Научная статья на тему 'SUVNI SIFATINI BAHOLASHDA INDIKATOR – SAPROB SUVO‘TLARIDAN FOYDALANISH'

SUVNI SIFATINI BAHOLASHDA INDIKATOR – SAPROB SUVO‘TLARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

161
86
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Suvo„tlari / suvining ifloslanishi / suv havzalari / indikator – saprob suvo„tlari / tahlil / Водоросли / загрязнение воды / водоемы / индикаторно сапробные водоросли / анализ.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Zulayxo Asadovna Ismatova, Shoxsanam Nuriddinovna Kamolova

Indikator – saprob suvo„tlari turlari suvni ortiqcha biogen va mineral elementlardan tozalash xususiyatiga ega bo„lib, ularning turiga qarab, ba‟zi indikator saprob turlar iflos suvlarda, ayrimlari esa faqat toza suvlarda yashash hususiyatiga ega. Ularning suvdagi organik moddalarga nisbatan indikatorlik hususiyatiga qarab, suvning tozalik ko„rsatkichini aniqlash mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Индикаторно-сапробные виды водорослей обладают свойством очищать воду от избытка биогенных и минеральных элементов, и в зависимости от их вида одни индикаторносапробные виды обитают в грязных водах, а некоторые только в чистых водах. Определить показатель чистоты воды можно в зависимости от их индикаторных свойств по отношению к органическим веществам в воде.

Текст научной работы на тему «SUVNI SIFATINI BAHOLASHDA INDIKATOR – SAPROB SUVO‘TLARIDAN FOYDALANISH»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

SUVNI SIFATINI BAHOLASHDA INDIKATOR - SAPROB SUVO'TLARIDAN FOYDALANISH

Zulayxo Asadovna Ismatova

Toshkent davlat pedagogika universiteti dotsenti, PhD

Shoxsanam Nuriddinovna Kamolova

Jizzax davlat pedagogika universiteti doktoranti

Indikator - saprob suvo'tlari turlari suvni ortiqcha biogen va mineral elementlardan tozalash xususiyatiga ega bo'lib, ularning turiga qarab, ba'zi indikator saprob turlar iflos suvlarda, ayrimlari esa faqat toza suvlarda yashash hususiyatiga ega. Ularning suvdagi organik moddalarga nisbatan indikatorlik hususiyatiga qarab, suvning tozalik ko'rsatkichini aniqlash mumkin.

Kalit so'zlar. Suvo'tlari, suvining ifloslanishi, suv havzalari, indikator -saprob suvo'tlari, tahlil

Индикаторно-сапробные виды водорослей обладают свойством очищать воду от избытка биогенных и минеральных элементов, и в зависимости от их вида одни индикаторно- сапробные виды обитают в грязных водах, а некоторые - только в чистых водах. Определить показатель чистоты воды можно в зависимости от их индикаторных свойств по отношению к органическим веществам в воде.

Ключевые слова. Водоросли, загрязнение воды, водоемы, индикаторно -сапробные водоросли, анализ.

Indicator- saprobnye species of algae have the property to clean water from excess nutrients and mineral elements, and depending on their species, some indicator- saprobnye species live in dirty waters, and some - only in clean waters.Water purity can be determined depending on their indicator properties relative to organic matter in water.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Keywords. Algae, water pollution, ponds, indicator saprobnye algae, analysis.

Kirish. Bugungi kunga kelib aholining geografik muhitga bo'lgan ta'siri shu qadar kuchaydiki, natijada atmosfera, gidrosfera, biosfera, litosferaning dastlabki tabiiy holati bir muncha o'zgardi.

Atmosfera va suv toza saqlanmasa, tuproqning erroziyaga uchrashi, o'simlik va hayvon turlarining kamayib ketishi mumkinligi, natijada xalq xo'jaligining zarar ko'rishiga, kishilar salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.

Respublikamiz sanoatini ifloslantiruvchi asosiy manbalar - zavod va fabrikalar, tog' - kon sanoati, kommunal xo'jalik, transport vositalari va qishloq xo'jaligidir. Suv havzalarining ifloslanishiga sanoat va kommunal xo'jalik chiqindi suvlaridan tashqari zovur suvlari ham katta ta'sir ko'rsatishini Jizzax viloyati misolida ko'rish mumkin. Chunki, zovur suvlari dalalardagi tuzlarni, ekinlarga solingan va sepilgan har xil ximikatlarning eritmasini suv havzalariga olib keladi. Bu holat esa daryolar suvining ifloslanishini suvda yashovchi hayvonlarning va suvo'tlarining rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Ushbu muammoni o'rganish maqsadida Sangzor daryosi algaflorasini o'rgandik va tahlil qildik.

Foydalanilgan materiallar va usullar. Algologik, gidrobiologik va statistik metodlar, laboratoriya tahlillari qo'llanilgan.

Olingan natijalar va ularning tahlili. Ma'lumki, suvo'tlari suv havzalari ekosistemasida birlamchi hosil qiluvchi a'zo sifatida muhim ahamiyatga ega. Ularning o'sib rivojlanishi suv havzalaridagi hayvonot olamining ozuqasi, ularning nafas olishi uchun kislorod manbai bo'lib, ekosistemada moddalarning bir turdan ikkinchi turga o'tishida muhim ahamiyatga ega. Suvo'tlari ichida ayrim turlari suvni ortiqcha biogen va mineral elementlardan tozalash xususiyatiga ega, yani indikatorlik vazifasini bajaradi. Suvo'tlarining turiga qarab, suvlarning iflos va tozalik darajalari aniqlanadi. Ba'zi suvo'tlari tarkibidagi indikator saprob turlar iflos suvlarda, ayrimlari esa faqat toza suvlarda yashash hususiyatiga ega. Ularning suvdagi organik moddalarga nisbatan indikatorlik hususiyatiga qarab, suvning tozalik ko'rsatkichini aniqlash mumkin.

O'rganishlar natijasida Sangzor daryosida 522 ta tur va tur xillari borligi, ulardan 134 ta suvo'ti indikator - saprob suvo'ti ekanligi ma'lum bo'ldi. Sangzor daryosida aniqlangan indikator - saprob suvo'tlari daryo bo'yicha aniqlangan jami tur va tur xillari sonining 25,67 % ini tashkil etadi. Sangzor daryosi indikator - saprob suvo'tlarining tarkibiy va miqdoriy

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

tahlilini o'rgandik va shu asosda suvlarning saproblik indeksi, suvning saprob zonasi, suvning sifatiga ko'ra sinf va razryadlarini aniqladik.

Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, daryoning yuqori oqimidan quyi oqimiga qarab borgani sari suvning ifloslanish darajasi ortadi (1,2 - 1,7) va suvo'tlari turlari soni kamayib boradi (282 - 188). Olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, daryoning yuqori oqimidan quyi oqimiga qarab borgani sari suvning ifloslanish darajasi ortadi (1,2 - 1,7) va suvo'tlari turlari soni kamayib boradi (282 - 188). Daryoning yuqori qismida saproblik indeksi (Si) 1,26 ga, o'rta qismida 1,42 ga teng bo'lib, daryo suvining bu qismlari a - o saprob zonaga kirib, 2 "toza" suv sinfi, 2b "tozaroq" razryadiga teng. Quyi oqimida saproblik indeksi (Si) 1,70 ga teng bo'lib, suv B' - mezosaprob zonaga, suvning sifati 3 sinf "qoniqarli suv" sifatining 3a "yetarlicha toza" suv razryadiga kiradi. Daryoning yuqoridan pastga tushgani sari suvning ifloslanish darajasi ortib boradi. Sangzor daryosi suvining o'rtacha tozaligi 2 sinf "toza" suv sifatining 2b "tozaroq" razryadiga teng va u a - oligosaprob zonasiga mansubdir. Oqim bo'ylab saproblilik indeksi (Si) ning o'rtacha summasi 1,46 ga teng.

Olingan ma'lumotlar natijasiga ko'ra Baxmal, G'allaorol, Jizzax tumani aholisi uchun asosiy ichimlik suv zaxirasi xisoblangan bu daryo o'zining tozaligini yo'qotib borayotganlig aniqlandi.

Sangzor daryosiga yana bir ta'sir etadigan omil, bu baxor kelishi bilan daryodan qurilish materiallari olish uchun kelib ketadigan transport vositalarining xarakatlari hisoblanadi. Bundan tashqari aholi tomonidan har xil axlatlarning, kommunal xo'jaligida ishlatiladigan suvlarning, qoldiq suvlarning daryoga tashlanishi kuzatildi. Bu holatlar ham o'z - o'zidan suvning ifloslanishiga olib keladi.

Bu holat nafaqat Sangzor daryosi suvining ifloslanishiga balki, Aydarko'l suvining ham ifloslanishiga, bu suv havzasidagi suvo'tlarining va hayvonot olamining rivojlanishiga ham ta'sir etishi shak - shubhasizdir. Chunki, Sangzor daryosi suvi Tuzkon ko'li orqali Aydarko'lga kelib quyiladi.

Daryoga tashlanayotgan oqovalar, turli xil axlatlar tufayli nafaqat suvning sifati o'zgaradi, balki, xar xil kasalliklarning kelib chiqishiga ham zamin yaratishi mumkin.

Xulosa. Tabiatdagi suv havzalarining o'rni insonlar hayotida muhim ahamiyatga egaligini his qilgan holda ularni toza saqlash nihoyatda muximdir. Uni toza saqlashga har bir kishi o'z hissasini qo'shmog'i, buning uchun esa, farzandlarimizni yoshligidanoq tabiatni sevishni va uni toza va sof holatda saqlash zarurligini, atrof muhitning, suvning ifloslanishi

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

o'zimiz uchun salbiy holatlarga olib kelishini tushuntirib borishlik lozim. REFERENCES

1. Исматова З.А. История изучения водоемов Средней Азии // Вестник НУУз. Спец. вып. 2011. 215 - 216 с.

2. Исматова З.А. Влияние экологических факторов на распространение и развитие водорослей р.Сангзар. «Исследование различных направлений современной науки» сборник материалов XXXVI международной научно-практической конференции. - Москва, 2018. -С.25-29.

3. Ismatova Z.A., Kamolova S.N. Distribution and importance of algae in the geographical environment. Journal of Geography and Natural Resources 3 (02), 2023.

4. Ismatova Z.A. Development of the Algae Flora of the Middle Sangzor River under the Influence of Environmental Factors. Journal of Geography and natural Resources. DOI: https://doi.org/10.37547/jgnr-01-03

5. Ismatova Z.A. Floristic and systematic analysis of the composition of algoflora of the Sangzar River. International Journal of Advanced Science and Technology, Vol. 29, No. 8. 2020. pp.3449-3453.

6. Ismatova Z.A. Systematic analysis of indicator saborbine species of alcohols of the Sangzar river. The Tenth European Conference on Biology and Medical Sciences. European Science Review. - Vienna, 2018. -№3-4. - P. 39-42.

7. Ismatova Z.A. Seasonal development of aquatic of the class Chlorophyta and their distribution on the current of the river Sangzar. The Tenth International Conference on Biology and Medical Sciences. 5th June 2016. Austria, Vienna. -Р. 86-90.

8. Ismatova Z.A., Boltayev O.T. Sangzor daryosi yuqori qismi algoflorasi. VIII Глобальная наука и инновации 2020: Центральная Азия Международный научно-практический журнал. -Казахстан, 2020. -С. 69-72.

8-12.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.