Научная статья на тему 'TA’LIM JARAYONIDA KREATIV YONDASHUV ASOSIDA TALABALAR KOMPETENSIALARINI RIVOJLANTIRISHNING'

TA’LIM JARAYONIDA KREATIV YONDASHUV ASOSIDA TALABALAR KOMPETENSIALARINI RIVOJLANTIRISHNING Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kreativ / texnologiya / komрetensiуа / ахborot kommunikаtsion teхnologiуаlаr / tа’lim teхnologiуаlаri / pedagog / kasb / faoliyat / qobiliyat / jamiyat / innovatsiya / shaxs / muhit / ilmiу-nаzаriу / kаsbiу-metodik / рedаgogik-рsiхologik. / Creativity / technology / content / information communication / technology / educational technology / teacher / profession / activity / ability / society / innovation / person / environment / scientific-theoretical / professional-methodological / editorial-psychological.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ataqulova, Manzura Nematovna, Murtazayeva, Fazilat Bahodir Qizi

Mazkur maqolada pedagogika oliy ta’lim muassasalarida biologiya fanlarini o‘qitishda talabalarning рedаgogik komрetensiуаlаrini kreаtiv уondаshuv аsosidа rivojlаntirish innovаtsion teхnologiуаlаrni tа’lim jаrауonigа tаtbiq etish orqаli аmаlgа oshrishning tahliliy bayoni, talabalar kreаtiv fikrlаsh qobiliуаtlаrini rivojlаntirish, kаsbiу komрetensiуаlаrini tаkomillаshtirish, o‘qitishdа ахborot kommunikаtsion teхnologiуаlаrni joriу qilish orqаli nаzаriуа vа аmаliуot uуg‘unligini tа’minlаsh, fаoliуаt sohаlаri bo‘уiсhа tаlаbаlаrgа innovаtsion bilim berish, kаsbiу ko‘nikmа vа mаlаkаlаrni doimiу tаkomillаshtirib borishdа tа’lim teхnologiуаlаridаn foуdаlаnish sаmаrаdorligini orttirishning ustuvor jihatlari ko‘rsatib o‘tilgan va asoslangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPING STUDENTS' COMPETENCES BASED ON A CREATIVE APPROACH IN THE EDUCATIONAL PROCESS

This article presents an analytical report on the implementation of the development of editorial competencies of students when teaching biological sciences in pedagogical universities on the basis of creative cooperation through the use of innovative technologies in the educational process, developing the development of creative thinking abilities of students, improving professional competencies, and using information and communication technologies in teaching. Priority aspects of increasing the effectiveness of the use of educational technologies in the process of ensuring the convergence of theory and practice, providing innovative knowledge are shown and based on students in various fields of activity, as well as constantly improving professional skills and qualifications.

Текст научной работы на тему «TA’LIM JARAYONIDA KREATIV YONDASHUV ASOSIDA TALABALAR KOMPETENSIALARINI RIVOJLANTIRISHNING»

Research BIB / Index Copernicus

TA'LIM JARAYONIDA KREATIV YONDASHUV ASOSIDA TALABALAR KOMPETENSIALARINI RIVOJLANTIRISHNING

Ataqulova Manzura Nematovna

pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent., Murtazayeva Fazilat Bahodir qizi

2-kurs magistranti Navoiy davlat pedagogika universiteti E-mailmanzuraataqulova98@gmail .com

Mazkur maqolada pedagogika oliy ta'lim muassasalarida biologiya fanlarini o 'qitishda talabalarning рedаgogik komрetensiуаlаrini kreаtiv уondаshuv аsosidа rivojlаntirish innovаtsion teхnologiуаlаrni tа'lim jаrауonigа tаtbiq etish orqаli аmаlgа oshrishning tahliliy bayoni, talabalar kreаtiv fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirish, o 'qitishda axborot kommunikatsion texnologiyalarni joriy qilish orqali nazariya va amaliyot uyg'unligini ta'minlash, faoliyat sohalari bo'yicha talabalarga innovatsion bilim berish, kasbiy ko'nikma va malakalarni doimiy takomillashtirib borishda ta'lim texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini orttirishning ustuvor jihatlari ko 'rsatib o'tilgan va asoslangan.

Kalit so'zlar: Kreativ, texnologiya, kompetensiya, axborot kommunikatsion texnologiyalar, ta'lim texnologiyalari, pedagog, kasb, faoliyat, qobiliyat, jamiyat, innovatsiya, shaxs, muhit, ilmiy-nazariy, kasbiy-metodik, pedagogik-psixologik.

This article presents an analytical report on the implementation of the development of editorial competencies of students when teaching biological sciences in pedagogical universities on the basis of creative cooperation through the use of innovative technologies in the educational process, developing the development of creative thinking abilities of students, improving professional competencies, and using information and communication technologies in teaching. Priority aspects of increasing the effectiveness of the use of educational technologies in the process of ensuring the convergence of theory and practice, providing innovative knowledge are shown and based on students in various fields of activity, as well as constantly improving professional skills and qualifications.

Key words: Creativity, technology, content, information communication, technology, educational technology, teacher, profession, activity, ability, society,

+ 998 88 321 22 04

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

innovation, person, environment, scientific-theoretical, professional-methodological, editorial-psychological.

АННОТАЦИЯ

В данной статье представлен аналитический отчет о реализации развития редакционных компетенций студентов при преподавании биологических наук в педагогических вузах на основе творческого сотрудничества путем применения инновационных технологий в образовательном процессе, развития развития способностей творческого мышления студентов, совершенствования профессиональных компетенций, использования информационно-коммуникационных технологий в обучении. Приоритетные аспекты повышения эффективности использования образовательных технологий в процессе обеспечения сближения теории и практики, предоставления инновационных знаний показаны и основаны студенты в различных сферах деятельности, а также постоянно совершенствующиеся профессиональные навыки и квалификация.

Ключевые слова: Креатив, технологии, контент, информационная коммуникация технологии, образовательные технологии, педагог, профессия, деятельность, способности, общество, инновация, человек, среда, научно-теоретическая, профессионально-методическая, редакционно-

психологическая.

KIRISH

Yangicha ijtimoiy sharoitda oliy ta'lim muassasalaridagi ta'lim-tarbiya jarayonida ko'zda tutilgan maqsadga erishish, yetuk, yuqori kasbiy va pedagogik kompetentlilikka ega mutaxasislarni tarbiyalash muammosi haqida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning "Yana bir muammoni hal etish o'ta muhim hisoblanadi: bu pedagog va professor-oqituvchilar tarkibining professional darajasi, ularning maxsus bilimlaridir. Bu borada ta'lim olish, ma'naviy-ma'rifiy kamolot masalalari va haqiqiy qadriyatlarni shakllantirish jarayonlarida faol ko'mak beradigan muhitni yaratish zarur", degan fikrlari go'yat katta amiyatga ega bo'lib, o'z vaqtida bildirilgan[1].

Oliy ta'lim muassasalarining eng muhim vazifalaridan biri bu - bo'lajak mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini mukammal darajada amalga oshrish va unga bog'liq holda o'ziga xos kompetensiyalarni shakllantirishdir. Shu o'rinda, kasbiy tayyorgarlik masalasi va unga kreativ yondashuvni amalga oshirish xususida fikrlarni tahlil qildik.

Research BIB / Index Copernicus

Mamlakatimizda bo'lajak o'qituvchilarning kreativ qobiliyati va pedagogik kompetensiyalrini rivojlantirish, pedagogik faoliyatga taktik va strategik jihatdan tayyorlash, affiliatsiya motivini talabalar ma'naviy qiyofasini shakllantiruvchi ijtimoiy-psixologik omil asosida ularning kasbiy faolligini oshirish ta'limning ustuvor yo'nalishi sifatida e'tirof etilmoqda. Bu borada O'zbekistan Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida ham ta'kidlangan bo'lib, unda "Uzluksiz ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlarni tayyorlash siyosatini davom ettirish" ustuvor vazifa sifatida belgilangan.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili (Literature review). Ta'limda kreativ yondashuv asosida talabalarni ijodiy faoliyat mexanizmlarini takomilashtirish, innovatsion ta'lim va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning imkoniyatlari hamda bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy, pedagogik kompetentlilikni shakllantirishning ijtimoiy-pedagogik, integral-pedagogik jihatlari, uning shakllanganlik darajasini baholash masalalari bir qator pedagog olimlarning asarlarida keltirilgan, jumladan I.Ya.Lerner "Filosofiya didaktika I didaktika kak filosofi" asarida pedagogik texnologiya "o'quvchilarning ishonchli, anglashilgan maqsadlarni va belgilanadigan harakatlarida ifodalangan ta'lim natijalari orqali shakllantirishni kuzda tutadi"gan jarayondir deb ta'kidlaydi[2].

V.P.Bespalkoning nazariga ko'ra, "Pedagogik texnologiya - amaliyotda bajariladigan ma'lum pedagogik tizim loyihasi"dir. Shu jumladan, pedagogika retrospektivasi va uning keyingi rivojini uning texnologiyalari evolyusiyasi sifatida qarashga imkon beradi. Bu jarayonlar dinamikasini kuzatib, ta'kidlash mumkinki, aynan ta'lim vositalari va ular bilan bog'liq metodikalarning rivojlanishi, ularning pedagogik tizimlardagi "vazni"ning davrdan davrga ortib borishi pedagogikani texnologiyalash jarayonini rag'batlantirib kelgan. Boshqa sohalardagi texnologik bosim ostida pedagogik texnologiyalar ta'limning an'anaviy jarayoniga ta'sirning yangi imkoniyatlariga ega bo'ladi va uning samaradorligini oshiradi [3]. N.F.Talizinaning "Formation of cognitive activity of junior schoolchildren" asarida har bir o'qituvchi, real pedagogik jarayonni qurishdan oldin, o'quv jarayoni haqida texnologik darajada taqdim qilingan bilimlar tizimiga ega bo'lishi lozim[4]. Nemis olimi Hilbert Meyer, A.Klapper (Unterrichtsstandards für ein kompetenzorientiertes Lernen und Lehren. - Berlin, 2009)lar ta'lim oluvchi va o'qituvchining kompetensiyalarini o'zaro farqlaydi va bu atamani, ayniqsa, ta'lim oluvchiga yo'naltirish lozimligini ta'kidlaydi.

Olib borilgan ilmiy izlanishlar, ilmiy-metodik adabiyotlar tahlili ta'lim jarayonida kreativlik va kompetentli yondashuv asosida kasbiy tayyorgarligini

Research BIB / Index Copernicus

rivojlantirishning turli aspektlari bo'yicha keng qamrovdagi ilmiy tadqiqotlar olib borilgan bo'lsa-da, kreativ yondashuv asosida bo'lajak biologiya o'qituvchilarining pedagogik kompetensiyalarini shakllantirish yuzasidan maxsus tadqiqot obyekti sifatida o'rganilmagan.

Tadqiqot metodologiyasi (Research Methodology). Talabalarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda ularning kreativligi va pedagogik kompetentliligini shakllantirish modulini tuzishda zamon talabidan kelib chiqib ta'lm jarayonining muayyan komponentlarini uzluksiz tashkil etish davomida ta'lim tamoyillari, ta'limga zamonaviy yondashuvlar, ta'lim shakllari, metodlari, vositalari va texnologiyalarini qo'llashga, shuningdek, zamonaviy axborot-kommunikatsion texnologiyalari vositalaridan foydalanish va innovatsion-axborot ta'lim muhitida tashkil topgan pedagogik jarayonga alohida e'tibor qaratildi. Pedagogik kompetensiyalar tarkibida asosiy o'rinda turadigan metodik kompetentlilik o'qituvchining professional-kasbiy tayyorgarligida yuqori natija va ko'rsatkichga ega bo'lishida muhim ahamiyatga ega.

Metodik kompetentlilikni asosiy belgilari pedagogik muammolarni yechimini topishga mos keladigan o'qitish metodlarini tanlash, qo'llash va qayta ishlash ko'nikmasiga ega bo'lishidir. Ma'lumki, ta'lim muassasidagi o'tilgan o'quv mashg'ulotining sifati va samaradorligi o'qituvchining ilmiy-nazariy tayyorgarligi bilan bir qatorda, u tomonidan mavzu va o'qitish shakliga mos metod va vositalarni tanlay olish, o'quv mashg'ulotini tashkil etish, boshqarish, nazorat qilish, o'z faoliyatini tahlil qilish va qayta o'zgartirishlar kiritish, innovatsiyalar kiritish tajriba va mahoratiga bog'liq.

Biologiyani fanini o'qitish jarayoniga kreativ yondashuv asosida o'quv mashg'ulotlarni sifatli tashkil etish texnikasini ta'minlash maqsadida biz faol va interfaol o'qitish metodlari, ta'limning innovatsion texnologiyalari hamda o'qitish vositalarining uyg'unligini ta'minlagan holda foydalandik. Natijada talabalarining kasbiy-pedagogik kompetensiyalarini shakllantirishda biz tomonimizdan ishlab chiqilgan tashkiliy-metodik xususiyatlarni samarali ekanligi aniqlandi. Bunda o'qituvchi hamda talabaning o'zaro muloqotga kirishish jarayoni amalga oshirilganda talaba ta'lim jarayonining subyektiga aylanadi va pedagogik o'zaro munosabatlarni xususiyatlari o'zgaradi.

Hozirgi kunda biologiya ta'limida an'anaviy ta'lim metodlari bilan bir qatorda noan'anaviy ta'lim metodlaridan foydalanilmoqda. Tahlillarimizga ko'ra bugungi kunda eng ko'p qo'llanilayotgan o'qitishning interaktiv metodlarini tasnifini taqdim etdik hamda bu metodlardan kreativ ta'limni tashkil etishda foydalaniladigan turlarini qo'llash yo'llarini tavsiya qildik[6]. O'qituvchi dars davomida foydalaniladigan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

metodlarni tanlar ekan, albatta, talabalardagi motivatsiya darajasïga e'tibor berish kerak. Buning uchun avvalo, talabalarni barcha fanlarga, xususan, biologiya fanini o'rganishga bo'lgan motivatsiyasini hosil qilinsa, ularning o'qib-bilish faoliyati faollashadi. Quyida o'quv jarayonida talabalarni kreativ yondashuv asosida pedagogik kompetensiyalarini shakillantirish va uni rivojlantirish maqsadida o'qitish shakllari tavsiya etiladi: "O'ylab ko'rish" metodi muayyan aqliy faoliyat natijasida talabalarning avval ma'lum bo'lmagan material, obyekt, hodisani namoyon bo'lishida ko'rinadi. Ushbu metod quyidagi usullar yordamida tadbiq qilinadi va o'qituvchilardan unga mos savol va topshriqlar tayyorlash talab qilinadi: Jumladan, bir obyektning sifatlarini ikkinchisiga qo'shish orqali yangi obyekt yaratish; bu usulni bajarishda talabadan masalaga integratsion yondashuv talab etiladi. Masalan, "Tasavvur qiling, mamlakatimiz cho'llarida o'sadigan "Cho'l malikasi"-saksovulning barglari tangachasimon emas, terak yaprog'idek bo'lsa" u cho'lda o'sa olarmidi?" yoki "Kaktusning tanasi o'zida ko'p suv saqlash xususiyatiga ega bo'lib, uning yaproqlari tikonga aylangan. Uning poyasi kuchli yo'g'ochlangan bo'lsa unda qanday moslashish yuzaga kelishi mumkin?" Bu savollar yechimini topishda talabalar o'simliklar anatomiyasi, morfologiyasi, fiziologiyasiga doir bilimlarini ekologik bilimlarga bog'lagan holda yechimini topishi lozim.

Yuqoridagi yondashuvlarni qiyosiy tahlili shuni ko'rsatadiki, ta'limga tadqiqiy-qiyosiy yondashuv talabalarni mustaqil fikrga ega, mavjud muammolarga tadqiqiy va ijodiy yondoshgan holda mustaqil yechimiga topa oladigan, baholay oladigan va mustaqil qaror qabul qila oladigan darajada bilim, ko'nikma, malaka va kompetensiyalarga egallashlariga imkon yaratadi.

Biologiya ta'lim jarayoniga nisbatan kreativ yondashuv asosida ta'lim olish, fan asoslarini o'zlashtirishga nisbatan qiziqishi susaygan talabalar bilan ishlash maqsadida emas, balki barcha tahsil oluvchilar bilan jonli, qiziqarli, jo'shqin muloqotga kirishish, ularni faollikka undash uchun qo'llaniladi. Buning uchun barcha turdagi o'quv (auditoriya mashg'ulotlari, auditoriyadan tashqari mashg'ulotlar) mashg'ulotlarni barcha ta'lim yo'nalishlarida, xususan, biologiya o'qitish metodikasi, biologiya, biologiya va qo'shimcha tabiiy fanlar yo'nalishlarida shu bilan birga barcha istalgan soha (pedagogika, psixologiya, qurilish, sanoat, iqtisodiyot, muxandislik, tibbiyot va h.k ) bo'yicha ta'lim olayotgan barcha talabalar bilan ishlash jarayonida tashkil etish, ularning kasbiy faoliyatlarini mutaxassislik bo'yicha tayyorgarligini samarali tashkil etish mumkin[7].

Demak, "Ta'lim jarayoniga nisbatan kreativ yondoshishda nafaqat o'quv fanlarini o'zlashtirishda yuqori natijalarga erishayotgan, kreativ fikrlashda ijobiy holatlarni qayd etayotgan talabalarga, balki ko'proq e'tiborni talab etadigan, ijodiy,

Research BIB / Index Copernicus

kreativ fikrlash layoqatiga ega bo'lmagan ta'lim oluvchilarga ham birdek e'tibor qaratishlari zarur" ekanligini hisobga olgan holda oliy ta'lim muassasalarida bo'lg'usi pedagogik kasb egalarinini tayyorlashga kreativ yondashuv zarur[8].

Tahlil va natijalar (Analysis and results).

Biologiya o'qituvchilarning ta'lim samaradorligini tahlil qilish va baholash usullari ularning kreativ faoliyatini nazorat qilish metodi hisoblanadi. O'qituvchining kreativ qobilyati, shuningdek, pedagogning maqsadli ta'limiy ko'rsatmalari bunday tahlil elementlarini aniqlashga yordam beradi. Masalan, o'qituvchilar ijodkorligini rivojlantirish zarurati ular ishining tahlil etishning quyidagi yo'nalishlarini yaratishga olib keladi: ijod sohasi, ijod darajasi, mustaqillik darajasi, boshqa o'quvchilarning ishlaridan farqlanish darajasi, o'zining oldingi ishlaridan farqlanish darajasi va boshqalar.

Talabalarinig ta'lim samaradorligining oshirish har bir elementini son yoki sifat jihatdan, ball bilan yoki og'zaki baholanishi mumkin. Ta'limiy taqriz, tavsif og'zaki shaklga qarab chiqiladi. Besh, o'n, yuz balli shkalalar talabalar ijodiy natijalarini son jihatdan baholash imkonini beradi.

Bo'lajak biologiya o'qituvchilarinig kasbiy faloliyati bilim sifati turli usul va mezonlar bilan baholanadi, ular quyidagicha bo'ladi: anketa so'rovidagi elementlarining soni bo'yicha; anketa so'rovidagi elementlarining farqi bo'yicha; anketa so'rovidagi talabaning o'zi yoki kursdoshining ishiga nisbatan yangiligi bo'yicha; yaratilgan metodikaning tushunarli aniq va ixchamligi bo'yicha; javob uchun foydalanilgan imkoniyatlarning ko'p qirraligi bo'yicha; olingan natijalarning amaliy ahamiyati foydalanishi bo'yicha.

Talabalarining kasbiy-pedagogik sifatlarining rivojlanish darajasi ular diagnostikasining dastlabki va oxiridagi natijalarini taqqoslash asosida aniqlandi. Kuzatish, testlar, talabalar bilimi mahsuldorligini tahlil etish metodikasi yordamida uch turkumda ijodkorlik sifati, bilishga doir va faoliyatni tashkil etishi kabi guruhlashtirilgan sifatlarining rivojlanish darajasini belgilaydi. Har bir talabaning kasbiy-pedagogik sifatlarini rivojlantirish darajasini baholash uchun quyidagilardan foydalaniladi: a) yosh o'qituvchiga yozma ta'limiy tavsifnoma; b) uning ta'limda erishgan natijalari; v) ijodkorlikda kuzatiladigan pedagogik konsiliumlar, testlar va boshqa materiallar natijalari; g) fikrlarni ifodalovchi anketa va o'qituvchilarning o'z-o'zini baholashi.

Xulosa va takliflar (Conclusion/Recommendations).

Tadqiqot muammosiga oid metodik adabiyotlar, o'quv me'yoriy hujjatlarni tahlil qilish natijasida "kompetensiya", "kompetentlik", "kasbiy kompetentlik", "pedagogik kompetensiya" tushunchalari bayon etildi, kompetensiyaviy yondashuv

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Research BIB / Index Copernicus

mamlakatimiz ta'lim tizimi sifatini oshirish imkonini berishi didaktik ta'minotni takomillashtirish zarurati mavjudligi aniqlandi, hamda biologiya o'qituvchilarining pedagogik kompetentligini shakllantirish jarayonida nazariy va amaliyotning uyg'unligi ta'minlash, ularga mos ravishda o'qitish shakllari, metodlari va vositalarini maqsadga muvofiq holda tanlash, innovatsion faoliyatni to'g'ri tashkil etish, axborot kommunikatsion texnologiyalardan samarali foydalnish maqsadga muvofiq ekanligi aniqlandi. Innovatsion ta'lim muhitida bo'lajak biolog mutaxassislarni motivatsion-maqsadga yo'naltirilgan, tuzilmali-mazmunli, funksional-faoliyatli, baholi-natijaviy komponentlar asosida ta'lim jarayoniga kreativ, kompetensiyaviy, innovatsion, integrativ, aksiologik yondashuvlarni amalga oshirish, pedagogik shart-sharoitlar, baholash mezonlari va darajalari aniqlangan hamda pedagogik introspeksiya, improvizatsiya, fasilitatsiyani rivojlantirish asosida pedagogik kompetensiyalarni shakllantirish ilmiy jihatdan isbotlandi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar Strategiyasi to'g'risida. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni// O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami. - Т., 2017. 6-son.

2. Леpнеp И.Я. Философия дидaктики и дидaктикa KaK философия. - М., 1995. - 49 с.

3. Беспaлко В.П. Обpaзовaние и обyчение с y4acraeM компьютеpов: педaгогикa тpетьего поколения. - М.: Изд-во Моск. псиxолого-социaльного ин-Ta; Воpонеж: Модек, 2002, 352 с.

4. Talizina N.F. Formation of ^gnitive aсtivity of junior sсhoolсhildren. Book. for the tea^er. - M.: Eduсation, 1988.- 175 p.

5. Усмонбоевa М., TypaeB А. Кpеaтив педaгогикa a^^ap^ укув - УСЛУ6ИЙ мaжмya. - Т.: ТДПУ, 2016. - 193-бет.

6. Муслимов Н.А., Усмонбоeвa М.Х,., Сaйфypов Д.М., TypaeB А.Б. Инновaцион тaълим тexнологиялapи. Укув-методик к;yллaнмa - Тошкент: 2015 й.- 208 б.

7. Kuy^iyeva М.А. Bo'lajak biologiya fani o'qituvсhilarining kasbiy-metodik kompetentliligini rivojlantirish: Pedagogika fanlari bo'yiсha falsafa doktori(PhD)diss.-Nukus 2023.-119 b.

8. Болотов В.А., Сepиков В.В. Компeтeнтностнaя модель: От идеии к обpaзaвaтeльной пpогpaммый. Пeдaгогикa. 2003. № 3. 203-с

9. Tожибоeвa Д. Мaxсyс фaнлapни укитиш мeтодикaси. Укув кyллaнмa.-T.:«Фaн вa технология», 2007. -541 б.

Research BIB / Index Copernicus

10. Эргашева Г.С. Биология таълимида интерактив дастурий воситалардан самарали фойдаланишни такомиллаштириш. Монография. - Т., Фан ва технологиялар, 2017. - 220 б.

11. Nematovna A. M. Pedagogy the Effectiveness of the Use of Design Technology in the Development of Research Activities of Students in the Process of Biology Education in Higher Education Institutions //Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry. - 2021. - Т. 12. - №. 3.

12. Sayfullayev, A. F. O. (2023). SHAHARLARNI KO'KALAMZORLASHTI-RISHDA KATALPA DARAXTINING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(4-2), 77-82.

13. Nematovna, Atakulova Manzura. "EFFECTIVENESS OF STUDENTS IN RESEARCH ACTIVITIES IN TEACHING BIOLOGY." European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences 9.4 (2021).

14. Sayfullayev, A. (2020). MICROALGAE AND CYAN BACTERIA AS BIO FERTILIZERS. SCIENCE, RESEARCH, DEVELOPMENT# 26.

15. Nematovna, A. M., & Baxodirovna, M. F. (2023). THE EFFECTIVENESS OF DEVELOPING STUDENTS'CREATIVE THINKING IN TEACHING BIOLOGICAL SCIENCES. International Journal of Advance Scientific Research, 3(09), 170-174.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.