TA'LIM SOXASIDA INNOVATSIYANING AHAMIYATI 1Holmatova Gulshoda 2Hoshimova Yulduzxon
1,2Qo'qon davlat pedagogika instituti talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.11180922
Annoatatsiya. Ushbu maqolada hozirgi rivojlanayotgan davrda Ta'lim sohasida fan va innovatsiyaning o'rni qanday darajada ekanligi va uning qanday rivojlanayotganligi, ta'lim sohasiga qanday qulayliklar va kamchiliklarni paydo qilayotganli va ta'lim sohasida innovatsiyalarning kirib borishi rivojlanishi, yutuq va kamchiliklari, innavatsion texnologiyalarning fanlarga qanday o'zgarishlar kiritayotganligi va ta'lim oluvchilar bundan qay darajada foydalanishadi va ta'lim oluvchilarga qanday qulaylik va imkoniyatkar beradi shu mavzular haqida.
Kalit so'zlar: innovatsiya, ta'lim, fan, cheklangan resurslar, axborotlar, nazariyalarning o'zgarishi, texnologiyalar.
Аннотация. В этой статье рассказывается об образовании прямо сейчас какова роль науки и инноваций и как они развиваются, как они влияют на сферу образования удобства и недостатки в сфере образования внедрение инноваций развитие, достижения и недостатки, инновационные как технологии влияют на науки изменения и образование в какой степени получателииспользуют его учатся как использовать удобство и достижения на те же темы.
Ключевые слова: инновации, образование, наука, ограниченные ресурсы, информация, трансформация теорий, технологи.
Abstract. Listed in this article in education in the developing era to what extent is the role of Science and innovation and how it competes, how is it in education
appearance of amenities and disadvantages in education and education predicting the penetration of innovations, achievements and shortcomings, innavation how technologies are in the sciences changes and education to what extent recipients use it and to those who receive education what comfort and achievements will give about the same topics.
Keywords: innovation, education, science, limited resources, information, theory change, technolog.
Rivojlanayotgan hozirgi davrda har bir sohaga yangi innovatsion g'oyalar, texnika va texnologiyalar shiddat bilan kirib bormoqda. Bu sohalar qatorida ta'lim sohasi ham alohida ahamiyatga ega. Ta'lim sohasiga ham yangi innovatsion g'oyalar, texnika va texnologiyalar kirib kelmoqda. Va bu ta'lim jarayonini bazi sohalarida yengililkalar olib kelsa, ba'zi sohalarida yangilikalar va yangi g'oyalarni o'ylab topishga undamoqda. Va hozirgi davrda har qanday dars jarayoni albatta qandaydir innovatsion texnologiyalardan foydalanilgan holda tashkil qilinmoqda. Bunga misol qilib to'g'ridan to'g'ri internet tarmog'iga ulangan kompuyuter, elektron doska, proyektor, va hokozolarni aytish mumkin. Va bu vositalar dars jarayonini samarali borishini ta'minlash bilan birga o'quvchilarda dars jarayoniga qiziqishni orttirmoqda, o'qituvchi va o'quvchilarning vaqtlari ma'lum ma'noda tejamoqda. Shu bilan birga bu hol ta' lim oluvchilarning bilimini yanada oshirib rivojlantirishi kerak bo'lgan bir payitda bazi hollarda teskari holatlarga ham olib kelmoqda..
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ta' lim sohasida fan va innovatsiyaning ahamiyati yuqori o'rinlarda turadi. Agar ta lim va fan sohasida innovatsiyalar ko'zlangan natijalarni bera olsa, boshqa har qanday sohalarda ( sog'liqni saqlash, qishloq xo jaligi, itimoiy fanlar, ) foydalanishni yanada samaraliyroq va osonlashtiruvchi bilimlar, texnika - texnologiyalar, yangi va oson yo'nalishlar yaratilishiga olib keladi. Innovatsiyalar inson hayotini yanada yengillashtiriga va uning ehtiyojlarini cheklangan resurslardan oqilona foydalangan holda samarali qondirishni ko'zlagan holda yaratilinadi. Va bu innovatsiyalardan aynan fan va ta'lim sohasida foydalanishi esa inson hayotining deyarli barcha sohalarida qulayliklarga erishishga samarali va tezkor yordam beradi. Innovasiyalar nafaqat ijtimoiy sohallarda balki har bir davlatning xalqaro o'sishida ham muhim ahamiyataga ega. Ilm-fan va ta'limda texnologiyalardan foydalanishning rivojlanib borishi, oddiy biz foydalanadigan o'qitish usullaridan yangi va samaraliroq vositalar innovatsiyalarning asosini tashkil etadi.
Ta'lim sohasidagi innovatsiyalar ta' lim sohasidagi umumiy samaradorlikning rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Va o'qituvchi va talabalarga yangi fikirlash tarzini uyg'otishda, muammoli vaziyatlarni hal qilishda ijodkorlik qobilyatidan foydalangan holda muammolarni hal qilishga yordam beradi. Shu bilan birga o'qituvchi va o'quvchilarni yangiliklar qilish uchun barcha vositlardan to'laqonli foydalanish, tadqia qilish, o'rganish va ishlatishga undaydi. Ta'lim sohasidagi innovatsiyalar faqat bilim va ko'nikmalarmi yangi texnologiyalar yordamida ko'rsatish emas albatta. Bunda bir mavzu yoki muammoni yangi bir yo'nalish yordamida tushuntirishning yangi usuli ham bo'lishi kerak. Bunda nafaqat ta' lim oluvchi balki ta'lim beruvchi ham mavzuga ijodkorona yondashishi zarur. Ko'rib chiqganimizdek innovatsiya o'quv xonasiga yangi texnologiya olib kirish bilan tugamaydi.
Ammo innovatsion tenologiyalar ta' lim sohasida muhim ahamiyatga ega. Buni biz pandemiya davrida guvohi bo'ldik. Yani qanday qilib uydan chiqmagan holda ta'limning uzluksizligini saqlab qolish mumkin. Buda albatta innovatsion texnologiyalar va innovatsion o'qitish usullari foyda berdi.
Shunday qilib endi ta'lim tizimi texnologiyalar yordamida boshqarish mumkin bolgan yangi muhitni yaratdi. Online ta'lim platformalari ham an'anaviy ta'limdan fara qilmaydigan holda rivolanmoqda. Va yana bir tarafi online ta'lim masofa va vaqt to'siqlari bo' lmaydi. Ya'ni talabalar o'zlariga qulay vaqt va joyda ko'plab o'quv kurs va dasturlardan foydalanishlari mumkin. Ammo buni ta'lim dargohlarida beriladigan bilim bilan solishtirib bo'lmaydi. XULOSA
Ta'lim berishning va olishning innavatsion usullari juda foydali. Bu ta'lim oluvchilar uchun yanda qiziqarli o'quv muhitini yaratadi, mavzu bilan har xil usulda tanishish imkonini beradi, bu esa ularga mavzularni yanada chuqurroq tushunish va tahlil qilish imkonini beradi. Har bir o'quvchining kuchli va zaif tomonlarini bilib ularga shaxsiylashtirilgan holda ta'lim berish imkoniyatini ham beradi. Va ushbu yondashuvlarni amalga oshirishda innavatsion texnologiyalar katta ahamiyat kasb etadi. Innovatsiya ta'limning hal giluvchi qismidir.
Bu ijodkorlik, muammolarni hal qilish ko'nikmalarini shakllantiradi va yangi tushunchalarni o'rganishga undaydi. Ta'lim innovatsiyalarini rivojlantirish o'qitish asoslaridan tashqariga chiqadigan kompleks yondashuvni talab qiladi. O'quvchialar ta'lim standarti va o'rganish qulayligini oshirishga e'tibor qaratishlari kerak. Ta'limdagi innovatsiyalar kalibrini oshirish ta'lim dasturi va jamoatchilikka ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Hayotimizda ilm-fan va
texnologiyalardan kam vaqt ichida, kam energiya sarflab, maksimal foyda olish uchun foydalanishga ehtiyoj borligi kabi, ta'lim sohasida ham ta'lim texnologiyalari zarur. Bu samarali ta'limning eng yangi usullarini ishlab chiqishga ijobiy e'tibor beradi. Ta'lim texnologiyasi o' qitish jarayonini ilmiy, ob'ektiv, ania, sodda, oson, giziqarli va samarali qiladi. Ta'lim texnologiyasi o'qitish muammolarini hal qilish uchun to'g'ri yo'l-yo'riq beradi. O'qitish maqsadlarini belgilash, talabalarning dastlabki xatti-harakatlarini o'rganish, tegishli o'quv dasturlarini, tegishli o'qitish usullari va strategiyalarini va qo'llab-quvvatlovchi materiallarni tanlash va tashkil etish kabi o'qitish/ o'qitish jarayonini samarali gilish uchun to'g'ri ko'rsatmalar beradi. Bu fikr almashish bilan shug'ullanish uchun o'qituvchilar va o'quvchilar o'rtasida samarali aloqa vositalarini taklif etadi. U fan, psixologiya va texnologiyaning barcha turlari, usullari, materiallari, ko'nikmalari, tamoyillari va vositalaridan foydalanishni o'z ichiga oladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Ta'lim, Fan Va Innovatsiya By Botir Safarov
2. Mirjon Amonov Innovatsion Ta'lim Texnologiyalardan Foydalanish Bo'lajak O'qituvchilarning
Pedagogik Mahoratni Shakllantirishda
3. O'rekiston Respublikasi Xalq Ta'lime Vazirligi Toshkent Viloyat Davlat Pedagogika Instituti Ismoilov O.A, Nazarov Sh.Q. Ta'lim Muassasalarida Innovatsion Pedagogik Texnologiyalar
4. Havasxon Shokirova Ta'limda Innovatsion Texnologiyalarning O'rni
5. Kayoko Enomoto Richard Warner Claus Nygaard The Business Of Higher Education Teaching
And Learning Innovations In Higher Education Foreword By Professor Paul Bartholomew.
6. Scott S. Cowen, David A. Kolb, And Associates Innovation In Professional Education Steps On A Journey From Teaching To Learning.
7. Emerald Studies In Higher Education, Innovation And Technology The Future Of Innovation And Technology In Education Policies And Practices For Teaching And Learning Excellence Edited By Anna Visvizi Miltiadis D. Lytras Linda Daniela.
8. Richard Warner Claus Nygaard Innovative Teaching And Learning Practices In Higher Education Foreword By Professor Geoffrey Crisp.
9. Creating A Culture Of Mindful Innovation In Higher Education Michael Lanford And William G. Tierney.