Научная статья на тему 'SUN’IY INTELLEKT VOSITALARINI TA’LIMNI NAZORAT QILISH VA BAHOLASHDA QO‘LLASH'

SUN’IY INTELLEKT VOSITALARINI TA’LIMNI NAZORAT QILISH VA BAHOLASHDA QO‘LLASH Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
319
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sun’iy intellekt / IRT / TTQI / video konferensiya vositalari / kengaytirilgan reallik / virtual reallik. / Artificial intelligence / IRT / TTQI / video conference management / manufactured reality / virtual reality

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Mamatov Narzullo Solidjonovich, Ibroximov Sanjar Rustam o‘g‘li, Fayziyev Voxid Orzumurod o’gli, Samijonov Abdurashid Narzullo o‘g‘li

Sun’iy intellekt (SI) turli sohalarni o‘zgartiradi va ta’lim ham bundan mustasno emas. SI texnologiyasidagi tezkor yutuqlar o‘qituvchilar va ta’limni baholash bo‘yicha mutaxassislar uchun o‘qitish va o‘rganish tajribasini yaxshilash uchun zarur bo‘ldi. SI asosidagi ta’limni baholash vositalari ko‘plab afzalliklarni beradi, jumladan, baholashning aniqligi va samaradorligini oshirish, o‘quvchilar uchun shaxsiy fikr-mulohazalarni yaratish va o‘qituvchilarga har bir talabaning o‘ziga xos ehtiyojlarini qondirish uchun o‘z o‘qitish strategiyalarini moslashtirish imkonini beradi. Shu sababli, SI ta’limni taqdim etish va baholash usulini inqilob qilish potensialiga ega va natijada talabalar uchun yaxshi ta’lim natijalariga olib keladi. Ushbu ilmiy ishda ta’limni o‘lchash va baholashda SI vositalarining turli xil qo‘llanilishini o‘rganadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF ARTIFICIAL INTELLIGENCE TOOLS IN EDUCATION CONTROL AND ASSESSMENT

Artificial Intelligence (AI) is transforming many industries and education is no exception. Rapid advances in AI technology have become necessary for educators and educational assessment professionals to improve the teaching and learning experience. AI-based educational assessment tools provide many benefits, including increasing the accuracy and effectiveness of assessments, creating personalized feedback for students, and allowing teachers to tailor their instructional strategies to meet the unique needs of each student. Therefore, AI has the potential to revolutionize the way education is delivered and assessed, resulting in better learning outcomes for students. This research paper explores the various uses of AI tools in educational measurement and evaluation

Текст научной работы на тему «SUN’IY INTELLEKT VOSITALARINI TA’LIMNI NAZORAT QILISH VA BAHOLASHDA QO‘LLASH»

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 4 | 2023-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 4 | 2023 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 4 | 2023 год

SUN'IY INTELLEKT VOSITALARINI TA'LIMNI NAZORAT QILISH VA BAHOLASHDA

QO'LLASH

Mamatov Narzullo Solidjonovich,

"Toshkent irrrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universiteti, kafedra mudiri, texnika fanlari doktori,

professor m_narzull o@m ail.ru

Ibroximov Sanjar Rustam o'g'li

"Toshkent irrrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot

universiteti, assistent [email protected]

Fayziyev Voxid Orzumurod o'gli

O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali tayanch

doktoranti fayziyevohid@gmail .com

Samijonov Abdurashid Narzullo o'g'li

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot

texnologiyalari universiteti, [email protected]

Annotatsiya: Sun'iy intellekt (SI) turli sohalarni o'zgartiradi va ta'lim ham bundan mustasno emas. SI texnologiyasidagi tezkor yutuqlar o'qituvchilar va ta'limni baholash bo'yicha mutaxassislar uchun o'qitish va o'rganish tajribasini yaxshilash uchun zarur bo'ldi. SI asosidagi ta'limni baholash vositalari ko'plab afzalliklarni beradi, jumladan, baholashning aniqligi va samaradorligini oshirish, o'quvchilar uchun shaxsiy fikr-mulohazalarni yaratish va o'qituvchilarga har bir talabaning o'ziga xos ehtiyojlarini qondirish uchun o'z o'qitish strategiyalarini moslashtirish imkonini beradi. Shu sababli, SI ta'limni taqdim etish va baholash usulini inqilob qilish potensialiga ega va natijada talabalar uchun yaxshi ta'lim natijalariga olib keladi. Ushbu ilmiy ishda ta'limni o'lchash va baholashda SI vositalarining turli xil qo'llanilishini o'rganadi.

IKalit so'zlar: Sun'iy intellekt, IRT, TTQI, virtual reallik.

Kirish. So'nggi yillarda SI texnologiyalaridan ta'lim jarayonida keng foydalanilmoqda va uni qandaydir ma'noda o'zgartirmoqda. SI ahamiyatini kun sayin ortib borishi esa ko'plab tadqiqotchilarni SI bilan bog'liq bo'lgan vositalarni ta'lim muhitiga samarali joriy etish yondashuvlarini chuqur o'rganishga hamda faol takomillashtirishga undamoqda [1-3]. Ma'lumotlar hajmini keskin ortishi va mashinali o'qitish algoritmlarini rivojlanishi bilan sun'iy intellekt insonni o'rganish, o'rgatish va

video konferensiya vositalari, kengaytirilgan reallik,

baholash usullarini to'liq o'zlashtirish imkoniyatiga ega bo'lib bormoqda. Ta'limda sun'iy intellektdan foydalanishni o'ziga xos ko'plab afzalliklari mavjud.

Adabiyotlar tahlili. Jumladan, ma'muriy vazifalarni bajarishda o'qituvchilar va o'quvchilar uchun SIdan foydalanishning ayrim afzalliklari [4] ishda keltirib o'tilgan. SI talabalarni rag'batlantirishda [5,6], ularni faollik darajasini oshirishda [7,8] shuningdek, o'rganishga qiziqishni ortirishda hal qiluvchi rol o'ynashi [9], o'quvchilarni o'zaro ta'siri

291

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 4 | 2023-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 4 | 2023 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 4 | 2023 год

[10], o'quv mashg'ulotlarni o'zlashtira olmaslik xavfini kamaytirish [11], talabalarni kelajakdagi natijalarini bashoratlash [12,13] va akademik samaradorlik muammolari [14] ishda batafsil yoritib berilgan.

Metodlar. Quyida SI vositalarini ta'limni nazorat qilish va baholashda qo'llanilishi va ularni o'ziga xos uslublari bayon etilgan.

- shaxsiy ta'lim: SI vositalari va tizimlari o'rganish tajribasi, o'qituvchilar samaradorligi va talabalar faolligini oshirish imkoniyatiga ega hisoblanadi [15]. SI asosida har bir o'quvchini o'rganish imkoniyati, uning kuchli va zaif tomonlari inobatga olgan holda shaxsiy o'quv rejasini yaratish mumkin. Bundan tashqari, SI o'quvchilar o'rganish ehtiyojlarini baholash, uy vazifasi va viktorina kabi ko'plab manbalardan olingan ma'lumotlarni tahlil qilish orqali ularni aniqlashi va maqsadli fikr-mulohazalarni taqdim etish qobiliyatiga ham egadir. Dars mazmuni va o'rganish tajribasidan tashqari, SI vositalari individual ko'rsatmalarni shakllantirishda ham qo'llaniladi [15]. Bu talabalarga materiallarni tezkor o'rganish imkonini beradi va ko'proq muhtoj bo'lgan qismlarga aloxida e'tibor qaratadi. DreamBox va Knewton kabi sun'iy intellektga asoslangan adaptiv o'quv dasturlari o'quvchilarni kuchli va zaif tomonlarini inobatga olgan holda individual o'quv rej alarini yaratishda ma'lumotlar tahlilidan to'liq foydalanadi. Masalan, talabalar aniq maqsadlar va tavsiyalar bilan individual o'quv rejasi asosida ishlab chiqilgan baholash testini yechishlari mumkin;

- intellektual o'rgatuvchi tizimlari (IO'T): SI asosida yaratilgan o'rgatish tizimlari talabalarga aloxida shaxsiy yordam va fikr-mulohazalarni berishi mumkin. Bu kabi tizimlar talabalar ta'lim uslublariga oson moslasha oladi va moslashtirilgan maxsus ko'rsatma va yordamlar beradi. Bu talabalarga ta'lim natijalarini yaxshilash imkonini ta'minlaydi. Intellektual tizimlarni tezkor fikr-mulohazalarni taqdim etishi o'quvchilar motivatsiyasini oshirish va o'qish bilan samarali shug'ullanish imkonini beradi. Carnegie Learningning sun'iy intellektga asoslangan matematikani o'rgatuvchi tizim

o'quvchilar matematik qobiliyatlarini inobatga olgan holda tezkor fikr-mulohaza va moslashuvchan o'rganish yo'llarini taqdim etadi. Tizim har bir talabani o'rganish tezligiga moslashadi va interaktiv ta'lim hamda amaliyot muammolarini shakllantira oladi. Talabalar IO'Tdan individual yo'riqnomalar olish, rivojlanishini kuzatish va qo'shimcha yordamga muhtoj bo'lgan sohalarni aniqlashda foydalanishlari mumkin.

- avtomatlashtirilgan baholash: SI asosida baholash jarayonini avtomatlashtirish mumkin va bu o'qituvchilar vaqtni tejaydi va o'quvchilarga topshiriqlari bo'yicha tezkor fikr-mulohazalar beradi. SI insho, hisobot kabi yozma topshiriqlarni tahlil qilish orqali grammatik, imlo va sintaksis qoidalar bo'yicha fikr bildirishi ham mumkin. Avtomatlashtirilgan baholash tizimlaridan foydalanish darslarni rejalashtirish va talabalarni qo'llab-quvvatlash kabi muhim vazifalarni samarali bajarish imkonini beradi va u ularni bajarishga sarflanadigan vaqtni sezilarli darajada qisqartirishga olib keladi [15]. Bu o'quvchilar yozish ko'nikmalarini oshirishga va o'qituvchilar ish yuklamasini kamaytirishga xizmat qiladi. Masalan, Turnitin sun'iy intellektga asoslangan ilovasi yordamida insholarni tahlil qilish va grammatika, imlo va sintaktik fikr-mulohazalar shakllantirish mumkin. Bularni amalga oshirishda tizim tabiiy tilni qayta ishlash (TTQI) vositalaridan foydalanadi. Shuningdek, ilova orqali ko'chirmachilikni aniqlash mumkin, bu o'qituvchilarga topshiriqlarni yanada ishonchli va samarali baholash imkonini beradi.

- bashoratli tahlil: SI asosida kelajak natijalari bashoratlash uchun talabalar davomati, faolligi va foydalaniladigan ma'lumotlarini tahlil qilishi mumkin. Bu ma'lumotlar qo'shimcha ko'makka muhtoj bo'lishi mumkin bo'lgan talabalarni aniqlashda ham qo'llanilishi mumkin. Bu esa o'qituvchilarga maqsadli tadbirlarni tashkil etish imkonini beradi. Masalan, Janubiy Florida universitetida qo'shimcha ko'makka muhtoj bo'lishi mumkin bo'lgan talabalarni aniqlashda bashoratli tahlil usullaridan keng foydalanadi.

292

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 4 | 2023-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 4 | 2023 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 4 | 2023 год

Universitet talabalar muvaffaqiyati markazi talabalar rivojlanishini kuzatish va maqsadli tadbirlarni amalga oshirishda ma'lumotlar tahlilidan foydalanadi.

- tabiiy tilni qayta ishlash: SIga asoslangan TTQI vositalari o'quvchilarni tillarni o'rganish va grammatik, imlo va tinish belgilariga oid fikr-mulohazalar shakllantirish orqali yozish ko'nikmalarini rivojlantirishga ko'mak beradi. Shuningdek, bu kabi vositalardan argumentlar va dalillarni tahlil qilish va baholash orqali talabalar tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishda foydalanish mumkin. Bundan tashqari, ulardan o'qituvchilarni o'quvchilarni o'rganishi va faolligi haqida ma'lumotlarga ega bo'lishda talabalar insholari, muhokamalari va ijtimoiy media postlari kabi tabiiy til ma'lumotlarini tahlil qilish va sharhlash imkonini beradi. Grammarly TTQIga mo'ljallangan dasturiy majmua real vaqt rejimida yozish bo'yicha fikr-mulohazalarni, jumladan grammatik, tinish belgilari va jumla tuzilishi bo'yicha takliflarni shakllantirish imkoniga ega. Bu o'quvchilarda yozish ko'nikmalarini oshirishga va yuqori sifatli yozma ishlarni yaratishga yordam beradi. Google Cloud Natural Language, IBM Watson va Microsoft Azure Cognitive Services kabilar ham shu kabi vazifalarni bajarishga mo'ljallangan.

- Matnli hujjatlarni tasniflash yondashuvlari [1617] hujjatlarni oldindan berilgan mezonlar bo'yicha tasniflashni avtomatlashtirish orqali o'quvchilarni baholash jarayonini soddalashtirishga imkon beradi. Bu o'z navbatida, o'quvchilarning yozgan insholarini turli malaka darajalari yoki mavzu toifalariga ajratib baholashda vaqt tejalishini ta'minlaydi.

- SI texnologiyalari o'quv materiallaridagi vizual kontent sifatini oshirishga sezilarli darajada o'z hissasini qo'shadi. Ta'limni baholash ko'pincha tasvirlar, diagrammalar va jadvallarni tahlil qilishni o'z ichiga qamrab oladi. Tasvirni qayta ishlash algoritmlari [18-19] orqali vizual kontentning ravshanligi, aniqligi va umumiy sifatini optimallashtirishi mumkin. Bu o'z navbatida, o'quvchilar va o'qituvchilarning

yuqori sifatli o'quv materiallaridan foydalanish imkoniyatini ta'minlaydi.

- SIga asoslangan nutqni tanib olish yondashuvlari [20-25], ovozni matnga o'tkazish va aksincha matnni nutqga o'tkazish algoritmlari yordamida yozma va og'zaki shaklda olinadigan imtihonlarni baholash jarayonini soddalashtirish mumkin. Ya'ni, nutqni tanib olish texnologiyasi yanada qulayroq baholashni yaratishga imkon beradi. Turli darajadagi yozish qobiliyatida nuqsoni bo'lgan o'quvchilar o'z javoblarini keltirishida ushbu texnologiyalardan foydalanib, o'zining bilim va ko'nikmalarini o'qituvchiga ko'rsata oladi.

- intellektual tarkib: SIdan talaba individual ehtiyojlari va o'rganish uslublariga mos o'quv materiallarini yaratish va tanlashda foydalanish mumkin. Talabalar hatti-harakatlari haqidagi ma'lumotlarni tahlil qilish orqali SI talabalarni o'rganish afzalliklarini aniqlashi va qiziqarli hamda mos o'quv materiallarini yaratishda ham qo'llanilishi mumkin. EdTech startapi bo'lgan Smart Sparrow SIdan talaba individual ehtiyojlariga mos interaktiv, moslashuvchan o'quv materiallarini yaratishda foydalanadi.

- virtual yordamchi: SI asosida ishlovchi virtual yordamchi talabalarga rejalashtirish, eslatmalar va vazifalarni boshqarish kabi ma'muriy vazifalarni bajarishda ko'maklashadi. Bundan tashqari, ular talabalarga tartibli va diqqatini jamlashga ko'maklashishi mumkin. Bu talabalarga vaqtlarini optimal boshqarish va kurs ishlarini yanada samarali bajarish imkonini beradi. Brainly kabi sun'iy intellektga asoslangan virtual yordamchilar talabalarga tezkor yordam berishga mo'ljallangan bo'lib, savollarga javob beradi. Platforma shaxsiy yordam berish va talabalarni o'qituvchi bilan bog'lash uchun mashinali o'qitish usullaridan foydalanadi.

- avtomatlashtirilgan transkripsiya va tarjima: SI ma'ruza, o'quv materiallari kabilarni transkripsiyalash va tarjima qilishning samarali vositasi hisoblanadi va talabalar keng doirasi uchun ochiqdir. Bu o'quv jarayonida qo'llaniladigan tabiiy tilni tushunishda

293

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 4 | 2023-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 4 | 2023 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 4 | 2023 год

qiyinchilikka duch keladigan yoki eshitish tizimida nuqsoni bo'lgan talabalarga ko'maklashuvchi tizim hisoblanadi. Shuningdek, u ta'lim mazmunini yanada inklyuziv va qulayroq shakllantirishda, shuningdek real vaqt rejimida ma'ruza va o'quv materiallari kabilarni transkripsiyalashda nutqni aniqlashdan foydalanadi. Bundan tashqari, og'zaki nutq mazmunini bir necha tillarga tarjima qilishda ham undan foydalanish mumkin. Bu ta'lim mazmunini tushunishni turli tillarda so'zlashuvchi talabalar tarzda ifodalash imkonini beradi. Avtomatlashtirilgan transkripsiyalash va tarjima qilishning mashhur ilovalariga Amazon Transcribe, Dragon Naturally Speaking va Google Voice kabilar kiradi.

- ta'limni boshqarish tizimlari (TBT): Bu o'qituvchilarga o'quvchilar uchun o'quv materiallari, topshiriqlar, baholashlar va ularni yaratish, yetkazib berish hamda boshqarish imkonini beruvchi platforma hisoblanadi. O'qituvchilar TBTdan onlayn baholashlarni boshqarish, talabalar rivojlanishini kuzatish va faoliyati haqida fikr bildirishda foydalanishlari mumkin. Bu kabi tizimlarga Blackboard, Canvas va Moodle kabilar misol bo'ladi.

- avtomatlashtirilgan insho reytingi (AIR) dasturi: Bu insho va yozma topshiriqlarni baholashga mo'ljallangan bo'lib, ular asosini TTQI algoritmlari tashkil etadi. Odatda o'qituvchilar AIR dasturi orqali o'quvchilarga yozganlari haqida tezkor fikr-mulohazalar bildirishi, baholash vaqtini tejashi, izchil va ob'yektiv baholashni ta'minlashda foydalanishadi. AIR dasturlariga e-rater, Grammarly va Turnitin kabilar misol bo'ladi.

- o'rganish tahlili vositalari: O'quv analitik vositalar talabalar o'rganish ma'lumotlarini tahlil qilish va ularni faoliyati, faolligi va ta'lim natijalari haqida tushuncha berishda ma'lumotlarni olish va SI algoritmlaridan keng foydalanadi. O'qituvchilar talabalar rivojlanishini kuzatish, xavf ostida qolishi mumkin bo'lgan talabalarni aniqlash va ulardagi ta'lim natijalarini yaxshilashda olingan ma'lumotlar asosida qarorlar qabul qilish uchun

o'quv tahlili vositalaridan foydalanishadi. Learning Analytics and Knowledge (LAK) va Open Learning Analytics (OLA) o'rganish tahlili vositalari hisoblanadi.

- kompyuterli test platformasi (KTP): KTP o'qituvchilarga onlayn baholashlar, jumladan ko'p tanlovli, to'g'ri yoki noto'g'ri insho savollarini boshqarish imkonini beradi. O'qituvchilar KTPdan o'quvchilar bilimini baholash, baholash vaqtini tejash va talabalarga tezkor fikr-mulohazalarini taqdim etishda foydalanishlari mumkin [26]. ExamSoft, JAMB CBT, UNICAL, ProProfs va Questionmark kabilar mashuhur KTPlar hisoblanadi.

- o'yinli yondashuv vositalari (O'YV): O'YV talabalarni o'quv faoliyati va baholashga rag'batlantirish hamda jalb qilishda o'yinga asoslangan elementlardan foydalanadi. O'qituvchilar talabalar faolligini oshirish, o'qishini rag'batlantirish va o'z faoliyati haqida tezkor fikr-mulohazalarni taqdim etishda O'YVdan foydalanishlari mumkin. Classcraft, Kahoot! va Quizlet kabilar O'YVdir.

- virtual reallik (VR) va kengaytirilgan reallik (KR) vositalari: Bu o'quvchilarga interaktiv, tajribaviy o'rganish tajribasini shakllantirishda immersiv texnologiyalardan foydalanadi. O'qituvchilar VR va KR vositalaridan talabalar amaliy ta'lim faoliyatiga jalb qilish, real dunyo tajribasini taqdim etish va ta'lim natijalarini yaxshilashda foydalanishlari mumkin. VR va KR vositalariga Google Expeditions, Merge Cube va Nearpod VR kabilar misol bo'ladi.

- formativ baholash vositalari (FBV): Bu o'qituvchilarga real vaqtda talabalar o'qishini kuzatish, fikr-mulohazalarni bildirish va ularni faoliyatiga ko'ra ko'rsatmalarni moslashtirish imkonini beradi. Mentimeter, Nearpod va Socrative kabilar FBV hisoblanadi.

- onlayn ovoz berish vositalari (OOBV): Bu o'qituvchilarga muayyan mavzu yoki savollar bo'yicha talabalar fikr-mulohazalarini yig'ish imkonini beradi. Bunga Google Forms, Kahoot! va Poll Everywhere kabilar misol bo'ladi.

294

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 4 | 2023-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 4 | 2023 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 4 | 2023 год

- interfaol doska: Bu o'qituvchilarga raqamli kontentni taqdim etish va izohlash, talabalarni interfaol faoliyatga jalb etish va real vaqtda talabalar bilan hamkorlik qilish imkonini beradi. Google Jamboard, Promethean ActivPanel va SMART Board kabilar hozirgi kunda keng qo'llaniladi.

- video konferensiya vositalari: Bu o'qituvchilarga virtual sinf mashg'ulotlarini yaratish, masofaviy ta'lim berish va olis joylardagi talabalar bilan bog'lanish imkonini beradi. Google Meet, Microsoft Teams va Zoom kabilar zamonaviy va keng qo'llaniladigan video konferensiya vositalari hisoblanadi.

- raqamli portfel: Bu talabalarga o'z ishlarini yig'ish va namoyish etish, o'rganishlari haqida fikr yuritish va o'qituvchilar va kursdoshlaridan fikr-mulohazalarni olish imkonini beradi. Google Sites, Seesaw va WordPress kabilarda raqamli portfel yaratish mumkin.

- ma'lumotlarni vizuallashtirish vositalari: Bu o'qituvchilarga talabalar faoliyati va ta'lim natijalari haqida tushunchaga ega bo'lishida grafik va diagrammalar kabi vizual formatlarda ma'lumotlarni tahlil qilish va taqdim etish imkonini beradi. Ma'lumotlarni vizuallashtirishda Google Data Studio, Infogram va Tableau kabilardan foydalanish mumkin.

- ijtimoiy media platformalari: Bu o'qituvchilarga talabalar bilan bog'lanish, o'quv manbalarini almashish va talabalar ta'lim faoliyatida ularni faolligini oshirish imkonini beradi. Bunda Facebook, Instagram va Twitter kabilardan foydalanish mumkin.

- plagiatni aniqlash: SIga asoslangan plagiatni aniqlash dasturi talabalar ishini tahlil qilish va plagiat holatlarini aniqlashda TTQI algoritmlaridan foydalanadi. Hozirgi kunda plagiatni aniqlashni ko'plab dasturlari mavjud. Masalan, Copyscape, Grammarly va Turnitin kabilar.

- sinfda javob berish tizimlari: Bu o'qituvchilarga savollar berish va elektron qurilmalar orqali real vaqt rejimida talabalar fikr-mulohazalarini olish imkonini beradi. iClicker, Poll Everywhere va

Top Hat kabilar sinfda javob berish tizimlari hisoblanadi.

- raqamli baholash vositalari: Bu o'qituvchilarga talabalar bilim va ko'nikmalarini turli savollar, jumladan ko'p tanlovli, qisqa javob va insholardan foydalangan holda baholash imkoniyatini beradi. Edulastic, ExamView va Google Forms kabilar raqamli baholash vositalari hisoblanadi.

- ta'lim muassasalari o'qitish va baholashda raqamli platformalar va o'zaro bog'liq tizimlarga tobora ko'proq tayanar ekan mustahkam xavfsizlik choralariga bo'lgan ehtiyoj birinchi o'ringa chiqadi. Bu esa kiber-xavfsizlik bo'yicha kuchli choralarini ko'rishni talab etadi [27].

Tajriba va natijalar. SIning ta'limga integratsiyalashuvi o'quv landshaftidagi tub o'zgarishlardan darak beradi. SI algoritmlari tomonidan boshqariladigan moslashtirilgan o'quv vositalari talabalar uchun ularning o'rganish uslublari va ehtiyojlarini qondirish uchun moslashtirilgan tajribalarni taklif qiladi. Ushbu tizimlar ko'p qirrali ma'lumotlar manbalarini tahlil qilib, moslashtirilgan o'quv rejalarini ishlab chiqish, o'quvchilarga o'z sur'atlarida rivojlanish va yordamga muhtoj bo'lgan sohalarda ustunlik qilish imkonini beradi. Intellektual repetitorlik tizimlari o'quvchilarning o'rganish tezligiga moslashib, darhol fikr-mulohaza va moslashtirilgan o'qitishni ta'minlaydi va natijada ta'lim natijalarini yaxshilaydi. Avtomatlashtirilgan baholash tizimlari baholash jarayonini soddalashtiradi, talabalarga tezkor fikr-mulohazalarni taqdim etadi. Bashoratli tahlillar qo'shimcha yordamga muhtoj talabalarni erta aniqlash, o'z vaqtida talabalarga yordamni amalga oshirish va umumiy muvaffaqiyat darajasini oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari, sun'iy intellektga asoslangan tabiiy tilni qayta ishlash vositalari til o'rganish va tanqidiy fikrlashda yordam beradi, real vaqtda fikr-mulohazalarni taqdim etadi va yozish ko'nikmalarini oshiradi. SIning ta'limga integratsiyalashuvi moslashuvchan kontent yaratish, virtual yordam va foydalanish mumkin bo'lgan o'quv materiallari uchun yo'l ochadi va barcha uchun boyitilgan va inklyuziv o'rganish tajribasini va'da qiladi.

295

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 4 | 2023-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 4 | 2023 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 4 | 2023 год

Xulosa. SI shaxsiy ta'lim, aqlli o'qitish tizimlari va avtomatlashtirilgan baholarni qo'llash, talabalar faolligi va o'qituvchi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bashoratli tahlil va tabiiy tilni qayta ishlash talabalar faoliyati va til ko'nikmalari haqida tushuncha berish imkoniyatiga ega. SI kontentni sozlashni, virtual yordamchilar, transkripsiya va tarjima hamda o'rganishni boshqarish tizimlarini to'liq qo'llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, u insholarni baholashni osonlashtiradi va o'rganish tahliliy vositalari yordamida ma'lumotlar tahlilini yaxshilaydi, VR va KR yordamida kompyuterli sinov, o'yinli va immersiv o'rganishni osonlashtiradi. Formativ baholash, onlayn so'rov, interfaol doska va videokonferensiyalar ta'lim tajribasini oshiradi. Raqamli portfel, ma'lumotlarni vizualizatsiyalash, ijtimoiy media, plagiatni aniqlash, sinfda javob berish tizimlari va raqamli baholashlar yanada dinamik va samarali ta'lim muhitiga hissa qo'shadi va SI ta'lim rivojlanishida hal qiluvchi rol o'ynaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Halaweh, M. (2023). ChatGPT in education: Strategies for responsible implementation. Contemporary Educational Technology, 15(2), ep421. https://doi.org/ 10.30935/cedtech/13036

2. Mena-Guacas, A. F., Urueña Rodríguez, J. A., Santana Trujillo, D. M., Gómez-Galán, J., & López-Meneses, E. (2023). Collaborative learning and skill development for educational growth of artificial intelligence: A systematic review. Contemporary Educational Technology, 15(3), ep428. https://doi.org/10.30935/cedtech/13123

3. Papapicco, C. (2020). Google mini: Italian example of artificial pro-sociality. Online Journal of Communication and Media Technologies, 10(3), e202015. https://doi.org/10.29333/ojcmt/7995

4. Adiguzel, T., Kaya, M. H., & Cansu, F. K. (2023). Revolutionizing education with AI: Exploring the transformative potential of ChatGPT. Contemporary Educational Technology, 15(3), ep429. https://doi .org/ 10.30935/cedtech/13152

5. Lin, P. Y., Chai, C. S., Jong, M. S. Y., Dai, Y., Guo, Y., & Qin, J. (2021). Modelling the structural relationship among primary students'

motivation to learn artificial intelligence. Computers and Education: Artificial Intelligence, 2, 100006. https://doi.org/ 10.1016/j.caeai.2020.100006

6. Xia, Q., Chiu, T. K. F, Lee, M., Temitayo I., Dai, Y., & Chai, C. S. (2022). A self-determination theory design approach for inclusive and diverse artificial intelligence (AI) K-12 education. Computers & Education, 189, 104582. https://doi.org/10.1016/i. compedu.2022.104582

7. Huang, A. Y., Lu, O. H., & Yang, S. J. (2023a). Effects of artificial intelligence-enabled personalized recommendations on learners' learning engagement, motivation, and outcomes in a flipped classroom. Computers & Education, 194, 104684. https://doi.org/10.1016/i.compedu.2022.10468 4

8. Nazari, N., Shabbir, M. S., & Setiawan, R. (2021). Application of artificial intelligence powered digital writing assistant in higher education: Randomized controlled trial. Heliyon, 7(5), e07014. https://doi.org/10.1016/i.heliyon.2021.e07014

9. Hou, J., Li, Z., & Liu, G. (2022). Macro education approach to improve learning interest under the background of artificial intelligence. Wireless Communications and Mobile Computing, 2022, 4295887. https://doi.org/10.1155/2022/4295887

10. Karsenti, T. (2019). Artificial intelligence in education: The urgent need to prepare teachers fortomorrow's schools. Formation et Profession [Education and Profession], 27(1), 112-116. https://doi.org/10. 18162/fp.2019.a166

11. Hawes, D., & Arya, A. (2023). Technology solutions to reduce anxiety and increase cognitive availability in students. IEEE Transactions on Learning Technologies, 16(2), 278-291. https://doi.org/10. 1109/TLT.2023.3239985

12. Kumar, N. S. (2019). Implementation of artificial intelligence in imparting education and evaluating student performance. Journal of Artificial Intelligence, 1(01), 1-9. https://doi.org/10.36548/iaicn.2019.1. 001

13. Luo, Y., Han, X., & Zhang, C. (2022). Prediction of learning outcomes with a machine

296

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Farg'ona filiali "Al-Farg'oniy avlodlari" elektron ilmiy jurnali ISSN 2181-4252 Tom: 1 | Son: 4 | 2023-yil

"Descendants of Al-Farghani" electronic scientific journal of Fergana branch of TATU named after Muhammad al-Khorazmi. ISSN 2181-4252 Vol: 1 | Iss: 4 | 2023 year

Электронный научный журнал "Потомки Аль-Фаргани" Ферганского филиала ТАТУ имени Мухаммада аль-Хоразми ISSN 2181-4252 Том: 1 | Выпуск: 4 | 2023 год

learning algorithm based on online learning behavior data in blended courses. Asia Pacific Education Review.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

https://doi.org/10.1007/s12564-022-09749-6

14. Khan, I., Ahmad, A. R., Jabeur, N., & Mahdi, M. N. (2021). An artificial intelligence approach to monitor student performance and devise preventive measures. Smart Learning Environments, 8(1), 1-18. https://doi.org/10.1186/s40561-021- 00161-y

15. Owan, V. J., Abang, K. B., Idika, D. O., Etta, E. O., & Bassey, B. A. (2023). Exploring the potential of artificial intelligence tools in educational measurement and assessment. Eurasia Journal of Mathematics, Science and Technology Education, 19(8), em2307. https://doi.org/10.29333/ejmste/13428

16. O.Babomuradov, B Otaxonova, NS Mamatov, LB Boboev. Text documents classification in Uzbek language. International journal of recent technology and engineering 8 (2S11), 37873789

17. N. A. Niyozmatova, N. S. Mamatov, B. I. Otaxonova, A. N. Samijonov and K. K. Erejepov, "Classification Based On Decision Trees and Neural Networks," 2021 International Conference on Information Science and Communications Technologies (ICISCT), Tashkent, Uzbekistan, 2021, pp. 0104, doi: 10.1109/ICISCT52966.2021.9670345

18. Mamatov, N. S., Niyozmatova, N. A., Jalelova, M. M., Samijonov, A. N., & Tojiboyeva, S. X. (2023). Methods for improving contrast of agricultural images. In E3S Web of Conferences (Vol. 401, p. 04020). EDP Sciences.

19. Mamatov, N., Pulatov, G., & Jalelova, M. (2023). Тасвир контрастини ошириш усули ва контраст бах,олаш мезон оптимал жуфтлиги. Digital transformation and artificial intelligence, 1(2), 158-167. Retrieved from https://dtai.tsue.uz/index.php/dtai/article/view/ v1i225

20. Wiedecke, Bernd & Mamatov, Narzillo & Payazov, Mirabbos & Samijonov, Abdurashid. (2019). Acoustic Signal Analysis and Identification. International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering. 8. 2440-2442. 10.35940/ijitee. J9522.0881019.

21. Mamatov, N., Niyozmatova, N., Samijonov, A. 2021. Software for preprocessing voice signals. International Journal of Applied Science and Engineering, 18, 2020163. https://doi.org/10.6703/IJASE.202103 18(1)0 06

22. Narzillo, M., Abdurashid, S., Parakhat, N., & Nilufar, N. (2019). Automatic speaker identification by voice based on vector quantization method. International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering, 8(10), 2443-2445. https://doi.org/10.35940/ijitee.J9523.0881019

23. Mamatov, Narzillo & Samijonov, Abdurashid & Nilufar, Niyozmatova. (2019). Karakalpak Speech Recognition with CMU Sphinx. International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering. 8. 2446-2448. 10.35940/ijitee. J9524.0881019.

24. Mamatov, Narzillo & Niyozmatova, N. & Abdullaev, Sh & Samijonov, Abdurashid & Erejepov, K. (2021). Speech Recognition Based On Transformer Neural Networks. 1-5. 10.1109/ICISCT52966.2021.9670093.

25. Mamatov, N., Dusanov, X., & Pulatov, G. (2023). SHAXSNI OVOZI ASOSIDA TANIB OLISH USULLARI. DIGITAL TRANSFORMATION AND ARTIFICIAL INTELLIGENCE, 1(2), 90-95. Retrieved from https://dtai.tsue.uz/index.php/dtai/article/view/ v1i218

26. Bassey, B. A., Ubi, I. O., Anagbogu, G. E., & Owan, V. J. (2020). Permutation of UTME multiple-choice test items on performance in use of English and mathematics among prospective higher education students. The Journal of Social Sciences Research, 6(4), 483493. https://doi.org/10.32861/jssr.64.483.493

27. S. Ibrokhimov, K. L. Hui, A. Abdulhakim Al-Absi, h. j. lee and M. Sain, "Multi-Factor Authentication in Cyber Physical System: A State of Art Survey," 2019 21st International Conference on Advanced Communication Technology (ICACT), PyeongChang, Korea (South), 2019, pp. 279-284, doi: 10.23919/ICACT.2019.8701960.

297

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.