O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar
^ationalUmversity^fUzbekista^^^^^^^^^M
SUN'IY INTELLEKT PSIXOLOGIYA SOHASIDA
N. D. Kasimova
ADCHTI ijtimoiy-gumanitar fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti, p. f.n.
Zulayxo Tojiddinova
102-Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda xorijiy til yo'nalishi 1-kurs talabasi.
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqola bugungi kunda barcha sohalarda qo'llanayotgan sun'iy intellektning psixologiya sohasidagi ahamiyati, uning qo'llanish doirasi, sun'iy intellektdan mazkur sohadagi ustunliklari va kamchiliklari, simsensie loyihasi va "Raqamli fenotiplash" psixotexnolgik usulining ahamiyati haqida.
Kalit so'zlar: sun'iy intellekt va psixologiya, sun'iy intellektning psixologiya sohasidagi ahamiyati, "Raqamli fenotiplash", Virtual diagnoz, virtual terapiya, neyroimaging tahlili, Kognitiv modellashtirish.
АННОТАЦИЯ:
В данной статье речь идет о значении искусственного интеллекта в области психологии, сфере его применения, преимуществах и недостатках искусственного интеллекта в этой области, проекте Simsensie и значении психотехнологического метода «Цифровое фенотипирование».
Ключевые слова: искусственный интеллект и психология, значение искусственного интеллекта в области психологии, «Цифровое фенотипирование», виртуальная диагностика, виртуальная терапия, нейровизуализационный анализ, когнитивное моделирование.
ANNOTATION:
This article is about the importance of artificial intelligence in the field of psychology, its scope of application, the advantages and disadvantages of artificial intelligence in this field, the simsensie project and the importance of the "Digital Phenotyping" psychotechnological method.
Keywords: artificial intelligence and psychology, the importance of artificial intelligence in the field of psychology, "Digital phenotyping", virtual diagnosis, virtual therapy, neuroimaging analysis, cognitive modeling.
479
May 2024
O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar
^ationalUniversity^fUzbekista^^^^^^^^^MedaeiuiäH
Bugungi kunda sun'iy intellektdan deyarli barcha sohalarda foydalanilmoqda. Ammo psixologiya sohasida sun'iy intellektdan foydalanish biroz unrealistik tuyilishi mumkin. Sababi, inson ruhiyatini o'rganuvchi murakkab sohada sun'iy intellektning potensiali yetarli emasdek, barcha sohalardagi muammolarga universal yechim sifatida qaralayotgan sun'iy intellekt mazkur sohada istisno sifatida qaralishi mumkin. Ammo ko'pab rivojlangan davlatlar sun'iy intellektini psixologiya sohasiga olib kirish bilangina cheklanib qolmay psixologik diagnostika va terapevtik maqsadlarda ham foydalanilayotganligi ushbu fan-texnologiya sohasining mukammalligini yana bir bor isbotlaydi. Yana bir ahamiyatli jihati shuki, sun'iy intellekt tufayli qator kasblar va sohlar faoliyati yakunlanishi, mazkur sohalarda insonlar faoliyati tugatilishi mumkin. Lekin psixologiya sohasini insonlarsiz ya'ni psixologlarsiz tasavvur qilish qiyin. Demak, psixologiya va sun'iy intellekt birgalikda yaxlit kombinatasiyani hosil qilgandagina o'z samarasini ko'rsatadi.
Psixologiya sohasida sun'iy intellektdan quyidagi holatlarda foydalanish mumkin: 1. Tashxis va baholash. Sun'iy intelleky turli hil psixologik kasalliklarni va muammoli vaziyatlarni diagnozida ularni baholashda qo'l kelishi mumkin. Mashinani o'rganish algoritmlari kliniseynlarga yanada aniqroq tashxis qo'yishda bemor ma'lumotlarining to'plamini, klinik intervyular, anketa va biomark ma'lumotlarini tahili etishda foydalanilishi mumkin.
2. Psixlogik holatlarni aniqlash. Sun'iy intellektga asoslangan holda yaratilgan tizimlarda insonlarning hissiy holatlarni baholashda ularning mimikasi, ovoz ohangi va boshqa biomektrik ma'lumotlarni aniqlashi mumkin.
3. Virtual terapiya. Virtual terapiyalar ruhiy salomatlikni qo'llab quvvatlash bilan birga ularga psixologik maslahatlar, yo'l-yo'riqlar ko'rsatishda foydalanilishi mumkin va eng asosiysi, ularda vaqt chegaralanmagan ya'ni dam olish kunisiz va xohlagan vaqtda bu terapiyadan foydalanish mumkin.
4. Kognitiv modellashtirish. Kognativ jarayonlarning hisoblash modellarini yaratishda sun'iy intellekt qo'l keladi. Bu esa tadqiqotchilarga psixologik tadqiqotlar jarayonlarida odamlarni qanday fikrlashi, shuningdek, qaror qabul qilishini tushunishga yordam beradi.
5. Taxminlarga asoslangan tahlilar. Sun'iy intellekt individual ma'lumotlarga asoslanib, ruhiy salomatlik buzilish ehtimoli kabi turli psixologik natijalarni oldindan aytib berishi mumkin. Bu esa oldini olish strategiyalarini ishlab chiqishda foydalanish mumkin.
6. Neyroimaging tahlili. Sun'iy intellekt algoritmlari FMRI (Funksional magnit-rezonanaztomografiya) va EGG (elektroensefalogramma) skanerlari kabi neyroimaging ma'lumotlarini tahlil qilishda yordam beradi. Tadqiqotchilar bu orqali
480
May 2024
O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar
^ationalUniversity^fUzbekista^^^^^^^^^Mediaeiui
miyya funksiyasini o'rganishga va psixoligik hodisalarning neyron korrelyatsiyasini aniqlashga erishishi mumkin.
7. Individual davolash rejalari. Psixologik kasalliklarga individual rejalarini tuzishda bemor ma;lumotlarini tahlil qilishda va bemorning o'ziga xos ehtiyojlariga nisbatan davolashni reajalashirishda sun'iy intellekdan foydalanish natijalarni optimallashtiradi.
8. Xulq-atvor tahlili. Shaxslarning psixologik profillari va xatti-haraatlari haqida tushinchaga ega bo'lish uchun ijtimoiy media faoliyati va internet qidiruvlari kabi harakatlarini tahli qilish mumkin. Bu esa markrting, xavfsizlik va sog'liqni saqlash sohalarida foydalaniladi.
Psixologiya va sun'iy intellektning birlashuvi natijasida mazkur sohada qator yutuqlarga ham erishilgan. Misol tariqasida sun'iy intellekt algoritmlari orqali turli psixologik kasalliklarga aniq diagnoz qo'yishda va profilaktik choralarni kuchaytirishda foydalanilayotganligining o'ziyoq yuqoridagi so'zning isboti bo'ladi. Sun'iy intellekt standartlashtirilgan psixologik testlar javoblari orqali shaxsiyat xususiyatlari, psixopatologiya va boshlarni oldindan aytib bera oladi. Yana bir ustunligi esa psixologlarga katta hajmdagi ma'lumotlarni tez va samarali tahlil qilish imkonining mavjudligi, psixologik muolajalarning avtomatik tarzda diagnoz qo'yish, tavsiyalar berish orqali barcha uchun hamyonbop bo'lishidir. Aynan
sun'iy intellekt va psixologiya sohasini birlashuvi misoli sifatida Amerikaning Janubiy Kaliforniya Universiteti (USC) tadqiqotchilari yangi avlod sun'iy intellekt orqali virtual agentlardan foydalangan holda Loyiha tuzdilar. Simsensie deb nomlangan ushbu loyiha psixologik terapiya uchun psixologlar bilan birga ishlashga mo'ljallangan. Texnologiya tilni jismoniy imo-ishoralarni, fiziologik o'zgarishlarni va ijtimoiy signallarni kompyuterda ko'rish, tahlil qilish orqali amalaga oshiriladi. Tadqiqotlar natijasi shuni ko'rsatdiki, harakterning tashqi ko'rishidan ko'ra ma'lum vaziyatlardagi o'zaro aloqasi muhimroq sanaladi.
Rivojlangan texnologiyalar va sun'iy intellekt orqali odamlardagi qator muammolar uyqu holating buzulishi, giyohvandlik, o'z joniga qasd qilish holatlarini oldini olish maqsadida tadqiqotchilar tomonidan ma'lum bir texnologik usullar ixtiro qilingan. Bu usulllardan bir esa "Raqamli Fenotiplash". Bu usul mijoz yoki bemorning raqamli izlarini smartfon yoki taqiladigan maxsus qurilmalar orqali olish yordamida ulaning asosiy vaqtini qayerda o'tkazishi kabi ma'lumot nuqtalarini tushinish orqali xatti-harakati haqida ma'lumotlarga ega bo'lishi mumkin. Bu usul ekspertlar va tadqiqotchilar tomonidan diagnostika jarayonlarinda foydalaniladi va shaxslarda mavjud muammolarni hal etishda,shuningdek, idividual davolash reajalarni takomillashtirishda foydalaniladi. Melburn Universiteti Hisoblash va axborot tizimi fakulteti o'qituvchisi doktor Simon Dalfonsning aytishicha raqamli
May 2024
481
O'zbekiston Milliy Universiteti O'zbekistonda mediata'lim:muammolar, yechimlar va istiqbollar
^ationalUniversity^fUzbekista^^^^^^^^^MedaeiHiSH
fenotiplash an'anaviy suhbat terapiyasi orqali aniqlash qiyin bo'lgan xulq-atvordagi ma'lum jihatlarni an'anaviy terapiyalarga yondosh tarzda ma'lumotlarar to'pash usuli hisoblanadi. 2020-yilda Taylor tomonidan kognativ psixologiyani tushunarli sun'iy intellekt (XAI)ga shaffoflik va adolatlilikni oshirish maqsadida kiritilishi ham psixologiya sohasida innovatsion texnologiyalarning ahamiyati tobora oshib borayotganlini yana bir bor isbotlab beradi. Ammo shu o'rinda yana bir ahamiyatli jihat mavjud bo'lib u odamlarning zamonaviy texnologiyalarga bo'lgan ishonchi bilan bog'liq. Odamlar psixologiya sohasidagi sun'iy intellekdan qoniqishi zarur. "qoniqish muhim ahamiyatga ega, chunki u ishonch va foydalanishni belgilaydi. Insonning mashina xatti-harakatlariga bo'lgan ishonchi ko'plab omillarga bog'liq".
REFERENCES:
1. Бабашев, Ф. А. (2018). Технология интеллект-карты в профессиональной компетентности будущих учителей. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук, (7), 99-101.
2. Ф. А. Бабашев (2021). УЗБЕКИСТОНДА МЕДИАТАЪЛИМНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ИСТЩБОЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, 2 (NUU Conference 1), 199-203.
3. Ф. А. Бабашев (2023). МЕДИАСАВОДХОНЛИК ВА ЁШЛАР АХБОРОТ ХАВФСИЗЛИГИНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ. Academic research in educational sciences, 5 (NUU conference 3), 7-10.
4.Бабашев, Ф. А. МЕДИАОБРАЗОВАНИЕ-НЕОТЪЕМЛЕМАЯ ЧАСТЬ НЕПРЕРЫВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ. Му- аллим rej м зликсиз билимлендири93.
482
May 2024