Научная статья на тему 'KOLLEKTOR SUVLARIDA MIKROSKOPIK SUVO’TLARINING O’SISHI VA MINERAL MODDALARDAN TOZALASH XUSUSIYATI'

KOLLEKTOR SUVLARIDA MIKROSKOPIK SUVO’TLARINING O’SISHI VA MINERAL MODDALARDAN TOZALASH XUSUSIYATI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
21
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Chlorella sp / Shimoliy kollektor / muallaq moddalar / gidrobiologik / organic modda / mineral modda.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Qobilov Aziz Muxtorovich

Mikroskopik suvo’tlarining istiqbolli turlaridan biri Chlorella sp o‘sishi va rivojlanishi natijasida zovur suvini kislorod bilan boytadi, kislorod esa, organik moddalarning parchalanishi uchun sarflanib ularni mikroorganizmlar yordamida mineral moddalarga aylantiradi. Bu esa mineral moddalar hisobiga o’suvchi yashil suvo‘tlarni o‘sib rivojlanishini ta’minlaydi va kollektor suvining tarkibidagi har xil zaharli kimyoviy moddalardan tozalash xususiyatini namayon qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KOLLEKTOR SUVLARIDA MIKROSKOPIK SUVO’TLARINING O’SISHI VA MINERAL MODDALARDAN TOZALASH XUSUSIYATI»

KOLLEKTOR SUVLARIDA MIKROSKOPIK SUVO'TLARINING O'SISHI VA MINERAL MODDALARDAN TOZALASH XUSUSIYATI Qobilov Aziz Muxtorovich

Bukhara State University, 11, Mukhammad Ikbol Street, Bukhara, 200118, Uzbekistan

https://doi.org/10.5281/zenodo. 8361999

Annotatsiya. Mikroskopik suvo'tlarining istiqbolli turlaridan biri Chlorella sp o'sishi va rivojlanishi natijasida zovur suvini kislorod bilan boytadi, kislorod esa, organik moddalarning parchalanishi uchun sarflanib ularni mikroorganizmlar yordamida mineral moddalarga aylantiradi. Bu esa mineral moddalar hisobiga o'suvchi yashil suvo'tlarni o'sib rivojlanishini ta'minlaydi va kollektor suvining tarkibidagi har xil zaharli kimyoviy moddalardan tozalash x ususiyatini namayon qiladi.

Kalit so'zlar: Chlorella sp, Shimoliy kollektor, muallaq moddalar, gidrobiologik, organic modda, mineral modda.

Аннотация. В результате роста и развития одного из перспективных видов микроскопических водорослей Chlorella sp обогащает скважинную воду кислородом, а кислород используется для разложения органических веществ и превращения их в минеральные вещества с помощью микроорганизмы. Это обеспечивает рост зеленых водорослей, разрастающихся за счет минеральных веществ, и проявляет свойства очистки коллекторной воды от различных ядохимикатов.

Ключевые слова: Chlorella sp, Северный коллектор, взвешенные вещества, гидробиологические, органическое вещество, минеральное вещество.

Abstract. As a result of the growth and development of one of the promising species of microscopic algae, Chlorella sp enriches well water with oxygen, and oxygen is used to decompose organic substances and convert them into minerals with the help of microorganisms. This ensures the growth of green algae, which grow due to mineral substances, and exhibits the properties of purifying collector water from various pesticides.

Keywords: Chlorella sp, Northern reservoir, suspended matter, hydrobiological, organic matter, mineral matter.

Yer yuzida aholi sonining ortib borishi bilan turli xil tabiiy tizimlarga, birinchi navbatda, turli tipdagi suv havzalariga antropogen ta'sirlar ham oshib bordi. Bu esa atrof-muhitni fzik-kimyoviy ko'rsatkichlarining o'zgarishiga va ekologik tizimlarning tabiiy holatini buzilishiga sabab bo'ldi. Suv havzalarida uchraydigan ko'plab organizmlarni ya'ni o'simlik va hayvonot dunyosining yashashi va ko'payishiga ta'sir ko'rsatdi. Ba'zi o'simlik turlari ifloslangan suv havzalarida ham o'sib rivojlanib ko'paya oladi. Organik moddalarga boy bo'lgan suvliklarda o'sadigan o'simlik turlari suvni mineral moddalardan tozalash xususiyatini namoyon qiladi. Suvni tozalash bilan bir qatorda katta miqdorda yashil biomassa hosil qiladi. Hosil bo'lgan kata miqdordagi biomassadan qishloq xo'jaligining turli sohalarida foydalanish mumkin. Qishloq xo'jaligining turli tarmoqlarida mikroskopik suvo'tlaridan qo'shimcha ozuqaviy moddalar sifatida foydalanib kelinmoqda. Aynan Chorva mollarini yosh buzoqchalar hamda sigirlarga qo'shimcha oziqa qilib Chelorella quruq massasi berib borilda qoramollar qonning biokimyoviy, gematologik va morfologik ko'rsatkichlarini oshirishga, metabolik jarayonlarni kuchaytirishga va hayvonlarning o'ziga xos bo'lmagan immunitetini oshirishga kompleks ta'sir ko'rsatadi.

Misgurnus anguillicaudatus lichinkalariga Chlorella pyrenoidosa hamda Moina micrura qo'shib oziqlantirilganda boshqa vriantdagilarga nisbatan baliqlaning o'sishiga, o'girligiga ijobiy ta'sir ko'rsatgan. Mikroskopik suv o'simliklarining yana bir xususiyatlaridan biri oqava suvlarni organo-mineral moddalardan tozalashdir. Chorvachilik korxonalaridan chiqadigan oqava suvlar tarkibidagi biogen elementlarni samarali yo'q qilish uchun suvo'tlardan foydalanish ananaviy anaerob usullar bilan solishtirganda yangi usullarning afzalliklari yuqoriligi qayd qilindi.

Oqava suvlar tarkibi xususiyatlari ishlab chiqarish korxonasining faoliyati bilan bog'liq. Fenolli birikmalar bilan ifloslangan oqova suvlarni tozlashda eng istiqbolli tur Cladophora aegagropila yashil suvdo'ti bo'lib hisoblanadi. Finlyandiyaning Turku universiteti hamda M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining birqator bilan birgalikda oqova suvlarni organik birikmalardan, shuningdek, azot va fosfordan tozalashning eng samarali usuli biologic usul ekanligi qayd qilindi, hosil bo'lgan suv o'tlari biomassasi esa bioyoqilg'ini qayta ishlashga yaroqli ekanligini isbotladi.

Optimal o'sish sharoitida Chlorella biomassasi 25-50% protein, 5-35% uglevodlar va 520% yog'lardan iborat bo'lib, ular to'yinmagan yog'li kislotalar shaklida mavjud bo'lib, ularning katta qismi stearik, oleyk, araxidonik, linolenik va linoleik kislotalar, 5-10% mineral moddalar, asosan fosfor, oltingugurt va magniy, shuningdek, karotin, C va K vitaminlari va B guruhi vitaminlari.

Tadqiqod metodologiyasi

Kollektor suvlarida tarqalgan suvo'tlarining tur tarkibini aniqlab, ular ichidan oqsilga, uglevodlarga, vitaminlarga antibiotiklarga boy bo'lgan yashil suvo'tlari vakillaridan Chlorella sp ning algologik toza hujayrasi ajratib olindi. Algologik toza hujayraning zovur suvlarida ko'payishi va suvlarni organo-mineral moddalardan tozalanishini o'rganish uchun laboratoriya sharoitida tajribalar o'tkazildi.Tajriba uchun olib kelingan suv alohida 5 litrlik plastmassa idishlarga solindi hamda idishdagi oqova suvga ajratib olingan Chlorella spni 1,5 mln/ml hujayrasi ekildi hamda mikrokompressor (SB-648) yordamida aralashtirib turildi. Oqava suvning Chlorella sp ni hujayralarini ekkanga va ekkandan keyingi kimyoviy tarkibini o'zgarishi aniqlab borildi.

Natija

Tajribalar o'tkazishdan Shimoliy kollektor suvidan namunalar keltirilib, ularning fizik-kimyoviy tarqibi aniqlandi (l.jadval). Shimoliy zovur suvining tarkibida nitratlar miqdori 7,8 mg/l, xloridlar 0,78 g/l, sulfatlar 3,8 g/l ni, tashkil qildi.

l.jadval

Shimoliy kollektor suvining fzik-kimyoviy tarkibi

№ Ko'rsatkichlar Shimoliy zovur Tajribaga qadar hujayralar soni, mln/ml

1 Harorat 0S 22,5±0,47 1,5

2 Rangi tiniq

3 pH 6,5

4 Muallaq moddalar mg/l 65,0±1,8

5 Quruq qoldiq, mg/l 5,0±0,17

6 Suvda erigan kislorod miqdori, mg O2/l 6,6±0,19

7 Kislorodning biokimyoviy sarflanishi (KBS5), mg Ü2/l 13,1±0,36

8 Azot ammoniy, mg/l 2,2±0,07

9 Nitritlar, mg/l 0,04±0,001

10 Nitratlar, mg/l 7,8±0,28

11 Xloridlar, g/l 0,78±0,02

12 Sulfatlar, g/l 3,9±0,15

13 Fosfatlar, mg/l 0,1±0,003

14 Temir, mg/l 0,1±0,002

Zovur suvlarida Chlorella sp ning ko'payishi uchun mikrokompressorlar yordamida aralashtirib turildi. Tajriba davomida suvning harorati 25-30 0S yorug'lik 10-15 ming luks atrofida bo'ldi. Chlorella sp yordamida tozalash uchun bir nechta tajribalar o'tkazildi. Hujayralarining ko'payishi kuzatildi va soni Goryaev kamerasi orqali aniqlab borildi.

Chlorella sp ni zovur suvida o'sishi 6 kun davom etdi. Tajriba oxirida Shimoliy zovur suvida hujayralar soni 10,5 mln/ml ga gacha ko'paydi (2.jadval).

2.jadval

Shimoliy zovur suvlarida Chlorella sp ning kunlik o'sishi

№ Tajribadagi suvo'tlar Hujayralar soni, mln/ml Ho'l biomassa gl

1-kun 2-kun 3-kun 4-kun 5-kun 6-kun

1 Shimoliy zovur suvi + Chlorella spning 1,5 3,3 ±0,15 4,9 ±0,20 6,6 ±0,25 8,2 ±0,35 10,5 ±0,38 0,10

Tajriba oxirida Chlorella sp hujayralari sentrafuga yordamida ajratib olindi. Tajribaning oxirida suvlarning fizik-kimyoviy tarkibi aniqlandi (3.jadval).

Laboratoriya sharoitida o'tkazilgan tajribalar natijasida suvlardagi muallaq moddalarning hamda quruq qoldiqlarning ma'lum miqdorda kamayishi kuzatildi. Quruq muallaq tarkibidagi mineral moddalar suvo'tlarining rivojlanish uchun sarflanadi. Chlorella sp hujayralarning ko'payishi natijasida, ya'ni, fotosintetik jarayon hisobiga suvdagi kislorodning miqdori 12,5-13,5 mg/l gacha ko'paydi. 4.1.4. jadval

Shimoliy zovur suvlarining Chlorella sp o'stirilgandan (6-kun) keyingi fizik kimyoviy

tarkibi

Ko'rsatkichlar Shimoliy zovur

№ Nazorat Tajriba

1 Harorat 0C 22,5±0,47 25,5±0,38

2 Rangi Tiniq Tiniq

3 pH 6,5 7,5

4 Muallaq moddalar mg/l 65,0±1,8 10,2±0,32

5 Quruq qoldiq, mg/l 5,0±0,17 3,5±1,2

6 Suvda erigan kislorod miqdori, mg О2Л 6,6±0,19 12,5±0,47

7 Kislorodning biokimyoviy sarflanishi (KBS5), mg O2/l 13,1±0,36 1,2±0,04

8 Azot ammoniy, mg/l 2,2±0,07 Yo'q

9 Nitritlar, mg/l 0,04±0,001 Yo'q

10 Nitratlar, mg/l 7,8±0,28 Yo'q

11 Xloridlar, g/l 0,78±0,02 0,73±0,02

12 Sulftlar, g/l 3,9±0,15 3,7±0,14

13 Fosfatlar, mg/l 0,1±0,003 Yo'q

14 Temir, mg/l 0,1±0,002 Yo'q

Tajriba oxirida oqova suvning fzik-kimyoviy tarkibi aniqladi. Bunga ko'ra suv tarkibidagi biogen elementlar to'liq o'zlashtirildi. Shuning hisobiga chlorella sp hujayralar soni 1,5 mln/ml dan10,5 mln/ml gacha ortdi Suvlar tarkibidagi azotli birikmalar, nitritlar, nitratlar, fosfatlar hamda temir elementlari suvo'tlari tomonidan to'liq o'zlashtirildi. Tajribalar natijasida suvlar tarkibidagi xloridlar miqdori 6.5 % ga va sulfatlarning miqdori esa 5,2 % ga kamayishi kuzatildi.

Shimoliy zovur suvining tarkibidagi erigan kislarodning miqdori, kislarodning biokimyoviy sarflanishi va oksidlanish darajasi hamda mineral tuzalarning miqdori zovur suvlariga tashlanayotgan har xil iflos oqava suvlar va ekin maydonlariga ishlatiladigan mineral moddalarga bog'liq. Suv havzasini suvo'tlari yordamida har xil organo-mineral moddalardan tozalash biotexnologiyasini yaratish natijasida suv havzasini gidrobiologik sharoiti yaxshilanadi va fitofag baliqlar uchun tabiiy oziqa ba'zasi ortadi bu esa suv havzasidagi trofik zanjirning oxirgi bo'g'ini hisoblangan baliqlarning yashash sharoiti yaxshilanishiga olib keladi Xulosa

Chlorella sp o'sishi va rivojlanishi natijasida zovur suvini kislorod bilan boytadi, kislorod esa, organik moddalarning parchalanishi uchun sarflanib, ularni mikroorganizmlar yordamida mineral moddalarga aylantiradi. Bu esa mineral moddalar hisobiga yashil suvo'tlarni o'sib rivojlanishini ta'minlaydi va zovur suvining tarkibidagi har xil zaharli kimyoviy moddalardan tozalaydi.

REFERENCES

1. Bishop WM, Zubeck HM (2012). Evaluation of Microalgae for use as Nutraceuticals and Nutritional upplements. J Nutr Food Sci 2:147. doi:10.4172/2155-9600.1000147.

2. Bogdanova, A. A., & Flerova, E. A. (2018). Biochemical and hematological composition of blood of cattle fed with Chlorella. Regulatory Mechanisms in Biosystems, 9(2), 244-249. doi:10.15421/021836

3. Ван, Ю., Ху, M., сао, Л.и др. (2008). Влияние дафнии (Moina micrura) плюс хлорелла (Chlorella pyrenoidosa) или ратсион из микрочастис на рост и выживание личинок голса (Misgurnus anguillicaudatus). Aqyacyлт Инт 16, 361-368 (2008). ЬгтпсУ/дои.оргЛ0Л007/сШ499-007-9150-х)

4. Соловченко А.Е., Лукянов А.А. и другие (2013). Возможности биотенологической переработки селскохозяйственных отходов с исползованием микроводрослей. Вестн. Моск. Ун-та сер. № 16. Биология. 2013. № 4 )

5. Фатихова Н. И., Ягафарова Г. Г. и другие (2016) , Л. Ф. Коржова, С. В. Леонтева, Д. И. Ягафарова очистка сточных вод от фенолных соединений с исползованием водорослей сладоп^ра аегагропила. Вестник технологического университета. 2016. Т.19, №10

6. Qobilov, A. (2023). Laboratoriya sharoitida chlorella sp ning o'sishi va mineral moddalardan tozalash xususiyati (qora-qir ko'li suvida misolida). ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu.Uz), 37(37). извлечено от https://iournal.buxdu.uz/index.php/iournals

buxdu/article/view/10273

7. Muxtorovich, Q. A. (2023). Groundwater Plants Distribution in Bukhara City Circular Collector. INTERNATIONAL JOURNAL OF BIOLOGICAL ENGINEERING AND AGRICULTURE, 2(1), 9-11.

8. Shodmonov F. Q., Kobilov A. M., Okilova G. A. (2023). Propagation of Chlorella vulgaris and Scenedesmus Obliquus in Dengizkul Lake and determination of protein content in them. E3S Web Conf Volume 420, 2023. https://doi.org/10.1051/e3sconf/202342009012

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.