmundagi samarali og'zaki, yozma va multimediaga asoslangan muloqotni anglash, boshqarish va ijod qilish;

- Yangi g'oyalar o'ylab chiqish, ularni amalga oshirish va boshqalarga ham ma'lum qilish;

- Kutilmagan yangi va turli imkoniyatlarga tayyor turish;

- Masalani anglashda va murakkab qarorlar qabul qilishda puxta dalillar keltirish;

- Turli xil shakllarda va vositalar orqali axborotlarni tahlil etish, baholash, boshqarish va yangi ma'lumotlar yaratish;

- Jamoada ishlay olish va yetakchilik qobiliyatlarini namoyon etish;

- Turli xil rollar va mas'uliyatlarni qabul qila olish va boshqalar bilan birgalikda samarali mehnat qila olish;

- Shaxsiy tushunish va o'rganish ehtiyojlarini kuzatib borish;

- Topshiriqlarni hal qilishga yordam beruvchi va mos keluvchi manbalarni aniqlash;

- Jamiyat foydasini nazarda tutgan holda mas'uliyat bilan harakat qilish;

- Shaxsiy hayotda, ish o'rnida va jamiyat orasida odob va axloq bilan ish tutish kabi ko'nikmalar shakllanadi.

Zero, XXI asrga xos shaxslararo munosabatlar asosida o'qitish va ta'lim olishning zamonaviy usuli o'quvchilarni yuqori darajadagi fikrlash ko'nikmalariga ega bo'lishlarini ta'minlashga xizmat qiladi. Ularni fikrlash chegarasidan tashqariga chiqishga, ijodiy, samarali va odobli fikrlashga undaydi. Bunday fikrlash esa yuqori darajadagi fikrlash ko'nikmalariga ega bo'lishni talab etadiki, bunga tahlil, sintez, o'z fikrlash jarayonini tushuna olish muammolarni yechish va baholash kabi qobiliyatlar kiradi.

Bugungi kunda ta'lim oldida turgan ijtimoiy buyurtma shundan iboratki, o'quv-tarbiya jarayonida o'quvchilarning ijrochilik ko'nikmalarini shakllantirish bilan cheklanmaslik kerak. Vazifaning murakkabligi shundaki, ta'lim-tarbiya o'quvchilarda xulq-atvorning shaxsiy, ichki asoslarini shaklantirishi lozim. Bu amalda o'quvchining shaxsiy sifatlarini namoyon qilish imkonini berishi lozim

O'quvchining shaxsiy sifatlari - bu har bir kishida o'ziga xos tarzda hosil bo'ladigan, uning umumiy qadriyatlarga bo'lgan munosabatini namoyon qiladigan, shaxsiy ahamiyatga ega bo'lgan sifatlaridir. Ular madaniyatlilik, ijodkorlik, erkinlik, mustaqillik, tanlov imkoniyatiga egalik, fidoiylik, baynalminallik, shaxsiy yaratuvchilik, bunyodkorlik, o'ziga xoslik, fuqarolik jamiyatiga mansublik, haqgo'ylik, intizomlilik, hamjihatlik, hamdardlik kabilar. Yuqorida ko'rsatilga talablarni bajarish kabi muhim vazifa har bir mahoratli va kompetentli o'qituvchi zimmasiga ulkan ma'suliyat yuklaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasining "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi". Barkamol avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. -T.: O'zbekiston, 1997. B. 31.

2. O'zbekiston Respublikasi. Vazirlar. Mahkamasining Qarori "Umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim standartlarini tasdiqlash to'g'risida"(O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 14-son, 230-modda).

3. Dilova N. G. (2018). Vajnost sovmestnogo obucheniya v povbishenii effektivnosti nachalnogo obrazovaniya. International scientific review of the problems and prospects of modern science and education. S. 90-91.

4. Dilova N. G. (2012). Vozmojnosti organizatsii uchebnogo protsessa na osnove pedagogicheskogo sotrudnichestva. Molodoy uchenbiy. T. 46, № 11, S. 409- 411.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.