SUQROT FALSAFIY TA'LIMOTIDA ERKINLIK MASALASINING
ANTROPOLOGIK YECHIMI
d https://doi.org/10.5281/zenodo.14544326
Raximdjanova Dilnavoz Sunnat qizi
"Alfaraganus University" nodavlat oliy ta'lim tashkiloti
katta o'qituvchisi, PhD
Annotatsiya. Maqolada antik davr faylasufi Suqrotning falsafasida erkinlik atamasiga antropologik jihatdan yondashuvi bilan boshqa mutafakkirlardan ajralib turishi yoritilgan. Erkin shaxs haqidagi qarashlarini jamiyatdagi qonunlar bilan uyg'unligi aks ettirilgan. Insonni erkinlik belgilari axloqiy tarbiyasi bilan o 'Ichanishi ochib berildi.
Kalit so'zlar. Erkinlik, erkin inson, ezgulik, ichki erkinlik, axloqiy harakatlar, mustaqil shaxs.
Sofistlar asos solgan erkinlikning antropologik tomonlariga Sokrat tub burilish yasagan. U undan ilgari ko'rib chiqilishi an'anaviy tus olgan naturfalsafiy qarashlarni chetga surib, falsafa negiziga inson masalasini biriktirishga, u bilan barcha falsafiy muammolarni bog'lashga uringan. Jumladan, uning falsafasida inson mustaqil mohiyat sifatida qarala boshlandi. Taqdir inson ustidan hukumronlik qilishni, uning qilmishlariga javob berishni to'xtatadi.
Inson tabiatidan kelib chiqib, umrini lazzat olishga, ehtiyojlarini qondirishga intilishga sarflashini hisobga olgan holda, uni axloqiy chegaralarini belgilash zaruriyatini uyg'otgan. Erkin hayot tarzini lazzatga intilish orqali tushunilishini qoralagan Ksenofont erkinlikni Suqrot dunyoqarashi bo'yicha anglash eng a'lo ish, degan qarashi bilan uning ta'limotini yoqlagan. Erkinlikni axloqiy tushunishda eng a'lo sanalgan narsalar borasidagi bilimlar jamlangan. Insonlar aynan shu yaxshi narsalar tanlovini axloqiy tarzda amalga oshirishi haqidagi taassurotlarni yaratgan. Shu asnoda tanlovga axloqiy tus berish an'ana shakliga kiradi. Sokrat ma'rifatparvar ta'limotlari orqali yaxshilik, erkinlik, adolat, haqiqat kategoriyalarini ochib berishga harakat qilgan. Buning misolini faylasuf barcha yaxshilikni izlashida, biroq hamma ham uni nimadan tashkil topganini bilavermasligi ko'rinishida tasvirlab bergan. Insonni eng tuban, past, quyi ehtiros va istaklardan ozod qiluvchi, ezgulikka yetaklovchi aql va tafakkur har bir individga zarurligini alohida ta'kidlagan.
Yuqorida ta'kidlanganidek, erkinlik haqidagi g'oyalar sofistlar va Sokrat tomonidan amalga oshirilgan antropologik burilish doirasida o'zgaradi. Sokrat tabiiy-falsafiy muammolarga unchalik qiziqish bildirmagan, balki inson mohiyatan
kimligini tushunishga harakat qilgan. Davri uchun xos bo'lgan tabiatni bilish bo'yicha fikr yuritish o'rniga qiziqishini inson bilimi bilan bog'ladi. Uning falsafasida taqdir inson ustidan hukmronlik qilishni, uning xatti-harakatlari uchun javobgar bo'lishni to'xtatgan, chunki inson mustaqil shaxs sifatida ko'rila boshlangan1.
Sokrat ijodida «erkin inson» tushunchasi ham keltiriladi. Uning nuqtai nazari bo'yicha tashqi erkinlik polis qonunlariga rioya qilish ko'rinishida aks etsa, erkinlikning asl mohiyati ichki olamda ochilishini ta'kidlagan. Aslida, mutafakkir ichki erkinlik haqida gapirganligini anglash qiyin emas. Bunday erkinlik mavjud bo'lishi uchun har qanday vaziyatda va har qanday sharoitda imkoniyat yaratilishi mumkin. Erkin bo'lish individdan to'siqlarsiz o'z-o'zini anglash, jismoniy instinktlarini nazorat qilish, o'z-o'zini qo'lga olishni talab qiladi. Bundan tashqari, uning namoyon bo'lishi insonning intellektual qobiliyati orqali amalga oshadi, bu unga atrofdagi dunyoni tushunishga, bilim sohasini kashf etishga imkon beradi2. Suqrot uchun insonning erkin mohiyati axloqiy xatti-harakatlar va aql bilan boyitiladi3.
Sokrat maktablari safidan joy oluvchi kiniklar maktabi o'z rahnamolari ta'limotidan faqatgina avtarkiyaga aloqador fikrlarni olib, odamlarning barcha turdagi ehtiyojlaridan keskin voz kechish yo'nalishida davom ettirib, rivojlantirdilar. Ayniqsa, buning yaqqol misoli Diogen Sinopskiy so'zlarida uchraydi. U inson o'zining ichki erkinligini shakllantirmoqchi bo'lsa, unda u tazyiqlar, ya'ni tashqi hamda tarkibiga ehtiyojlar, ehtiroslar kiruvchi ichki ko'rinishdagi majburlovlar tizginidan to'laqonli ravishda mustaqillikni kuchaytirish yo'lini tutishi kerak. Umumlashtirib aytadigan bo'lsak, qadimgi yunon falsafasida erkinlik haqidagi tasavvurlar taqdir, qismat yoki peshona bitigi g'oyalari bilan o'zaro aloqada bo'lgan.
Erkinlik fenomenining evolyutsiyasi davomida uning modifikasiyaga uchrab borayotganini sezish mumkin. Mana bu yuqoridagi bosqichda erkinlik siyosiy qarashlar qurshovidan chiqariladi. Natijada ijtimoiy tengsizlikka moslashuvchi ma'nosi yo'qoladi. Aniqrog'i, erkinlik tashqi holatdan ichki holatga ko'chib, inson kelib chiqishidan qat'i nazar, uning ichki kechinmalari bilan uyg'unlashadi. Uning mavqei, jamiyatdagi o'rni muhim ahamiyat kasb etmaydi. Erkinlik har bir insonning ichki, botiniy olamiga tegishli xususiyat sifatida ko'riladi. Zamonamizda ham
1 Гуторович О.В. Проблема свободы и ее решение в античной философии // Исторические, философские, политические и юридические науки, культурология и искусствоведение. Вопросы теории и практики. ISSN 1997-292X. - № 7 (57): в 2-х ч. Ч. I. - Грамота, 2015. - C. 35-38.
2 Прохоров К. Тайна предопределения [Электронный ресурс]. URL: http://www.arminiantheology.wordpress.com/2010/08/24/tp/ (дата обращения: 25.03.2015).
3 Гуторович О.В. Проблема свободы и ее решение в античной философии // Исторические, философские, политические и юридические науки, культурология и искусствоведение. Вопросы теории и практики. ISSN 1997-292X. - № 7 (57): в 2-х ч. Ч. I. - Грамота, 2015. - C. 35-38.
erkinlik ikki tomonlama o'rganilishini kuzatishimiz mumkin. Hozirgi davr faylasuflari asosiy e'tiborlarini insonning ichki erkinligini anglashga intilish masalasiga qaratganlar.
Erkinlik haqidagi g'oyalar sofistlar va Sokrat tomonidan amalga oshirilgan antropologik burilish doirasida o'zgaradi. Sokrat tabiiy-falsafiy muammolarga unchalik qiziqish bildirmagan, balki inson mohiyatan kimligini tushunishga harakat qilgan. Davri uchun xos bo'lgan tabiatni bilish bo'yicha fikr yuritish o'rniga qiziqishini inson bilimi bilan bog'ladi. Uning falsafasida taqdir inson ustidan hukmronlik qilishni, uning xatti-harakatlari uchun javobgar bo'lishni to'xtatgan, chunki inson mustaqil shaxs sifatida ko'rila boshlangan4.
Inson haqidagi mulohazalar Sokratni odam erkin bo'lishi mumkin degan xulosaga olib kelgan. Aslida, mutafakkir ichki erkinlik haqida gapirganligini anglash qiyin emas. Bunday erkinlik mavjud bo'lishi uchun har qanday vaziyatda va har qanday sharoitda imkoniyat yaratilishi mumkin. Bu o'z-o'zini boshqarish, to'siqsiz ichki o'z taqdirini o'zi belgilash, jismoniy instinktlar ustidan hukmronlik qilishni o'z ichiga oladi. Bundan tashqari, bunday erkinlik insonning intellektual qobiliyatlarida namoyon bo'ladi, bu unga atrofdagi dunyoni tushunishga, bilim sohasini kashf etishga imkon beradi5. Suqrot uchun insonning erkin mohiyati axloqiy xatti-harakatlar va aql bilan boyitiladi.
Suqrot ta'limotining ruhiyatidan kelib chiqib, umumbashariy axloqiy qonun talablariga mos keladigan harakat uslubini tanlash odamlarni o'z taqdirining yaratuvchisiga aylantiradi. Biroq, faylasuf, e'tiqod yuzasidan, Ksenofontning so'zlariga ko'ra, "mabudlarning irodasini fol ochish orqali bilib olishga" harakat qilgan. Shu bilan birga, Ksenofont Sokrat folbinlarga murojaat qilish va folbinlardan (Oracle) faqat ishning natijasi noma'lum bo'lgan hollarda so'rash zarur deb hisoblaganligini ochiq aytgan6.
Ksenofontning axborotlarida Sokratning odamning o'ziga bog'liq bo'lgan narsani va unga bog'liq bo'lmagan narsani farqlash zarurligi haqidagi fikri e'tiborni tortadi. Ushbu fikr insonning erkinligi, shu bilan birga erkin emasligi chegaralari, harakat uslubini to'g'ri tanlash imkoniyati haqida savol tug'diradi. Ksenofont tomonidan taqdim etilgan Sokratning so'zlariga ko'ra, ba'zi hollarda harakat uslubini tanlash insonning o'ziga, uning bilimiga, kuchiga va qobiliyatiga, boshqalarida esa — insonga bo'ysunmaydigan mabudlarga bog'liq. Inson faqat o'zida bor narsani
4 Гуторович О.В. Проблема свободы и ее решение в античной философии // Исторические, философские, политические и юридические науки, культурология и искусствоведение. Вопросы теории и практики. ISSN 1997-292X. - № 7 (57): в 2-х ч. Ч. I. - Грамота, 2015. - C. 35-38.
5 Прохоров К. Тайна предопределения [Электронный ресурс]. URL: http://www.arminiantheology.wordpress.com/2010/08/24/tp/ (дата обращения: 25.03.2015).
6 Кессиди Ф.Х. Сократ. - М.: Мысль, 1976. - 198 с.
bo'ysundira oladi. Shunday qilib, inson faqat o'zini, kuchini va qobiliyatini biladigan darajada erkindir, u olgan bilim va tajriba asosida to'g'ri tanlov qila oladi. Va agar biz axloqiy xatti-harakatlar haqida gapiradigan bo'lsak, unda oqilona tanlov "fazilat -bu bilim" degan ma'noni anglatadi7.
1. Гуторович О.В. Проблема свободы и ее решение в античной философии // Исторические, философские, политические и юридические науки, культурология и искусствоведение. Вопросы теории и практики. ISSN 1997-292X. - № 7 (57): в 2-х ч. Ч. I. - Грамота, 2015. - C. 35-38.
2. Прохоров К. Тайна предопределения [Электронный ресурс]. URL: http://www.arminiantheology.wordpress.com/2010/08/24/tp/ (дата обращения: 25.03.2015).
3. Кессиди Ф.Х. Сократ. - М.: Мысль, 1976. - 198 с.
Adabiyotlar ro'yxati
7 O'sha manba.