TA'LIM JARAYONIDA PEDAGOGIK FAOLIYATNING
USULLARI
S.M. Berdiyeva1, D.R. Arashova2
Maqolada ta'lim jarayonida pedagogik faoliyatning usullari haqida ma'lumot berilgan.
Kalitso'zlar: ta'lim, tarbiya, pedagog, o'qituvchi, o'quvchi, dars, metod.
Bugungi kun pedagogikasi asosli ravishda shuni takidlaydiki, ta'lim-tarbiya sifati avvalambor dars sifatiga bog'liq. Faqat dars mashg'ulotlari pedagogik jarayonni oqimini boshqarib turadi.
O'qituvchi mahorati birinchi o'rinda uning dars mashg'lotlariga qanday tayyor-garlik ko'rganiga bog'liq, mavjud imkonyatlarning oshib borayotganligidan
unimli foydalanishga bog'liq. U muntazam va mazmunli, maqsadli o'z bilimini oshirib borishi, o'z tajribasini yangi metodlar bilan boyitib borishi lozim. Dars mashg'ulotlarining maqsad aniq pedagogikasi vazifalarini belgilab olish muvaffaqiyat garovidir. Har bir darsning maqsadi tarbiyaviy, ta'limiy rivojlantiruvchi vazifalarni amalga oshiradi: Darsning tarabiyaviy vazifasi asosan o'quvchilarning dunyoqarashini shakillantirish (masalan olamning moddiyligi voqia-hodisalarning sabab-oqibat yuzasi-dan bir-biri bilan o'quvchilarning bog'liqligi tabiat va jamiyatdagi harakat rivojlanish) o'quvchilarni ijtimoiy- siyosiy voqialardan xabardor qilishlik kabi insoniy fazilatlarni va munosabatlarni shakillantirishni o'z ichiga oladi.
Darsning ta'limiy vazifasi o'quvchilarni o'quv dasturi talablari doirasida bilim ko'nikma va malaka bilan qurollantirish ishlarini amalga oshiradi. Darsning rejalashtir-uvchi vazifasi esa o'quvchilarda o'rganilayotgan materialning moxiyatini eng muhim jarayonlarini ajratib ola bilish ko'nikmalarni shakillantirish (sxemalar tuzish, reja tuzish, tushuncha va dalillarni umumlashtirish.) o'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatish, nutqini rivojlantirish, dars o'zlashtirishdagi qiyinchiliklarni engishga o'rgat-ish, irodani mustaxkamlash xususiyatni rivojlantirish vazifalarini bajaradi. Tajribali o'qituvchilar dars materialining eng muhim joylarini ajratib ko'rsata oladilar nimaga asosiy urg'u berish kerakligini oldindan rejalashtiradi.
Dars strukturasi va tayyorlanish zamonaviy dars mashg ulotlarini tashkil etish-ning asosiy qoidalari: Maqsadni aniqlash; O'quv materiali mazmunini taxlil qilish; Ta'limning vazifalagini shakillantirish; Ta'limning eng qulay metod va uslublarini tan-lash; O'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro hamkorligini aniq tashkil etish; Dars turi va strukturasini tanlash.
Dars har qanday ta'lim-tarbiya jarayoni kabi siyosiy elimentlarni o'z ichiga oladi. Darsga o'qituvchi o'zining va bolalarning dunyoga borliqga munosabatini siyosiy maf-kura bilan uyg'unlashtirib olib boradi. Bu o'qituvchilarda siyosiy bilimlarni siyosiy ongni va huquqiy fuqorolikni talab etadi. Bularning barchasi o'qituvchiga siyosiy bilimlarni pedagogik mahorat cho'qqilarini egallashlariga imkon yaratib beradi.
Pedagogning o'smirlarga tasir ko'rsatishining asosiy mazmuni ular faolyatiga raxbarlik qilish zarurati bilan belgilanadi. Bu faolyat o'z-o'zini tashkil qilishning ko'proq ulishini o'ziga qamrab oladi, bu o'qituvchining ta'lim tarbiya jarayoning rax-bari sifatida o'quvchilarga quyidagi talablar mazmunini ochib beradi. Pedagogik tal-ablarni ongli va sitqidildan bajarishlari uchun talab mazmuniga nisbatan o'qituvchi va o'quvchilarning bir xil xissiyotlarini engillashtirish va hokozolar uchun kerak boshqa-cha so'zlar bilan aytganda jamoa faolyat jarayonini qulaylashtirish zarurdir, aks xolda talab samarasiz bo'lib qoladi, katta yoshdagi o'smirlarga nisbatan o'qituvchi xomiy yoki
1 Berdiyeva Sarvinoz Mamadrajabovna - O'zbekiston respublikasi Ichki ishlar vazirligi Buxoro akademik litseyi informatika va axborot texnologiyalari fani o'qitu-vchisi (Buxoro, O'zbekiston).
2 Arashova Dilobar Ro'zimurodovna - O'zbekiston respublikasi Ichki ishlar vazirligi Buxoro akademik litseyi fizika fani o'qituvchisi (Buxoro, O'zbekiston).
tarbiyachi sifatida turadi. Bu so'zlar V.Dal lug'atida "homiylik qiluvchi, g'amxo'r ser-harakat" sifatida tariflanadi. Bunday xolat shuni taqozo qiladiki o'qituvchi faolyatining shunday soxalarida ya'ni bevosita aralashuv kam samara beradigan soxalarda, o'quvchilarning o'zaro harakatiga aloxida etibor berish lozim. Bu esa pedagogdan katta yoshdagi o'smirlarga o'ziga xos homiylik qilishni talab etadi, bu avvalo ularning bu soxadagi axvoli yaxshi bo'lishi haqida bevosita g'amxo'rlikni o'z ichiga oladi.
Xaqiqiy pedagog faqat bilimga emas so'zlashish madaniyatiga xam bo'lishi kerak. O'qish jarayonida ikkita asosiy shaxs o'qituvchi va o'quvchi bo'ladi. Bu ikkala shaxsning dars jarayonida sinfdan tashqari ish olib borish jarayonida ularning xar biri bilan to'g'ri munosabatda bo'lish o'quvchi shaxsining shaklanishida talimiy- tarbiyaviy jarayon effektiv tasir ko'rsatadi. O'qituvchi o'quvchilarning psixolagik xususyatlarini qobilyat-alarini xisobga olgan xolda unga murojat etishi kerak. Dars jarayonida pedagog o'quvchi shaxsini pastga urmaslikka xarakat qilishi faqat buyruq jerkish orqali tarbiyalamasligi kerak. O'quvchi o'zini va o'qituvchi huquqlarini mustaqil anglay bilishi kerak. Pedagog faqat bilim berib qolmay, boshqalar va o'zining hayoti uchin ma'sulyatni xis qiladigan shaxsni fuqoroni tarbiyalashi kerak. Bunga esa kurash orqali emas guman-istik munosabatlar orqali erishiladi. Shunday munosabat orqali o'quvchi o'z taqdirining ona yurtining xo'jayini ekanligini, har tomonlama rivojlanishiga erishishi kerak. Pedagog bilan o'quvchining munosabati bo'limida o'qituvchi katta rol o'ynaydi. Chunki u etakchi rolni bajaradi. Munosabat pedagogik faolyatning eng asosiy professional qurolidir. Pedagogik munosabat esa bu pedagogning o'quvchi bilan darsda, darsdan tashqarida bo'lgan professional munosabat. Bu munosabat ijobiy psixolagik klimat yaratish uchun qaratilgan. Noto'g'ri pedagogik munosabat o'quvchilarning ikkilanish-iga xotirasi, diqqatining bo'linishiga, mustaqil fikr yuritishi, xohishni keskin pasaytirib yuboradi. Natijada faqat o'qituvchiga emas balki uning faniga ham o'quvchi tomonidan neganiv qarash paydo bo'ladi. Pedagogik munosabat sotsial- psixolagik prosess singari quyidagi funksiyalari bilan harakterlanadi: shaxsni anglash, informatsiya almashish, faolyatning tashkil etilishi, rollar almashuvi, xamdardlik va o'zini ishontirish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro^yxati:
1. Azizxodjaeva N.N. Pedagogicheskie texnologii i pedagogicheskoye masterstvo. -T.: Iz-datelsko-poligraficheskiy tvorcheskiy dom im. Chulpana. 2005.
2. Бердиева С.М., Имомова Ш.М. Использование инновационных технологий на уроках информатики// Наука, техника и образование. 2018. № 10 (51). С. 28-31.
3. Имомова Ш.М., Норова Ф.Ф. Учебные методы организации спортивно оздоровительных мероприятий в образовательных учреждениях // ВЕСТНИК НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ 2021. № 9 (112). Часть 2. С.38-41.
© S.M. Berdiyeva, D.R. Arashova, 2022.