Научная статья на тему 'SUT ACHITUVCHI BAKTERIYALARNI AJRATIB OLISH VA PROBIOTIK XUSUSIYATLARINI O’RGANISH'

SUT ACHITUVCHI BAKTERIYALARNI AJRATIB OLISH VA PROBIOTIK XUSUSIYATLARINI O’RGANISH Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Kamolova Hulkar Fozil Qizi, Gozal Jumaniyozovna Qutliyeva, Turayeva Bahora Ismoilovna

Mahalliy har xil o’simlik namunalaridan 30 dan ortiq bakteriya izolyatlari ajratib olindi. Bu izolyatlardan skrining natijasida yuqori antifungal faollikni namoyon qiluvchi Lactobacillus spp, Pediococcus spp va Enterococcus spp avlodiga mansub bakteriya shtammlari ajratib olindi. Ularning biokimyoviy xususiyatlari aniqlanib, uglevodlarni bijg’itish spektri ya’ni Berdje aniqlagichida identifikatsiyasi amalga oshirildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SUT ACHITUVCHI BAKTERIYALARNI AJRATIB OLISH VA PROBIOTIK XUSUSIYATLARINI O’RGANISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" _25-26 SEPTEMBER, 2024_

SUT ACHITUVCHI BAKTERIYALARNI AJRATIB OLISH VA PROBIOTIK XUSUSIYATLARINI O'RGANISH

1Kamolova Hulkar Fozil qizi, 2Go"zal Jumaniyozovna Qutliyeva, 3Turayeva Bahora

Ismoilovna

1O'zRFA Mikrobiologiya instituti 2-bosqich tayanch doktoranti 2OzRFA Mikrobiologiya instituti katta ilmiy xodimi, b.f.n 3O'zRFA Mikrobiologiya instituti katta ilmiy xodimi https://doi.org/10.5281/zenodo.13847025 Abstrakt. Mahalliy har xil o'simlik namunalaridan 30 dan ortiq bakteriya izolyatlari ajratib olindi. Bu izolyatlardan skrining natijasida yuqori antifungal faollikni namoyon qiluvchi Lactobacillus spp, Pediococcus spp va Enterococcus spp avlodiga mansub bakteriya shtammlari ajratib olindi. Ularning biokimyoviy xususiyatlari aniqlanib, uglevodlarni bijg'itish spektri ya'ni Berdje aniqlagichida identifikatsiyasi amalga oshirildi.

Hozirgi kunda dunyo bo'ylab probiotiklarga qiziqish ortib bormoqda, ularning normada ishlatilishi inson salomatligiga xavfsizligi isbotlangan. Probiotiklar tirik mikroorganizmlar bo'lib, oziq-ovqat bilan birga iste'molchining sog'lig'iga samarali yordam beradi[1]. Sut achituvchi bakteriyalari xilma-xil va keng tarqalgan bakterial guruhni tashkil qiladi, ular tabiiy ravishda sut, o'simliklar, fermentlangan sut va sabzavot mahsulotlari, odamlar va hayvonlarning oshqozon-ichak trakti , shuningdek, suv va tuproqda mavjud. Odatda sut achituvchi bakteriyalar spora hosil qilmaydi, harakatsiz, katalaza manfiy, sitoxromsiz, anaerob va ko'pincha gramm-musbat kokklar va tayoqchalar shaklida bo'ladi[2]. Geksozalarning fermentatsiyasida hosil bo'ladigan mahsulotlarning tabiatiga ko'ra, sut kislotasi bakteriyalari gomofermentativ va geterofermentativlarga bo'linadi [3]. Lactobacilla bakteriyalari Lactobacillaceae, Aerococcaceae, Enterococcaceae, Streptococcaceae, Leuconostocaceae va Arnobacteriaceae oilalaridan iborat. Eng keng tarqalgan sut achituvchi bakteriya avlodlari Weissella, Lacticaseibacillus, Lactococcus, Pediococcus, Carnobacterium, Streptococcus, Oenococcus, Enterococcus va Leuconostocdan iborat[4]. So'nggi yillarda laktobakteriyalarni turli xil metabolitlari yuqoriligi tufayli sutdan tashqari manbalardan ajratishga qiziqish ortib bormoqda [5]. Sut achituvchi bakteriyalarni probiotiklar sifatida tanlash va qo'llash uchun mikroorganizmlar bir nechta xususiyatlarga ega bo'lishi kerak. Shu bilan birga, boshqa manbalar, masalan, o'simlikdan ajratib olingan bo'lsada o'simliklarni insonlar istemol qilishi uchun probiotik xususiyatini o'rganish foydalidir [6]. Birinchi marta I. I. Mechnikov tomonidan tasvirlangan sut achituvchi bakteriyalarining inson salomatligi uchun foydali xususiyatlari, bir asr o'tgach, yana intensiv o'rganish ob'ektiga aylandi. Hozirgi vaqtda "probiotik" tushunchasi tirik mikroorganizmlarga nisbatan keng qo'llaniladi [7]. Shu bilan birga, tabiiy manbalardan ajratilgan sut kislotasi bakteriyalarining shtammlari o'z xususiyatlarining barqarorligi bilan farqlanadi. Ba'zi shtammlar biokimyoviy faollikni saqlaydi, boshqalarida u keskin va qaytarilmas tarzda tushadi, boshqalarda u sezilarli darajada o'zgaradi. [8]. Bugungi kunga qadar adabiyotlarda turli mikroorganizmlarga, shu jumladan fitopatogenlarga qarshi antagonistik xususiyatlarga ega bo'lgan sut kislotasi bakteriyalarining ko'plab shtammlari tasvirlangan. Karboksik kislotalarning, sut kislotasi bakteriyalarining metabolik mahsulotlarining urug'larning unib chiqishi va o'simlik ko'chatlarining rivojlanishiga ogohlantiruvchi ta'siri ham qayd etilgan. [9]. Hozirgi kunda oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va inson salomatligi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" 25-26 SEPTEMBER, 2024

sohalarida laktobakteriyalarning an'anaviy roli keng o'rganilgan bo'lsa-da, boshqa dalillar va tadqiqotlar sut achituvchi bakteriyalarning qo'shimcha xususiyatlariga e'tibor ortib bormoqda, masalan, o'simliklarni o'stirish jarayonida bioo'g'itlar, bionazorat va biostimulyatorlar sifatida qo'llash mumkinligi o'rganilmoqda[10].

Materiallar va usullar:

Mahalliy o'simliklarning vegetativ va genetariv organlaridan namunalar olib kelinib, bakteriya izolyatlari ajratib olindi. Tozalangan bakteriya izolatlarni dastlabki o'rganish hujayralar (MICROS NLCD-307 B) va koloniyalar (shakli, rangi va hajmi) morfologiyasining mikroskopik tavsifini va keyinchalik bakteriyalarni farqlash uchun Gramm bo'yash orqali aniqlandi. Bakteriyalarning turlarini aniqlashda Berdji (2009) aniqlagichiga muvofiq kultural morfologik va fiziologik biokimyoviy( katalaza testi, jelatinaza testi, lesitinaza faolligi) xususiyatlari o'rganildi. Shu bilan birga O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi xuzuridagi sanitariya-gigeniya laboratoriyasida MALDI TOF usuli yordamida identifikatsiya qilindi[11].

Katalaza faolligi metodi: katalaza faolligi ko'pchilik patogen aerob mikroorganizmlarga xosdir. Fakultativ anaeroblar va ko'pgina mikroaerofillar katalaza hosil qilmaydi, Katalaza kislorod hosil bo'lishi bilan vodorod peroksidni parchalaydi. Katalaza faolligini aniqlash uchun koloniya yoki hujayra suspenziyasiga 10% li peroksid eritmasidan tomchi tomiziladi. Gaz pufakchalari hosil bo'lishi bilan aniq ko'rinadigan O2 ning chiqishi shtammlar tomonidan katalaza ishlab chiqarilishini ko'rsatadi. Taklif etilayotgan shtamm katalaza hosil qilmasligi kerak.

Olingan natijalar va ularning tahlili: Mahalliy o'simlik namunalaridan 30 dan ko'proq bakteriya shtammlari ajratib olindi. Ajratilgan shtammlardan 11 ta Lactobacillus sp, 14 ta Pediococcus sp, 2 ta Enterococus sp, 2 ta Weissella sp va Bacillus sp turiga mansub toza bakteriya shtammlari ajratib olindi. Ajratilgan shtammlarni skrining natijasida saralab olindi. Tanlangan bakteriya shhtammlarini gramm usulida bo'yab, morfologik xususiyatlari aniqlandi.

' 'i iT

\ ifXiri

\ , ».V £. '<_\' - . ^ „.

:

Ar /VV c'^. c _ B jW^? - i CI

1-rasm. Sut achituvchi bakteriyalarning mikroskopda ko'rinishi. (A-Lactobacillus plantarum M-1, B-Pediococcus pentosaceus A-1, C-Enterococcus faesium A-2). 1-jadval Sut achituvchi bakteriyalarning morfologik tuzilishi

Ajratilgan bakteriya shtammlari Koloniyasining morfologik belgilari Hujayraning morfologik belgilari

1 L. plantarum M-1 Koloniyalari silliq, qirrali oq-qaymoq rang, hajmi 1-2 mm, yuzasi silliq Qisqa, ikki tomoni yumaloq tayoqchalar 0,6-0,9x2,0-4,0 mikron

2 P. pentosaceus A-1 Koloniyalari yumaloq, oq rangli, hajmi 1-2 mm Hujayralari sharsimon yoki tetrakoklar, diametri 0,6-1 mm mikron

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS" 25-26 SEPTEMBER, 2024

3 E.faesium A-2 Koloniyasi yumaloq oq qaymoq rangli, diametri 1-2 mm Hujayralari yumaloq zanjir yoki diklokok, diametri 1-1,5 mm mikron

Sut achituvchi bakteriyalarning biokimyoviy xususiyat ari Berdje aniqlagichi (2009)

bo'yicha aniqlandi. Bunda L. plantarum M-1, Pediococcus pentosaceus A-1 va Enterococcus faesium A-2 shtammlarida katalaza faolligi kuzatilmadi gaz pufakchalari yani O2 hosil bo'lishi kuzatilmadi. Lesitinaza va jelatinaza faolligi ham tanlab olingan sut achituvchi bakteriyalarda kuzatilmadi. Ajratilgan shtammlarning fermentatsiyalanadigan uglevodlar spektri bo'yicha biokimyoviy tahlili o'tkazildi.Bunda 10 xil uglevod disklaridan foydalanildi.

L. plantarum M-1 bakteriya shtammi rafinoza, maltoza va mannitol uglevod manbaini bijg'itmadi. Mannoza, galaktoza, sellobioza arabinoza, ramnoza, saxaroza va laktoza kabi faol uglevodlar fermentlatsiyaga uchradi. P. pentosaceus A-1 laktobakteriya arabinoza, rafinoza, mannitol kabi uglevodlarni fermentatsiyasi faol bo'lmadi. Mannoza, galaktoza, maltoza, ramnoza, sellobioza, saxaroza va laktoza kabi uglevod manbaini yuqori darajada fermetatsiyaga uchratdi. E.faesium A-2 sut achituvchi bakteriyasi mannoza, galaktoza, , maltoza, sellobioza, saxaroza, ramnozada mannitol va kabi uglevodlarni faol ravishda fermentatsiyaga uchradi. Rafinoza, arabinoza va laktoza uglevodlarni bijg'ish jarayoni kuzatilmadi.

2-rasm. Sut achituvchi bakteriyalarning uglevodlarni bijg'itish spektri.

Xulosa. L. plantarum M-1, P.pentosaceus A-1 va E.faesium A-2 sut achituvchi bakteriyalari katalaza, lesitinaza va jelatinaza ferment faolligi qayd etilmadi. Sut achituvchi bakteriyalar koloniyalarining tuzilishi va hujayra morfologiyasi, uglevodlarni bijg'itish spektri bo'yicha identifikatsiya jarayoni amalga oshirildi. Buning natijasida lactobacillus, pediococcus va erterococcus avlodiga mansub sut achituvchi bakteriya shtammlari o'rganildi. Natijalar shuni ko'rsatdiki, o'rganilayotgan barcha shtammlar foydalanishda xavfsiz, foydali probiotik bakteriya shtammlari ekanligi aniqlandi.

REFERENCES

1. Fontana L, Bermudez-Brito M, Plaza-Diaz J, Munoz-Quezada S, Gil A. Sources, isolation, characterisation and evaluation of probiotics. Br J Nutr. 2013;109 Suppl:S35-50. pmid:23360880View Article PubMed/NCBI Google Scholar

2. 2.Bintsis T Lactic acid bacteria: their applications in foods JBacteriol Mycol Open Access. 2018;6(2):89-94. DOI: 10.15406/jbmoa.2018.06.00182 Bintsis T. Lactic acid bacteria: their applications in foods. J Bacteriol Mycol Open Access. 2018;6(2):89-94. DOI: 10.15406/jbmoa.2018.06.00182

3. Teneva-Angelova, T.; Hristova, I.; Pavlov, A.; Beshkova, D. Lactic Acid Bacteria—From Nature Through Food to Health. In Advances in Biotechnology for Food Industry; Academic Press: Cambridge, MA, USA, 2018; pp. 91-133. [Google Scholar] [CrossRef]

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "STATUS AND DEVELOPMENT PROSPECTS OF FUNDAMENTAL AND APPLIED MICROBIOLOGY: THE VIEWPOINT OF YOUNG SCIENTISTS"

_25-26 SEPTEMBER, 2024_

4. Azhari Ali, A. Isolation and Identification of Lactic Acid Bacteria from Raw Cow Milk in Khartoum State, Sudan. Int. J. Dairy Sci. 2010, 6, 66-71. [Google Scholar] [CrossRef]

5. Nomura M, Kobayashi M, Narita T, Kimoto-Nira H, Okamoto T (2006) Phenotypic and molecular characterization of Lactococcus lactis from milk and plants. J Appl Microbiol 101:396-405. doi:10.1111/j .1365-2672.2006.02949.x

6. Peres CM, Peres C, Hernández-Mendoza A, Malcata FX. Review on fermented plant materials as carriers and sources of potentially probiotic lactic acid bacteria—With an emphasis on table olives. Trends Food Sci Technol. 2012;26(1):31-42.View Article Google Scholar

7. Virtanen T., Pichlanto A., Akkanen S. et al. Development of antioxidant activity in milk whey during fermentation with lactic acid bacteria // J. Appl. Microbiol. 2007. - Vol. 102(1).-P. 106115.].

8. Рамонова, Элла Викторовна кандидат биологических наук 2011 Выделение и идентификация местных штаммов молочнокислых микроорганизмов и их использование в качестве пробиотиков кандидат биологических наук Рамонова, Элла Викторовна

9. Shinsuke Kuwak, Iichiro Ohhira Antifungal Activity of the Fermentation Product of Herbs by Lactic Acid Bacteria against Tinea. February 2002 D0I:10.1016/S1389-1723(02)80216-X PubMed

10. Yves Theoneste Murindangabo a, Marek Kopecky a, Kristyna Perná a Prominent use of lactic acid bacteria in soil-plant systems Applied Soil Ecology https://doi.org/10.1016/j.apsoil.2023.104955

11. Bergey's manual of systematic bacteriology. Second edition. Volume three. The Firmicutes -Springer Science+Business Media, LLC, 233 Spring Street, New York, NY 10013, USA. -2009. - 1422 р

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.