SUN'IY INTELLEKT YORDAMIDA 8-SINF FIZIKA DARSLIGINI TAHLILI
Mustafoyev O'tkirjon Rustamovich
Buxoro davlat pedagogika instituti tayanch doktoranti utkirj onmustafoyev4@gmail .com https://orcid.org/0009-0003-8114-606X
Annotatsiya: 8-sinf fizika darsligi oxirgi marta 2019-yilda chop etilgan edi. Ammo hozirgi texnologiyalar asrida bu kitobdan foydalanish ozgina qiyin hisoblanadi. Chunki bu kitobda eng yangi texnologiyalardan qo'llash imkoniyati yo'q, mustahkamlash darslarida keng qo'llash mumkin. Agar 8-sinf darsligida ham bu imkoniyatga ega bo'lsak, "Elektrositatika" va "Elektrodinamika" bo'limlarini o'quvchilar yaxshi o'zlashtirishlari mumkin.
Kalit so'zlar: 8-sinf darslik, nazariy bilimlar, sun'iy intelekt, ilmiy yondashuv, mantiqiy savollar va masalalar, axborot texnologiyalari.
Asosiy qism. 2019-yilda nashrdan chiqarilib 8-sinf o'quvchilariga foydalanishga topshirilgan darslikning I bobi "Zaryad. Elektr maydon.", II bob "Elektr toki", III bob "Elektr tokening ishi va quvvati", IV bob "Turli muhitlarda elektr toki", V bob "Magnit maydon" kabi boblarni o'z ichiga oladi. Bu darslikni o'rganish davomida 60 ta mavzu orqali elektr bo'limi o'rganiladi [1-3]. O'quvchilar turli xil laboratoriya mashg'ulotlarini ko'rishadi va masalalar ishlashadi. Hususan quyidagi masalalar berilgan:
Kulon kuchi mavzusida: Bir biridan 10 sm masofada turgan sharchalardan birining zaryadi -2nc, ikkinchisining zaryadi 3nc. Ular qanday kuch bilan tortishadi?
Maydon kuchlanganligi mavzusida: nuqtaviy zaryadning elektr maydoniga 0.2 nc bo'lgan sinov zaryadi kiritilganda unga 5 m N kuch ta'sir etgan bo'lsa shu maydonning kuchlanganligi qanday bo'ladi?
Elektr maydonda bajarilgan ish mavzusida: Elektr zanjiridagi lampochkaga parallel ulangan voltmeter 1.5 V ni ko'rsatmoqda. Lampochkadan 10 C zaryad o'tganda qancha ish bajariladi?
Elektir zanjirda qarshiliklar mavzusida: Elektr zanjirga ulangan rezistorning qarshiligi 100 om resistor uchlari orasidagi kuchlanish 10 V bo'lsa undan qanday tok o'tadi?
Qarshiliklarni ketma-ket va qarama-qarshi ulash mavzusida: Qarshiliklari 1 om, 2 om va 3 om bo'lgan uchta o'tkazgich ketma-ket ulangan bo'lib ulardan 1 A tok o'tmoqda. Har bir o'tkazgichdagi kuchlanishni, zanjirning to'liq qarshiligini va kuchlanishini toping?
Kondensator sig'imi mavzusida: Yuzasi 25 smA2 bo'lgan yassi kondensator qoplamalari bir-biridan 5 mm qalinlikdagi sluda bilan ajratilgan. Kondensatorning sig'imi nimaga teng?
Magnitizim mzvzularida: Induksiyasi 0.5 T bo'lgan magnit maydon chiziqlariga tik joylashgan 20 sm uzunlikdagi o'tkazgich maydonining ta'sir kuchi 0.03 N ga teng. O'tkazgichdan o'tayotgan tok kuchi qanday bo'ladi?
Elektr divigatellar mavzusida: Induksiyasi 0.6 T bo'lgan magnit maydon induksiyasi chiziqlariga tik ravishda 20000 k m/s tezlik bilan harakatlanayotgan protonga qanday kuch ta'sir etadi?
Kabi masalalarni o'z ichiga oladi bu masalalar orqali mantiqaiy fikrlashni o'stirish qiyinlik qiladi. Bu mavzularni hozirgi zamon texnalogiyalariga bog'lagan holda ta'lim berish, ta'lim sifatini oshirishga qisman yordam beradi[4,5].
Xo'sh bu darslikni sun'iy intelekt yordamida tahlil qilib ko'ramiz. Suniy intelekt yordamida darslikga intelektiv dasturlar yordamida ishlanadigan vazifalar qo'shish mumkin. Ya'ni sun'iy intelekt asosida ta'lim dasturlaridan foydalanib, ular orqali mashqlarni bajarish va nazorat savollarini olish mumkin. Bundan tashqari shaxsiylashtirilgan o'qitish, vizual materiallar, online kurslar va resurslar, mashq va testlar, savol-javoblar tizimlaridan foydalanish mumkin [5].
Shaxsiylashtirilgan o'qitish nima degani? Sun'iy intelekt sizning kuchli va zaif tomonlarizni aniqlab, o'qish jarayonini shaxsiylashtiradi. Vizual materiallar esa fizika
tushunchalarini tushuntirish uchun grafiklar, diagrammalar va sumulyatsiyadan foydalanish tizimi.
Endi sun'iy intelektdan foydalanganimizda qanday yutuqlarga erishamiz degan savolga yana bir javob sifatida vaqtni ham tejash mumkinligi misol bo'ladi.
Xulosa. Shunday qilib sun'iy intelekt yordamida 8-sinf fizika kitobini o'rganish o'quvchilarni yanada faol, motivatsialangan va ta'lim jarayonida muvaffaqiyatli qiladi. Sun'iy intelekt tizimini yangilab, o;quvchilarning bilim olish jarayonini yanada sifatli va samarali qilish imkoniyatini beradi. Bu nafaqat o'quvchilarning o'zini-o'zi o'rganish qobilyatini oshiradi, balki o'qituvchilarga ham darsni yanada samarali o'tishga imkon beradi. Natijada, ta'lim jarayoni umumiy sifatda yaxshilanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Fizika. Umumiy o'rta ta'lim maktablari uchun 10- sinf darslik/ K. A. Tursunmetov, Sh. N. Usmonov, J. A. Raxmatov, D. B. Xomidov T.: : Respublika ta'lim markazi, 2022. - 192 b
2. Рустамович, МЮ (2023). Сравнительный анализ учебников естествознания Узбекистана и Турции для 6-х классов. Международный журнал формального образования, 2 (3), 114-120.
3. Daminov, M. I., & Mustafoyev, O. (2020). R. Fizikadan maktab o 'quvchilari uchun zamonaviy darsliklar yaratishda xorij tajribasidan foydalanish. ta'lim sifatini oshirish: muammo, yechim va istiqbol 1, 1, 683-685.
4. Даминов М.И., Каххоров С.К. и Мустафаев У.Р. (2020). Изучение основ нанотехнологий в школьной программе физика. Научные доклады Бухарского государственного университета, 3 (4), 320-324.
5. Mustafoyev, U. (2024). The essence of the concept of artificial intelligence, its description, and its possibilities of application in the process of teaching physics. Interpretation and researches.