SUVO'TLAR ( ALGAE) BO'LIMINING INSONLAR HAYOTIDAGI
AHAMIYATI
K.Q.Nasriddinova S.R.Eshboyeva
O'zbekiston-Finlandiya Pedagogika Instituti 2-kurs talabalari [email protected] [email protected]
Annotatasiya: Ushbu maqolada suvo'tlar (Algae) bo'limining insonlar hayotidagi ahamiyati haqida ma'lumotlar keltirilgan.Xususan,suvo'tlar bo'limi sinflarining qishloq xo'jaligi,sanoat,oziq-ovqat,yengil va og'ir sanoat sohalaridagi turli xil foydali tomonlari cheksiz.Bu ularning o'rganilish tadqiqotlari ko'lamining oshishiga va yangi soha tizimlarida ham ulardan foydalanishni yo'lga qo'yilishiga zamin yaratadi.
Kalit so'zlar:Algin kislotasi,Anabena,Porhyra,Bangia,Diatomophyceae,agar-agar,sapropel,laminariya japonica,laminariya digitata,Cyanophyta.
Аннотация: В этой статье представлена информация о важности раздела «Водоросли» в жизни человека. В частности, о различных классах раздела «Водоросли» в сельском хозяйстве, промышленности, пищевой, легкой и тяжелой промышленности. Это создает бесконечную основу. за увеличение объема их исследований и внедрение их использования в новых полевых системах.
Ключевые слова: альгиновая кислота, Анабена, Porhyra, Bangia, Diatomophyceae, агар-агар, сапропель, Laminaria japonica, Laminaria digitata, Cyanophyta.
Abstract: This article provides information about the importance of the Algae section in human life. In particular, the various classes of the Algae section in agriculture, industry, food, light and heavy industry. The various useful aspects are endless. This creates a basis for the increase in the scope of their research and the introduction of their use in new field systems.
Key words: Alginic acid, Anabena, Porhyra, Bangia, Diatomophyceae, agar-agar, sapropel, laminaria japonica, laminaria digitata, Cyanophyta.
Kirish. Suvo'tlar o'simliklarning eng qadimiy vakillaridan biridir. Bugungi kunda uchraydigan suvo'tlarining tuzilishi qadimgi turlarining tuzilishidan ortiqcha farq qilmaydi, bu esa ularning suv muhitida vujudga kelganligini tasdiqlaydi. Suvo'tlarining aksariyati suv muhitida yashaydi, lekin ayrimlari nam tuproqlarda, daraxt po'stloqlarida ham yashaydi. Ularning tanasi tallom yoki qattana deb ataladi
va ular fotoavtotrof oziqlanadi. Suvo'tlarning hozirda umumiy soni 30-35 mingta turni tashkil etadi va ularni o'rganadigan fan algologiyadir.
Hozirgi zamon fani suvo'tlarini bir hujayrali suvda yashaydigan xivchinlilardan (Flagellatea) paydo bo'lgan deb taxmin qilinadi.Ular orasida xlorofilli (avtotrof) va rangsiz (geteratrof) organizmlar uchraydi. Birinchi tur organizmlar o'simliklarga yaqin, ikkinchisi esa hayvon organizmlaridir. Ko'pchilik sistematikalar xivchinlilarni o'simlik va hayvon organizmlarini bog'lovchi oraliq guruh vakillari deb qaraydi.
Suvo'tlar tanasida xlorofill bo'lganligi sababli ular avtotrof oziqlanadi.Ana shu yashil rang ayrim suvo'tlarida boshqa ranglar bilan niqoblanib, turli nom bilan atalishiga sabab bo'ladi.
Ayrim suvo'tlarda ( masalan, yashil suvo'tlardan Prasiola, qizil suvo'tlardan Batrachospermum) meyoz vegetativ hujayralarda boradi va bevosita spora va gameta hosil bo'lishiga olib keladi. Suvo'tlarning tallomi o'lchami ham turlichadir ya'ni mikrosko'pik tuzilishdan tortib,to bir necha metirlarga yetadi. Eng gigant suvo'tlar -qo'ng'ir suvo'tlari hisoblanadi, ulardan laminariyaning tasmasimon tallomi uzunligi 20m va mokrotsistis suvo'tiniki esa 100m boradi.
Iliq suv havzalarida suvo'tlari turlar soni ko'p bo'ladi, biroq suvuq shimoliy dengizlarda esa yirik o'lchamli va katta massaga ega tallomli suvo'tlar uchraydi. Suvda tuzlarining miqdori kamayishi bilan, suvo'tlarining tur tarkibi ham kamayadi.
Eng chuqur suv havzalarida qizil suvo'tlar uchraydi, ular okean va dengizlarning tiniq suvlarida 200 m chuqurlikda ham uchraydi. Aksariyat suvo'tlar to 30 m chuqurlikda uchraydi. Sayoz suvlarda asosan yashil suvo'tlar bo'ladi. Suvo'tlar bo'limlari orasida turlar soni bo'yicha kuchli farq qiladi.Eng turlarga boy bu yashil suvo'tlari turlar soni 13 mingdan tortib to 20mingacha yetishi mumkun . Diatom suvo'tlarini qariyb 5 mingta turlar, qo'ng'ir suvo'tlarining esa 4 ming atrofida turlari bor.
Asosiy qism. Suvo'tlar tabiatda moddalar aylanishida ayrim biotsenozlarda va insonlarning xo'jalik faoliyatida katta ahamiyatga ega.Suvo'tlaridan nihoyatda ko'p biomassa hozil bo'ladi.Ana shu biomassaning kimyovoiy tarkibi har xil bo'lganligidan kishilar va hayvonlar hayotida katta rol o'ynaydi.Ayniqsa,suv hayvonlari va baliqlar hayoti suv o'tlari bialn chambarchas bog'liqdir.Suvda hech narsaga birikmasdan muallaq holda o'sadigan plankton suvo'tlar hayvonlarning oziqlanishida katta ahamiyatga ega.Suvo'tlarning bir necha turlari indikatorlik vazifasini bajaradi.Suvo'tlarning turlariga qarab,suvlarning iflos va tozalik darajasini aniqlanadi.Xususan,bunday suvo't turlaridan Volvoksnamolar (Volvocales) qabilasi vakili hisoblangan, Volvoks (Volvox),shu qabilaning yana bir vakili xlamidomanada (Chlamydomanas)turkumining vakili xlamidomanadadir.
Suvo'tlardan hosil bo'ladigan organik moddalar turli sohalarda ishlatiladi. Kishilar suvo'tlaridan oziq-ovqat,mollarga yem-hashak sifatida,dehqonchilikda esa
o'g'it sifatida foydalaniladi.Suvo'tlarida moy kam bo'lsa ham,oqsil,uglevod va vitaminlar ko'p bo'ladi.Shunday suvo't vakillariga:qizil suvo'tlar (Rhodophyta) turlari Porhyra,Bangia va boshqalar,qandolatchilikda va sanoatning boshqa sohalarida,mikrobiologiya labaratoriyalarida qattiq ozuqa muhiti tayyoralshda foydalaniladi,gigantiris va xondurus esa tibbiyotda ishlatiladi.
Qo'ng'ir suvo'tlar vakillari ham xalq xo'jaligining turli sohalarida foydalaniladi. Ulardan olinadigan algin kislotasi tekstil,oziq-ovqat va sanoatning boshqa sohalarida ishlatiladi.Ushbu suvo'tlar mineral moddalarga boy hisoblanadi va ularda olinadigan dori-darmon hamda o'g'it tayyorashda foydalaniladi.Laminariya japonica (dengiz karami) va laminariya digitata oziq-ovqatda keng foydalaniladi.Undan ayniqsa,Yaponiya,Koreya,Xitoy va Tailand kabi davlatlar aholisi iste'mol qilishadi.
Evglenofit suvo'tlar iflos suv havzalarini tozalashda faol qatnashib, biologik indikator vazifasini bajaradi.Evglenalarni labaratoriya sharoitida o'stirib,biologik ob'yekt sifatida,muhim xususiyatlari o'rganiladi.Tibbiyotda E.gracilis turiga antibiotik,gerbitsid,o'stiruvchi moddalar,ayrim vitaminlar o'rganiladi.
Diatom suvo'tlari sovutlar to'plamidan hosil bo'lgan diatom (trapel) qurilishida va sanoatda izolatsion material sifatida buyumlarni tozalab yaltiratishda, dinamit tayyorlashda to'ldiruvchi modda o'rnida ishlatiladi.
Ko'k - yashil suvo'tlaridan Anabena tuproqdagi azotni o'zlashtirib,tuproq unumdorligini oshiradi.Shu bilan yuksak o'simlik vakillarining o'sishi uchun zamin yaratadi.Ular chiqargan shilimshiq moddalarga tuproqdagi azotbakteriyalar va klostoriumlar yashaydi.Ko'k yashilsuvo'tlarning ayrimlari davolanish uchun ishlatiladigan balchiqlar hosil qilishda ishtirok etadi.Ularning ba'zi bir vakillari suvi 70-80 gradus issiq buloqlarda ham yashaydi.Ko'k-yashil suvo'tlarning ba'zi xillari boshqa o'simliklar bilan simbioz hayot kechiradi,ayrimlari zamburug'lar bilan qo'shilib lishayniklar hosil qiladi.
Xulosa.Suvo'tlar (Algae) dunyosi tirik organizlar dunyosida asosiy muhit sifatida suvda yashashini inobatga olgan holda, uning insonning xo'jalik faoliyati uchun foydali bo'lgan turlarini ko'paytirish, ba'zi sohalarda moliyaviy va ijtimoiy tomonlama yengilliklarni keltirib chiqaradi. Ularning turlarini ko'paytirish uchun ko'plab ilmiy tadqiqotlar olib borish va kelib chiqish evolutsiyasini chuqur o'rganish algolog olimlarning asosiy vazifalaridan biridir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.B.S.Islomov, M.A.Hasanov,BOTANIKA,Samarqand Davlat Universiteti, "SamDU nashriyoti",.2020-yil.
2.https://byjus.com,biology/algae.
3.https://www.livescience.com
4.https://dictionary.cambridge,org .com.
5.https://www.algaebase.org. QQF