Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH SHAROITIDA TA’LIM IQTISODIYOTI VA MENEJMENTIDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH VA UNING ELEKTRON TA’LIMDAGI ROLI'

RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH SHAROITIDA TA’LIM IQTISODIYOTI VA MENEJMENTIDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH VA UNING ELEKTRON TA’LIMDAGI ROLI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
5
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Algoritm / elektron ta’lim / etnografiya / logistika / hemis / servis

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Amanullayev Bekzod Botirovich, Abdurahimov Azamat Olimovich

Hozirgi kunda O’zbekistonda raqamli iqtisodiyot rivojlanib borayotgan paytda ta’lim iqtisodiyoti va menejmentda “sun’iy intellekt” nma vazifalarni bajarmoqda, elektron ta’limda sun’iy intellekt o’rni qay darajada? Boshqaruv tizimiga yangiliklar kiritish va yangi imkoniyatlar, takliflar va tavsiyalar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH SHAROITIDA TA’LIM IQTISODIYOTI VA MENEJMENTIDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH VA UNING ELEKTRON TA’LIMDAGI ROLI»

RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH SHAROITIDA TA'LIM IQTISODIYOTI VA MENEJMENTIDA SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH VA UNING ELEKTRON TA'LIMDAGI

ROLI

1Amanullayev Bekzod Botirovich, 2Abdurahimov Azamat Olimovich

1126-maktab 11"A"sinf o'quvchisi

21-sonli Kasb hunar koleji https://doi.org/10.5281/zenodo.10805472

Annontatsiya. Hozirgi kunda O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot rivojlanib borayotgan paytda ta'lim iqtisodiyoti va menejmentda "sun'iy intellekt" nma vazifalarni bajarmoqda, elektron ta'limda sun'iy intellekt o'rni qay darajada? Boshqaruv tizimigayangiliklar kiritish va yangi imkoniyatlar, takliflar va tavsiyalar.

Kalit so'zlar: Algoritm, elektron ta'lim, etnografiya, logistika, hemis, servis,

Abstract. Currently, when the digital economy is developing in Uzbekistan, what are the tasks of "artificial intelligence " in the education economy and management? What is the role of artificial intelligence in electronic education? Management system updates and new features.

Аннотация. В настоящее время, когда в Узбекистане развивается цифровая экономика, каковы задачи «искусственного интеллекта» в экономике и управлении образованием, какова роль искусственного интеллекта в электронном образовании? Обновления системы управления и новые возможности, предложения и рекомендации.

Avvalo, bizga qiziq va kerak bo'lgan narsa bu raqamli iqtisodiyotning O'zbekistonda qanday rivojlaniyotgani.

Barchamizga ma'lumki O'zbekston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy majlis senati va Qonunchilik palatasiga qilgan murojaatnomasida "2020-yil ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyot yili " deb e'lon qilindi.[1]

Raqamli iqtisodiyotning oddiy iqtisodiyotdan farqi shuki, siz bozorga borib mahsulot harid qilsangiz va to'lovni naqd pul bilan amalga oshirsangiz bu iqtisodiyot. Raqamli iqtisodiyot

siz uyda otirgan holatda onlayn tarzda buyurtma qilsangiz tolov turi ham onlayn bo'lsa bu raqamli iqtisodiyot deb ataladi.

Ba'zida raqamli iqtisodiyot- internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb- iqtisodiyot terminlari bilan ham ifodalanadi.[1]

Hatto, 2023-yil BMTTD va Shvetsariya hukumati O'zbekiston yoshlarini raqamli iqtisodiyotiga jalb qilish loyhasini boshladi.[2] Misol uchun: Oldinlari biror mahsulot olish uchun borib olishimga to'g'ri kelar edi. Ammo hozirda "yandex taxi", "uzum market" kabi platformalarga manzilingizni jo'natsangiz sun'iy intellekt orqalik yetqazib beruvchiga eng qisqa, va imkon qadar tirband bo'lmagan joylardan yo'l tuziladi. Yurtimizda raqamli iqtisodiyotiga e'tibor, talab kuchayib borar ekan, ta'lim iqtisodiyoti va menejmentda ishlatilayotgan va qisman ichiga kirib olgan sun'iy intellekt haqida to'xtalib o'tishimiz maqsadga muvofiq bo'ladi.(3)

Sun'iy intellekt o'zi nima? Sun'iy intellekt-o'zini ozi boshqara oluvchi, va o'zi uchun o'zi qaror qabul qilish imkoniyatiga ega qurilma yoki dastur.[3] Sun'iy intellekt, avvalo Alan Turning sun'iy intellekt sohasida olib borilgan ilk tadqiqiot mualifi bo'lgan. Sun'iy intellektga 1956-yil mustaqil fan sohasi sifatida asos solingan.

Biroq ommaviy qiziqish 2012-yilda "chuqur o'rganuv" boshqa sun'iy intellekt metodlaridan ustunligi namoyon etgan hamda 2017-yilda "transformer" arxitekturasida erishilgan yutuqlar ortidan keskin ortgan. (1)2020-yillar boshida mazkur soha gurkirab rivojlanib, ko'plab shirkatlar universitetlar va laborotoriyalar sun'iy intellekt sohasida sezilarli yutuqlarga erishib kelmoqda. [4]XXI-asrda ilg'ori texnologiyalar rivojlangan bir paytda sun'iy intellekt o'z o'rnini allaqachon egalladi. Bunga "logistika" sohasi yer yuzida keng tarqaldi. Logistika - A nuqtadan B nuqtaga mahsulotni yetqazishdir, hamda yerni bir burchagida turib, nargi burchagidagi mahsulotni olib ketayotgan avtomashinani ishini oson qiladi. Dispeycher onlayn tarzda broker bilan shartnoma tuzib, ishni amalga oshirish boshlanganda haydovchini yo'lini tuzib beradi.[5] Ilg'ori texnologiyalardan tuzilgan bu dastur, kasb kuchli raqamli iqtisodiyotga kiradi. Bu soha O'zbekistonga hozirgi kunda yangilik sifatida keng tarqalmoqda, va ko'plab yurtdoshlarimiz ushbu sohani mukammal o'rganib daromad topishmoqda.

Butun jahonda rivojlangani kabi bizning yurtimizga ham sun'iy intellekt allaqachon kirib kelgan. Va bu borada bizning salohiyatli kadrlarimiz ish olib bormoqda. Telefon va kompyuterlarda foydalaniladigan shaxmat o'yini. Shaxmatdagi bot hattoki sizdan u bizdan kuchli o'ynashi mumkin.[3] Aslida bunday texnikalar bizga begona emas Al-Xorazimiy bobomiz "Algoritm" tizmini kashf etgan. Biz "Algoritm" yangi narsa deb hisoblaymiz lekin bu atama 900-yil avval paydo bo'lgan. Algoritm sozi matematika dahosi Al-Xorazimiy sozidan kelib chiqqan. Mamlakatimimiz Prezidenti Shavkat Mirziyayev takidlaganidek: Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizni yuksalishning eng qisqa yo'liga olib boradi.[1]

Ta'lim menejmentida sun'iy intellektdan maksimal darajada foydalana olsak, bizga yanada kengroq bilim ulashishga sabab bo'ladi. Inson miyasidan kuchli kompyuter yo'q, biroq inson vaqtini to'g'ri taqsimlash maqsadida ba'zi ishlarni kuchli mutaxassis nazorati ostida sun'iy intellektga topshirish, kundalik hayotimizga yangilik kirita oladi. Buni zavodlar misolida tushuntirish mumkin. Texnikaning samaradoligi, qo'l mexnatidan ko'ra yaxshiroq bo'lib qoldi. Soni va sifati jihatidan ham ustunlik texnika tomonda. Ya'ni tejalgan vaqtimizga yangi chet tillarini o'rganishga, falsafa bilimlar orqali dunyo qarashni kengaytirish , oilaviy va yaqinlarimizga vaqt ajratish , ma'daniy hordiq chiqarishimiz mumkin. Nega aynan bu sabablar? Chet tillari bizni miyya faoliyatimizni rivojlantirib boshqa davlatlar bilan diplomatik munosabat, ularning tili, dini, etnografiyasini o'rganamiz. O'z navbatida sayyohlar yurtimizga tashrifidan qoniqarli tassurot qoldiradi, iqtisodiyotimizga foydasi keladi. Qadimgi Xitoy faylasufi aytganidek - faylasufi yo'q yurtning o'sishi murakkab[7]. Sun'iy intellektning xususiyatlari ko'zga ko'rinar ekan bu borada tanganing ikkinchi tomoni bo'lgani kabi sun'iy intellektning ba'zi salbiy oqibatlari ham yo'q emas. Kelajakda ayrim kasb va servis xizmatlar odamlardan robot sun'iy intellekt qo'liga o'tish ehtimoli bor. Lekin yerdagi kashf etuvchi yagona ongli mavjudot inson. Yaratilgan barcha omillar inson uchun xizmat qiladi, jumladan sun'iy intellekt ham.

Elektron ta'lim - maktablarda bo'lganidek, Oliy ta'lim o'quv yurtlarida ham hemis elektron tizim joriy etilgan. Buning qulayliklari davomat, vaqtida baholash, yarim yillik baho avtomatik tarzda qo'yilishi, reyting daftar barchasi elektronlashtirilgan. Bu esa ballarning o'zgartirilmasligiga, hujjatlar yo'qolib qolsa, bemalol internet orqali yuklab olish mumkin.[8]

kundalik.com platformasi (https://kundalik.com/) haqida barchasi haqida batafsil ko'rib chiqamiz. Kundalik.com Tizimi - onlayn rejimda darslarning jadvalini tuzish, o'qituvchilar uchun darsbay rejalarni shakllantirish, davomat va o'quvchilarning o'zlashtirishini jurnal va kundalikning elektron shakllarida qayd etish, shuningdek, ta'lim tashkilotlari va ta'lim organlariga statistik hisobot tuzish vositalarini taqdim etish imkonini beradi.

O'quvchi va talaba mustaqil Google orqali o'z ilmlarini oshirayotgan paytda elektron-tarjimonlardan foydalanaoladi. Chet el universitetlarga onlayn hujjat topshirish va masofadan turib, talaba bo'lishimiz mumkin. Bundan elektron ta'limda onlayn dars va kurslarning o'rni beqiyos. Uyda bo'sh vaqtimizda internet orqali o'zimiz qiziqqan sohaga bemalol o'qib, sertifikatlarni qo'lga kirtishimiz mumkin. Bugungi kunda oramizda tengdoshlarimizning ko'pchiligi " IT va 3D dizaynerlik" sohalari bo'yicha ilm olib, moliyaviy foyda ko'romoqdalar "Avtokat" dasturi ham elektr sohasida onlayn ta'lim olib, foyda topishmoqdalar.

Xulosa Qilib aytadigan bo'lsak, sun'iy intellektning barcha sohlarida bo'lgani kabi elektron ta'limda ham muhim ahamiyatga ega. Bularning barchasini inobatga olgan xolda texnologiyalardan foydalanishni kengaytirishimiz lozim. Yangi O'zbekiston yangi texnologiyalar

bilan. AL-Xorazimiy , Amir Temur , Al-Buxoriy kabi ajdodlarimiz bor ekan bu yurt, bu millat yanada odil bola oladi.

REFERENCES

1. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Raqamli_Iqtisodiyot

2. https://www.gazeta.uz/oz/2023/07/04/digital-economy/

3. https://youtu.be/7OG LL6oisA?si=U 6iAeeM iu P4Ca

4. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Sun%CA%BCiy_intellekt

5. https://youtu.be/ g019K8iBm38?si=921GZh-q6vMbk4aD

6. https://youtu.be/n8alA17dqPg?si=qBN8po5ySGYNegcS

7. https://youtu.be/ydMUBlvrmP0?si=gPwfb2FkVM8Qi-86

8. https://my.gov.uz/oz/service/259

9. https://corp.tsue.uz/uz/kundalik-com-nima-u-qanday-ishlaydi-foydalanish/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.