Научная статья на тему 'SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARNING OG‘IR METALLAR BILAN IFLOSLANISHINI O‘RGANISH'

SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARNING OG‘IR METALLAR BILAN IFLOSLANISHINI O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
Tuproq / sug‘oriladigan tuproq / og‘ir metall / ifloslanish / ifloslanish manbalari.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Xoliqulov Shodi Turdiqulovich, Nematov Xurshid Mamadullayevich

Mazkur maqolada sug‘oriladigan tuproqlarning og‘ir metallar bilan ifloslanish manbalari va sabablari bayon etilgan. Respublikamizdagi turli tuproqlarning og‘ir metallar bilan ifloslanishi va manbalari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SUG‘ORILADIGAN TUPROQLARNING OG‘IR METALLAR BILAN IFLOSLANISHINI O‘RGANISH»

SUG'ORILADIGAN TUPROQLARNING OG'IR METALLAR BILAN

IFLOSLANISHINI O'RGANISH 1Xoliqulov Shodi Turdiqulovich, 2Nematov Xurshid Mamadullayevich

1Q.x.f.d., professor, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti 2Tayanch doktorant, Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11184506

Annotatsiya. Mazkur maqolada sug'oriladigan tuproqlarning og'ir metallar bilan ifloslanish manbalari va sabablari bayon etilgan. Respublikamizdagi turli tuproqlarning og'ir metallar bilan ifloslanishi va manbalari keltirilgan.

Kalit so'zlar: Tuproq, sug'oriladigan tuproq, og'ir metall, ifloslanish, ifloslanish manbalari.

Sanoat va qishloq xo'jaligining rivojlanishi tobora intensivlashishi atrof-muhitga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda va jumladan ogir metallarning ko'payib borishi bilan bog'liq tashvishlarni keltirib chiqarmoqda (Allowae, 1995, Hendeeson and Nyrray, 2000).Dunyo miqiyosida tuproqlarda ogir metallarning to'planishi eng xavfli bo'lib, u ekotizim salomatligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi va u uzoq muddat oziq zanjirida ishtirok etadi (Abolina v.b, 2002)

Tuproq unumdorligi va sog'lomlashtirishni o'rganishda makroelementlar bilan bir qatorda tuproqdagi og'ir metallarni o'rganishga bo'lgan qiziqish ham ortib bormoqda. Og'ir metallar iborasi asosan salbiy ma'noda qo'llanilib kelinadi hamda o'simlik va hayvonlar uchun zaharli bo'lgan hamda zichligi 5 g/sm3 dan ko'p bo'lgan bir guruh kimyoviy elementlar nazarda tutiladi. Og'ir metallarning zararlilik darajasi turlicha bo'lib, ularning ayrimlarini ta'siri to'g'risidagi fikrlarni mutlaqo to'g'ri deb ham bo'lmaydi. Chunki ba'zi og'ir metallar o'simliklar hayotida muhim ahamiyatga ega bo'lgan mikroelementlar hisoblanadi. Masalan, rux, mis, kobalt, molibden singari elementlar o'simliklar hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Ular o'simlikda kechadigan modda almashinuvi, fotosintez jarayonlarida aktiv ishtirok etadi va makroelementlarning o'simliklarga o'tishida katalizatorlik vazifasini bajaradi. Lekin ular miqdorining ortib ketishi, o'simlikdagi yuqorida keltirilgan jarayonlarning buzilishiga olib keladi va ushbu elementlarning zararlilik ta'siri namoyon bo'ladi [3].

Adabiyotlarda ta'kidlanishicha, tuproqlarning og'ir metallar bilan ifloslanishi tabiiy va sun'iy bo'lishi mumkin. Og'ir metallar bilan tabiiy ifloslanish, tuproq paydo bo'lish jarayonlari bilan bevosita bog'liq. Sun'iy ifloslanish esa bevosita insoniyatning maqsadli faoliyati natijasi bo'lib, zavod, fabrika, qazib olish va qayta ishlash sanoatining rivojlanishi hamda qishloq xo'jaligida mineral o'g'it va pestitsidlardan noto'g'ri foydalanish, transport vositalaridan chiqarilayotgan zararli birikmalar va boshqalar hisobiga sodir bo'ladi [7].

Biosferaning boshqa qismlariga nisbatan tuproqda og'ir metallar ko'proq to'planadi. Tuproqagi og'ir metallarni o'rganish ularning sanoat va qishloq xo'jaligini rivojlanishi natijasida o'zgarayotganligini ko'rsatadi. Masalan, Xitoyda qishloq xo'jaligida foydalanib kelinayotgan hududlaridagi tuproqlar og'ir metallar bilan ifloslangan bo'lib, qishloq xo'jaligi uchun yaroqli yerlarining kamayishiga olib kelmoqda [22] .

Umuman olganda tuproqlarning og'ir metallar bilan ifloslanish darajasi ortib bormoqda. Tuproqlarning og'ir metallar bilan me'yoridan ortiq ifloslanish darajasi 16,1% ni tashkil etadi, shu jumladan, Cd, As, Hg, Pb, Cr ning me'yoridan yuqori ko'rsatkichlari, mos ravishda 7,0%, 2,7%, 1,6%, 1,5%, 1,1% ni tashkil qiladi [16].

Butun dunyo bo'ylab oxirgi 50 yil ichida atrof-muhitga 30000 tonna Cr va 800000 tonna atrofida Pb atrof-muhitga chiqarilgan va ularning aksariyati tuproqda to'plangan [17]. Dunyo bo'yicha har yili o'rtacha 3,0-3,3 mln tonna qo'rg'oshin eritiladi va har yili avtomobil chiqindilari bilan 250 ming tonna atmosferaga chiqariladi. Ya'ni atmosferaga chiqarilgan qo'rg'oshinning 98 foizi avtomashinalar zimmasiga to'g'ri keladi [10].

Qishloq xo'jaligi landshaftlarida og'ir metallarning o'zgarishi va ularning agrotsenozdagi hatti-harakatini nazorat qilish asosan ikkita sababga ko'ra yuzaga keladi ya'ni, bir tomondan ekinlar hosildorligining shakllanishiga va mahsulot sifatiga ta'sir ko'rsatadigan mikroelementlar tuproqning muhim tarkibiy qismi bo'lsa, ikkinchi tomondan og'ir metallarning biosferada ko'payishi tuproq va o'simliklarning ifloslanishiga olib keladi va inson salomatligi uchun xavfli miqdorgacha to'planishi mumkin [12].

Keyingi yillarda respublikamizda tarqalgan sug'oriladigan tuproqlarning og'ir metallar bilan ifloslanishi bo'yicha bir qator tadqiqotlar olib borilmoqda. Jumladan, Sho'rtangazkimyo majmuasi atrofida tarqalgan sug'oriladigan och tusli bo'z tuproqlar asosan qo'rg'oshin va nikel elementlari bilan ifloslanganligi qayd etilgan. Gazni qayta ishlash majmuasining janub va janubiy-sharq tomonlarida qo'rg'oshinning eng ko'p miqdori uning ruxsat etilgan me'yoridan 8-9 marta, nikel esa 3 martadan ko'pligi aniqlangan. Ifloslanish darajasi asosan shamol yo'nalishi bilan bog'liq bo'lib, tuproqda metallarning ko'payishi uning ekologik holati va unumdorligiga salbiy ta'sir ko'rsatgan [19;20 ].

Qoraqalpog'iston Respublikasi Qo'ng'irot tumani Mehnatobod massivida tarqalgan tuproqlarining haydov qatlamida berelliy elementi-1,69 mg/kg, vanadiy-82,5 mg/kg, xrom-64,8 mg/kg, marganes-679 mg/kg, kobalt-12,1 mg/kg, qo'rg'oshin-18,9 mg/kg, kadmiy-0,36 mg/kg ekanligi aniqlangan va ularning me'yoridan ortishi ekinlar hosildorligi hamda sifatini pasayishiga olib kelgan [11].

Samarqand viloyatidagi sug'oriladigan o'tloqi-allyuvial tuproqlarining ustki qatlamida qo'rg'oshin miqdori 93 mg/kg bo'lsa, 50-80 sm chuqurlikdagi qatlamda 68 mg/kg ni tashkil etgan. Xrom miqdori esa 72 sm chuqurlikda 63-93 mg/kg, 130 sm chuqurlikda esa 32-55 mg/kg ni tashkil etadi [8].

Samarqand viloyatining Pastdarg'om tumanidagi tarkibida 0,85% va 1,75% gumus saqlovchi sug'oriladigan tipik bo'z tuproqlarida zaharli toksik (xrom va nikel) moddalarni fitoremideatsiya usuli yordamida agroekologik holatini yaxshilash borasida tadqiqotlar olib borilganda, kam gumusli tuproqning nazorat variantida xrom- 16,2 mg/kg, nikel-17,3 mg/kg ni, o'tacha gumusli tuproq sharoitida nazorat variantida xrom- 22,0 mg/kg, nikel-7,6 mg/kg ni tashkil etgan [9].

Samarqand kimyo kombinati atrofida tarqalgan tuproqlar og'ir metallar bilan kuchli darajada ifloslangan. Og'ir metallar bilan eng kuchli ifloslanish asosan kombinatdan 1500 metr radiusda va shamol yo'nalishi bo'ylab g'arb hamda shimoliy-g'arb yo'nalishida tarqalgan tuproqlarda uchraydi. Ushbu hududdagi tuproqlarda: mis-1240 mg/kg (kombinatdan-250 metr g'arbda), rux-1450 mg/kg (700 metr g'arbda), qo'rg'oshin-526 mg va mishyak-410 mg/kg (250-metr g'arb yo'nalishida), kobalt-550 mg/kg gacha (750 metr shimoliy-g'arbda) bo'lib, tuproqning ustki 0-30 sm lik qatlamida aniqlangan. Og'ir metallar bilan kam ifloslangan tuproqlar kimyo kombinatining sharq, janub va janubiy-sharq yo'nalishidagi maydonlarda qayd etilgan. Tuproqning ustki qatlamida og'ir metallar eng ko'p to'planadi va profil bo'ylab pastga tomon kamayib boradi. Kombinat atrofidagi tuproqlarda harakatchan shakldagi og'ir metallarning eng ko'p miqdorlari 1 kg tuproqda: mis-32 mg/kg, rux-42 mg/kg, kobalt-40 mg/kg, qo'rg'oshin-46

mg/kg, mishyak-19 mg/kg gacha ekanligi aniqlangan. O'rganilgan og'ir metallarning harakatchan shakllari ularning yalpi miqdoriga nisbatan: Cu-0,8-2,6 %, Zn-2,1-10%, Pb-5,1-24,0%, Co-2,9-25,0%, As-2,6-20,5% atrofida o'zgarib turishi qayd etilgan [5,6,12,14,18,21].

Xalqaro M-37"Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi" avtomagistralining Ishtixon tumani chegarasidan o'tgan qismida tarqalgan tuproqlarda yalpi qo'rg'oshin miqdori tuproq xossalari va avtomobil yo'lidan uzoqlik darajasiga qarab o'zgarishi qayd etilgan. Bunda og'ir metallar ta'siriga uchramagan ya'ni fon sifatida olingan yerda tarqalgan tuproqda uning miqdori bir kilogramm tuproqda 15 mg/kg ni tashkil etgan. Avtomobil yo'li faoliyati natijasida atrof-muhitga chiqarilgan turli xil zararli birikmalar tuproq tarkibidagi qo'rg'oshin elementi miqdoriga ham o'z ta'siri ko'rsatgan va uning maksimal miqdori avtomobil yo'lidan 30 metr uzoqlikda aniqlanib, 1 kg tuproqda 55 mg ekanligi kuzatilgan. Rux elementi ham xuddi qo'rg'oshin elementi singari avtomobil yo'lidan uzoqlashgan sayin kamayib borishi qayd etilgan. Uning maksimal miqdori xuddi qo'rg'oshin singari yo'ldan 30 metr uzoqlikda qayd etildi va 74 mg/kg ni tashkil etgan [1,2].

Xulosa: O'rganilgan adabiyotlar tahlili asosida quyidagicha xulosalarga kelish mumkin, tuproq tarkibidagi og'ir metallarning tarqalishi, tuproq tipi, tipchasi, mexanik tarkibi, gumus bilan ta'minlanish darajasi va boshqa bir qator omillarga bog'liq. Respublikamiz sharoitida sug'oriladigan tuproqlarning og'ir metallar bilan ifloslanishining tuproq xossa va xususiyatlariga ko'rsatadigan salbiy ta'siri hozirgi kunda etarlicha o'rganilmagan. Shularni hisobga olgan holda biz og'ir metallarning tuproq agrokimyoviy, agrofizikaviy va mikrobiologik xossalariga ta'sirini o'rganish muhim ahamiyatga ega deb hisoblaymiz.

REFERENCES

1. Abduraximov M.K., Abduhakimova N. G'o'za agrosenozida tuproqning og'ir metallar bilan ifloslanishi va uning ekologik muhitiga ta'sirini baholash.// "O'zbekistonda ilm-fanning rivojlanish istiqbollari" xalqaro ilmiy-amaliy anjumani. 2022 yil 30 noyabr | scientists.uz. -B. 307-312.

2. Abduraximov M.K., Abduhakimova N. Og'ir metallarning tuproqdagi oziq moddalar miqdoriga ta'siri. International scientific journal "Interpretation and researches" № 10. 2023. -B. 134-138.

3. Алексеев Ю.В. Тяжелые металлы в почвах и растениях. -Л.: Агропромиздат, 1987. -141 с

4. Alloway.B.J (ed.), Heavy Metals in Soils: Trace Metals and Metalloids in Soils and their Bioavailability, Environmental Pollution 22, DOI 10.1007/978-94-007-4470-7_2, Springer Science+Business Media Dordrecht, 2013. pp.11-50

5. Бобобеков И.Н. —Техноген ифлосланган типик буз тупроклардаги огир металлар микдорини камайтиришга органик ва минерал угитарнинг таъсири (Самарканд киме комбинати атрофи тупроклари мисолида). Номзодлик илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация. Самарканд, 2006

6. Bobobekov I., Abduraximov M. Mineral va organik o'g'itlarning og'ir metallar bilan ifloslangan tuproqlar oziq rejimiga ta'siri// O'zbekiston tuproqshunoslari va agrokimyogarlari jamiyatining V-qurultoyi materiallari. Toshkent.2010 yil 16-17 sentyabr.-B.247-251

7. Деревягин С.С., Ефимова В.И., Медведев И.Ф. Тяжелые металлы в черноземных почвах // Сборник научных трудов ГНУ НИИСХ- Саратов, 2009. - С. 226-234

8. Karimov X.N., Risqiyeva X.T. Zarafshon vohasi sug'oriladigan tuproqlarining og'ir metallar bilan texnogen ifloslanishi //O'zbekiston biologiya jurnali.-2014. №4.-B.51-54

9. Karimov X.N. Fitomeremideatsiya usuli bilan ifloslangan tuproqlarning agroekologik holatini yaxshilash //O'zbekiston biologiya jurnali.-2014. №6.-B.54-57

10. Raxmatullayev A. Tabiatda qo'rg'oshin // J. Ekologiya xabarnomasi.- 2001. №- 2. - B 32-33

11. Ro'zmetov M., Mirhaydarova G., Mirsodiqov M., Nizamov S., Vahodiov Z. Qoraqolpog'iston Respublikasi Qo'ng'irot tumani tuproqlarining umumiy tavsifi va og'ir metallar bilan ifloslanish holati// O'zbekiston zamini № 1. 2023 y. 23-31 b

12. Скоблина В.И, 2003 Контроль тяжёлых металлов в почвах и растениях Южного Урала //Экологическая безопасность в АПК. 2003. № 3. С. 573

13. Холикулов Ш.Т. Тупрокдаги огир металлар. Тошкент 2018. 209 б.

14. Xoliqulov Sh., Ortiqov T., Bobobekov I. Sug'oriladigan bo'z tuproqlarning texnogen ifloslanishi va unga o'g'itlarning ta'siri// Agroilm jurnali. Toshkent.-2010.-№4 (16).-B.26-27

15. Xoliqulov Sh., Bobobekov I., Yakubov T. Organik o'g'itlarning tuproqdagi harakatchan og'ir metallar miqdoriga ta'siri. International scientific journal Science and innovation special ISSUE, 2024 April 6. -B. 676-681

16. Bermudez, G. M. A., Jasan, R. & Pla, R. Heavy metals and trace elements in atmospheric composition out: their relationship with topsoil and wheat element. J. Hazard Mater. 213214, 447-456 (2012)].

17. Cheng, K., Tian, H. Z. & Zhao, D. Atmospheric emission inventory of cadmium form anthropogenic sources. Int. J. Environ. Sci.Te. 11, 605-616 (2014)

18. Kholikulov Sh.T., Bobobekov I.. Changes in the content of heavy metals at the birth of mineral and organic fertilizers. Increasing the productivity of irrigated gray soils and its environmental problems. conf. Matt. Part 1. Samarkand, 2002, pp. 82-90

19. Kholikulov Sh., Yakubov T., Bobobekov I., The Effect of Gas Industry Waste on Heavy Metals in Soil. Journal of Ecological Engineering 22(9), 255-262 (2021). D0I:10.12911/22998993/141365

20. Kholikulov Sh.,Bobobekov I.., Yakubov T., Botirova B. Influence of Gas Industry Waste on the Ecological Condition of Soils// E3S Web of Conferences 462, 03045 (2023). https://doi.org/10.1051/e3sconf/202346203045

21. Kholikulov Sh, Bobobekov I, Abdurakhimov M, Abdumalikov J, Yakubov T. The Effect of Fertilizers on the Extraction of Heavy Metalsand Arsenic in Soil by Plant Biomass. Journal. Ecological Engineering & Envinomen Texnology. 2024, 25(1), 227-237 https://doi.org/10.12912/27197050/175137

22. Zhou, R. et al. Remediation of Cu, Pb, Zn and Cd-contaminated agricultural soil using a combined red mud and compost amendment.Int. Biodeterior. Biodegrad. 118, 73-81. https:// doi. org/ 10. 1016/j. ibiod. 2017. 01. 023 (2017)].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.