Научная статья на тему 'SUV RESURSLARINI EKOLOGIK BOSHQARISHNING TURLARI VA BIOINDIKATSION YONDASHUV DARAJALARI'

SUV RESURSLARINI EKOLOGIK BOSHQARISHNING TURLARI VA BIOINDIKATSION YONDASHUV DARAJALARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
16
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
suv / resurs / ekologiya / gidrografik / gidroekologiya / gidrologiya / daryo / tuproq.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Mirzabekova Maftuna Abdujalil Qizi, Asqarov Nodirbek Doniyor O’g’li

Jahonda suv resurslariga bo‘lgan ehtiyojning oshishi va undan nooqilona foydalanish, suv resurslariga bo‘lgan antropogen va tabiiy ta'sirlar natijasida suv va suv resurslarining tarkibiy o’zgarishlari, xossalari va ekologik holatining o‘zgarishi, ifloslanish indekslarining oshishi kuzatilmoqda. Bu esa hozirgi iqlim o‘zgarishlari sharoitida barqaror rivojlanishga erishish istiqbollarining buzilishiga va jaxon miqyosida jiddiy ekologik hamda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda. Shu o‘rinda, suv resurslaridagi o‘zgarishlarni ekologik tahlil qilish va ta'sir etayotgan omillarni o‘rganish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SUV RESURSLARINI EKOLOGIK BOSHQARISHNING TURLARI VA BIOINDIKATSION YONDASHUV DARAJALARI»

SUV RESURSLARINI EKOLOGIK BOSHQARISHNING TURLARI VA

BIOINDIKATSION YONDASHUV DARAJALARI 1Mirzabekova Maftuna Abdujalil qizi, 2Asqarov Nodirbek Doniyor o'g'li

1O'zMU tayanch doktoranti, Jizzax Politexnika instituti 2JizPI talabasi, Jizzax shahri I.Karimov ko'chasi 4-uy https://doi.org/10.5281/zenodo.11183772

Annotatsiya. Jahonda suv resurslariga bo'lgan ehtiyojning oshishi va undan nooqilona foydalanish, suv resurslariga bo'lgan antropogen va tabiiy ta'sirlar natijasida suv va suv resurslarining tarkibiy o'zgarishlari, xossalari va ekologik holatining o'zgarishi, ifloslanish indekslarining oshishi kuzatilmoqda. Bu esa hozirgi iqlim o'zgarishlari sharoitida barqaror rivojlanishga erishish istiqbollarining buzilishiga va jaxon miqyosida jiddiy ekologik hamda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar kelib chiqishiga sabab bo'lmoqda. Shu o'rinda, suv resurslaridagi o'zgarishlarni ekologik tahlil qilish va ta'sir etayotgan omillarni o'rganish muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.

Ka'lit So'zlari: suv, resurs, ekologiya, gidrografik, gidroekologiya, gidrologiya, daryo,

tuproq.

Bugungi kun jahon hamjamiyati oldida turgan muammolarni xolis baholashni taqozo etib, suv resurslaridan foydalanishning barqaror rivojlanish konsepsiyasi qabul qilingan: jumladan, ichimlik suvi manbalari, zaxiralari va unga salbiy ta'sir etuvchi omillar, sug'orishda ishlatilayotgan suv resurslarining sifati, miqdori, minerallashuvi, sug'oriladigan yerlarda tuproq sho'rlanish darajalari, kollektor-drenaj suvlarining miqdor va sifat o'zgarishlariga oid ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda[1;2].

Turli mintaqalarning ekologik sharoitlaridan kelib chiqqan holda, suv resurslaridan barqaror foydalanish shartlarini belgilash, maksimal ravishda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish zarur.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga murojaatnomasida 2023-yildagi eng ustuvor yo'nalishlari ichida «ekologiya, ayniqsa, suv masalalari global muammoga aylanib borayotgani, dunyoda bo'lgani kabi O'zbekistonda ham jiddiy ekologik muammolar paydo bo'layotgani suv yetishmasligi, qurg'oqchilik, aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash, tabiatimizni asrab-avaylash, suv, havo va atrof-muhitni toza tutish, suv havzalari va yer osti zaxiralarini muhofaza qilish bo'yicha talablarni kuchaytirish, suvning hisobini ochiq-oshkora yuritish tizimi joriy etish zarurligi», 2019-yil 31- oktyabrdagi «2030-yilgacha bo'lgan davrda O'zbekiston Respublikasining atrof muhitni muhofaza qilish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida» PF-5863-sonli farmoni «...suv va yer resurslaridan oqilona va tejamli foydalanish, tuproq unumdorligi va qishloq xo'jaligi ekinlari hosildorligini oshirish, sug'oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, ekologik toza mahsulotlar ishlab chiqarish» bo'yicha muhim maqsad va vazifalar belgilab berilgan.

Mazkur maqsad va vazifalarni amalga oshirishda, jumladan, Toshkent viloyati suv resurslaridan barqaror foydalanishning ekologik jihatlarini baholash muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston Respublikasining yanada iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilganidek vazifalar aniq ko'rsatilgan. Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda chunonchi - davlatimizni "Barqaror rivojlantirish" bo'yicha qilinadigan ishlar; ayniqsa atrof muhitni muhofaza etish, atmosfera, gidrosfera va litosferalarni

ekologik sharoitini yanada yaxshilash, yangi texnologik usullar qo'llash bilan yondashuv choralarini ko'rish tavsiyalari belgilangan. Ushbu farmon va qarorlarning asosiy maqsadi suv resurslariga bo'lgan munosabatni tubdan o'zgartirish, suv resurslarini doimiy muhofaza qilish, salbiy ekologik oqibatlarni oldini olish, ulardan samarali va oqilona foydalanishni tashkil etishdir. Ushbu farmon va qarorlarning asosiy maqsadi suv resurslariga bo'lgan munosabatni tubdan o'zgartirish, suv resurslarini doimiy muhofaza qilish, salbiy ekologik oqibatlarni oldini olish, ulardan samarali va oqilona foydalanishni tashkil etishdir.

Suv resurslari, ularning miqdor va sifat jihatlari, ekologik sharoitlari rangbarangligi turli mintaqalarda turlicha bo'lganligini sababli, ulardan foydalanishda, muhofaza qilishda va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarilishida hozirgi kundagi iqlim o'zgarishi va har bir mintaqa sharoitlarini hisobga olgan holda suv resurslardan oqilona foydalanish hamda atrof muhitni himoya qilishga qaratilgan bo'lishi zarur[3;4].

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, suv resurslaridan barqaror foydalanishning ekologik jihatlarini va suv resurslarining miqdor va sifat o'zgarishining ilmiy asoslarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Bu esa muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa yuqorida keltirilgan vazifalarni amalga oshirishda suvning qishdoq xo'jaligidagi va ijtimoiy hayotdagi ahamiyati, hozirgi sharoitdan kelib chiqib uning zahiradagi hajmi, tarkibi, sifati ekologik talablarga mosligi, uni real tozalik holatini doimiy laboratoriya sharoitlarida o'rganish dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Suv ta'minotining barcha turlari uchun dunyoda yillik suv sarfi 3300-3500 km3ni tashkil qiladi. Shu bilan birga, barcha suv iste'molining 70% qishloq xo'jaligida ishlatiladi.

Shaharlarning o'sishi, sanoatning jadal rivojlanishi, qishloq xo'jaligining jadal rivojlanishi, sug'oriladigan yerlarning sezilarli darajada kengayishi, madaniy va turmush sharoitlarining yaxshilanishi va boshqa bir qator omillar suv ta'minoti muammolarini tobora murakkablashtirmoqda. Chunonchi shahar hududidan o'tadigan daryo, kanallar, zovurlar, ariqlar suvlarini ifloslanish darajasini, va uni sabablarini aniqlash va ularni oldini olish katta ahamiyatga ega.

Suv resurslarini boshqarishning ekologik va gidrologik jihatlari. Nazariy va amaliy jihatdan ma'lumki suv xo'jaligi sohasining barcha mutaxassislari barcha turdagi suv resurslarini -moddalarning harakatlanishi va muvozanati qonuniga asosan gidrografik havzalar doirasidagi gidrologik sikllarga bog'likligini yaxshi bilishadi. Ammo ularni barchalari ham buni o'z faoliyatlarida inobatga olmaydilar.

Suv resurslari gidrografik havzalar doirasida shakllanadi, harakat qiladi, qaytadi va qayta foydalaniladi. Bu jarayonlarning barchasi uzviy o'zaro bog'liklikda kechadi. Har bir gidrografik havza o'zining asosiy daryo o'zani, uning daryogacha yetib boruvchi va yetib bormaydigan irmoqlari, yer osti suvlarining dinamik zahiralari hamda shakllanadigan qaytuvchi suv resurslariga ega. Daryoning tabiiy suvliligi uning havzasiga yog'uvchi yog'ingarchilik va mazkur havzadan amalga oshadigan bug'lanish, oqim moduli shakllanishi, muzliklar va qor qatlamlaridan shakllanadigan oqimlar hamda yer osti suvlari oqimlariga bog'liq bo'ladi. Havza hududida mavjud bo'lgan suv resurslarining umumiy balansi suvning tabiiy oqib keladigan va oqib ketadigan oqimlari hamda inson tomonidan tabiatga qaytarilayotgan oqimning antropogen tashkil etuvchi qismlaridan iborat bo'ladi [6;7].

Suv balansining mazkur tashkil etuvchilari shu qadar turli darajadaki ularni sanab o'tish mushkul, biroq ularning bari mavjud va ular o'zlari bilan bog'liq tashqi ekologiya muhitlarga ta'sir etadi. Ularni tizimlashtirishga harakat qilamiz:

O'zgarish, natija, oqibat nuqtaiy nazaridan:

- suv yig'ilishi havzasida o'rmonlarning ko'payishi (yoki kamayishi)

- grunt suvlari satxining pasayishi (ko'tarilishi)

- suv hajmi va oqimining yil davomidagi tarqalishining o'zgarishi;

- eroziyaning ko'payishi (yoki kamayishi);

- suv resurslarining shakllanish zonasida dehqonchilik, shu jumladan

-sug'orma dehqonchilik, miqyosning kattalashuvi;

- yerlar mahsuldorligini oshishi;

- suv loyqaligini ortishi;

- pastki gorizontlarga suv oqimini ortishi va quyida joylashgan yerlarda yer osti suv sathining ko'tarilishi;

- sug'orish va boshqa maqsadlar uchun yer usti suvlarini olishni ko'payishi;

- suv olish nuqtalaridan pastda suv oqimining kamayishi;

- daryoda suv sifatini yomonlashishi;

- qaytuvchi suvlarni shakllanishi;

- grunt suvlari oqimini ko'payishi va ularning sifatini o'zgarishi;

- tuproq sifatini o'zgarishi.

Biroq, suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanish bo'yicha qaror qabul qilishda gidroekologik barqarorlik shartidan kelib chiqib, aniq mezonlar ishlab chiqilsa va unga amal qilinsa, yuqorida sanab o'tilgan o'zgarish va ta'sirlarning barchasini muayyan darajada tartibga solinishi mumkin. Bunda:

• daryo va uni to'yintiruvchi suv yig'iluvchi hudud o'rtasida suv va tuz almashinuvi minimumga intilishi lozim;

• aeratsiya zonasi va yer osti suvlari o'rtasida suv va tuz almashinuvi nolga intilishi lozim;

• daryodan olinadigan jami suv resurslari miqdori, ularning tabiat talablarga (daryo deltasi, suv botqoqli hududlar va h.o.) zarar yetkazmaydigan limitidan ortib ketmasligi lozim.

Mazkur barcha mezonlarga nafaqat o'rtacha suvli, balki kam suvli va ko'psuvli yillarda ham amal qilinishi ma'lumotlar, bashorat va modellarning aniqligini, shuningdek havza va uning alohida qismlarida suv resurslarini boshqarish va ulardan foydalanishda qatiy tartibni talab etadi. Afsuski amalda ko'pincha hatto alohida mamlakatlar miqyosida ham maqsadli ravishda disbalans va suv ta'minotining o'zgarishi holatlari vujudga kelmoqda. Tabiiy va antropogen noaniqliklar parametrlari havzalarni gidrografik boshqarishda sezilarli darajadagi murakkabliklar keltirib chiqarmoqda.

Amalda gidrografik noaniqlikning quyidagi turlari mavjud:

• oqimning tabiiy o'zgaruvchanligi;

• bilimlarning yetarli emasligi, ma'lumotlardagi noaniqliklar yoki ularning yetishmasligi tufayli yo'l qo'yilgan xatoliklar;

• modellarning yetishmasligi va ulardagi xatoliklar miqdori;

• o'lchov tizimining rivojlanmaganligi, ulardagi xatoliklar, aproksimatsiyada (matematik miqdorlarni soddaroq miqdorlar ko'rinishida ifodalash) qo'llanilgan noto'g'ri formalar va h.o.;

• daryo yoki uning havzasini boshqarish bo'yicha qabul qilingan qarorlardagi daryo yoki havzaning boshqa bo'limlaridagi o'zgarishlarga, jumladan yer usti yoki yer osti suvlaridagi o'zgarishlarga olib keluvchi noaniqliklar.

So'nggi davrda mintaqada informatsion ta'minot darajasi hatto milliy miqyoslarda ham bir oz pasaydi. Hatto yirik daryolarda ham gidrometeorologik postlar soni kamaydi. Suv sifati

to'g'risidagi ma'lumotlar esa juda kam. Ma'lumot almashinuvi nafaqat mamlakatlar o'rtasida balki mamlakatlar ichida ham yetarli emas. Bularning barchasi boshqaruvdagi noaniqliklarni oshishiga sabab bo'lmoqda. Natijada mintaqada 2000 yilgi qurg'oqchilikni (kam suvlilikni) oldindan aniqlash imkoni bo'lmadi va Sirdaryo va Amudaryo havzalarining ayrim hududlarida katta zararlar ko'rildi [5;7].

Tashqi ta'sirlarga javob tariqasida suv resurslarini barqaror boshqarish o'z ichiga boshqarishga adaptiv yondoshuvini ham olishi kerak.

Suv resurslarini integratsiyalangan boshqaruvi borgan sari adaptatsiyalanayotgan bir vaqtda yanada faol ko'p sektorli hamkorlikka ya'ni xavzaviy boshqarish va rejalashtirishga bo'lgan ehtiyoj orta boradi. Dunyodagi istiqboldagi suv ta'minoti destabillovchi qator omillarni jumladan aholi sonining ortishi, iqtisodiyotni o'sishi, chiqindilar bilan ifloslanishning ortishi kabilarni hisobga olishi bilan birga iqlim o'zgarishi bilan bog'liq bo'lgan suv miqdorning kamayishi ehtimoli kabilarni ham e'tibordan qochirmasligi lozim.

Kundan kunga yangilanayotgan statistik ko'rsatgichlarga qarab xulosa qiladigan bo'lsak, dastavval havotirli holatlar yuzaga kelayotganiga guvohi bo'lamiz. Biroq oldini olish, yechimini topish kabi choralarning barchasi o'zimizning qo'limizda ekanligi, harakatdan va izlanishdan to'xtamaslikka undaydi. Taklif o'rnida chiqarilayotgan qonun, qaror va farmonlar asosida oqava hamda ichimlik suvlariga bo'lgan aholi munosabatini yanada yaxshilash uchun maxsus soha vakillari ishtirokida guruhlar tashkil etilib, nazorat hamda tushuntirish ishlarini bundanda kengroq va ko'proq qilish, zamonaviy mediada ham bu muammolarga chuqurroq yondashib g'oyalar yaratish zarur.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. // O'zbekiston Respublikasining Qonunchilik palatasi, 2015-yil, 14-sentyabr.

2. O'zbekiston Respublikasining 1993 yil 6 maydagi 837 -XII-sonli «Suv va suvdan foydalanish to'g'risida» gi Qonuni, 1993y. 6 may, 837 -XII-sonli.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari. 1996-yil 6-martdagi 887 -XII-sonli.

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2011-2015-yillarda O'zbekiston Respublikasida davlat ekologik monitoringini o'tkazish dasturini tasdiqlash to'g'risida» gi 292-sonli qarori.

5. Исакова Е.Ф., Колосова Л.В. Метод биотестирования с использованием дафний // Методы биотестирования воды. Черноголовка, 1988 С 50-55.

6. Ковалев В. Живая вода. М.:, 2003.

7. ^удратов О., "Саноат экологияси", Укув кулланма, Тош.,2005й.,478 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.