Научная статья на тему 'UZUN TUMANIDA SUV RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISH'

UZUN TUMANIDA SUV RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
31
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
suv resurslari / suv resurslarining taqsimlanishi / yillik yog’in miqdori / daryo terrasalari / nasos stansiyalari. / water resources / distribution of water resources / annual precipitation / river terraces / pumping stations.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Mingaliyev R.O.

Ushbu maqolada Uzun tumanidagi suv resurslarining hosil bo’lishi, taqsimlanishi va ulardan oqilona foydalanish masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RATIONAL USE OF WATER RESOURCES IN UZUN DISTRICT

This article covers the issues of formation, distribution and rational use of water resources in Uzun district.

Текст научной работы на тему «UZUN TUMANIDA SUV RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISH»

Mingaliyev R. O.

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Tabiiy geografiya kafedrasi tayanch doktoranti

UZUN TUMANIDA SUV RESURSLARIDAN OQILONA

FOYDALANISH

Annotatsiya. Ushbu maqolada Uzun tumanidagi suv resurslarining hosil bo'lishi, taqsimlanishi va ulardan oqilona foydalanish masalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: suv resurslari, suv resurslarining taqsimlanishi, yillikyog'in miqdori, daryo terrasalari, nasos stansiyalari.

Mingaliyev R. O. doctoral student Department of Natural Geography National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek

RATIONAL USE OF WATER RESOURCES IN UZUN DISTRICT

Abstract. This article covers the issues of formation, distribution and rational use of water resources in Uzun district.

Key words: water resources, distribution of water resources, annual precipitation, river terraces, pumping stations.

Sayyoramizda jadallik bilan sodir bo'layotgan global iqlim o'zgarishi jarayoni, shu bilan birgalikda aholi soni va iqtisodiyot tarmoqlarining o'sishi suvga bo'lgan talabni tobora oshirmoqda. Yog'ingarchilik yil fasllari va hududlar bo'yicha notekis taqsimlangan arid iqlimda joylashgan O'zbekistonda ham suv resurslariga talab juda yuqori.

Uzun tumani suv resurslarining taqsimlanishi birinchi navbatda iqlimga va relyefga bog'liq. Tuman hududining katta qismi Bobotog' va uning tog' oldi hududlariga to'g'ri keladi. Bobotog'ning tuman hududdidagi g'arbiy yonbag'irlari uzun va sekin-asta pasayib borib Surxondaryoga tutashib ketadi. Bobotog'ning sharqiy yonbag'irlari qisqa va nishablik yuqori,Kofirnihon daryosiga tutashadi, shu bilan birgalikda Shimoldan janubga borgan sari relyef nishabligi pasayib borib, Qumqurg'on tekisliklariga tutashib ketadi. Tuman hududining 2/3 qismi Bobotog' va tog' oldi hududlarga to'g'ri keladi. Hududning qolgan qismi Surxondaryo va Kofirnihon daryolarining terrasalarida joylashgan.

a)

b)

1-rasm. a) Uzun tumanining relyefi, b) Uzun tumanida o'rtacha yillik yog'in miqdori

Uzun tumanida yog'in miqdori tekislikdan tog'ga tomon ortib boradi(1-rasm). Nam havo massalari tog'larga ro'paro bo'lib, yog'ingarchilikka sabab bo'ladi. Yog'inlarning oylar bo'yicha notekis taqsimlanganligi uchun qish, bahor fasllarida Bobotog'dan boshlanadigan ko'plab soylar yoz va kuzda qurib qoladi.

Natijada suv resurslarining taqchilligi yildan-yilga kuchayib boryapti. Shu bois, keyingi yillarda mamlakatimizda yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, ularni boshqarish tizimini takomillashtirish, suv xo'jaligi obyektlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish bo'yicha izchil va keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Bundan tashqari, suv manbalari O'zbekistondagi ko'plab ekotizimlar, jumladan, daryolar, ko'llar va suv omborlari uchun muhim ahamiyatga ega. Suv resurslariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish va ularni boshqarish biologik xilma-xillikni saqlashga, suv sifatini yaxshilashga olib keladi va ekoturizmni saqlash va rivojlantirish imkonini beradi.

Xayotni suvsiz tasavvur etib bo'lmaydi, shuning uchun suv tabiatda eng qimmat tabiiy resusr hisoblanadi. Tabiat hosilasi bo'lgan suv qishloq xo'jalik ekinlari, sanoat korxonasi va insonlar uchun eng muhim boylikdir. Suv modda va energiyaning tabiatda aylanishida va o'simliklarning fotosentiz jarayonida ham

suv faol qatnashadi. Tirik organizmlarni ko'p qismini suv tashkil qilib, shuningdek ularni o'sish va rivojlanishida asos vazifasini o'taydi. Tirik organizmlarda suv almashuvini buzilishi bajarayotgan turli funksiyalarini o'zgarishiga sabab bo'ladi ( Shodimetov 1994).

Tumanning asosiy suv resurslar manbai daryolar, soylar, kanallar, yer osti suvlari hisoblanib, ular qishloq xo'jaligining turli tarmoqlarini rivojlanishida hamda aholining ichimlik suvi bilan taminlashda katta ahamiyatga egadir.

Tuman hududidan To'polondaryo, Obizarang, Qoratog', Qorasuv, Surxon daryolari oqib o'tadi. Uzun tumani hududida jami kanallar soni 9 ta bo'lib, ularning uzunligi 98,2 km ni tashkil etadi. Kanallarning asosiy qismi Qoratog', Surxon va Kofirnihon daryolaridan suv oladi. Aholi va xo'jaliklar ekin maydonlarini suv bilan ta'minlashda shu daryo va kanallardan foydalaniladi.

UZUN TUMANINING GIDROGRAFIK TO'RI

2-rasm. Uzun tumanining gidrografik to'ri.

Tuman ekin yerlarini sug'orishda daryolar, kanallar hamda kanallardagi nasoslar sug'oriladiga yerlarni suv bilan taminlaydi. Sug'oriladigan yerlarni sug'orishda asosiy daryolarga Qoratog', To'polon, Surxondaryo va Kofirnihon daryolari kiradi. Kanallardan Astan, Astan-1, Astan-2, Fayzova, MP-1, Goros, Xatib kanallari hisoblanadi. Surxondaryoning qayir usti I terrasasidagi sug'oriladigan yerlar daryolarning o'zidan suv oladi. Surxondaryoning qayir usti

II, III terrasalaridagi sug'oriladigan yerlar kanal va nasos stansiyalaridan suv oladi. Kanallarning asosiysi qayir usti II, III terrasalar oraligida joylashgan. Kanallar insonlarning qo'l mehnati asosida qazilgan, Surxondaryoning qayir usti II, III terrasalar chegarasida tog' jinslari yumshoq hisoblanadi, shuning uchun asosiy kanallar II, III terrasalar oralig'ida joylashgan, hamda daryo oqimi tomon nishablik bo'ladi. Kanallar ichida Astan kanali muhim hisoblanadi. Astan kanali Qoratog' daryosidan to'g'onsiz suv oladi.

3-rasm. Qoratog' daryosidan to'g'onsiz suv oluvchi Astan kanali

1974- yil Uzun tumani " Vodxoz " bo'limiga foydalanishga topshirilgan, kanalning vazifasi Aston-1, va Aston-2 kanallariga suv etkazib Serharakat hududining 3606 gektar ekin maydonlarini suv bilan ta'minlaydi.

Uzun tumanidagi ekin maydonlar 15094 gektarni tashkil etib, sug'oriladigan yerlar maydoni 10808 gektarni tashkil etadi. Hozirgi kunda iqlim issiq va quruq kelishi insonlar va qishloq xo'jaligida suvga bo'lgan ehtiyoch ortib bormoqda. So'ngi 3-4 yil ichida daryolar suv sathining kamyishi va insonlarni suvga bo'lgan ehtiyojining o'sishi yaqqol namayon bo'lmoqda. Sug'oriladigan ekin maydonlar va tomorqa yerlariga suvdan foydalanish uchun qishloq xo'jalik vazirligi tomonidan viloyatlar va tuman kesimida bir yildan qancha suvdan foydalanish bo'yicha limit ajratilib quyidagi jadvalda keltirilgan.

Surxondaryoning qayir usti III terraslardagi sug'oriladigan ekin maydonlarga nasos stansiyalari orqali suv chiqarilib ekin dalalari sug'oriladi, Surxondaryoning qayir usti III terrasada ekin ekiladigan yerlar katta qismini tashkil etadi.

1-jadval.

Uzun tumaniga 2021- yil oylar kesimida ajratilgan suv limitidan _foydalanishi_

T/R Oylar nomi Oylar bo'yicha suv miqdori, mln m3 da

Belgilangan me'yor Amalda suv resurslaridan foydalanish miqdori Belgilangan me'yor va suvdan amalda foydalanish o'rtasidagi farq

1 Yanvar GG 1,55 -1,55

2 Fevral 11 11,9 -G,9

3 Mart 25,1 3,68 21,42

4 Aprel 15 14,5 G,5

5 May 16 24,72 -8,72

6 Iyun 24,3G 29,55 -5,25

7 Iyul 3G,5G 3G,21 G,29

8 Avgust 16,8G 24,28 -7,48

9 Sentyabr 9,8G 18,57 -8,77

10 Oktyabr 9,8 16,97 -7,17

11 Noyabr 9,6 15,99 -6,39

12 Dekabr GG 9,63 -9,63

Jami 168 201,5 -33,5

Bu yerlarga paxta va g'alla ekinlari almashlab ekiladi. Paxta 1 gektariga 18-2G sentner beradi. Paxta ekinlari yoz oylarida suv tanqisligidan hosil darajasi pasayadi. Bu hududlarga g'alla ekinlarini ekish va suvni kam talab qiladigan ekinlar yoki ko'p yillik ekinlar misol uchun beda o'simligi ekilsa maqsadga muvofiq bo'ladi, asosan tipik bo'z tuproqlar hosil bo'lgan bo'z tuproqlarning ona jinsini, lyoss va lyossimon jinslar tashkil etadi. Lyoss va lyossimon jinslar tarqalgan hududlarda, eroziya va jarlanish jarayoni tezlashadi. Surxondaryoning qayir usti III terrasasida joylashgan Xalqobod, Qo'shqoq, Yuqori namuna, Yangi sharq qishloqlaridagi paxta ekin dalalari atrofida jarlanish jarayonini ko'rish mumkin.

Aholini toza ichimlik suvi bilan ta'minlash masalasi ham har qachongidan dolzarb bo'lib, bu borada muayyan chora-tadbirlar hayotga tatbiq etilyapti.

2-jadval

Uzun tumanidagi suv chiqaradigan asosiy nasos stansiyalari

№ Nasoslar nomi Yer maydoni (ga)

1 Cherishli 175

2 Jonchekka1-2 3GG

3 Dazara-2 189

4 Dazara-3 98

5 Qarg'ali 287

6 Otchopar-1-2-3 2G2

7 Astana-1 413

8 Astana-2 122G

9 J.Pirnazarov 167

10 Serharakat-1-2 347

11 Malik 84

12 Oq tumshuq 98

13 Jonchekka 675

14 Yer osti quduqlari 290

Jami 4545,0

Xulosa qilib aytganda, Uzun tumanida suv resurslari uch xil maqsadda: 1) Aholi uchun toza ichimlik suvi maqsadida; 2) Ishlab chiqarish korxonalari ta'minotida; 3) Qishloq xo'jaligi yerlarini sug'orishda foydalaniladi. Mazkur sohalarning hammasi muhim va dolzarb ahamiyatga ega.

"Xo'jalik uchun yetarli bo'lgan suv resurslari qanday shakllanadi?" degan savol tug'iladi. Daryolarda to'planadigan suvlar, tabiiy yog'ingarchilik, yer osti suvlari — bizning suv manbalarimizdir. Demak, o'z-o'zidan asosiy maqsad ana shu manbalarni to'liq nazoratga olish, ulardan ishlab chiqarilayotgan toza suv miqdorini ko'paytirish, eng muhimi, suv iste'molida yuzaga kelgan tartibsizlik va isrofni yo'q qilish lozimdir.

Umuman olganda, suvni tejash iqlim o'zgarishiga moslashish va ichimlik suvining kamayishi, yong'in va qurg'oqchilik xavfining oshishi kabi salbiy ta'sirni yumshatishda muhim omil bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Rafiqov A.A. Geoekologik muammolar. -T.: O'qituvchi, 1997. -112 b.

2. Rafiqov A.A., Sharipov Sh.M. Geoekologiya. Toshkent, 2014, -101 b.

3. Ro'ziyev A.N. Surxon-Sherobod vodiysida qishloq xo'jaligini joylashtirish va rivojlantirish masalalari.

4. TypaeB E. X,03Hpra 3aMOH TaSnaTmyHOC^HrH концепцнflпaрн. -T.:Tafakkur, 2009. -250 b.

5. Uzun tumani "Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi" fond materiallari (2019-2021 yillar).

6. Uzun tumani " Yer resurslari va davlat kadastr bo'limi" hisoboti (2021 -y.).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.