Научная статья на тему 'ANGREN “SUVOQOVA” TOZALASH INSHOOTI KOMMUNAL – MAISHIY OQOVA SUVLAR TARKIBINING TAHLILI'

ANGREN “SUVOQOVA” TOZALASH INSHOOTI KOMMUNAL – MAISHIY OQOVA SUVLAR TARKIBINING TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
indikator-saprob suvo’tlari / polisaprob zona / mezosaprob zona / oligosaprob zona / Cyanophyta / Bacillariophyta / Euglenophyta / Chlorophyta / Chrysophyta.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Xurmatoy Turdalieva, Munisa Mamadiyeva

Hozirgi paytda ifloslangan suvlarni biologik indeksatsiya qilishda bir qancha sistemalar mavjudligini ta`kidlash kerak. Bu borada algologiyada suvlarni indikator-saprobiologik darajasini anikdash, ya`ni uni organik moddalar bilan ifloslanganligi va ularning parchalanishi oqibatida xosil bo’lgan moddalar va ularning xosilalarining darajasi xisobga olinadi. Suvning sifati va uning ifloslanish darajasini belgilashda ikki xil usuldan foydalaniladi. Birinchisi, suvdagi indikator organizmlar bo’yicha, ikkinchisi esa suvning turli xil qismlarining ifloslangan joylaridagi indikator-saprob organizmlar nazorat varianti bilan qiyoslash yo’li bilan amalga oshiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ANGREN “SUVOQOVA” TOZALASH INSHOOTI KOMMUNAL – MAISHIY OQOVA SUVLAR TARKIBINING TAHLILI»

ANGREN "SUVOQOVA" TOZALASHINSHOOTIKOMMUNAL -MAISHIYOQOVA

SUVLAR TARKIBINING TAHLILI

Xurmatoy Turdalieva, b.f.f.d. (PhD), xurmatoysultanova@smail.com

Munisa Mamadiyeva, magistrant, mamadiyevamunisa@smail.com O'zbekiston Milliy universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11508246 Annotatsiya. Hozirgi paytda ifloslangan suvlarni biologik indeksatsiya qilishda bir qancha sistemalar mavjudligini ta kidlash kerak. Bu borada algologiyada suvlarni indikator-saprobiologik darajasini anikdash, ya^ni uni organik moddalar bilan ifloslanganligi va ularning parchalanishi oqibatida xosil bo'lgan moddalar va ularning xosilalarining darajasi xisobga olinadi. Suvning sifati va uning ifloslanish darajasini belgilashda ikki xil usuldan foydalaniladi. Birinchisi, suvdagi indikator organizmlar bo 'yicha, ikkinchisi esa suvning turli xil qismlarining ifloslangan joylaridagi indikator-saprob organizmlar nazorat varianti bilan qiyoslash yo'li bilan amalga oshiriladi.

Kalit so'zi. indikator-saprob suvo'tlari, polisaprob zona, mezosaprob zona, oligosaprob zona, Cyanophyta, Bacillariophyta, Euglenophyta, Chlorophyta, Chrysophyta.

Аннотaция. В настоящее время следует отметить, что существует несколько систем биологического индексирования загрязненных вод. В связи с этим в альгологии определяют индикаторно-сапробиологический уровень воды, то есть загрязненности ее органическими веществами и рассчитывают уровень веществ, образующихся в результате их разложения, и их свойства. Для определения качества воды и уровня ее загрязнения используются два разных метода. Первый проводится по индикаторным организмам в воде, а второй - путем сравнения индикаторно-сапробных организмов на загрязненных территориях разных участков воды с контрольным вариантом.

Ключевое слово. индикаторно-сапробные водоросли, полисапробная зона, мезосапробная зона, олигосапробная зона, Cyanophyta, Bacillariophyta, Euglenophyta, Chlorophyta, Chrysophyta.

Annotation. Currently, it should be noted that there are several systems for biological indexing of contaminated waters. In this regard, in algology, the indicator-saprobic level of water is determined, that is, its contamination with organic substances, and the level of substances formed as a result of their decomposition and their properties are calculated. Two different methods are used to determine water quality and pollution levels. The first is carried out using indicator organisms in water, and the second is by comparing indicator-saprobic organisms in contaminated areas of different areas of water with a control variant

Key word. indicator-saprobic algae, polysaprobic zone, mesosaprobic zone, oligosaprobic zone, Cyanophyta, Bacillariophyta, Euglenophyta, Chlorophyta, Chrysophyta

KIRISH. Bugungi kunda dunyoda suv zahiralaridan samarali foydalanish, resurstejamkor texnologiyalarni ishlab chiqish va qo'llash, toza suvning barqarorligini taminlash, ayniqsa sanoat chiqindi suvlarini biologik tozalash orqali undan qayta foydalanish muhim vazifalardan bo'lib qolmoqda. Ayniqsa, antropogen yuk yuqori bo'lgan aholi yashash joylaridan chiqadigan oqova suvlarni biologik xilma-xilligini o'rganish, gidrobiontlar rivojlanishining mavsumiy dinamikasi, suvning sanitariya-epidemiologik holatini baholab borish, oqova suvlarning biologik tozalash hamda ulardan qayta foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqish bugun kundagi muhim vazifalardan

hisoblanadi.

Jahonda antropogen omillar yuqori tasir ko'rsatayotgan hududlardagi suv tozalash inshootlari oqova suvlari albgoflorasini invertarizatsiyalash, dominant turlarini mavsumiy va miqdoriy dinamikasini o'rganish, suvning indikator-saprob xususiyatlarini baholashda suvo'tlarning rolini ochib berish, oqova suvlarda introduktsiyalangan yuksak suv o'simliklarini o'stirish orqali suvni biologik tozalash hamda yuksak suv o'simliklaridan olingan biomassani turli maqsadlarda (ozuqa, o'g'it) foydalanishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shunga ko'ra, aholisi yildan-yilga oshib borayotgan hududlarda suv tozalash inshooti albgoflorasini to'liq inventarizatsiya, albgoflora tarkibidagi indikator-saprob turlarni suvning ekologiya-sanitariya holatini baholashdagi ahamiyatini ochib berish, oqova suvlarda yuksak suv o'simliklarini introduktsiyalash va o'stirish orqali suvni biologik tozalash hamda biomassasini o'txo'r baliqlarni oziqlantirishda foydalanish muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.

Adabiyotlarning tahlili. Aholining zieh joylashganligi va sanoatning jadal rivojlanishi oqibatida sharoitlar keskinlashgan bugungi davrda suvlarni biologik tozalash texnologiyalarini joriy etish ekologik vaziyat va inson yashash muhitining yaxshilanishiga imkon yaratadi [1].

Tabiatni muhofaza qilishning ustuvor sohalaridan biri - suv havzalarini muhofaza qilishdir. Suv resurslarini muhofaza qilishning muhim yo'nalishlari - tejamkor yangi texnologiyalarni joriy qilish, turli oqova suvlarni tozalashning ekologik xavfsiz, iqtisodiy arzon va samarali usullarini yaratishdir [2].

Ilmiy adabiyotlarda suvo'tlarning noqulay omillarga moslashuvi haqida ham talaygina malumotlar mavjud [3-4-5].

R.Kolkvits va M.Marsson (Kolkvitz, Marsson, 1908, 1909) lar "indikator-saprob organizmlar" kabi tushunchalar kiritilgan. Ularning suvni ifloslanganlik darajasini aniqlash sistemasi ekologik tamoyillarga asoslangan bo'lib, Yevropa mamlakatlarida tez tarqalgan. G.I.Dolgov va Ya.Ya. Nikitinskiy (1927) ishlab chiqdilar. Keyinchalik bu sistema xar tomonlama takomillashtirilgan (Dolgov, Nikitinskiy 1927; Jadin, Rodina, 1950; Zelinka, Marvan, 1961; Liebmann, 1962; Sladecek, 1973; Makrujin, 1974; Hanel, 1979 va boshq.).

Suv xavzalarini ifloslanganlik darajasini biologik jihatdan baholash metodini A.E.Ergashev va shogirdlari taklif etganlar. Ular 800 dan ortiq tabiiy suv havzalarini turli-xil darajadagi toza yani, eng toza tog'li joylardagi ko'llardan tortib eng ifloslangan shaharlar tozalash inshootlari suvlarini tekshirish natijasida 3 ta bosqichdan iborat ifloslanganlik va 3 ta suvni o'z-o'zidan tozalanish xususiyatlarini organik birikmalarini parchalanib, mineral xolga kelishini qayd etganlar va quyidagi 3 ta indikator-saproblik darajasini taklif etganlar.

1. Polisaprob zona - juda ham ifloslangan suv havzalari, organik moddalarning parchalanish jarayoni kuchli kechadi.

2. Mezosaprob zona - suv havzalarida organik moddalarning parchalanish jarayoni tugallanib organik moddalarning parchalanish jarayoni boshlanadi.

3. Oligosaprob zona - suv havzalaridagi organik moddalar to'liq parchalanib, mineral xolga

keladi.

Keyinchalik, R. Kolkvits va M. Marsson (Kolkvitz, Marsson, 1908, 1909) lar mezoindikator-saprob zonani alfa-mezoindikator-saprob va beta-mezoindikator-saprob zonalarga ajratgan. Ulardan, birinchisi poliindikator-saprob zonaga yaqin bo'lib, yuqori darajada organik brikmalar bilan ifloslangan, ikkinchisi esa oligoindikator-saprob zonaga yaqin turadi. Kolkvits va Marssonlar tomonidan fanga "indikator-saproblik zonasi" va "indikator-saprob organizmlar" kabi tushunchalar kiritilgan. Ularning suvni ifloslanganlik darajasini aniqlash sistemasi ekologik tamoyillarga

asoslangan bo'lib, Yevropa mamlakatlarida tez tarqalgan. Shunga o'xshash sistemani Sobiq ittifoqda birinchi bo'lib G.I.Dolgov va Ya.Ya.Nikitinskiy (1927) ishlab chiqdilar. Keyinchalik bu sistema xar tomonlama takomillashtirilgan (Dolgov, Nikitinskiy 1927; Jadin, Rodina, 1950; Zelinka, Marvan, 1961; Liebmann, 1962; Sladecek, 1973; Makrujin, 1974; Hanel, 1979 va boshq.).

Hozirgi paytda ifloslangan suvlarni biologik indeksatsiya qilishda bir qancha sistemalar mavjudligini takidlash kerak. Bu borada algologiyada suvlarni indikator-saprobiologik darajasini aniqlash, yani uni organik moddalar bilan ifloslanganligi va ularning parchalanishi oqibatida xosil bo'lgan moddalar va ularning xosilalarining darajasi xisobga olinadi. Bu borada suvning indikator-saproblik xususiyatini aniklashda R.Kolkvitts va M.Marsson (1908) lar tomonidan taklif etilgan sistemasi asosiy o'rinda turadi. Bu sistema vaqt o'tishi bilan Pantle va G.Buk xamda M.Zelinke va P.Marvanlar tomonidan takomillashtirilgan.

Suvning biologik tahlili boshqa usullar bilan bir qatorda, suv havzasining holati va suvning sifatini nazorat qilishda keng qo'llaniladi. Bunda suvdagi boshqa organizmlar bilan bir qatorda suvo'tlaridan ham keng foydalaniladi. Chunki ular atrof - muhitni o'zgarishini tezda sezuvchi indikator organizmlar hisoblanadi.

Suvning sifati va uning ifloslanish darajasini belgilashda ikki xil usuldan foydalaniladi. Birinchisi, suvdagi indikator organizmlar bo'yicha, ikkinchisi esa suvning turli xil qismlarining ifloslangan joylaridagi indikator-saprob organizmlar nazorat varianti bilan qiyoslash yo'li bilan amalga oshiriladi.

Polisaprob zonada, yani okova suvlarni quyilish joyida aerob sharoitda oqsillar va uglevodlar parchalanadi. Bu zonada suvda erigan kislorod bo'lmaydi, suvda parchalanishga ulgurmagan oqsillar, vodorodsulfid va uglerod dioksidi uchraydi, biokimyoviy jarayonlar davom etadi.

Angren "Suvoqova" tozalash inshootida suvo'tlarning miqdori 190 tani tashkil etadi. Undan 125 tasi indikator saprob turlar hisoblanadi va bu miqdor umumiy turlar soniga nisbatan 65.8 % ni ta"shkil qiladi (1-jadval). 1-jadval

Angren "Suvoqova" tozalash inshooti algoflorasi tarkibidagi indikator -saprob turlarning takosnomik tarkibi

Bo'limlar Umumiy tur sonidan % hisobida Sinf Tartib Oila Turkum Tur

Cyanophyta 19.1 2 4 4 7 34

Bacillariophyta 26.4 2 4 8 15 47

Euglenophyta 9,5 1 1 1 3 17

Chlorophyta 43.9 3 4 7 13 78

Chrysophyta 1,1 1 1 1 2 4

Jami: 100 9 14 21 35 178

Indikator-saprob suvo'tlar turlarini ichida yashil (42 ta) va diatom suvo'tlari (42ta) etakchilik qiladi, keyingi o'rinlarda ko'k-yashil (25 ta) va yevglena suvo'tlari (15 ta) uchrashi kuzatildi.

Bacillariophyta bo'limiga 42 ta indikator-saprob suvo'tlari mansub bo'lib, ayniqsa, Navícula va Nitzschia turkumlari indikator-saprob turlarga boyligi o'rganildi. Boshqa turkumlarda indikator-saprob turlarning soni kam miqdorda uchrashi kuzatildi.

Chrysophyta bo'limidan Chromulina ovalis va Oochromonas fragilis oligosaprob turlari aniqlangan. Angren "Suvoqova" tozalash inshooti qurilmalarida 7 ta ksinosaprob, 24 ta oligosaprob, 61 ta beta-mezasaprob, 29 ta alfa-mezasaprob va 4 ta polisaprob suvo'tlar aniqlandi. Indikator-saprob

suvo'tlardan, beta-mezasaprob suvo'tlarining ko'pligi Angren shahar oqova suvlarini ifloslanganlik darajasi nihoyatda yuqoriligidan dalolat beradi.

Angren "Suvoqova" tozalash inshooti qurilmalaridan kelgan iflos suvda o'sayotgan indikator-saprob suvo'tlarning indikatorlik xususiyatlari biz tomonimizdan ilk bor o'rganildi. Indikator-saproblik xususiyatiga ega bo'lgan 125 turdagi suvo'tlari aniqlandi. Ular 5 ta bo'limga (Cyanophyta, Chrysophyta, Euglenophyta, Bacillariophyta, Chlorophyta) mansubligi o'rganildi (1 va 2- rasm).

1-rasm. Diatoma vulgare Bory var.vulgare

2-rasm. Scenedesmus acuminatus (Lagerh.) Chod. var. acuminatus

Angren "Suvoqova" tozalash inshooti qurilmalaridan kelgan iflos suvda o'sayotgan indikator-saprob suvo'tlarning indikatorlik xususiyatlarini o'rganish asosida oqova suvlarni tozalash inshootiga kirish joyidagiga nisbatan uni chiqish qismidagi suvning indikator-saproblik darajasi o'zgarib, beta-mezasaprob darajasigacha pasayishi kuzatildi.

2-jadval

Angren "Suvoqova" tozalash inshooti algoflorasi tarkibida uchragan indikator-saprob suvo'tlari

Izoh: x (x - o, x -ß , x- а) - ksenosaprob turlar (7 ta), o (o- ß, o- а) - oligosaprob turlar (24 ta), ß (ß -o ß -а ) - beta-mezosaprob turlar (61 ta), а (а- ß) - alfa - mezo-saprob turlar (29 ta), p (p-а, p- ß) - poli-saprob turlar (5 ta)

Suvo'tlari bo'limlari Indikator-saprob suvo'tlari

x x - o x -ß x- а O o- ß o- а в ß -o ß -а а а- ß р-а р- ß Jami indikator saprob turlar

Cyanophyta 1 - - 2 7 1 - 7 - - 4 3 - - 25

Bacillariophyta - 2 - 1 2 6 - 12 1 5 9 4 - - 42

Euglenophyta - 1 - - 1 1 - 4 1 1 1 1 3 - 14

Chlorophyta - - - - 1 - 3 29 - 1 5 2 1 - 42

Chrysophyta - - - - 2 - - - - - - - - - 2

Jami 7 3 - 3 24 8 3 61 2 7 29 10 5 - 125

BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARI: XORIJIY TAJRIBA VA O'ZBEKISTON AMALIYOTI MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA

2024-YIL 22-APREL

Xulosa. Oqova suvlarni tozalash inshootiga kirish joyidagiga nisbatan uni chiqishidagi suvning indikator-saproblik darajasi o'zgarib, beta-mezasaprob darajasigacha pasayganligi kuzatildi. Beta-mezasaprob suvo'tlarining ko'pligi Angren shahar oqova svlarini ifloslanganlik darajasi yuqoriligi bilan izohlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Таубаев Т., Буриев С. Биологическая очистка сточных вод. Фан, 1980. 151 с.

2. Каримова Б.К. Альгофлора водоемов Юга Кыргызстана. Бишкек. Технология, 2002. 214с.

3. Раимбеков К.Т., Шоякубв Р.Ш. Некоторые особенности биологии цветения и вегетативное размножение Eichornia crassipes Solms. В условиях интродукции. // ДАН РУз. 1978. № 3.76-76с.

4. Алекин О.А., Семенова А.Д., Скопинцева Б.А. Руководство по химическому анализу вод суши. Л. Гидрометеоиздат, 1973, 270 с.

5. Sladecek V.System of water quality from the biological point of view // Arch. Hydrobiol. Ergoeb. 1973. Bd. 7. S. 210-218.

6. Turdalieva X.C., Ibragimova Z.Yu., Yuldasheva Sh.B. Angren "Suvoqava" tozalash inshooti suvo'tlarining taksonomik tahlili. OzMU Xabarlari. №3/2. Toshkent 2023. 130-132 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.