Научная статья на тему 'PLATONNING IJTIMOIY-SIYOSIY QARASHLARIDAGI ERKINLIK TUSHUNCHASIGA SALBIY YONDASHUV TAHLILI'

PLATONNING IJTIMOIY-SIYOSIY QARASHLARIDAGI ERKINLIK TUSHUNCHASIGA SALBIY YONDASHUV TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
23
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
erkinlik / davlat / qonun / tobelik / jamiyat / ideal jamiyat va davlat / tiraniya / aristokratiya / oligarxiya / demoratiya / timokratiya / xalq / adolat. / freedom / state / law / subjection / society / ideal society and state / tyranny / aristocracy / oligarchy / democracy / timocracy / people / justice.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Raximdjanova, Dilnavoz Sunnat Qizi

Maqolada antik davr faylasuflaridan biri Platonning erkinlik tushunchasi haqidagi tasavvurlari о‘rganilgan. Qadimgi yunon jamiyatidagi erkinlik dinamikasi kо‘rib chiqilgan. Erkinlikning qonun va davlat bilan bog‘liqligi kо‘rsatilgan. Erkinlikning salbiy holatlari talqin etilgan. Ko’pgina tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, erkinlik tushunchasini bir yoqlamali tariflashning iloji mavjud emas, uning ilk talqinlari ildizi antik davrga borib taqalib, ularni barcha nuqtayi nazarlarning asosi sifatida qabul qilish mumkin. Ushbu maqolada ko’rsatilgan tadqiqot ishida esa Platonning ijtimoiy-siyosiy qarashlaridagi ideal davlat safiga kirmaydigan jamiyatlar birma bir ko‘rib chiqilgan. Tahlil natijasida uning ushbu jamiaytida erkinlik illat sifatida qoralanganligi o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF THE NEGATIVE APPROACH TO THE CONCEPT OF FREEDOM IN PLATO'S SOCIO-POLITICAL VIEWS

The article examines the ideas of one of the ancient philosophers, Plato, about the concept of freedom. The dynamics of freedom in ancient Greek society is considered. It is shown that freedom is related to the law and the state. The negative aspects of freedom are interpreted. Many studies show that it is not possible to define the concept of freedom in one way, its first interpretations go back to antiquity and can be taken as the basis of all points of view. In the research presented in this article, the societies that do not belong to the ideal state in Plato's socio-political views were considered one by one. As a result of the analysis, it was learned that freedom is condemned as a vice in this society.

Текст научной работы на тему «PLATONNING IJTIMOIY-SIYOSIY QARASHLARIDAGI ERKINLIK TUSHUNCHASIGA SALBIY YONDASHUV TAHLILI»

PLATONNING IJTIMOIY-SIYOSIY QARASHLARIDAGI ERKINLIK TUSHUNCHASIGA SALBIY YONDASHUV TAHLILI

Maqolada antik davr faylasuflaridan biri Platonning erkinlik tushunchasi haqidagi tasavvurlari o 'rganilgan. Qadimgi yunon jamiyatidagi erkinlik dinamikasi ko'rib chiqilgan. Erkinlikning qonun va davlat bilan bog'liqligi ko'rsatilgan. Erkinlikning salbiy holatlari talqin etilgan. Ko 'pgina tadqiqotlar shuni ko 'rsatadiki, erkinlik tushunchasini bir yoqlamali tariflashning iloji mavjud emas, uning ilk talqinlari ildizi antik davrga borib taqalib, ularni barcha nuqtayi nazarlarning asosi sifatida qabul qilish mumkin. Ushbu maqolada ko'rsatilgan tadqiqot ishida esa Platonning ijtimoiy-siyosiy qarashlaridagi ideal davlat safiga kirmaydigan jamiyatlar birma bir ko'rib chiqilgan. Tahlil natijasida uning ushbu jamiaytida erkinlik illat sifatida qoralanganligi o'rganilgan.

Kalit so'zlar: erkinlik, davlat, qonun, tobelik, jamiyat, ideal jamiyat va davlat, tiraniya, aristokratiya, oligarxiya, demoratiya, timokratiya, xalq, adolat.

The article examines the ideas of one of the ancient philosophers, Plato, about the concept of freedom. The dynamics of freedom in ancient Greek society is considered. It is shown that freedom is related to the law and the state. The negative aspects of freedom are interpreted. Many studies show that it is not possible to define the concept of freedom in one way, its first interpretations go back to antiquity and can be taken as the basis of all points of view. In the research presented in this article, the societies that do not belong to the ideal state in Plato's socio-political views were considered one by one. As a result of the analysis, it was learned that freedom is condemned as a vice in this society.

Key words: freedom, state, law, subjection, society, ideal society and state, tyranny, aristocracy, oligarchy, democracy, timocracy, people, justice.

RAXIMDJANOVA Dilnavoz Sunnat qizi

ALFRA GANUS UNIVERSITY" nodavlat oliy ta 'lim tashkiloti katta o'qituvchisi, PhD, Toshkent, O 'zbekiston [email protected]

+998 90 805 71 80

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

16

www.birunijournal .uz

KIRISH

Erkinlik masalasi doimiy gap boradigan mavzu sanaladi. U xuddi insonlarning tabiiy ehtiyojlari kabi hayoti davomida paydo bo'lib turuvchi fenomendir. Uni kerakliligi esa erkni yo'qotgan paytda seziladi. Shunday ekan erkinlik davrlar mobaynida o'ziga bo'lgan qiziqishini so'ndirmasdan yangicha yondashuvlarni zamonasiga qarab o'zgartirib boraveradi. Endi ushbu paragrafda shu mavzudan yana chetlashmagan holda Ploton va Farobiy falsafasidagi erkinlik atamalari qanday o'rin egallaganligi haqida tahlil etiladi. Ularning qarashlari qiyosiy analizdan o'tkaziladi. Platonning qarashlari yuqoridagi paragraflarda ko'rib chiqildi.

Dunyoga mashhur Sokratning shogirdi Platon, o'z navbatida, u ham rahnamosi fikrlaridan uzoqlashmagan. Inson olamida erkinlik mavjud deya ta'kidlagan holda, o'z-o'zini anglab, o'z yo'lini erkin tanlashida aks etishini aytib o'tadi. Ammo uning Sokrat fikrlaridan farqli tomoni «Davlat» asarida keltirib o'tilgan, qalbgina o'zga olamda kelgusidagi mavjudligini, faoliyatini o'zi aniqlaydi, kabi mulohazalarida ko'rinadi. Platon inson qalbi, ruhi hayotini qay tariqa miskin yoki boy-badavlat o'tkazishini, ijtimoiy darajasini, ya'ni shoh yoki gado sifatida umr kechirishini, hatto, inson bo'lib emas, biron-bir hayvon jismida tug'ilishini ham tanlash imkoniyatiga egaligini ta'kidlaydi. Bu tanlovni amalga oshirganlaridan so'ng hech qanday kuch ular qarorlarini o'zgartira olmaydi. Bu jarayondan keyin qalb unutish daryosidan suv ichadi va o'zi tanlovini unutadi. Inson esa shu qalb tanlagan tanlov bo'yicha hayoti davomida belgilangan yo'ldan yuradi [14, 413]. Bulardan aynan shu ko'rinishdagi tanlovda inson erkinligi, ammo bunga qarama-qarshi ma'noda keluvchi taqdir tushunchalarini Platon o'z qarashlarida ochib berishga harakat qilgan, degan xulosaga kelish mumkin.

MAVZU BO'YICHA ADABIYOTLAR SHARHI

Antik davr falsafasining yirik namoyandasi, yunon faylasufi Aflotunning ijodi falsafiy, ijtimoiy, tarixiy adabiyotlarda, jumladan, falsafa tarixida ko'pgina tadqiqotchilar tomonidan o'ziga xos uslubda, o'z zamonasiga mos ravishda atroflicha tahlil qilib berilgan. Bunga ko'plab misollarni keltirishimiz mumkin va ularning durdona fikrlaridan bugungi kun talabiga to'liq javob bera oladigan yechimlarni ham topishimiz mumkin. Shuningdek, Aflotunning ijodini har tomonlama yorituvchi A.F.Losev [10], G.V.Drach [9], V.S.Solovyev [15], L.I.Shestov [16], E.Braun [1], G.Murray [2], R.N.Parxomenko [11] va boshqa tadqiqotchilar ishlarini, risolalarini, maqolalarini misol qilib keltirishimiz mumkin.

17

www.birunijournal .uz

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Tadqiqot olib borish davomida tizimlilik, nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, tarixiylik va mantiqiylik, qiyosiy-komparativistik tahlil kabi ilmiy-falsafiy tamoyillardan foydalanildi.

TAHLIL VA NATIJALAR

Platon o'z ta'limoüarida «polis» tushunchasi bo'yicha keltirilgan mazmun chegarasidan chiqmay, unga ezgulik borlig'i sifatida munosabat bildirgan. Ezgulik mukammal tushuncha sanaladi, shu bilan birga, u borliqni ham mukammallashtiradi. Avtarkiya (mustaqillik) atamasi polis tili bilan aytganda, erkinlikning asosiy belgisi hisoblanadi. Buni quyidagicha izohlash mumkin: faoliyati ezgulikka yetishishga qaratilgan inson erkinlik egasi bo'la oladi. Chunki ezgulik o'zining avtarkiyasi, ya'ni mustaqil harakatining ichida erkinlik mujassam. Inson qalbi o'z-o'zini nazorat qilish va mulohazakorlik orqali tartibga kelgani kabi polis ham xalq anjumani va birligi orqali joy-joyiga tushadi. Bunda bir shaxs erkinligi jamiyatdan alohida mustaqilligida emas, balki o'zining o'zi ustidan hukmronlik qilish va ezgulikka intilish demakdir. Bu yerda uning fikrlari Sokratning qarashlari bilan o'xshashligi isbotlanmoqda. Qo'shimcha qiladigan bo'lsak, Platon o'zining dialoglarida erkinlikning eng oliy toifasi sifatida do'stona erkinlikni ta'riflagan. Bu esa aynan polisning mukammal jamiyatida amalga oshadi. Xuddi «do'stlik» tushunchasining o'z-o'ziga iroda beruvchi ezgulik avtarkiyasining mukammal aksi sanalishini har bir fuqaro o'z-o'zini sevishni shakllantirilishiga o'xshatish mumkin [11]. Bu yondashuvda ichki va tashqi erkinlik fenomenining sintezlashgani hamda u ko'proq polis foydasiga og'ayotganini ko'rishimiz mumkin.

Hayoti davomida u erkinlik fenomenini bir taraflama ko'rinishda o'rganib, to'xtatib qo'ymagan. Aksincha, bu mavzuni rivojlantirgan. Platon o'z oldiga jamiyatda yashayotgan insonga erkinlikning zarurligi yoki zaruriyati yo'qligi, insonga uning kerakligi sababi, uni jamiyat hayotidagi ahamiyati kabi masalalarning yechimini berishni maqsad qilib qo'ygan. Bu muammolarni o'rganish jarayonida unda ikki xil dialektik yondashuv shakllangan. Platon erkinlikni pozitiv hamda negativ jihatlarini talqin qilgan. Ijobiy jihatlariga to'xtalar ekan, u shaxs o'zining mohiyatan asl qudratini amalga oshirishga, ijodiy kashfiyotchilikka, shu bilan birga, ma'lum bir oliy maqsadga erishishga erkinlikning yordami beqiyosligini tasniflab o'tadi. Shuningdek, faylasuf erkinlikning salbiy ta'sirini ham ta'kidlashni unutmagan. U o'z kuzatishlari orqali quyidagi xulosalarga kelgan:

• qonun chegarasidan chiqadigan erk polis fuqarolari uchun xavfli hamda unga zarar yetkazishi mumkin;

18

www.birunijournal .uz

• inson tabiatiga erkinlikni suiste'mol qilish xosligi tufayli erkinlik ularning qo'lida vayronkor oqibatlarga olib kelishi ehtimoli mavjud;

• erkinlikni inson qo'liga tutqazish to'g'ri yo'l emas;

• erkinlik davlat imtiyozi sifatida qabul qilinsa, maqbul ish bo'ladi.

Yuqoridagi mulohazalarda, bir tomondan, absolyut bo'lmasada erkinlik qalb

orqali amalga oshirilishi isbotlansa, boshqa tomondan, «ideal davlat» qurish uchun erkinlikning ortiqchaligi, u jamiyat qulashi ko'rinishidagi salbiy natijalarga olib kelishi ta'kidlandi. Erkinlikni inson hayotidan chiqarib tashlash o'rinli ekanligi aytildi. Mutafakkir uchun inson hayotining asosiy maqsadi erkinlikka erishishni tashkil etmaydi. Platonning «Davlat»ida fuqarolarning asosiy vazifasi unga sobitlik bilan xizmat qilish, taraqqiy etishiga hissa qo'shish sanaladi. Platon jamiyati hayotidan uni ulug'lamaydigan, unga bo'lgan sadoqatni so'ndiradigan, uning ustidan shikoyat ruhidagi she'rlar yozgan shoirlar quvg'in qilingan.

Platon erkinlikni siyosiy ijtimoiy tusda ko'rar ekan uning davlat tuzumlaridagi erkinlikni rolini eslatib o'tish lozim. Davlat turlarini u beshga ajratadi. Shuningdek, ular qayerdandir yerlardan, yoki yo'q joydan, yoki biror bir narsalardan emas, balki insoniy tabiatdan kelib chiqqanligini aytib o'tadi. Bu tuzumlar insonning xarakteri nimaga moyilroq bo'lsa, o'sha davlat turlarning birida istiqomat qiladi. Endi e'tiborni ushbu dialogga qaratsak:

"— Demak, beshta davlat turi mavjud bo'lganligi sababli, turli odamlar qalbning beshta turli xil qurilmalarga ega bo'lishlari kerak.

— Nimalarga?

— Eng yaxshi sanalgan aristokratik hokimyatga mos keladigan insonni allaqachon ko'rib chiqdik va uni yaxshi va adolatli deb tan oldik.

— Ha, biz uni allaqachon o'rgandik.

— Endi esa biz eng yomon, boshqacha qilib aytganda, Lakedemon tuzumiga ko'ra bir-biri bilan raqobatlashadigan va shuhratparast odamlarni, keyin oligarxik, demokratik va zolim odamni tasvirlashimiz kerak, eng adolatsizlarni ko'rsatgan haolda uni eng adolatli bilan taqqoslash, shuningdek, sof adolat bilan sof adolatsizlik uning egasi uchun baxt yoki baxtsizlik nuqtai nazaridan unga qanday bog'liqligi masalasini ko'rib chiqishimizni yakunlash lozim. Va keyin biz yoki Frasimaxga ishonamiz va adolatsizlikka intilamiz yoki endi aniq bo'layotgan xulosaga kelamiz va adolatni saqlaymiz.

— Albatta, shunday qilish kerak.

— Biz alohida shaxslarni emas, balki davlat axloqini ko'rib chiqishni boshlaganimiz sababli, chunki ular u yerda yanada aniqroq, endi biz birinchi navbatda shuhratparastlikka asoslangan davlat tizimini olamiz (boshqa iborani

19

www.birunijournal .uz

qo'llay olmayman, uni "timokratiya" yoki "timarxiya" deb ataymizmi baribir, farqi yo'q) va shunga mos ravishda shunga o'xshash odamlarni ko'rib chiqamiz; keyin -oligarxiya va oligarxik shaxs; keyin demokratiyaga nazar tashlaymiz va demokratik odamni kuzatamiz; nihoyat, tiraniya bilan boshqariladigan davlatga boramiz va u yerda nima qilinayotganini kuzatamiz, yana qalbning zolim qatlamiga e'tibor qaratamiz. Shunday qilib, biz rejalashtirgan masalalarda yetarlicha bilimdon hakam bo'lishga harakat qilamiz.

— Bunday ko'rib chiqish izchil va puxta bo'lar edi" [13, 910-911].

Ko'rinib turibdiki, Platon nuqtai nazarida davlat aristokratiya, timokratiya, oligarxiya, demokratiya va tiraniyaga ajaralgan. Faylasuf bu tuzilmalarni alohida qarab o'tgan. U aristokratiyani eng oliy va yaxshi boshqaruv turi sifatida baholaydi. Unda aql bilan ish yurituvchilar faoliyat olib borishi haqidagi qarashlarni ilgari suradi. Ular tana istaklari va ehtiyojlariga tobe bo'lmaydilar. Agar Platonni ideal davlati g'oyasiga e'tibor qaratilsa, unda jamiyatni tabaqalanishini kuzatish mumkin. Har bir turkum fuqarolarni u oltin, kumush, temir va mis kabi metallar bilan belgilanadi. Hokimyatning qanday tusda bo'lishi aynan shu turkumdagi odamlarning tabiatiga bog'liq. Va uning ideal jamiyatini boshqaruvchilari aynan aristokratiya hikimyati bilan bog'liqligi ayon bo'ladi. Tabaqalarni aralashib ketishi uning kelajak avlodlarning sifatiga ta'sir etishi va bu mukammal davlatga putur yetkazishi haqidagi qarashlar orqali ifodalanadi.

Platon birinchi navbatda nomukammal va yaxshi bo'lmagan hokimyat sifatida timokratiyani ko'rib chiqadi. Timokratiya aynan askar va harbiylarning boshqaruvi sifatida tasvirlanadi. Unda aynan shuhratparastlikka yog'rilgan hokimyat aks etadi. U buni boshqaruvni aristokratiya va oligarxiyani o'rtasida paydo bo'lgan tuzum deb ataydi. Bu tuzumda boshqaruvchilar turkumlarni aralashib ketishi oqibatida qandaydir o'rtacha xususiyatga ega bo'lganlar boshqaruvda bo'lishini aytib o'tadi. Timokratiyada hususiy mulkchilik paydo bo'lib, ular yuqori tabaqadagi insonlarda mavjud bo'lgan holda qolgan fuqarolar tobe xizmatchilar sifatida jamiyatda o'rin egallaydi. Bunday boshqaruvdagi davlat boshiga donolar emas, harbiy ruhiyatga ega shaxslar qo'yiladi. Bunday jamiyat tinchlikka emas, nizo va urushlarga intiladi. O'zaro musobaqalashish kuchayadi. Bu yerda yaxshilik va yomonlikni aralashib ketishi kuzatiladi. Tuzumning qattiq va qat'iy qoidalari uni buzishga bo'lgan harakatlarni keltirib chiqaradi. Chunki bu yerda ularni anglatish emas, balki ko'r -ko'rona rioya etish va majburlash talab etiladi. Bu hokimyatda yashovchi fuqarolar qanday xususiyatlarga ega bo'lishini quyidagicha tasvirlaydi:

"U qattiqqo'lroq, kam ma'lumotli, lekin u bilimdonlikni qadrlaydi va boshqalarni bajonidil tinglaydi, ammo o'zi mustaqil biron bir so'z umuman bilmaydi.

20

www.birunijournal .uz

Bunday odam qullarga nisbatan shafqatsiz, biroq u ularni mensimaslikdan yiroq, chunki u yetarli darajada tarbiyalangan; erkin odamlarga nisbatan muomala qilishda u xushmuomala va boshqaruvchilarga juda itoatkor; hokimiyatni sevuvchi va shuhratparast bo'lgan holda, u hokimiyatning asosi gapirish qobiliyati yoki shunga o'xshash narsalar emas, balki harbiy qahramonliklar va umuman barcha harbiy narsalar bo'lishi kerak deb hisoblaydi: shuning uchun u gimnastika va ovni yaxshi ko'radi" [13, 913].

Uning navbatdagi tuzumi bu oligarxiya sanaladi. Bu hokimyatdagi davlat boshida boy kimsalar turadi va jamiyat boy va kambag'al ko'rinishdagi tabaqaga ajraladi. Platon bu yerda oligarxiyani boshlanishi timokratiyadagi ayrim xususiyatlarning rivojlanib ketishidan vujudga keladi deb tushuntiradi. Ya'ni timokratiyadagi shuxratparatslik va hokimyatsevarlik boylik to'plashga sabab bo'ladi. Boylik esa aynan boshqaruvchilar qo'lida to'planadi tobe yoki boshqariluvchilarda emas. Yana u yerdagi ayrim asosiy qadriyatlar ham yo'qolib, uning oqibatida hokimyatning yangicha tuzumi oligarxiya yangi qadriyatlar bilan yuzaga keladi. Insonlarga boyligiga qarab munosabat qilinadi. Davlat boshqaruvida ham badavlat shaxslarni ko'proq qadrlab, ularga yaxshi mavqe va lavozimlarda faoliyat olib borishlariga imkoniyat yaratadilar.

Oligarxiyadagi hukumatda insonlarning tabiati o'ziga xos ko'rinishga keladi. Ular boylikka qaramlik bilan ajralib turadilar. Uni xasislik orqali to'plashga va iloji boricha sarflamay, qo'l ostilarida saqlashga va uni ko'paytirishga bo'lgan intilishlarini boshqalarning hisobidan amalga oshiradilar. Ular juda ham tejamkor va kamxarj bo'lishga harakat qiladilar. Bunday turdagi odamlarni XIX-XX asrlarda ijod qilgan Abdulla Qodiriyning "Mehrobdan chayon" romani qahramoni Ra'noning otasi timsolida juda yaxshi ochib berilganini ko'rish mumkin. Platon ham oligarxiya boshqaruvidagi fuqarolar va rahbarlar ham shunday hislatlarga ega bo'lishi haqida yetarlicha fikrlar keltirgan.

"Darhaqiqat, oligarxiya davrida boy bo'lib hokimiyat tepasida turgan hukmdorlar yoshlarning axloqsizligini qonun bilan cheklashni va ularning boyliklarini isrof qilish va yo'q qilishlarini taqiqlashni xohlamaydilar; aksincha, hukmdorlar bundan foydalanib, ularning mol-mulklarini sotib olishadi yoki o'zlarini yanada boy va qudratli qilish uchun ularga foiz qarz berishadi" [13, 918].

Demak, bunday hokimiyat tepasida ziqna va dardi xayoli boylik orttirish bo'lgan boshqaruvchilargina mavjud bo'la oladi. Endi esa Platon sekingina demokratiya haqida o'z mulohazalarini yoritishga o'tadi. Oligarxiyadagi boylar va kambag'allar tabaqalariga ajralishi aynan kambag'allarning norozigarchiligiga sabab bo'ladi.

21

www.birunijournal .uz

Bunday adolatsizlik va ularning haq-huquqlarini cheklanishi hokimyatda qo'zg'alonlarni keltirib chiqarilishiga sabab bo'ladi.

"— Demokratiya, mening fikrimcha, kambag'allar g'alaba qozonib, ba'zi raqiblarini yo'q qilganda, boshqalarini haydab chiqarganda, qolganlarini esa boshqalar bilan fuqarolik huquqlari va davlat lavozimlarini egallashda tenglashtirganda amalga oshiriladi, bunday jarayon demokratik tuzum ostida, asosan, qur'a tashlash orqali sodir bo'ladi.

— Ha, demokratiya shunday o'rnatiladi, u qurol kuchi bilan amalga oshiriladi yoki uning raqiblari qo'rqib, asta-sekin orqaga chekinishlari orqali.

— Odamlar bu bilan qanday yashaydilar? Va bu davlat tuzumi qanday? Axir, bu odamga demokratik xususiyatlarga ega bo'lish ko'rinishi orqali ta'sir qilishi aniq.

— Ha, bu aniq.

— Avvalo, bu erkin odamlar bo'ladi: davlatda to'liq erkinlik va ochiqlik va xohlagan narsani qilish imkoniyati paydo bo'ladi.

— Ha, shunday deyishmoqda.

— Va bu kabi imkoniyat berilgan joy da, shubhasiz, har kim o'z xohishiga ko'ra hayot kechiradi.

— Ha, bu aniq.

— Menimcha, bunday davlat tizimi bilan odamlar turlicha bo'ladi.

— Albatta.

— Bu eng yaxshi davlat tizimi bo'lib tuyuladi. Barcha ranglar bilan qoplangan mato singari, turli xil odatlar bilan bezatilgan bu tizim ham juda chiroyli ko'rinishi mumkin. Ehtimol, ko'pchilik, barcha rang-barang narsalarga qoyil qoluvchi bolalar va ayollar singari, uni eng yaxshisi deb qaror chiqarishadi.

— Albatta.

— U bilan, do'stim, davlat tuzilishini tanlash qulay.

— Siz nimani nazarda tutyapsiz?

— Axir, xohlagan narsani qilish imkoniyati tufayli u davlat qurilmalarining barcha turlarini qamrab oladi. Ehtimol, agar kimdir siz va men kabi davlat barpo etishni istasa, u demokratiya mavjud bo'lgan joyga borishi kerak va u yerda, u go'yo har xil hukmronliklar bilan savdo qiladigan bozorga kirib, o'zi yoqtirganini tanlab, shu tanlov asosida o'z davlatini tashkil qila oladi.

— Ehtimol, namunalar bo'yicha kamchilik bo'lmaydi.

— Demokratik davlatda, agar siz hukumronlikka qodir bo'lsangiz ham, boshqaruvda ishtirok etishning hojati yo'q; agar xohlamasang, itoat qilishing, yoki boshqalar jang qilganda jangga kirishishing, yoki agar sen tinchlikni xohlamasang boshqalar kabi tinchlik shartlariga rioya qilishing shart emas. Va yana, agar biron bir

22

www.birunijournal .uz

qonun senga boshqarishni yoki hukm chiqarishni taqiqlasa, sen hayolingga kelgan boshqarishing va hukm chiqarishing mumkin. Bir qarashda bu ajoyib emasmi va bunday hayot jozibali ko'rinmaydimi?

— Ehtimol, lekin uzoq vaqt emas.

— Keyin. U yerda ba'zi mahkumlarga nisbatan rahm-shafqat qilinishi ajoyib emasmi? Yoki bunday davlat tuzumi ostida o'limga yoki surgunga hukm qilingan odamlar jamiyatda yashab qolishlari va uning ishlariga aralashishlarini kuzatmaganmisan: go'yo unga hech kim ahamiyat bermaydi va hech kim uni ilg'amaydi, bunday odam xuddi mabud kabi aylanib yuradi.

— Ha, va ular juda ko'p uchraydi.

— Bu ko'ngilchanlik demokratik tuzumning kichik tafsilotlari emas; aksincha, bu bizning davlatimizni barpo etishda muhim deb hisoblagan barcha narsalarga nisbatan nafratni aks ettiradi. Agar inson, biz aytganimizdek, ajoyib tabiatga ega bo'lmasa, u hech qachon fazilatli bo'lmaydi; xuddi shu narsa, agar bolaligidan — o'yinlarda va darslarida — u go'zallik bilan aloqa qilmasa bunga erisholmaydi. Shu bilan birga, demokratik tuzum, bularning barchasini takabburlik bilan oyoq osti qilib, qaysi kasblardan davlat faoliyatiga o'tishi bilan ishi yo'q. Odam hurmat ko'rsatiladi qachonki u olomonga tegishliligini anglasa.

— Ha, juda olijanob ko'ngilchanlik!

— Bu va shunga o'xshash xususiyatlar demokratiyaga xosdir - to'g'ri boshqaruvga ega bo'lmagan, ammo yoqimli va xilma-xillikka ega tizimdir. U bilan teng va notenglarni tenglashtiradigan o'ziga xos tenglik mavjud.

— Sen nima haqida gapirayotganingni yaxshi bilamiz" [13, 920-921].

Demak, dialogdan ma'lum bo'lishicha, demokratik boshqaruvda barcha turdagi

hokimyatni uchratish mumkin. Bunda insonni xatti-harakatlari chegaralanmasligi ko'rsatiladi, ya'ni davlat boshqaruviga tajribaga ega bo'lgan ham, yoki bu haqda tasavvur hosil qilolmaydiganlar ham kelishga haqli. Hokimyat tepasiga keluvchilarni fazilatlari birinchi o'rinda turmaydi. Ular xalq ichidan chiqqan bo'lsa yetarli. Shu boisdan Platon bu boshqaruv turini barcha yomon boshqaruv turlarini keltirib chiqaruvchi yomon hokimyat tizimi ekanligini ta'kidlaydi. Shu boisdan ham boshqaruvchi tiranga ham aylanishi haqidagi fikrni ham aytib o'tadi.

Shunday ekan, Platon bo'yicha tiraniya boshqaruv tizimi qanday gavdalanadi? U albatta demokratiya asosida shakllanadi. Uning nazariyasida hokimyat nimaga ochko'zlik bilan intilsa, o'sha narsa uning halokatiga olib keladi. Mana oligarxiyada boylik uni vayron etgan bo'lsa, demokratiyada esa erkinlik sababchi rolini o'ynaydi. Ya'ni xaddan ortiq erkinlikning zaminida davlat boshiga bo'lajak tiranlar kelib, aynan xalq intilgan erkinlikdan mahrum etadi va bu boshqaruv tizimi tiraniyaga

23

www.birunijournal .uz

aylanadi. Tiran o'z manfaatlarini o'ylovchi va o'z xohish-istaklariga boshqalarni bo'ysundiruvchi shaxsdir. Demokratiyada fuqarolar bir-birlarining erkinliklariga daxl qilmaslik uchun bo'ysudiruvchi xarakterga ega harakatlarni bajarmaslikka harakat qiladilar. Buning natijasida esa har narsa qilish mumkin ruhidagi yosh avlod shakllanadi, bu esa bo'lajak tiranlarni yaratib beradi. Bu yerda Platon aynan xaddan tashqari erkinlik haqida aytib o'tgan. Va undan aynan juda kuchli hamda ayovsiz qullik paydo bo'ladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Shu bilan Platon, takroran aytish mumkinki, doimo inson yoki jamiyatdagi alohida bir shaxs manfaatini emas, balki davlat va jamiyatning umumiy, yaxlit foydasini ko'zlovchi g'oyalar tarafdori bo'lgan. Albatta, bunda qonun davlat erkinligini anglatgan. Uning VIII maktubidan: «...Bo'ysunish kabi erkinlik ham, agar ular chegarani bosib o'tishsa, bu ulkan yovuzlikdir, shu miqdorda ulkan ezgulik hamdir: xudolarga qullarcha bo'ysunish yaxshi, insonlarga esa yaxshimas. Idrokli insonlar uchun qonun - xudo, nodonlarga esa - lazzatlanishdir» [12, 507], degan satrlarini keltirish o'rinli bo'lar edi.

Jumladan, mutafakkir falsafiy fikrlari tahlili chog'ida erkinlikning haddan ortig'i jamiyat halokatiga olib kelishi to'g'risidagi fikrlari, hozirgi davrgacha bo'lgan tarixiy tajribadan kelib chiqqan holda, qanchalik haqiqatga yaqinligini ko'rishimiz mumkin. Hozirgi davrda ham yoshlar «erkinlik» tushunchasini har kim istagan ishini qilishi mumkin, degan tushuncha bilan aynanlashtirishadi. Ammo bu tarzda tushunish hamda shu yo'nalishda harakat qilish jamiyat parokandaligiga, boshboshdoqlikka, umumiy tizimning buzilishiga olib keladi. Bu yillar mobaynida shakllanib kelgan axloqiy prinsiplarga ham putur yetkazadi. Zero, har bir shaxs erkinligi boshqa bir shaxs erkinligi chegarasida tugaydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES):

1. Brown E. Minding the gap in plato's republic. Washington, St. Louis, 2004.

2. Murray G. Five Stages of Greek Religion. - New York:Mineola, 2002.

3. Rakhimdjanova D.S. Practical importance of the transformational interpretation of the phenomenon of freedom in ancient times and in contemporaneity. - Philosophy and Life. - ISSN: 2181-9505, https://doi.org/10.5281/zenodo.6852328. - Tashkent, 2024. - P. 120-129.

4. Rakhimdjanova D.S. The concept of the idea of freedom in ancient and medieval philosophy. - Psychology And Education Journal. - ISSN: 00333077, https://doi.org/10.17762/pae.v58i1.1562 - 1195 Stroud Court Westerville, OH 43081, 2021. - P. 4553-4563.

24

www.birunijournal .uz

5. Rakhimdjanova D.S. Comparative Analysis of the Interpretation of the Phenomenon of Transformational Freedom in Antiquity with Its Modern Approach. -International Journal of Social Science Research and Review. - ISSN: 2700-2497, http://dx.doi.org/10.47814/ijssrr.v6i1.921 - Germany, Duisburg, 2023. - P. 457-466.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

6. Rakhimdjanova D.S. Ibn Rushd's Argument About Necessity and Freedom In Philosophy, Based on the Denial of the Opinions of His Contemporaries. -International Journal Papier Public Review. - ISSN: 2709-023X, https://doi.org/10.47667/ijppr.v5i3.301 - Austria, Wien, 2024. - Pg. 20-25.

7. Raximdjanova D.S. Erkinlik tushunchasini transformatsion xususiyatini ikki davr o'rtasidagi differensiatsiyasini sotsiologik so'rovnoma orqali tahlili. -International scientific journal of Biruni. - ISSN (E) 2181-2993, Volume 2, Issue 02. - Tashkent, 2023. - B. 33-46.

8. Raximdjanova D.S. Ibn Rushdning ixtiyoriylik va zaruriyat o'rtasidagi munosabatga keltirgan argumenti. - ActaEducation. - ISSN 3030-3140, Volume 1, Issue 2. https://doi.org/10.61587/3030-3141-2024-1-2-21-26 - Tashkent, 2024. - B. 21-26.

9. Драч Г.В. Рождение античной философии и начало антропологической проблематики. М., 2003.

10. Лосев А.Ф. Очерки античного символизма и мифологии. М., 1993.

11. Пархоменко Р.Н. Генезис идеи свободы в западноевропейской философии // Философская мысль. - М., 2012. - № 4. - С. 179-210.

12. Платон. Политик. Законы. Послезаконие. Письма. Сочинения платоновской школы. - М., 1999. - Письма. - С. 507.

13. Платон. Полное собрание сочинений в одном томе. — М.: АЛЬФА-КНИГА, 2016.

14. Платон. Собрание сочинений: в 4-х т. - М.: Мысль, 1990-1994.

15. Соловьев В.С. Сочинения: В 2 т. - М., 1990.

16. Шестов Л.И. Сочинения: В 2 т. - М., 1993.

25

www.birunijournal .uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.