Научная статья на тему 'TA’LIM OLUVCHILARNI KAMOL TOPTIRISHDA USTOZ-SHOGIRD MUNOSABATLARINING O‘RNI'

TA’LIM OLUVCHILARNI KAMOL TOPTIRISHDA USTOZ-SHOGIRD MUNOSABATLARINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
19
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
uzluksiz ta’lim / ustoz-shogird munosabatlari / kadrlar / talabalar / o‘qituvchi / o‘quvchi.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Таdjibayev Salimjon Sabirjanovich

Mazkur maqolada ta’lim oluvchilarni kamol toptirishda ustoz-shogird munosabatlarini rivojlantirish ilmiy muammo sifatida asoslangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA’LIM OLUVCHILARNI KAMOL TOPTIRISHDA USTOZ-SHOGIRD MUNOSABATLARINING O‘RNI»

PEDAGOGY OF COOPERATION IN IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION: INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES International scientific-practical conference, November 13, 2023

TA'LIM OLUVCHILARNI KAMOL TOPTIRISHDA USTOZ-SHOGIRD MUNOSABATLARINING O'RNI Tadjibayev Salimjon Sabirjanovich

Andijon davlat pedagogika instituti dotsenti v.b. https://doi.org/10.5281/zenodo.10115391

Annotatsiya. Mazkur maqolada ta'lim oluvchilarni kamol toptirishda ustoz-shogird munosabatlarini rivojlantirish ilmiy muammo sifatida asoslangan.

Kalit so'zlar. uzluksiz ta'lim, ustoz-shogirdmunosabatlari, kadrlar, talabalar, o 'qituvchi, o 'quvchi.

So'ngi yillarda O'zbekistonda Maktabgacha ta'lim tizimiga qaratilayotgan e'tibor tufayli ushbu tizimda tub islohotlar olib borilmoqda. Ilmiy tadqiqotlar natijalari inson o'z umri davomida o'zlashtiradigan barcha axborot va ma'lumotlarning qariyb 70 foizini 5 yoshga bo'lgan davrda egallashini tasdiqlaydi. Mazkur omil uzluksiz ta'limning yagona tizimining asosiy bo'g'ini sifatida maktabgacha ta'limning ahamiyatini belgilaydi.

Maktabgacha ta'limni ham an'anaviy, ham butkul yangi shakllarda rivojlantirish davlatning asosiy ustuvor vazifalaridan biriga aylandi. Xususan, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasida mazkur sohani tubdan isloh qilish maqsadida 96 ta normativ-huquqiy hujjat -shundan 3 ta Farmon va 19 ta Prezident qarori, Vazirlar Mahkamasining 44 ta qarori va 8 ta farmoyishi, 13 ta idoraviy va 7 ta boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Shu bilan birga, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini kengaytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va yangi maktabgacha ta'lim tashkilotlarini qurish uchun 2017-2021 [1] yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish Dasturi hamda 2030-yilga qadar maktabgacha ta'lim bilan qamrov darajasini 80,8 foizga yetkazish maqsad qilingan maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish Konseptsiyasi tasdiqlandi.

Yuqorida sanab o'tilgan e'tibordan kelib chiqqan holda, maktabgacha ta'lim tashkilotlarini sifatli pedagog-tarbiyachilar bilan ta'minlash oliy ta'lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan professor-o'qituvchilariga ulkan mas'ulyat yuklaydi.

Buning uchun dars berishning an'anaviy usullaridan voz kechib, noan'anaviy usul va vositalardan foydalanish zamon talabi hisoblanadi.Zero, prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek: "O'qituvchining malakasi yoshlarning aql-zakovati, kamolotini belgilaydi. Ayniqsa, muallim o'z mahoratini oshirishdan, o'z ustida ishlashdan to'xtamasligi ayni muddaodir!"

Bugungi talabalar xilma-xillikkka intilishyapti, yangilikka talpinishi kuchli. Endi ularni bir qolipga solingan o'qitish uslublari qoniqtirmaydi. Shu bois ular o'qituvchidan uslub, shakl, pirovard natijada mazmun yangilanishlarini kutyapti.

Demak, biz raqobatbardosh va sifatli kadrlar yetishtirib chiqarishimiz uchun ustoz-shogird munosabatlarining o'rni beqiyosdir.

Tarixdan ma'lumki, ustoz-shogird munosabatlari xalqimiz mentalitetining qon-qoniga singib ketgan jihatlaridan biri hisoblanadi.

Oiladagi farzand bolalik davridanoq biror kasb yoki hunar egallashi uchun albatta ustozga topshirilgan hamda ustoz uni voyaga yetib, aniq bir kasb-hunar egasi bo'lgunga qadar o'z farzandi kabi ta'lim-tarbiyasi bilan shug'ullangan.

PEDAGOGY OF COOPERATION IN IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION: INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES International scientific-practical conference, November 13, 2023

Pedagogik kuzatishlardan ma'lumki, "Agar o'qituvchi faqat o'z kasbini sevsa, u yaxshi o'qituvchi bo'ladi.Agar o'qituvchi o'zida kasbiga va o'quvchilarga muxabbatni mujassam etsa,bu mukammal o'qituvchi hisoblanadi".

Ustoz-shogird munosabatlarini yo'lga qo'yish uchun har birimiz mukammal o'quvchi bo'lishga harakat qilishimiz lozim.

Xususan, o'z pedagogik tajribamdan misol keltiradigan bo'lsam,maktabga- cha ta'lim yo'nalishi talabalari bilan tasviriy faoliyat bo'yicha ularning ushbu fanga doir kompetentligini ravojlantirish maqsadida "Ranglar jilosi" to'garagi tashkil etganmiz.To'garak o'zning tasdiqlangan Nizomi va rejasiga mufofiq talabalar soni chegaralanmagan holda faoliyat yuritadi hamda tasfiriy faoliyatning rasm,applikatsiya, qurish-yasash, loy shi turlari bo'yicha amaliy mashg'ulotlar olib borish bilan qatorda talabalarni ilmiy faoliyatga o'rgatish maqsadida konferensiya va jurnallarga ilmiy maqola va tezislar ham yozishni o'rgatib borilmoqda.

To'garak a'zolari fakultet va institut tomonidan o'tkaziladigan turli tanlov va tadbirlrda faol ishtirok etib, bir qancha ijobiy natijalarga erishib kelmoqdalar.

Bundan tashqari O'zbekislon Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qarorining 2-b bandida belgilangan pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari kunduzgi ta limi shaklida tahsil olayotgan 2-4-bosqich talabalari uchun haftalik o'quv mashg'ulotlari "4+2 tartibida,ya'ni, darslarning to'rt kuni oliy la'lim muassasasida ikki kuni maktabgacha ta'lim tashkilotlarida amaliyot o'tash tartibi boyicha "Ranglar jilosi" to'garagi a'zolarida MTTning turli guruhlarida tasviriy faoliyat mashg'ulotlari jarayonlarida qiyinchilik sezilmagan holda, tarbiyalanuvchilarni ushbu faoliyat turiga qiziqishlari ortmoqda.

"Pedagogika fani o'quvchi eshitgandan ko'ra o'qiganda, o'qigandan ko'ra ko'rganda,ko'rgandan ko'ra bajarganda samaraliroq o'zlashtirishini isbotlab bergan".

Ushbu fikr aynan tasviriy faoliyatga o'rgatish nazariyasi va metodikasiga qaratilgan desak mubolaga bo'lmaydi. Negaki, mazkur yo'nalishda faoliyat yuritayotgan bugungi kun o'qituvchisi har bir mavzu bo'yicha talaba ongida davlat talablari darajasidagi BKMni hosil qilish bilan cheklanib qolmasdan,uni hayot bilan bog'lashi,jonli misollar asosida shogirdlari ongida aks ettirishi, amaliy topshiriqlarni ham bajrish jarayonida shaxsiy namuna bo'lishi,shu asnoda ularning o'qish, bilim olish istaklarini oshirishi lozim

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib xulosa qiladigan bo'lsak, ustoz-shogird munosabatlarining asosiy maqsadi ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish, bo'lg'usi pedagog-tarbiyachilarga amaliy-metodik yordam berish va ularga ish jarayonini to'g'ri tashkil etishi uchun maslahatlar berish berishdan iborat.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. PQ-2707 29.12.2016.

2. Tag^HÔaeB C.C.MaKTaôrana Tat.nHM TacBHpHH $ao.nHflTra ypraTHm MamFy.noT.napHga HHTep^aon ycy^^apgaH ^oMganaHHm. "O'zbekistonda ilm-fanning rivojlanish istiqbollari" xalqaro ilmiy-amaliy anjumani materiallari. 2022-yil 30-noyabr | scientists.uz

3. Tadjibaev S.S. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal ISSN: 22497137 Vol. 11, Issue 11, November 2021 A peer reviewed journal https://saarj.com. Forms, methods and methods of introducing children with the fine arts

4. Mup3aeB O.X. Science research and development.2020. 312-316p

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.