УДК. 911
Xolmirzayev J.E. Jizzax davlat pedagogika universiteti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari kafedrasi o'qituvchisi
GLOBAL IQLIM O'ZGARISH DAVRIDA JIZZAX VILOYATI SUV RESURSLARINING HOZIRGI HOLATI HAQIDA MULOHAZALAR
Annotatsiya. Iqlim o 'zgarishi davrida Jizzax viloyatining tabiiy sharoitini hisobga olgan holda, suv resurslarining holati va ularining landshaftlarga ta 'siri bilan birgalikda viloyatining ekologik holati tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: global iqlim o'zgarishi davri, tabiiy sharoit, geografik omillar, Jizzax viloyatining suv resurslari, ekologik madaniyat va ta'lim.
Kholmirzayev J.E.
teacher
Department of Geography and Basics of Economic Knowledge
Jizzakh State Pedagogical University
CONSIDERATIONS ON THE CURRENT STATE OF WATER RESOURCES OF JIZZAK REGION DURING GLOBAL CLIMATE
CHANGE
Abstract. Taking into account the natural conditions of the Jizzakh region in the period of climate change, the state of water resources and their impact on the landscape, the ecological state of the region was analyzed.
Key words: period of global climate change, natural conditions, geographical factors, water resources of Jizzakh region, ecological culture and education.
Suvning geografik qobiqdgi ishini miqdor jihatdan quyosh radiyatsiyasi bilan taqqoslasa bo'ladi, sifat jihatdan esa uning o'rnini hech narsa bosa olmaydi.
V.LVernadskiy
Bugungi kunda jahonda suv taqchilligi muammosi tobora keskinlashib borayotgan dolzarb muammolardn biriga aylanib bormoqda. Dunyo axolisi sonining toboro ortib borishi, hayot farovonligi darajasini yaxshilashga intilish eng avvalo iste'mol qilinayotgan suvga bo'lgan talabning ekstensiv o'sishiga olib kelmoqda. Jahonda 1987 yillardan boshlab suvdan foydalanish darajasi yiliga o'rtacha 1.3 %ga o'sib bu tendentsiya 2050 yilga qadar oshib borishi kuzatilmoqda. Bu mavjud holatdagidan bir necha baravar 20-30 % ga oshib borishi kutilmoqda [2].
Jizzax viloyatida ham suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishning ko'plab nazariy-amaliy, meodologik va iqtisodiy-ijtimoiy asoslarini takomillashtirish bo'yicha qator, tadqiqotlar olib borilmoqda: Hususan, suv resurslaridan foydalanishni samarali tashkil etish, suvdan foydalanish xarajatlarini hamda tariflarini maqbul tarzda shakllantirish; suv resurslaridan foydalanishning ekologik samaradorligini oshirish, moliya mexanizmining umumiy ta'sirini aniqlash va uning ta'sirchanligini kuchaytirish; moliya mexanizmi alohida tarkibiy qismlarining suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishdagi ta'sirini baholash kabi yo'nalishlarda tadqiqotlar olib borilmoqa.
Bizga ma'lumki suv resurslarining hosil bo'lishida quyidagi tabiiy-geografik omillar ta'sir etadi: havzaning geografik o'rni, geologik tuzilishi, relyefi, iqlim sharoiti, tuproq va o'simlik qoplami, gidrografik sharoiti (muzlik, ko'l, botqoqlik) kabi omillar muhim ahamiyat kasb etadi. Iqlimning daryolarni tuyinishidagi ahamiyati va ularning suv rejimiga ta'sirini iqlimshunos olim A.I.Voeykov ta'biri bilan aytganda "Daryolar o'z havzalari iqlimining maxsulidir", degan ibora o'z kuchini yo'qotmagan [1].
Jizzax viloyatining iqlimi qishi sovuq, yozi issiq va quruq bo'lgan keskin kontinental mo'tadil iqlim tipiga kiradi. Hududimiz o'zi shundog'am dengiz va okeanlardan uzoqda, jazirama issiq va qaxraton sovuq bo'ladigan suv resurslari juda cheklangan hududda joylashgan. Tabiiy sharoit har qanday hududning rivojlanish omili hisoblanai. Shunday ekan bizning viloyatimiz ham suv resurslariga bo'lgan talab juda yuqori. Suv resurslari avvalo tabiiy sharoit omillari ta'sirida shakllanadi. Bizda esa bu ancha cheklangan. Shunday ekan biz doimo suv resurslarini potensialini oshirish va ekologik nuqtai nazardan asrab-avaylash ustida tadqiqotlar olib borishimiz kerak. Keyingi yillarda axoli soni (1.5 mln) ancha oshib borayotganini, kerak bo'lsa hali yana ancha oshishini pragnoz qiladigan bo'lsak biz barcha omillarni birma-bir o'ylab ko'rishmiz kerak.
Sirdaryo-Zarafshon Jizzax viloyatining Irigatsiya tizimlari havza boshqarmasi(ITHB)ning statistik ma'lumotlari va olib borilgan tadqiqotlar tahlil qilinganda Jizzax viloyatining umumiy suv balansi 2601 mln m3 ni tashkil etadi. Bu qishloq xo'jaligida foydalaniladigan suv bilan birgalikda. Shundan 2601 mln m3 suvni 100% deydigan bo'lsak, 314 mln m3 suvni 12% viloyatning o'zida ichki tarmoqlarida shakllanadi. Shundan eng asosiy suvni Janubiy Mirzacho'l kanalidan oladi bu esa 1895 mln m3, ya'ni 73% ni tashkil etadi. Ikkinchi o'rinda Zarafshon daryosidan Tuyatortar kanali orqali 392 mln m3 da suv kirib kelib bu 15% ni tashkil etadi[1]. Biz mazkur statistik ma'lumotlarni tahlil qilishimizdan maqsad viloyat hududida juda ko'plab qishloq xo'jalik ekinlari ekiladi ekinlarni esa viloyatni o'zida shakllanadigan daryolardan emas balki chetdan boshqa viloyatlardan kirib keladigan gidrografik ob'ektlarga bevosita qaram ekanligini anglatadi. Ya'ni o'rtacha 88% Sirdaryo (Janubiy Mirzacho'l kanali) va Zarafshon daryosi (Tuyatortar) dan kirib kelsa, 12% ichki tarmoqlar xisobiga Jizzax viloyati hududida hosil bo'ladi.
Jizzax viloyati suv resurslaritaqsimoti
2000 1500 1000 500 0
1 2 3
■ PflAl 314 392 1895
Izoh: 1-Jizzax viloyatiniki; 2-Tuyatortar kanali; 3-Janubiy Mirzacho'l kanaliniki.
Viloyatning tekislik qismi yer osti suvlari yuzada joylashgan. Tog'oldi tekisliklarida kuchli bug'lanish natijasida tuproq sho'rlangan. Tuproq harorati bir metr chuqurlikkacha yil davomida turli darajada isiydi. Yozda (VI - VII) tuproq yuzasi ba'zi yillarda 29 - 60 °S dan 65 - 68°S (o'rtacha oylik) gacha qiziydi. Ba'zi yillarda qish oylarida ya'ni, dekabr - fevral oylarida tuproqning 40 sm chuqurlikkacha muzlashi kuzatilgan.
Ma'lumki, viloyat iqlim sharoitining o'zgarishi har yili turli darajada bo'ladi. Viloyat iqlim sharoitini 2000 - 2013 yillarda Jizzax, Do'stlik, G'allaorol, Lalmikor, Baxmal va Yangiqishloq meteorologik stansiyalarda kuzatilgan oxirgi 13 yillikdagi havo harorati va yog'in miqdorlari ma'lumotlari asosida o'rganildi. Ushbu ma'lumotlar asosida viloyat hududidagi meteorologik stansiyalarda qayd etilgan yillik yog'in miqdorlarining yillararo o'zgarishi turlicha o'zgarganligini kuzatish mumkin. Tahliliy ma'lumotlardagi oxirgi 13 yillikda yog'in miqdorining o'zgarishini tahlil qilish imkonini beradi. Viloyatda yog'in miqdorining eng katta qiymati 2002 yili (632,3 mm) Baxmal meteorologik stansiyasida kuzatilgan. Yog'in miqdorining eng kichik qiymati Do'stlik meteorologik stansiyasida 2006 yil (140,6 mm) kuzatilgan. Viloyatning markazi Jizzax shahridagi Jizzax meteorologik stansiyasida esa o'sha yili 311,2 mm ni tashkil etgan. G'allaorol meteorologik stansiyasida esa o'sha yili 275,6 mm ni tashkil etgan. Viloyat hududida joylashgan Jizzax, Do'stlik, G'allaorol, Lalmikor, Baxmal va Yangiqishloq meteorologik stansiyalarda kuzatilgan havo harorati va yog'in miqdorlari ma'lumotlari asosida viloyatning iqlim sharoiti o'rganildi. Ichki suvlarning hosil bo'lishi bevosita iqlim sharoitiga bog'liq hususan, joyning geografik o'rniga bog'liq bo'lib, uzoq yillar uchun xos bo'lgan quyidagi omillar bilan aniqlanadi: yog'inlarning miqdori, yog'ish jadalligi, yog'in miqdorining yil ichida taqsimlanishi, qor qoplamining qalinligi va uning suvliligi, havo harorati va namlik darajasi, shamol va uning tezligi, yo'nalishi. Ichki suvlarning hosil bo'lish jarayonida daryo va ko'llarning to'yinish manbalari, va, umuman uning gidrologik rejimi havzasining iqlim sharoitiga bog'liqdir. Daryo havzasida hosil bo'lgan suv miqdori unga yoqqan yog'in miqdori bilan aniqlansa, havzada yo'qotiladigan suv miqdori, ya'ni bug'lanish havo harorati, namlik va shamol
bilan aniqlanadi. Ikkinchi tomondan, havo haroratining ko'tarilishi daryo havzasidagi qor qoplami va muzliklar erishini, natijada, daryoga yanada ko'proq suv qo'shilishini ta'minlaydi.
Jizzax viloyati halq xo'jaligi turli tarmoqlarini rivojlantirish suv resurslari bilan ta'minlanganligiga bog'liqdir. Viloyat hududida qadimdan suv tanqisligi mavjud. Buning asosiy sababi viloyatning yirik suv manbalari, jumladan Sirdaryo va Zarafshondan ancha uzoqda joylashganligidir. Suv resurlaridan samarali foydalanish mamlakatimiz xalq xo'jaligi ko'pgina tarmoqlarining barqaror rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan xalq xo'jaligini rivojlantirishda suvning ahamiyati juda kattadir [3].
Ma'lumki, arid iqlimli hududda joylashgan viloyat hududi qishloq xo'jaligining rivojlanishi sug'orma dehqonchilikka asoslangan. Shu tufayli viloyatda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va qishloq xo'jaligi ekin maydonlari mahsuldorligini ko'tarishda suv resurslarining o'rni juda muhimdir. Mazkur iqlimiy omillarning ta'siri natijasida Jizzax viloyatida shakllangan suv manbalari yetarlicha ta'minlanmagan. Viloyatda barcha umumtabiiy geografik sharoitidan kelib chiqib ikkita yirik Sangzor va Zominsuv dadryosi va bir qancha yozda qurib qoluvchi mayda soy-buloqlar shakllangan bo'lib, bu esa aholining iste'mol darajasi hamda halq xo'jaligining 4/1 qismiga ham yetmaydi [4].
Mazkur iste'molni qoplash maqsadida Sirdaryo daryosidan Janubiy Mirzacho'lkanali va Zarfshon daryosidan Tuyatortar kanali olib kelingan.
Viloyatning iqlimi, yer maydoni kabi tabiiy geografik hususiyatlari hali kelajakda ko'plab istiqbolli rejalarni amalga oshirish mumkinligini ko'rsatadi. Chunki qishloq-xo'jaligida yetishtiriladigan maxsulotlar salmog'i respublikamiz iqtisodiyotida muxim o'rin tutadi. Shuning uchun xam bugungi kunda sug'oriladigan tuproqlarning unumdorligini oshirish, qishloq-xo'jaligida asosiy ekinlar paxta va donli ekinlarning mo'ljaldagi hosilini yetishtirish bilan bir vaqtda tuproq unumdorligini saqlab qolish, uni ilmiy asosda boshqarish va muxofaza qilish yo'llarini ishlab chiqish davr talabidir[5]. Biz bugungi va ertangi vatanimizning gullab yashnashi, ozod va obod vatan qurish yo'lida tinmay mehnat qilishimizda be'vosita va bavosita qishloq xo'jaligining suv va meliorativ yerlar xosildorligini o'rni kattadir. Biz kelajakda suv resurslarining holati iqlimiy omillarga bevosita bog'liq ekanligini o'quvchilarga va boshqa barcha ommaga turli yo'llar bilan tushuntirish targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borishimiz kerak. Iqlimdagi o'zgarishlar esa suv havzalari manbalariga ta'sir etadi. Iqlimning normal jarayoniga esa bevosita antropogen ta'sir ham muhim ta'sir etadi. Jumaladan texnokratik jarayonlar, sanoat-karxonalari kabi ko'plab ekologik ta'sirlar shular jumlasidandir. Kelajakda iqlim o'zgaruvchanligi va uning oldini olish, global iqlimiy o'zgarish jarayonlariga befarq bo'lmaslik oldimizda turgan dolzarb masalalrdan biri bo'lib qolmoqda.
Фойдаланилган адабиётлар:
1. Алибеков Л.А., Нишанов С.А. Природные условия и ресурсы Джизакской области. -Ташкент: Узбекистан, 1978 г.
2. Алимкулов Н.Р. Мирзачул ландшафт - экологик шароитини урганишда табиий компонентларнинг урни. Наманган-2023. Конференция.
3. Ш.Шарипов. Тошкент вилоятининг ландшафт хилма-хдллигини саклаш ва геоэкологик вазиятини яхшилаш масалалари диссертацияси-2022й.
4. (Ш.С.Зокиров, Х.Р.Тошов Ландшафтшунлслик;-Т.:-2016.45б).
5. (Жиззах вилояти улкашунослик атласи Т:-2016, 22-б).