Научная статья на тему 'Xorazm viloyati sharoitida uchraydigan ryaskadoshlarning tur tarkibi va ularnig biofiltrlik xususiyatlari'

Xorazm viloyati sharoitida uchraydigan ryaskadoshlarning tur tarkibi va ularnig biofiltrlik xususiyatlari Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
82
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ryaska / Eyxorniya / Pistiya / Azolla / biologik usul / biologik hovuz / biofiltr o’simliklar / oqova suvlar

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — K.R.Yo’Ldoshev, A.O.Ruzmetov, D.R.Ibadullayeva

Ushbu maqolada Xorazm viloyati sharoitida tabiiy xolda uchraydigan yuksak suv o’simliklari guruxiga kiruvchi ryaska oilasi o’simliklarining tur tarkibi va ulardan oqova suvlarni biologik tozalashda foydalanishning amaliy ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Xorazm viloyati sharoitida uchraydigan ryaskadoshlarning tur tarkibi va ularnig biofiltrlik xususiyatlari»

Xorazm viloyati sharoitida uchraydigan ryaskadoshlarning tur tarkibi va ularnig biofiltrlik xususiyatlari

K.R.Yo'ldoshev A.O.Ruzmetov D.R.Ibadullayeva UrDU

Annotatsiya: Ushbu maqolada Xorazm viloyati sharoitida tabiiy xolda uchraydigan yuksak suv o'simliklari guruxiga kiruvchi ryaska oilasi o'simliklarining tur tarkibi va ulardan oqova suvlarni biologik tozalashda foydalanishning amaliy ahamiyati haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Ryaska, Eyxorniya, Pistiya, Azolla, biologik usul, biologik hovuz, biofiltr o'simliklar, oqova suvlar.

Species composition of ryaska family found in Khorezm region and their biofilter properties

K.R.Yuldashev A.O.Ruzmetov D.R.Ibadullayeva UrSU

Abstract: This article provides information on the species composition of plants of the ryaska family, which belongs to the group of higher aquatic plants that occur naturally in the conditions of Khorezm region, and the practical importance of their use in biological treatment of wastewater.

Keywords: Ryaska, Eichorniya, Pistiya, Azolla, biological method, biological pool, biofilter plants, sewage.

Tadqiqotning dolzarbligi. Xorazm viloyati Amudaryoning quyi qismida, O'zbekiston Respublikasining shimoli g'arbida joylashgan, Qoraqalpog'iston Respublikasi va janubda Buxoro viloyati bilan, g'arbda va janubi g'arbda Turkmaniston respublikasi bilan chegaradosh. Hududining asosiy qismi Amudaryoning so'l sohilida joylashgan.[8]

Xorazm viloyati keskin kontenental murakkab iqlim sharoitiga ega, suvni sho'rlanish darajasi o'ta kuchli. Bu esa qishloq xo'jaligi xamda chorvachilikning turli soxalarida qiyinchiliklar keltirib chiqaradi.Qishloq xo'jaligi ekinlarining asosiy qismi

so'g'orilib ekiladi. Shuning uchun xam viloyatning yillik suv sarfi o'ta yuqoridir . Har yili sug'orish uchun sarflanayotgan suvning katta qismi yerosti suvlarining yer yuzasiga yaqinligi sababli sizot suvlarga aralashib yoki sizot suviga aylangan holda isrof bo'lmoqda. Jami sug'orish uchun sarflanayotgan suvning o'rtacha 4 mlrd m3ning 1.5 mlrd m3 qismi ya'ni 30 foizi drenaj tizimi va zaxkashlar orqali chiqib ketib bexuda isrof bo'lmoqda. Shu bilan birga sanoat, kommunal va qishloq xo'jalik korxonalaridan ajralib chiqayotgan oqava suvlar beton ariqlar, quvurlar orqali toza suvlarga qo'shilib ketmoqda. Ishlab chiqarish korxonalari va fermer xo'jaliklari respublikamizda juda ko'p. Ulardan qancha chiqindi chiqishini ko'z oldingizga keltiring-a! Buning ustiga shaharlardan, zavod va fabrikalardan oqova suvlar chiqadi. Bu esa viloyat ekologik muxitiga salbiy ta'sir ko'rsatmokda Agarda bu suvlar o'z vaqtida tozalanmasa har-xil kasalliklarni tarqatuvchi mikroblar va zararli moddalar manbai bo'lishi mumkin.. Oqova suvlarni sodda, arzon, qulay bo'lgan ekologik xavfsiz biologik usullarda tozalash ishlarini amalga oshirish zarur. Oqova suvlarni fizikaviy va kimyoviy tozalashdan ko'ra biologik usul bilan tozalash sodda, arzon va o'ta iqtisodiy samarali usuldir

Ifloslangan o'qova suvlarni biologik tozalashda biofiltrlik xususiyati yuqori bo'lgan yuksak suv o'simliklari guruxiga kiruvchi pistiya (Pistia stratiotes), eyxorniya (Eichhornia), azolla (Azolla) va ryaska (Lemna minor) o'simliklaridan foydalanish mumkin. [5][7]

Asosiy qism. Ryaska oilasi o'simliklari yuqori ozuqaviy va biofiltrlik xuxusiyatga ega bo'lib,tabiiy xolda tropic va subtropik mintqalarda o'sadi,boshqa xududlarga madaniylashgan o'simlik sifatida tarqalgan. Ryaskaning barcha turlari ko'llar, hovuzlar, zovurlar, botqoqliklar, daryo qo'ltiqlari va boshqa sekin oqadigan suv manbalarida o'sib, suvning ustida va o'rta qatlamida yalpi yashil gilam hosil qiladilar. Mamlakatimizning ko'pchilik viloyatlarida madaniy tur sifatida o'sib rivojlanadi. Xorazm viloyati sharoitida,turli tabiiy va suniy suv havzalarida,ko'llarda hamda zovurlarda uchratish mumkin. [3]

Ryaskadoshlarning hamma vakillarini ingliz tilida - Duckweeds deyiladi. Duck -so'zi suvga sho'ng'ish, suvda suzish, o'rdak; weed-so'zi esa, yovvoyi o't ma'nosini bildiradi. Bu qo'shma so'z o'rdako't yoki suvning tagiga cho'kish va suvning ustida suzish xususiyatiga bo'lgan o't degan ma'noni bildiradi. Mazkur so'zning birinchi ma'nosi uning haqiqiy o'zbekcha nomini, ikkinchi ma'nosi esa o'ziga xos biologic xususiyatini bildiradi. Boshqacha qilib aytganda, o'dako't suvning ustida suzib qalqib o'sishi bilan birga noqulay sharoitda suvning tagiga cho'kish xususiyatiga ham egadir. Uning xalq tilida o'rdako't deb aytilishiga uning o'rdaklar tomonidan juda ishtaxa bilan eyilishi sabab bo'lgan bo'lsa kerak.

Ryaska-o'rdako't mosh urug'ining yarmidek keladigan bargsimon poya va uning tagida 3-5 sm uzunlikdagi ildizdan iborat bo'lgan, suvda suzib o'suvchi nozik

o'simlikdir. Bu o'simlik oddiy va kichik bo'lishiga qaramay, yuqori gulli o'simliklar sinfiga kiritilgan. Chunki uning bargpoyasi, guli va ildizi bor. Poyasi bilan bargi esa birlashib ketgan, uni bargpoya yoki poyabarg ham deyish mumkin. Ilmiy adabiyotlarda bargsimon poya deb yuritiladi. Gulli o'simlik bo'lishiga qaramasdan ryaskaning gullashi juda kam uchraydigan hodisa hisoblanadi. Ryaska asosan kurtaklash yo'li bilan ko'payadi. Bargsimon poya asosining ikki tomonida mahsus qopchiqcha bo'lib, undan yangi kurtak-yosh o'simlikcha o'sib chiqadi. Ancha vaqtgacha bu yosh ryaska ona o'simlik bilan birlashib yuradi. Keyinchalik u ona ryaskadan ajralib chiqib, mustaqil o'sadi. Ko'pchilik vaqtlarda yosh ryaska ona o'simlikdan ajralib chiqmasdanoq, o'zining qopchig'ida yangi kurtak hosil qiladi va u o'sa boshlaydi. Yosh ryaska ona o'simlikdan ajralguncha 2-3 ryaskacha bo'lib turadi. Shu tariqa zanjirsimon o'sish boshlanib ketadi.Bitta ona ryaska o'z qopchig'idan 30 gacha yosh ryaska hosil qiladi. Kurtaklarning o'sib chiqish tezligi ona ryaska keksaygan sari sekinlashadi.Ryaska jinsiy yo'l bilan ham ko'payadi.

Ryaskaning guli bargsimon poyaning yonida joylashgan mahsus qopchiqchada hosil bo'ladi. Gul etilgandan keyin barg poyaning ustidan otilib chiqadi. Ryaskaning guli ochiq, gulkosa, gultojibargi yo'q, bir otaliq yoki onalikdan iborat, bir uyli. Bir o'simlikning o'zida otalik guli alohida va onalik guli alohida bo'ladi. Onalik guli 2 kun va otalik guli 7-9 kun yashaydi. Ryaskaning changlanishi shamol yordamida bo'ladi. Changlanishdan keyin hosil bo'lgan meva pishib etilib suvning tagiga tushadi; u erda tinchlik davriuni o'tab, bahorda undan yosh o'simlikcha etilib chiqadi. Ryaskaning gullash vaqti iyul, avgust oylariga to'g'ri keladi. Ko'pchilik ilmiy adabiyotlarda ryaskaning ildizi uning ovqatlanishi uchun emas, balki ryaskani suvning yuzasida ma'lum holatda tutib turish uchun kerak, bargpoya ildiz vazifasini ham bajaradi deb noto'g'ri fikr yuritiladi. [3][4]

Ko'p yillik ilmiy tajribalar ryaskaning ildizi bargpoyaning suv yuzida muvozanatini tutib turish bilan birgalikda, albatta, haqiqiy ildiz vazifasini ham bajarishini, yani suvda mineral va organik oziq moddalarni o'simlikka etkazib berishini ko'rsatdi. Chunki ryaska vodoprovod suvida o'stirilganida ildizining uzunligi 8-10 sm bo'lganligi, orgono-mineral ozuqa muhitida organik moddaning miqdori 1-1,5 g/l bo'lganida ildizining uzunligi 3-4 sm, organik moddaning miqdori shu muhitda 2-3 g/l bo'lganida ildiz uzunligi 0,3-0,6 sm bo'lganligi kuzatildi. O'z-o'zidan ko'rinib turibdiki, vodoprovod suvida ozuqa moddalar miqdori kam bo'lganligi uchun ryaska o'z ildizini uzaytirib ozuqa qidirishga majbur bo'lgan. Ozuqa moddalari ko'p bo'lgan muhitda esa ildizni uzaytirishga zarurat bo'lmagan. [1][3][6]

Xorazm viloyatida ryaska o'simliklari ko'paytirish va undan chorvachilikda qo'shimcha ozuqa xamda oqova suvlarni biologik tozalashda foydalanish uchun ilmiy-amaliy tajribalar olib borilmoqda.

Ryaskalarning geografik tarqalgan maydonini o'rganish uchun viloyatning 4 ta tumanida kuzatishlar olib borildi. Kuzatishlar Urganch, Xonqa, Yangibozor va Xiva tumanidagi ko'llarda,zovurlardava tabiiy hamda su'niy suv xavzalarda olib borildi.Xorazm viloyati sharoitida ryaskadoshlarning 4 turi borligi aniqlandi.

1. Kichik ryaska (Lemna minor (L) suvning yuzasida erkin suzib o'suvchi kichkinagina o'simlikcha, bargpoyasi tuxumsimon, uzunligi o'sish sharoitiga qarab 2-4 mm gacha, kengligi esa 2-3 mm gacha bo'ladi. Bargpoyaning ostidan bir dona ildiz o'sib chiqadi, 3-6 kurtaklar bir bo'lib yashaydi, yaxshi qishlaydi.

2. Ko p ildizli oddiy ryaska yoki spirodela (Spirodela plyrrhizo (L)) ingliz tilida katta ryaska deb yuritiladi. Ilmiy adabiyotlarda ko'p ildizli oddiy ryaska deb nomlangan. Haqiqatan ham spirodela kichik ryaskaga nisbatan ancha katta-bargsimon poyasining uzunligi 3-10 mm, kengligi 5-8 mm, 2-3 sm uzunlikda 3-15 donagacha ildizlari bo'ladi. Bargsimon poyasinig usti yashil, tagi esa sharoitga qarab qizil-binafsha yoki jigar-binafsha ranglidir.

3. Bukri yoki o 'rkachli ryaska (Lemna gibba L) bargsimon poyasining uzunligi 5-6 mm, kengligi 3-4 mm gacha bo'ladi. Buning boshqa ryaskalardan farqi shundaki, bargpoyanig tagida bir necha pufakchalardan iborat o'rkachcha joylashgan. Bu o'rkachning tarkibidagi pufakcha yoki sharchalar havo bilan to'lgan. Bu o'rkachchaning hajmi erta bahor va kech kuzda kichik, yoz faslida esa kattalashadi. Uning ryaska hayotidagi funksiyasi hozirgacha aniq ma'lum emas. Bukri ryaska barg poyasining tagidan bir dona ildiz o'sib chiqadi. Bukri ryaskada 3-4 kurtak birlashib o'sadi.

4. Uch pallali ryaska (Lemna trisulca L) suvnig yuzasida emas, balki suv qatlamining o'rtasida suzib o'sadi. Uning bargsimon poyasi uzunroq bo'lib, uzunligi 1 sm gacha, kengligi 2-4 mm. Gullash vaqtida suvning yuzasiga chiqadi. Uch pallali ryaskada qisqagina o'zakchaga bir necha bargpoya birlashib o'sadi.

Tajriba natijasi. Tajribalar ryaskadoshlrning kichik ryaska (Lemno minor)turida olib borildi.

Tajribadan maqsad viloyatdagi mayishiy va qishloq xo'jaligi koxonalardan ajralib chiqadigan oqova suvlarida ryaskalarni o'stirish natijasida biologik tozalash ishlarini olib borish xamda tozalangan suvlardan qayta foydalanish.

Tajribalar UrDU tajriba maydonidagi plastik xovuzlarda loborotoriya sharoitida olib borildi

Xorazm viloyati Xorazm suv ta'minoti MCHJ ga qarashli Urganch shaxar oqova suvlarni tozalash inshoatlaridan ajralib chiqadigan oqova suvlarda kichik ryaska o'stiriladigan hovuzdagi oqava suvning fizik-kimyoviy tarkibi o' rganish quyidagicha natija ko'rsatdi

1-jadval

Tajribagacha va tajribadan keyin, 28 kun

Ko'rsatkichlar Oqova suvning tajribagacha Oqova suvning tajribadan

fizik-kimyoviy tarkibi keyingi fizik - kimyoviy tarkibi

Harorat, t° 23,5 31,8

pH 6,3 7,1

Rangi qo'ng'ir-qizg'ish Rangsiz

Hidi (ballar hisobida) 5,0 1,0

Muallaq moddalar, mg/l 115,5 82,5

Kislorod, mg/l Yo'q 6,8

KBS5 mg/l 123,5 21,7

Oksidlanish, O2 mg/l 147,3 58,9

Ammiak, mg/l 8,4 2,8

Nitritlar, mg/l 0,04 Yo'q

Nitratlar, mg/l 4,3 Yo'q

Sulfatlar, mg/l 148,0 84,0

Xloridlar, mg/l 118,4 87,1

Tajribada boshida ryaska o'simligining umumiy biomassasi 100 g/m2 ni tashkil qilgan bo'lsa, tajriba oxirida esa bu ko'rsatkich 475 g/m2 tashkil qildi.

Natijalar taxlil qilinganda shaxar xo'jalik oqova suvining fizik-kimyoviy tarkibi o'rganilganda, suvning rangi qo'ng'ir-qizg'ishdan rangsiz tusga o'tgani, xidi 5,0 dan 1,0 gacha kamaygani, suvning muxiti pH kislotalikdan ishqoriylikgacha o'zgargani (6,3-7,1), muallaq moddalar miqdori kamaygani (115,5-82,5mg/l), kislorod miqdori ortganligi (0-6.8 mg/l), KBS5 miqdori kamayganligi(123,5 -21 mg/l ), oksidlanish jarayonida 02 miqdori kamaygani (147,3-58,9 mg/l),ammiak kamaygani (8,4-2,8 mg/l), shuningdek nitritlar, nitratlar yo'qolgani, sul'fatlar miqdori 148,0-84,0 mg/l ga, xloridlar miqdori 118,4-87,1 mg/l ga kamayganligi aniqlandi. (1-jadval)

1-rasm.Kichik ryaskaning oqova suvli plastik xovuzlarda ko'payishi Xulosa. O'tkazilgan tadqiqot natijalari kichik ryaska (Lemna minor (L) ni Xorazm viloyatidagi kommunal va qishloq xo'jaligi korxonalari ajralib chiqqan

oqova suvlarida ko'paytirish va suvni tozalash xususiyati yuqoriligini xamda xosil bo'lgan biomassadan baliqchilikga va parrandachilikga sifatli arzon qo'shimcha ozuqa sifatida foydalanish mumkinligi ko'rsatdi. Shundan kelib chiqib sanoat,mayishiy, va boshqa ishlab chiqarish korxonalaridan chiqadigan oqova suvlarni, ifloslangan ko'l va suv havzalarini biologik tozalash va qayta ishlatishda kichik ryaska o'simligidan foydalanishni tavsiya etamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Talukdar M.Z.H., Shahjahan M., Rahman M.S. Suitability of duckweed (Lemna minor) as feed for fish in polyculture system // International Journal of Agricultural Research, Innovation and Technology (IJARIT). - 2012. - V 2 (1). - P 42-46.

2. Nekoubin H, Sudagar M. Effect of Different Types of Plants (Lemna Sp., Azolla filiculoides and Alfalfa) and Artificial Diet (With Two Protein Levels) on Growth Performance, S urvival Rate, Biochemical Parameters and Body Composition of Grass Carp (Ctenopharyngodon idella) // J Aquac Res Development. - 2013. - V. 4. - P 167-169.

3. A. M. Muzaffarov, T. T. Tauboyev, M. Abdiyev. Ряски и методы их массового культивирования. «Fan» Toshkent-1970 .3-18 b.

4. Музаффаров А.М., Таубаев Т.Т. Охрана водоем и роль высшей водной растительности и водорослей в очистке коммунально- промышленных стоков// Мат.совещ.по охраны объектов раст мира рек Средней Азии и Казахстана. Ташкент. 1971.С.5-7.

5. Qutliyev J.(1989).Oqova suvlarni tozalashda biologik hovuzlarning hizmati.Toshkent.O'zbekiston.Fan nashiryoti.3-12 b.

6. Bo'riyev S.BJalolov E.B,Yo'ldoshov L.T. (2020). Ryaska va pistia o'simliklarini chorvachilikda,parrandachilikda hamda baliqchilikda qo'llash.Buxoro.13-15b.

7. Yuldoshov L.T., Bo'riev S.B. Oqava suvlarni biologik uslubda tozalashning biotexnologiyasi Mikroskopik suvo'tlari va yuksak suv o'simliklami ko'paytirish, ularni xalq xo'jaligida qo'llash // Res.konf. - Buxoro, 2018. - B. 124-128

8. Qurbonniyozov Rustam Xorazm geografiyasi. Urganch 1996 yil. 17-64 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.