Научная статья на тему 'TA’LIM SIFATI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNAVATSION YONDASHUVLAR'

TA’LIM SIFATI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNAVATSION YONDASHUVLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
157
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta’lim / tarbiya / ta’lim sifati / innovatsion yondashuv / omillar / tanlov nazariyasi / insonparvarlashtirish / demokratlashtirish / individuallashtirish / standartlashtirish.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Mansurov U.N

Ushbu maqolada ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillar, uning tarkibi va mazmunini takomillashtirishga nisbatan innovatsion yondashuvlarning tadbiq etilishi, ta’lim sifati samaradorligiga oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar taqdim etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM SIFATI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNAVATSION YONDASHUVLAR»

TA'LIM SIFATI VA SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA INNAVATSION

YONDASHUVLAR Mansurov U.N

Nizomiy nomidagi TDPU, Tarix fakulteti dekani,t.f.n., professor [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10802302

Annotatsiya. Ushbu maqolada ta'lim sifatiga ta'sir etuvchi omillar, uning tarkibi va mazmunini takomillashtirishganisbatan innovatsionyondashuvlarningtadbiqetilishi, ta'lim sifati samaradorligiga oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar taqdim etilgan.

Kalit so'zlar: Ta'lim, tarbiya, ta'lim sifati, innovatsion yondashuv, omillar, tanlov nazariyasi, insonparvarlashtirish, demokratlashtirish, individuallashtirish, standartlashtirish.

Аннотация. В данной статье представлены факторы, влияющие на качество образования, реализация инновационных подходов к совершенствованию его структуры и содержания, предложения и рекомендации по повышению качества образования.

Ключевые слова: модернизация, качество образования, инновационный подход, факторы, теория выбора, гуманизация, демократизация, индивидуализация, стандартизация.

Abstract. This article presents the factors affecting the quality of education, the implementation of new approaches to improving its structure and content, suggestions and recommendations to improve the quality of education.

Keywords: modernization, quality of education, innovative approach, factors, choice theory, humanization, democratization, individualization, standardization.

Bugungi globallashuv jarayonlari, fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion jamiyatga bo'lgan ehtiyoj yoshlar uchun ko'plab imkoniyatlar yaratmoqda. Ular oldiga tezkor qarorlar qabul qilish, innovatsion tafakkurni shakllantirish, intellektual salohiyatni oshirish bilan birga milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiq bo'lishdek hayotiy talablarni qo'ymoqda. Chindanda, o'z ertangi kelajagiga befarq bo'lmagan millat, yorug' va farovon kunlarni uning egalari bo'lmish yosh avlod istiqbolida ko'rgan millat ta'lim-tarbiyaga alohida e'tibor qaratadi.

Ma'lumki, ta'lim-ta'lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy ko'nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta'lim va kasbiy bilim, malaka hamda ko'nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan jarayon, shuningdek, tarbiya - aniq maqsadli ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayondir. Albatta, ta'lim-tarbiya ong mahsuli. Ta'lim-tarbiya tizimini shu asosda ongni o'zgartirmasdan turib, ma'naviyatni rivojlantirib bo'lmaydi.

Millat bilimining sifat darajasi mamlakatni kelgusidagi strategik rivojlanishini belgilab beruvchi asosiy omil hisoblanadi. Millat bilimining darajasi esa ta'lim xizmati natijasida shakllanadi, jumladan, ta'lim xizmatlari yurtimizdagi 10 mingdan ziyod umumiy o'rta ta'lim maktab, 330 ta kasb-hunar maktabi, qariyib 400 ga yaqin kolej va texnikum hamda 210 ta oliygohlar orqali ko'rsatiladi.

Ta'lim sifati ta'limning maqsadi va strategiyasi bilan uzviy bog'liqdir, vaholanki, bugungi kunda umumiy o'rta ta'lim muassasalari ta'limida aniq belgilangan maqsadning yo'qligi, uning noaniqligi va an'anaviy ta'lim strategiyasining saqlanib qolinganligi uning samaradorligini yanada pasayishiga olib kelmoqda. Chunki ta'limning ananaviy strategiyasi o'sib borayotgan insonning

umumiy va maxsus qobiliyatlarini rivojlanishiga to'sqinlik qiladi, bu esa ta'limda ko'plab yo'qotishlarga olib keladi, ayniqsa, umumiy o'rta ta'lim bitiruvchilarining keyingi ijtimoiy moslashuvi imkoniyatlarini kamaytiradi.

Bugungi kunda ta'lim jarayonining sifat samaradorligini oshirishga har bir o'quvchi uchun uning qobiliyati va qiziqishini hisobga olgan holda ta'limni rivojlantirishning universal psixologik va pedagogik nazariyaning yetarli emasligi, umumiy o'rta ta'lim maktablarining reproduktiv ta'lim texnologiyalari ommaviy amaliyotida fikrlashning samarali turlarini rivojlantirish emas, balki tayyor bilimlarni o'zlashtirishga yo'naltirilgan texnologiyalarni saqlab qolinganligi, o'qituvchilarning iqtidorli bolalar bilan ishlash bo'yicha nazariy jihatdan yo'naltirilmaganligi va ular tomonidan bolalarning qobiliyatiga nisbatan kognitiv faolligi darajasiga yetarlicha baho berilmasligi hamda ta'limning ijtimoiy motivatsiyasining pasayishi va umuman jamiyatning ma'naviy madaniyati bir qator omillar ta'sir ko'rsatmoqda. Shunday ekan, ta'lim sifatiga ta'sir etuvchi yuqoridagi omillar tahlili va uni hal qilish usullari dolzarb masala hisoblanadi.

Ta'lim tizimida innovatsion g'oyalarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish jamiyatning pirovard maqsadlaridan biri bo'lib kelmoqda. Vaholanki, ta'lim tizimida bu kabi amaliyotlarni rivojlantirish murakkab iqtisodiy, moliyaviy, huquqiy boshqaruvni tashkil etish bilan boshlanadi. Aynan bu jarayon ta'lim jarayonlariga innovatsion yondashuvlarni talab qiladi. Avvalo, o'qituvchilar sifatli ta'lim berishda asosiy ishtirokchilar bo'lib, shu sababli birinchi navbatda, sifatli ta'limni ta'minlashda ularning bilimini oshirish, mehnat faoliyatlari davomida ularni rag'batlantirib borish va toifalarni oshirishga ko'maklashadigan malakalarni rivojlantirish muhimdir.

Ta'lim sifati muammosi shaxsning barkamollik sifati muammosi bilan hamda uning ijtimoiy taraqqiyotni jamiyat taraqqiyotining omili sifatida shakllantiruvchi ta'lim intellektini shakllantirishi bilan uzviy bog'liqdir. Ta'lim sifatini ta'minlanishida tanlov nazariyasi muhim sanalib, bu orqali o'quvchi rag'batlantiriladi, ya'ni o'quvchi maktabda o'ziga xos bo'lgan sifatli mavjudlik va unga erishishga olib keladigan faoliyatni tanlash imkoniyatiga ega bo'ladi. O'qituvchi o'quvchiga o'qitish va o'rganish vaziyatlarida tasavvur qilishga yordam beradi.

Tanlov nazariyasining yana bir muhim jihati ta'lim jarayonidagi qiyin vaziyatlarda ham o'quvchilarni majburlamasdan ularni boshqarishning samarali usullari orqali yaxshi natijalarga erishiladi. Boshqacha qilib aytganda, tanlov nazariyasi orqali o'qituvchilar o'quvchilarning ehtiyojiga qarab nimalarga ko'proq e'tibor qaratishni bilib olishi mumkin. Shu bilan birga tanlov nazariyasining zaif tomonlari ham mavjud bo'lib, bu birinchi navbatda, o'qituvchining mas'uliyati va o'quvchining hatti-xarakati o'rtasidagi ziddiyatda o'z aksini topadi. O'qituvchi maktabda o'quvchilarning ehtiyojlariga javob beradigan muhit yaratishga mas'uldir, lekin ba'zan o'quvchilar o'z hatti-harakatlarini o'z ehtiyojlaridan kelib chiqib tanlaydilar, ko'p hollarda bu tanlov ta'lim sifatiga salbiy ta'sir etishi ham mumkin. Bunday holatlarni vujudga kelmasligi uchun o'qituvchi o'quvchini tanlov nazariyasida nimalar muhimligi, o'zini-o'zi rivojlantirishga xizmat qiladigan tanlovlarni tanlash bo'yicha tavsiyalar berishi maqsadga muvofiqdir.

Bugungi kunda umumta'lim maktablarida o'quvchini sog'lom va ijodiy shaxs sifatida rivojlantirishga qaratilgan maktab ta'limining yangi tushunchalari zarurdir. Ta'lim sifati masalasini o'rganishda o'qituvchilarning o'zlari maktab ta'limi sifati haqidagi fikrlarini o'rganishi juda muhim bo'lib, bu ularning malakasini oshirish jarayonining maqsadi va mazmunini moslashtirishga imkon beradi.

Ta'lim sifatini ko'rsatuvchi birinchi asosiy e'tibor qaratilgan jihat bitiruvchilarning oliy o'quv yurtlariga kirish darajasi, bilim darajasi, natijasi bilan belgilanadi. Aksariyat

o'qituvchilarning ta'kidlashicha, ta'lim sifati bu o'zini-o'zi o'qitish va ta'limni oliy o'quv yurtlarida davom ettirib, qo'shimcha ta'lim olish uchun yetarli bo'ladigan bilimlar yig'indisidir, ta'lim sifati bu o'quv fanlari bo'yicha yuqori darajadagi bilim, oliy o'quv yurtlariga kirishda raqobatga bardosh beradigan bilimlarni hayotda qo'llash qobiliyatidir, shu bilimlarni qo'llash bo'yicha bilim va ko'nikmalarni shakllantirishdir. Ta'lim sifatini belgilab beruvchi keyingi xususiyat sifatida intellektual rivojlanish, ta'lim va o'z-o'zini o'qitish motivatsiyasi, o'quvchilarning ijodkorlik qobiliyati bilan belgilanishi muhimligini e'tirof etish mumkin.

Ta'lim sifati intellektual rivojlanishning yuqori qobiliyatini o'z ichiga olishi, o'quvchining ijodiy salohiyati, olingan bilimlarni tahlil qilish, taqqoslash va uni qo'llash qobiliyatining muhimligi ta'lim sifatiga ta'sir ko'rsatadi. Yuqori intellektual qobiliyat mustaqil ijodiy faoliyat uchun muhim bo'lib, bu o'quvchining ta'lim sifati madaniyatini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega.

Ta'lim sifatini ta'minlanishida o'quv jarayonining sifati muhimligi keyingi xususiyat sifatida baholanadi. Ta'lim sifatini ta'minlashda o'qituvchining professionalligi, zamonaviy texnologiyalar va o'quv jarayonini zamonaviy usullarda olib borish, talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishda o'qituvchining yetarli qobiliyatga ega ekanligi, tegishli ko'rsatma va tavsiyalar berish qobiliyatining mavjudligi, dars jarayonlarining olib borilishida o'qituvchining haqiqiy boshqaruvchilik mahorati muhimligi e'tirof etiladi.

O'quvchining ijtimoiy va shaxsiy rivojlanishi ta'lim sifatini ta'minlash xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Shunday ekan, insonda doimiy yaxshi tomonga o'zgarish istagi, hayotda yuqori natijaga erishish uchun harakat qilish qobiliyati, insondagi mas'uliyat, mavjud tizimga moslashuvchanlik, o'z pozitsiyasini aql bilan boshqarish va tashqi ta'sirlardan himoya qilish qobiliyati, o'quvchining shaxs sifatida o'zini-o'zi anglash qobiliyati kabi xususiyatlar ta'lim sifatini ta'minlashda muhim sanaladi.

Ta'lim sifatini ta'minlashning yana bir jihati ta'limni insonparvarlashtirish, demokratlashtirishga ham katta e'tibor berish zarur. Hozirgi sharoitda o'qituvchi o'quvchini doimiy siquvda, majburiyatda ushlab turish, talablarni kuchaytirish orqali ta'lim sifatini oshirishi mumkin mazmunidagi harakatlar ta'limni zamonaviylashtirishga katta to'siqdir.

Ta'limni zamonaviylashtirishga, uning sifatini ta'minlashga to'siq bo'layotgan omillar turlicha bo'lib, bizningcha, bular qatoriga ma'naviyatning sayozligi, qadriyatlarning inqirozi, professionallikning yetarli darajada emasligi, mintaqada ta'lim tizimida malakali mutaxassislarning kamligi, bitiruvchilarning ijtimoiy sharoitlarga moslasha olmasliklari, mintaqaviy rivojlanishga ta'sir ko'rsatadigan ixtisosliklarni shakllantirishga ahamiyat yetarli emasligi, vakillik organlari, jamoat tashkilotlari, ta'lim muassasalari o'rtasidagi o'zaro hamkorlikning keng yo'lga qo'yilmaganligi singari omillarni qayd etish mumkin.

Yuqorida keltirilganlar kelib chiqqan holda, bizningcha, umumiy o'rta ta'lim muassasalari uchun eng muhim umumiy maqsad alohida bo'lgan elita guruhlarni shakllantirish va ular bilan yanada ko'proq ish olib borish emas, balki, har bir shaxs uchun sifatli hayotni ta'minlashda, kasbiy jihatdan o'zini-o'zi belgilaydigan, zarur vaziyatlarda hatto kasbini o'zgartirishga qodir bo'ladigan shaxsning ijtimoiy va kasbiy harakatchanligini ta'minlaydigan, jamiyatdagi yangi ijtimoiy o'rin va vazifalarni tez o'zlashtira oladigan raqobatbardosh shaxslarni shakllantirishdan iborat bo'lishi kerak. Bu ishlarni amalga oshirish uchun o'quvchilarning individual, madaniy va milliy xususiyatlarini hisobga olgan holda, o'qitish va shaxsiyatni rivojlantirishni tarkibiy qismlarga ajratishni ta'minlaydigan innovatsion pedagogik texnologiyalarning bazaviy va mintaqaviy standartlari asosida ishlab chiqish, shaxs manfaatlarining ustuvorligini ta'minlash, ta'limni

insonparvarlashtirish, ta'lim shakllari xilma-xilligi va bilish asoslari hamda shakllari orqali demokratlashtirishni rivojlantirish, ta'limning huquqiy asoslarini ta'minlash va shu kabi boshqa qator ishlarni amalga oshirish lozim.

Ta'lim beruvchilar rahbarligida dars jarayonlarida o'quvchilarning mustaqil holda ijodiy faoliyat olib borishlariga sharoit yaratib berish ta'lim sifatini takomillashtirishning yana bir muhim samarali usullaridan biridir. Bu maqsadga erishish uchun, albatta, o'quvchilarning bilim faolligini yanada faollashtiradigan va ta'lim sifatini rivojlantiradigan muhit yaratish asosiy vazifa hisoblanadi. Demak, har bir o'quvchining imkoniyatlari va qobiliyatlarini hisobga olishni o'z ichiga oladigan ta'lim sifatining eng muhim qiymati uning individuallashtirishidir. Ta'limni individuallashtirish - bu har bir o'quvchi va o'qituvchining salohiyatini shakllantirish va ro'yobga chiqarish uchun eng qulay shart-sharoitlarni yaratib, ta'lim oluvchi va ta'lim beruvchiga individual holatda yondashishdir.

Ta'lim sifati va samaradorligini ta'minlashning yana bir muhim shartlaridan biri umumiy o'rta ta'lim maktablari hayotini shaxsiy hayotga tatbiq etishga yo'naltirilgan ta'limdan iborat bo'lishidir. Shu sababli ham maktab ta'limida shaxsiy intellektual va ma'rifiy salohiyatni shakllantirishga ta'sir etuvchi shaxsni rivojlantirish va tarbiyalash birinchi o'rinda turishi kerak.

Ta'lim mazmunida birinchi navbatda an'anaviy ta'limning quyi yo'nalishli xususiyatlarini tark etish zarur. Ta'lim mazmuni bo'yicha bilimlar uslubiy va madaniy holatda bo'lishi sifat samaradorligiga ta'sir ko'rsatadi. Bugungi zamonaviy yondashuvdagi maktabning asosiy vazifalaridan biri - ta'lim sifati muammosini hal qilishga imkon beradigan ta'lim muassasalari tashqi muhitining o'zgarishiga, jamiyatning ehtiyojlariga, ijtimoiy tartibga, qanchalik samarali va pedagogik jihatdan asoslangan uslub va texnologiyalar tanlanishiga munosib javob beradigan usul va vositalarni joriy qilgan va amaliyotlarda tatbiq etadigan yangicha innovatsion yondashuvlarni istemolga kiritishdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.