TA'LIM IQTISODIYOTI VA MENEJMENTIDA SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH JARAYONLARI VA UNDAGI
KAMCHILIKLAR
*Narzullayeva Zuhra Abdullo qizi, 2Narzullayeva Fotima Abdullo qizi, 3Togayev Salim
Sobirovich
1Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Samarqand filiali Bank ishi va auditi ta'lim yo'nalishi,
3-kurs talabasi 2Chirchiq davlat pedagogika universiteti 3-kurs talabasi 3Ilmiy rahbar, "Moliya, soliq va bank ishi" kafedrasi dotsenti, PhD 1+998-99-095-46-71, [email protected], 2+998-50-582-73-53, [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10805985
Annotatsiya. Sun'iy intellekt texnologiyalari va ma'lumotlar analitikasi bugungi kunda ta'limni rivojlantirish, ta'lim berish jarayonida yangi metodlarni yaratish va boshqa barcha sohalar uchun mo'ljallangan katta imkoniyatlar yaratib beruvchi zamonaviy yondashuv bo'lib, XXI asr texnologikyangiligi. Bu yangi metodlar orqali ta'lim jarayonlarini yaxshilash, sun'iy intellekt dasturlaridan to'g'ri foydalana bilishni yetarlicha o'rganib, ta'lim kelajagimizni oldindan ayta olishimiz mumkin.
Kalit so'zlar: Sun'iy intellekt, ChatGPT, IT texnologiyalari, dasturlar bazasi, kiber hujum, yaratuvchanlik, menejment, boshqaruv shakllari, avtomatlashtirish.
Abstract. Artificial intelligence technologies and data analytics today are a modern approach that creates great opportunities for the development of education, the creation of new methods in the teaching process and all other areas and is a technological innovation of the 21st century. through these new methods, we can improve educational processes, learn enough to know how to use artificial intelligence programs properly and predict the future of education.
Keywords: Artificial intelligence, ChatGPT, IT technologies, software base, cyber attack, creativity, management, management forms, automation.
Аннотация. Технологии искусственного интеллекта и анализа данных-это современный подход, создающий большие возможности для развития образования, создания новых методов в процессе обучения и во всех других сферах. Это технологическая инновация 21 века. Это новое усовершенствование. Научившись правильно использовать программное обеспечение искусственного интеллекта, мы сможем предсказать будущее образования.
Ключевые слова: Искусственный интеллект, ChatGPT, ИТ-технологии, программная база, кибератака, креативность, менеджмент, формы управления, автоматизация.
Maqolamizning kirish qismida sun'iy intellektga oid qisqacha ma'lumotni bayon qilib o'tamiz. B utun jahon miqyosida ta'lim sifatini yaxshilashga qaratilgan davlatlararo bir qancha xalqaro konferensiya, uchrashuv- tadbirlari tashkil etilayotgan bo'lib, ularning barchasi bir maqsadga qaratilgan. Ya'ni yillar oldin joriy etilgan sun'iy intellektni rivojlantirish bo'lib, undagi muammolarni ham imkon boricha hal etish usullari haqida izlanishlar olib boorish ko'zda tutilgan. Sun'iy intellekt texnologiyalari va ma'lumotlar analitikasi bugungi kunda ta'limni rivojlantirish, ta'lim berish jarayonida yangi metodlarni yaratish va boshqa barcha sohalar uchun mo'ljallangan katta imkoniyatlar yaratib beruvchi zamonaviy yondashuv bo'lib, XX asr texnologik yangiligi. Bu
yangi metodlar orqali ta'lim jarayonlarini yaxshilash, sun'iy intellekt dasturlaridan to'g'ri foydalana bilishni yetarlicha o'rganib, ta'lim kelajagimizni oldindan ayta olishimiz mumkin. Sun'iy intellekt -inson intellektiga taqlid qilishga qodir bo'lgan mashinalar yaratishga qaratilgan fan va texnologiya sohasi. Hozircha sun'iy intellektda hissiyotlar yo'q, faqat ma'lum algoritmlar asosida ishlaydi, matnlarni o'rganadi. Hissiyotlaring bormi, deb savol berilsa ham, menda hissiyot yo'q degan javobni beradi.
Bugungi kunda keng qo'llanilib kelinayotgan sun'iy intellekt texnologiyalariga aqlli veb-qidiruv tizimlari (masalan, Google Search), tavsiya tizimlari (YouTube, Amazon va Netflix), tabiiy tilni tushunish (Google Assistant, Siri), o'zini-o'zi boshqaradigan avtomobillar (masalan, Waymo) va boshqalarni misol qilish mumkin. Dunyoda Alan Turing sun'iy intellekt sohasida olib borilgan ilk tadqiqot muallifi bo'lgan. Sun'iy intellektga 1956-yili mustaqil fan sohasi sifatida asos solingan. Sun'iy intellekt bo'yicha tadqiqotlar XX asr o'rtalaridan beri qilinib kelinsa-da, unga nisbatan ommaviy qiziqish 2012-yilda chuqur o'rganuv boshqa sun'iy intellekt metodlaridan ustunligini namoyon etganda hamda 2017-yilda transformer arxitekturasida erishilgan yutuqlar ortidan keskin ortgan. 2020-yillar boshlarida mazkur soha rivojlanib, ko'plab shirkatlar, universitetlar va laboratoriyalar sun'iy intellekt sohasida sezilarli yutuqlarga erishib kelishmoqda.
m mi
■m FfP
w
Asosiy qismga keladigan bo'lsak, ta'lim sohasida ham sun'iy intellektning o'rni katta. Har qanday fanni sun'iy intellekt yordamida o'rganish mumkin, baholab ham boradi, qanday xato qilayotganini ham ko'rsatadi. Ta'lim berish ustozlar vazifasi hisoblanadi. Shunday ekan, zamonaviy asrda ular ta'lim berish usullarini rang-barang qilish maqsadida zamonaviy texnika-texnologiyalardan foydalanish bosqichiga o'tib borishmoqda. Ta'lim berish bosqichlarida sun'iy intellektning turli shakllaridan foydalanishimiz mumkin va boshqa shakllari bilan solishtirib ko'rishimiz ham mumkin. Ularda deyarli farq sezilmaydi.
Mutaxassis olimlar bunday yangilik esa yosh avlod uchun boshida mukammal tuyulsa, ammo keyinchalik ilm olishda eng oddiy usullardan biri bo'ladi deb tashxis qo'yishgan. Ba'zi olimlar yosh avlodni "dangasa qilib qo'yish ham hech gap emas" deya ta'kidlaydi. Sun'iy intellektga misol tariqasida Kahoot, Socrative va boshqa shu kabi ta'lim berish jarayonlariga oid
dasturlarni keltirishimiz mumkin. Ulardan ikki xil usulda foydalanishimiz mumkin. Ya'ni birinchi usul: ta'lim beruvchi-o'qituvchi va ikkinchi usul: ta'lim oluvchi-o'quvchi (yoki talaba). Biz bunday dastur va programmalar orqali ta'lim olishni yangicha zamonaviy usul deb qaraymiz. Bu esa bir qator qulayliklarni keltirib chiqaradi va o'quvchi-talabalarning bilim olish samarasini oshiradi a yangicha metodlar orqali o'rganish imkoniyatlarini yaratadi.
Ba'zida ular orqali tuzilgan savollarda, xabar matnlarida xatoliklarni uchratishimiz mumkin. Shuningdek, ChatGPT va katta til modellari kabi sun'iy intellekt texnologiyalari ko'plab yangi imkoniyatlarni taklif qiladi, ammo ular ham ba'zan xavflarni keltirib chiqaradi. Kompaniyalar tomonidan sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish jarayonida risklarga (xavf-xatarlar) duch kelinadi. Sun'iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish bilan bog'liq asosiy xavflardan biri bu noto'g'ri va ishonchsiz natijalarni shakllantirishdir. Bu haqida Gartner kompaniyasi 2023-yil 18-mayda chop etilgan hisobotida bir qancha omillarni keltirib o'tgan. Gartner kompaniyasi tahlilchilari kompaniya va tashkilotlar bunday yechimlarni amalga oshirishda duch kelishi mumkin bo'lgan oltita muammo ro'yxatini tuzdilar:
1. Noto'g'ri javoblar;
2. Maxfiylik va ma'lumotlarni himoya qilish;
3. Tarafsizlik;
4. Intellektual mulk va mualliflik huquqi;
5. Kiberfiribgarlik;
6. Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish.
Endi har bir muammolarga to'xtalib, chuqur tahlil qilib olsak. Har doim ham odamlar bizga rost gapirmaganidek, sun'iy intellekt ham ba'zida bizga rost gapirmaydi. Chunki, sun'iy intellekt ba'zi tillardagina gaplasha oladi va berilgan masalaga yechim topib bera oladi.Misol uchun, o'zbek tilida ko'p xatoliklarga duch keladi. Buni yuqorida mutaxasisslar inobatga olgan holda, yuz foiz ishonchli bo'lmasada, sun'iy intellekt "aqlli" ekanligini isbotlagan holda, bizga juda yaqin javobni chiqarib beradi. Shunday ekan, hozircha sun'iy intellektga to'laqonli ishonib qolish kerak emasligini ko'ramiz.
Ba'zida biz davlat siyosatiga oid ma'lumotlarni so'raganimizda, sun'iy intellekt aniq javob chiqarib bera olmaydi. Chunki, sun'iy intellekt yaratgan shaxslar o'z davlatlari xavfsizliklarini ko'rib qo'yishgan deya tahmin qila olamiz.
Sun'iy intellekt ham mualliflik huquqlarisiz foydalana olinmaydigan ma'lumotlar ba'zasidan foydalana olmaydi. Bu ham ba'zida kichik muammolarni yuzaga keltirishi mumkin. Ba'zida esa, sun'iy intellekt iste'molchilar huquqlarini himoya qila olmaydi.
Xulosa o'rnida shuni aytib o'tish kerakki, biz ta'lim dasturlarimizni yaxshilash uchun sun'iy intellektlar bilan ishlash jarayonlarida yuqorida keltirilgan kamchiliklarni hisobga olishimiz kerak ekanligini guvohi bo'lamiz. Bunda bizdan diqqatlilik va e'tiborlilik talab etiladi. Misol uchun, Yevropa mamlakatlariga uncha yaqin bo'lmagan mamlakatlardan biri-yurtimiz haqida siyosiy ma'lumot qidiradigan bo'lsak, sun'iy intellekt xato va kamchiliklarga yo'l qo'yishi mumkin. Chunki, haligacha sun'iy intellekt to'liq ishga tushmagan. Biz sun'iy intellekt bilan jonli muloqot ham qila olamiz, ammo bu bilan bizning yurtimiz haqidagi aniq javobga ega bo'la olmaymiz. Lekin iqtisodiy sohalarda hech qanday muammolarsiz bizga statistik ma'lumotlar, jadvallar, xabarlarni yetkazib bera olad. Chunki, hozirgi kunda bir-biridan uzoq bo'lgan, hamda sun'iy intellektdan foydalanayotgan mamlakatlarni, asosan, iqtisodiy aloqalar bog'lab turadi.Shu sababli ham, sun'iy intellekt iqtisodiy bilimlardagi ma'lumotlarda xatoliklarni yuzaga keltirmaydi. Bu esa bir-biri bilan aloqa o'rnatgan davlatlar uchun biroz bo'lsada ahamiyat kasb
etadi. Ilm berishdagi oddiy xatoyimiz ham ilm-fanda katta salbiy o'zgarishlarga olib kelishi
mumkin. Bunday muammolar nafaqat O'zbekistonda, balki, butun dunyo mamlakatlari uchun ham
dolzarb muammo hisoblanishini ta'kidlab o'tish joiz. Chunki, sun'iy intellekt birinchi Yevropa
mamlakatlarida yaratilgan bo'lib, hozirgi kunda butun dunyo bo'ylab xizmat ko'rsatmoqda.
REFERENCES
1. Google (2016).
2. The Essential Turing: the ideas that gave birth to the computer age (en). Oxford, England: Clarendon Press, 2004. ISBN 0-19-825079-7.
3. https://uz.wikipedia.org/wiki/SunCABCiy_intellekt.CITEREFNRC1999
4. Russell, Stuart J.; Norvig, Peter. Artificial Intelligence: A Modern Approach, 4th, Hoboken: Pearson, 2021. ISBN 978-0-13-461099-3.
5. McCorduck, Pamela (2004), Machines Who Think (2nd-nashr), Natick, MA: A. K. Peters, Ltd., ISBN 1-56881-205-1
6. NRC (United States National Research Council) „Developments in Artificial Intelligence",. Funding a Revolution: Government Support for Computing Research. National Academy Press, 1999.
7. Sun'iy intellekt. Internet Encyclopedia of Philosophy. (inglizcha)
8. Sun'iy intellekt, BBC Radio — John Agar, Alison Adam & Igor Aleksander (In Our Time, 2005-yil 8-dekabr).
9. https://kun.uz/news/2024/01/09/suniy-intellekt.
10. https://www.researchgate.net/publication/366289831_2022_Ta'limda_suniy_intellektning_i mkoniyatlari.