Научная статья на тему 'TA’LIM RAHBARLARINING BOSHQARUV KOMPETENSIYASI VA FAOLIYAT KOMPONENTLARINING AHAMIYATI'

TA’LIM RAHBARLARINING BOSHQARUV KOMPETENSIYASI VA FAOLIYAT KOMPONENTLARINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
11
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
boshqaruv kompetensiyasi / strategik munosabat / umumiy funksiyalar / boshqaruv faoliyatining komponentlari / motivatsiya / kommunikativlik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jalolova Feruza Mirkamol Qizi

Maqolada ta’lim rahbarlarining boshqaruv kompetensiyalari va muhim komponentlari haqida xorijiy olimlarning izlanishlari va ularning boshqa sohalar uchun ahamiyati yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM RAHBARLARINING BOSHQARUV KOMPETENSIYASI VA FAOLIYAT KOMPONENTLARINING AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

TA'LIM RAHBARLARINING BOSHQARUV KOMPETENSIYASI VA FAOLIYAT KOMPONENTLARINING

AHAMIYATI

Jalolova Feruza Mirkamol qizi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11562599

Annotatsiya. Maqolada ta'lim rahbarlarining boshqaruv kompetensiyalari va muhim komponentlari haqida xorijiy olimlarning izlanishlari va ularning boshqa sohalar uchun ahamiyati yoritilgan.

Kalit so'zlar: boshqaruv kompetensiyasi, strategik munosabat, umumiy funksiyalar, boshqaruv faoliyatining komponentlari, motivatsiya, kommunikativlik.

Ta'lim- inson faoliyatining eng ahamiyatli sohalaridan biri bo'lib, u barcha sohalarning asosini tashkil etadi. Hozirgi jadal sur'atlar bilan rivojlanayotlanayotgan ta'limning barcha sohalari iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sharoitlarda ta'lim tashkilotlari va institutlarining rivojlanishini ta'minlash, asosan, uning barcha elementlarini samarali tashkil etish va boshqarish tizimini nazorat qilishda muhim ahamiyatga egadir. Ushbu sohalarning kutilgan natijalarni o'zida namoyon etishi ko'p jihatdan boshqaruvchilarga bog'liq. Tashkilot tuzilishi va boshqarish vazifalarini hal qilish jarayonida, professional rivojlanish va rivojlantirishda, kadrlarning talab darajasidagi kompetensiyalarni egallashlarida boshqaruvchi kadrlarning o'rni beqiyosdir.

Ta'lim boshqaruvchisi boshqaruv kompetensiyasining muammolari va uning ta'lim jarayonini tashkil etishdagi o'rinini aniqlash uchun, quyidagi ukrain va yevropalik olimlar ilmiy izlanishlar olib borishgan: kompetensiyalar negizida qarshilik tushunchalari (Khutorskiy, 2005), ta'lim muassasasi boshqaruv faoliyatining ma'naviy ehtiyoji (Sorochan, 2005), kelajak mutaxassislarining professional o'quv tizimlarini boshqarishga qaratilgan kompetensiyalar (Drach, 2014), ta'lim muassasasi boshqaruvchisining rahbarlik kompetensiyalari (Gyurova, 2009; Kubes, Spillerova, Kurnicky, 2004), ta'limni boshqarishga konseptual yondashuvlar (Veteska, Tureckiova, Trojan, 2017) va boshqalar. Yuqorida keltirilgan ilmiy ishlar ta'lim rahbari boshqaruv kompetensiyasining rolini va ahamiyatini, ta'lim jarayonini samarali tashkil etishda nimalarga e'tibor qaratish lozimligi haqida qimmatli ma'lumotlarni o'zida mujassamlashtirgan.

Ta'lim sohasi rahbarining boshqaruvchilik kompetensiyasini oshirishga bo'lgan strategik munosabati unga harakatlarning asosini tashkil etish, kasbiy o'z-o'zini aniqlash, kasbiy o'zini rivojlantirishni rejalashtirish va kasbiy muvaffaqiyatlarini va rahbarlik qobiliyatlarini o'zi bahola y olishida muvaffaqiyat olib kelishi mumkin. Strategik munosabatni rivojlantirish ham o'ziga xos talablar, qobiliyatlar va qiziqishlarni, kasbiy rejalarni, shuningdek, obyektlarga nisbatan strategik fikrlash mexanizmlarini jalb qilishni talab qiladi.

Ma'lumki, har qanday faoliyatning maqsadi, mazmuni, faoliyatni tashkil etish vositalari, uning natijasi kabi majburiy komponentlari mavjud. Rahbarlik kompetensiyasini oshirish uchun motivlarni shakllantirishga qodir bo'lgan boshqaruvchilarning faoliyati bo'yic ha tadqiqotlar esa V. Kremen, l. lukyanova, N. Nychkalo, O. Banit va boshqalar tomonidan o'rganib chiqilgan. Unga ko'ra, boshqaruv faoliyatining ham umumiy vazifalari mavjud. Lavozimdan qat'iy nazar, tashqi xususiyatlariga qarab, boshqaruv faoliyatining umumiy funksiyalari quyidagilardir:

- boshqaruv qarorlarini rivojlantirish va qabul qilish (rejalashtirish);

- ma'lum bir vazifalarni amalga oshirishni tashkil etish;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

- o'zgartirishlar kiritish;

- hisob-kitob va nazoratni amalga oshirish.

Agar bu funksiyalarning har birining ma'naviy va pedagogik jihatlari hisobga olingan bo'lsa, ta'lim rahbari boshqaruv faoliyatlarining quyidagi komponentlarini aniqlash mumkin: diagnostik, prognostik, tashkiliy, kommunikativ, motivatsion, taqqoslash va baholash, emotsional-irodaviy. Quyida ushbu komponentlarga to'liqroq to'xtalib o'tamiz.

Diagnostik (yoki psixodiagnostik) komponent rahbarlik jarayonida boshlang'ich darajani o'rganish va tahlil qilishni, boshqaruvning obyekt va subyektining psixologik va psixo -pedagogik sifatlarining rivojlanish darajasini o'z ichiga oladi.

Prognozlash komponenti kelgusidagi obyekt va rahbarlik subyektlarining rivojlanish tendensiyalarini bashorat qilish, bu rivojlanishda mumkin bo'lgan tendensiyalarni, umumiy davlat sotsio-iqtisodiy sharoitlarini, shuningdek, mintaqaviy xususiyatlarni, sharoitlarni va madaniyatni hisobga olgan holda oldindan ko'ra bilishni nazarda tutadi.

Proyektsion komponent umumiy bashorat belgilari bilan maqsadli amaliyot sohalariga o'tishni ta'minlaydi.

Tashkiliy komponent, shundan iboratki, vazifalarni taqsimlashda ish faoliyatida xodimning qiziqish, qobiliyatlarini, psixologik xususiyatlarni hisobga olgan holda, maqsadga yetishish yo'llarini va natijalarini aniqlash muhimdir.

Kommunikativlik komponenti turli darajalarda (boshqaruvchi va xodim, o'qituvchilar orasida o'zaro) ijobiy munosabatlarni qurishda namoyon bo'ladi, ish munosabatlarini amalga oshirishda pozitivlikni tashkil etish ta'lim faoliyatiga ham ta'sir ko'rsatadi.

Motivatsiya komponenti har bir o'qituvchining maqsadga, bajarilayotgan ishning mazmuni, tanlangan metodlarga nisbatan ijobiy munosabatini shakllantirishdir, bunda har bir insonning iyerarxiya motivlarini, shaxsiy xususiyatlarni, bu faoliyatda qatnashgan barcha insonlarning tipologik xususiyatlarini hisobga olish lozim.

Emotsional-irodaviy komponent boshqaruv faoliyatining barcha ishtirokchilarining emotsional holatini saqlash, odamlarni ularga topshirilgan faoliyatlar uchun optimal ravishda yondashish, maqsadga erishishga ishonch yaratish, qiyinchiliklarni yengib o'tishga yordam beradi.

Taqqoslash va baholash komponenti tahlil, solishtirish va xulosa qilish kabi xususiyatlarni o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, rahbar, uning o'rinbosari faoliyatining tahlili va o'zini baholash, unga maqsadga erishish darajasini, faoliyatdagi yaxshi va yomon taraflarni, xato va ularning sabablari to'g'risidagi qarorlarini chiqarishga imkoniyat beradi.

Yuqorida keltirib o'tilgan komponentlar nafaqat ta'lim sohasi rahbarlari faoliyatiga balki, boshqa turli soha direktorlari uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu komponentlardan ish jarayonida unumli foydalanish orqali bu sohadagi ayrim muammolardan xalos bo'lib, uni yanada rivojlanishi uchun o'z hissasini qo'shishiga ishonamiz.

REFERENCES

1. Tovkanets, O. (2022). Development of Management Competences of an Educational Manager in the Effective Organization of the Educational process. Annales Universitatis Mariae Curie-Sklodowska. Sectio J, Paedagogia-Psychologia, 35(2), 197-207.

2. Khutorsky, A.V. (2005). Technology for Designing Key and Subject Competencies. Eidos. Retrieved

3. http://www.eidos.ru/journal/2005/1212.htm (access: 12.02.2022).

4. Academiaedu.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.