Научная статья на тему 'SUN’IY INTELEKT VA TA’LIM YUTUQLARINI BAHOLASH: PEDAGOGIKA YO‘NALISHIDAGI TALABALAR MISOLIDA'

SUN’IY INTELEKT VA TA’LIM YUTUQLARINI BAHOLASH: PEDAGOGIKA YO‘NALISHIDAGI TALABALAR MISOLIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sun’iy intellekt / ta’lim yutuqlarini baholash / individual o‘qish / ta’lim samaradorligi / pedagogika. / искусственный интеллект / оценка успеваемости / индивидуальное обучение / эффективность образования.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — V.V. Abduazizova, M.A. Muxtoraliyeva

maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim yutuqlarini baholashdagi roli pedagogika yo‘nalishidagi talabalar misolida tahlil qilinadi. Sun’iy intellektning ta’lim jarayonidagi qo‘llanilishi, ayniqsa, talabalarning yutuqlarini baholash, individual yondashuvlarni ishlab chiqish va o‘qish samaradorligini oshirishdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada sun’iy intellekt yordamida ta’lim jarayonini takomillashtirish imkoniyatlari o‘rganiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ASSESSMENT OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE AND EDUCATIONAL ACHIEVEMENTS: AS AN EXAMPLE OF STUDENTS IN THE FIELD OF PEDAGOGY

в статье анализируется роль технологий искусственного интеллекта в оценке образовательных достижений на примере студентов педагогического н аправления. Будет рассмотрена важность применения ИИ в образовательном процессе, особенно в оценке успеваемости учащихся, разработке индивидуальных подходов и повышении эффективности обучения. Также в статье будут рассмотрены возможности совершенствования образовательного процесса с помощью искусственного интеллекта.

Текст научной работы на тему «SUN’IY INTELEKT VA TA’LIM YUTUQLARINI BAHOLASH: PEDAGOGIKA YO‘NALISHIDAGI TALABALAR MISOLIDA»

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY Original paper

SUN'IY INTELEKT VA TA'LIM YUTUQLARINI YO'NALISHIDAGI TALABALAR MISOLIDA

© V.V. Abduazizova1H, M.A. Muxtoraliyeva2H 1Namangan muhandislik-qurilish instituti, Namangan, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: maqolada sun'iy intellekt texnologiyalarining ta'lim yutuqlarini baholashdagi roli pedagogika yo'nalishidagi talabalar misolida tahlil qilinadi. Sun'iy intellektning ta'lim jarayonidagi qo'llanilishi, ayniqsa, talabalarning yutuqlarini baholash, individual yondashuvlarni ishlab chiqish va o'qish samaradorligini oshirishdagi ahamiyati ko'rib chiqiladi. Shuningdek, maqolada sun'iy intellekt yordamida ta'lim jarayonini takomillashtirish imkoniyatlari o'rganiladi.

MAQSAD: ushbu maqolaning asosiy maqsadi sun'iy intellekt texnologiyalarining ta'lim jarayonidagi imkoniyatlarini o'rganish va uning ta'lim samaradorligini oshirishdagi rolini aniqlashdir.

MATERIALLAR VA METODLAR: maqola davomida ilmiy adabiyotlar tahlili, empirik kuzatishlar, shuningdek, sun'iy intellekt texnologiyalarini qo'llashga oid tajriba materiallaridan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqot natijalari sun'iy intellekt tizimlarining ta'lim yutuqlarini baholashdagi samaradorligini ko'rsatdi. Avtomatik baholash va individual yondashuvlar ta'lim jarayonining sifatini oshirishda muhim omillar hisoblanadi.

XULOSA: sun'iy intellekt ta'lim jarayonida samarali vosita sifatida e'tirof etiladi. U o'quvchilar bilimini mustahkamlash va o'qituvchilarning faoliyatini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: sun'iy intellekt, ta'lim yutuqlarini baholash, individual o'qish, ta'lim samaradorligi, pedagogika.

Iqtibos uchun: Abduazizova V.V., Muxtoraliyeva M.M. Sun'iy intellekt va ta'lim yutuqlarini baholash: pedagogika yo'nalishidagi talabalar misolida //. Inter education & global study. 2024. №10(1). B.360-364.

ОЦЕНКА ИСКУССТВ ЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА И ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ДОСТИЖЕНИЙ: НА ПРИМЕРЕ СТУДЕНТОВ В ОБЛАСТИ ПЕДАГОГИКИ_

© В.В. Абдуазизова1И, М.А. Мухторалиева2И

1Наманганский инженерно-строительный институт, Наманган, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в статье анализируется роль технологий искусственного интеллекта в оценке образовательных достижений на примере студентов

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10(1)

BAHOLASH: PEDAGOGIKA

Nmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

педагогического направления. Будет рассмотрена важность применения ИИ в образовательном процессе, особенно в оценке успеваемости учащихся, разработке индивидуальных подходов и повышении эффективности обучения. Также в статье будут рассмотрены возможности совершенствования образовательного процесса с помощью искусственного интеллекта.

ЦЕЛЬ: изучить возможности искусственного интеллекта в оценке успеваемости студентов и повышении эффективности обучения.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: использовались научные источники, также эмпирические исследования и тестирование методов искусственного интеллекта в педагогике.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: исследование подтвердило, что искусственный интеллект обеспечивает индивидуальные подходы в обучении и повышает качество образования.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: искусственный интеллект является эффективным инструментом в образовании, способствуя модернизации учебного процесса и созданию новых возможностей для студентов.

Ключевые слова: искусственный интеллект, оценка успеваемости, индивидуальное обучение, эффективность образования.

Для цитирования: Абдуазизова В.В., Мухторалиева М.М. Оценка искусственного интеллекта и образовательных достижений: на примере студентов в области педагогики // Inter education & global study. 2024. №10(1). B. 360-364.

ASSESSMENT OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE AND EDUCATIONAL ACHIEVEMENTS: AS AN EXAMPLE OF STUDENTS IN THE FIELD OF PEDAGOGY

© Veronika A. Vadimovna1®, Mukhtasar A. Mukhtoraliyeva2®

12 Namangan Institute of Civil Engineering, Namangan, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: the article analyzes the role of artificial intelligence technologies in assessing educational achievements on the example of students in the pedagogical direction. The use of artificial intelligence in the educational process is considered, especially its importance in assessing student achievement, developing individual approaches, and improving reading performance. The article will also study the possibilities of improving the educational process using artificial intelligence.

AIM: the main aim of this article is to explore the potential of artificial intelligence in evaluating student performance and enhancing learning efficiency.

MATERIALS AND METHODS: the study utilizes scientific literature, empirical research, and experimental applications of artificial intelligence methods in pedagogy.

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

DISCUSSION AND RESULTS: the research confirmed that artificial intelligence ensures individualized approaches to education and improves the quality of learning.

CONCLUSION: artificial intelligence serves as an effective tool in education, modernizing the learning process and creating new opportunities for students.

Keywords: artificial intelligence, student performance evaluation, individualized learning, learning efficiency, pedagogy.

For citation: Veronika A. Vadimovna, Mukhtasar A. Mukhtoraliyeva (2024). 'Assessment of Artificial Intelligence and Educational Achievements: as an Example of Students in the Field of Pedagogy' // Inter education & global study. №(10(1)). pp. 360-364. (In Uzbek).

Bugungi kunda sun'iy intellekt zamonaviy ta'lim tizimining muhim bir qismi bo'lib, talabalarning yutuqlarini baholashda yangi imkoniyatlar yaratadi. Ayniqsa, pedagogika yo'nalishidagi talabalar uchun ta'lim yutuqlarini aniqlash va baholash jarayonlari ancha murakkablashgan.

Pedagogika fanlari o'qituvchilari uchun, masalan, talabalar bilimini aniq baholash, ularning individual ehtiyojlarini inobatga olish va ta'lim samaradorligini oshirish katta ahamiyatga ega. Shu bois, sun'iy intellekt texnologiyalarining qo'llanilishi bu jarayonni ancha osonlashtirishi va samarali qilishi mumkin. Sun'iy intellektning ta'limdagi roli. Sun'iy intellekt ta'lim jarayonining samaradorligini oshirishda muhim rol o'ynaydi. O'qish va o'rganish jarayonlarini yanada takomillashtirish uchun sun'iy intellekt tizimlari avtomatik baholash va real vaqt rejimida fikr-mulohaza berish kabi imkoniyatlar yaratadi. Bu o'z navbatida, o'quvchilarning o'zlashtirish jarayonini yaxshilash va o'qituvchilarga talabalar bilan samarali ishlash imkonini beradi.Sun'iy intellektning ta'lim yutuqlarini baholashdagi eng katta afzalligi - bu tizimlarning talabalarning individual ehtiyojlariga moslashishidir. Masalan, sun'iy intellekt yordamida talabalar tomonidan bajarayotgan testlar va vazifalar talabaning o'rganish tempi va bilim darajasiga qarab avtomatik tarzda sozlanadi. Bu esa har bir talabaga o'ziga xos yondoshuvni taqdim etadi. Shu bilan birga, sun'iy intellekt tizimlari o'quvchilarning zaif va kuchli tomonlarini aniqlashda ham yordam beradi. Agar bir talabada aniq bir mavzu bo'yicha bilim yetishmovchiligi bo'lsa, sun'iy intellekt tizimi ushbu zaif tomonlarni tezda aniqlab, unga mos keladigan o'quv materiallarini va mashqlarni tavsiya etadi.

Ta'lim jarayonida interaktiv fikr-mulohaza tizimlari sun'iy intellekt asosida talabalarning bilim olish jarayonini yanada samarali qilishda muhim ahamiyatga ega. Bu tizimlar, masalan, onlayn testlar va simulyatsiyalar orqali talabalarga o'z xatolarini tezda ko'rsatib, ularni tuzatish uchun aniq maslahatlar beradi. Bu jarayon talabaga o'z -o'zini tahlil qilish va o'rganishdagi kamchiliklarini aniqlashda yordam beradi. Interaktiv fikr-mulohaza talabaning xatolarini tezda tuzatishga yordam berib, uning yanada chuqurroq o'rganishiga va tushunmovchiliklarni bartaraf etishiga imkon yaratadi. Fikr-mulohaza va o'z-o'zini tahlil qilish. Real vaqtda fikr-mulohaza berish tizimi, talabaga noto'g'ri

©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10(1)

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

tushunilgan yoki o'rganilmagan mavzularni aniqlab, ularni qayta ko'rib chiqish imkonini beradi. Masalan, onlayn test yoki interaktiv mashqni bajarayotganda, tizim talaba tomonidan berilgan noto'g'ri javoblarni darhol ko'rsatadi va ushbu xatolarni tuzatish uchun kerakli tavsiyalar beradi. Bu o'z navbatida, talabalarning o'z-o'zini tahlil qilish va bilimlarining kuchli va zaif tomonlarini anglash ko'nikmalarini rivojlantiradi.

Talabalar xatolarni tushunib, ularni to'g'rilashga harakat qiladi, bu esa uning o'rganish jarayonini chuqurlashtiradi. Shu tarzda, talaba nafaqat o'z bilimini tahlil qiladi, balki undan qanday qilib samarali foydalanishni o'rganadi. Bu jarayon uning o'rganish yondoshuvini optimallashtirishga yordam beradi va talabaning muvaffaqiyatga erishishiga turtki bo'ladi. Adaptiv o'qitish tizimlari yordamida talabalarning ta'lim jarayonini yanada individual tarzda tashkil qilish mumkin. Sun 'iy intellekt talabaning bilim darajasi, o'rganish uslubi va tezligini tahlil qilib, unga moslashtirilgan o'quv rejalari va mashqlarni taqdim etadi. Masalan, ba'zi talabalar tezda yangi materialni o'zlashtirishi mumkin, boshqalari esa ko'proq vaqt va yordamga ehtiyoj sezadilar. Adaptiv tizimlar bu farqlarni hisobga olib, talabalarni o'zlariga mos materiallar bilan ta'minlaydi, bu esa har bir talabaga o'zining o'rganish tezligini saqlash imkonini yaratadi. Adaptiv tizimlar yordamida o'qituvchi talabalar bilimini yanada yaxshiroq baholash va ular bilan samarali ishlash imkoniyatiga ega bo'ladi.

Talabalarga ularning bilim darajasiga moslashtirilgan materiallar, qo'shimcha mashqlar va interaktiv testlar[3] taqdim etiladi. Bu talabalarga o'zlarini erkin his qilishga va o'z-o'zini rivojlantirishga imkon beradi. Natijada, talabalar o'rganish jarayonini o'z ehtiyojlari va shaxsiy uslublariga moslashtirgan holda o'z muvaffaqiyatini oshiradilar. Pedagogika fanlarini o'rganish jarayonida talabalar turli xil didaktik va metodik masalalarni hal qilishadi. Sun'iy intellekt tizimlari esa talabalarga aniq metodologik yondoshuvlar, pedagogik texnikalar va bilimni o'rgatish usullarini taklif qilish orqali o'rganish jarayonini ancha osonlashtiradi. Masalan, sun'iy intellekt yordamida ishlab chiqilgan interaktiv platformalar talabalar uchun didaktik materiallarni individual tarzda moslashtirishi mumkin, bu esa har bir talabaga o'ziga mos o'rganish uslubini yaratishga yordam beradi.

Talaba o'zining kuchli va zaif tomonlarini tahlil qilib, ma'lum bir pedagogik texnikani qaysi vaziyatda qo'llashini bilib oladi. Bundan tashqari, sun'iy intellekt tizimlari talabalarga turli pedagogik modellar va usullarni o'rganish imkoniyatini yaratadi. Misol uchun, mashq qilish va simulatsiya orqali talabalar nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llashni o'rganadilar. Simulyatsiyalar yordamida talabalar o'zlarini talaba yoki o'qituvchi sifatida sinab ko'rishlari mumkin, bu esa ularga real pedagogik vaziyatlarda qanday xatti -harakatlarni amalga oshirishi kerakligini tushunishga yordam beradi.

Ta'lim tizimida sun'iy intelekt haqida so'z borar ekan individual o'qish haqida ham atroflicha to'xtalib o'tish zarur. Keling avvalo individual o'qish haqida bilib olsak. Individual o'qish — bu ta'lim metodikasi hisoblanadi, uning asosida har bir talabaning o'ziga xos o'rganish uslubi, o'rganish tezligi, qiziqishlari va bilim darajasi hisobga

Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

olinadi[4]. Bu yondoshuv, ta'limni shaxsiylashtirishga asoslanadi va har bir talabaning o'ziga xos ehtiyojlari va imkoniyatlariga moslashtirilgan ta'lim jarayonini taqdim etishga intiladi. Bilamizki, an'anaviy ta'lim tizimida, odatda, barcha talabalar bir xil dars rejalari va o'quv materiallari bilan ta'minlanadi, bu esa har bir talabani alohida e'tiborga olishni qiyinlashtiradi. Natijada, ba'zi talabalar ta'limni samarali olishda qiyinchiliklarga duch kelishadi, boshqalari esa ma'lum mavzularni juda tez o'zlashtiradi va ular uchun qo'shimcha materiallar yoki chora-tadbirlar yetishmaydi. Sun'iy intellekt asosidagi individual o'qish tizimlari esa yuqorida keltirilgan muammoni hal qilishga yordam beradi.

Xulosa. Sun'iy intellekt ta'lim yutuqlarini baholashda samarali vosita sifatida o'zining afzalliklarini ko'rsatmoqda. Pedagogika yo'nalishidagi talabalar uchun sun'iy intellekt tizimlari o'quvchilarning individual ehtiyojlariga mos keladigan o'rganish jarayonini tashkil etishga yordam beradi. Avtomatik baholash, real vaqt rejimida fikr-mulohaza va adaptiv tizimlar orqali o'qituvchilar va talabalar o'rtasidagi inter aktiv aloqalar kuchayadi. Bu esa ta'lim jarayonini samarali va muvaffaqiyatli tarzda tashkil etishga imkon yaratadi. Sun'iy intellektning ta'lim tizimiga kiritilishi pedagogika yo'nalishidagi talabalar uchun yangi imkoniyatlar va ta'limning sifatini oshirishga katta hissa qo'shadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi PF-4884-son Farmoni Sh. Mirziyoyev O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim va fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida.

2. Mamatov, Alisher. "Boshqaruv kadrlarining kompetensiyalarini uzluksiz oshirish jarayonida sun'iy intelektdan foydalanish. " Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil 2.5 (2024): 157-165.

3. Sherzod, Yo'ldoshev. "Oliy ta'lim tizimida sun'iy intelektdan foydalanish " Elita. uz -Elektron Ilmiy Jurnal 2.1 (2024): 239-242.

4. Mamurov B. Umumiy pedagogika //Barcha ta'lim yo 'nalishi talabalari uchun darslik:— Toshkent. - 2020. - Т. 118.

5. Yulchiyeva, Gullola. " Sun'iy intellekt va uning pedagogik faoliyatda tutgan o'rni." Universal xalqaro ilmiy jurnal 1.4 (2024): 149-151

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Vadimovna Veronika Abduazizova, dotsent, Muxtoraliyeva Muxtasar Akramjon qizi, doktorant [Вадимовна Вероника Абдуазизова, доцент, Мухторалиева Мухтасар Акрамжон кизи, докторант], [Veronika A. Vadimovna, associate professor, Mukhtasar A. Mukhtoraliyeva, doctoral student]; manzil: Namangan Islom Karimov ko'chasi 12-uy, [адрес: Наманган улица Ислама Каримова дом 12], [address: 12 Islam Karimov Street, Namangan].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.