Научная статья на тему 'SUG‘ORILADIGAN OCH TUSLI BO‘Z TUPROQLARDA MAKROELEMENTLAR GEOKIMYOSI'

SUG‘ORILADIGAN OCH TUSLI BO‘Z TUPROQLARDA MAKROELEMENTLAR GEOKIMYOSI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
och tusli bo‘z tuproq / litosfera klarki / makroelement / akkumulyatsiya / migratsiya / geokimyo / klark konsentratsiya / fon.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Turdaliyev A., Abduxakimova X., Musayev I.

Maqolada Farg‘ona viloyatida shakllangan sug‘oriladigan och tusli bo‘z tuproqlarning kimyoviy element tarkibi aniqlangan va ularning fon miqdorlari ishlab chiqilgan hamda ushbu elementlarni geokimyoviy xususiyatlarini ularning miqdorlariga bog‘liq ravishda tadqiq qilingan. Shuningdek, ushbu tuproqlarni unumdorligini tadqiq etish maqsadida tuproq genetik qatlamlarida Na, K, Ca, Fe, Rb, Sr, Ba kabi elementlarni migratsiyasi, akkumulyatsiyasi va geokimyoviy xususiyatlari o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SUG‘ORILADIGAN OCH TUSLI BO‘Z TUPROQLARDA MAKROELEMENTLAR GEOKIMYOSI»

SUG'ORILADIGAN OCH TUSLI BO'Z TUPROQLARDA MAKROELEMENTLAR

GEOKIMYOSI 1Turdaliyev A., 2Abduxakimova X., 3Musayev I.

1B.f.d., professor, Farg'ona davlat universiteti, Agrar qo'shma fakulteti 2B.f.f.d. (PhD), Farg'ona davlat universiteti, Agrar qo'shma fakulteti 3Tayanch doktorant, Farg'ona davlat universiteti, Agrar qo'shma fakulteti https://doi.org/10.5281/zenodo.11184342

Annotatsiya. Maqolada Farg'ona viloyatida shakllangan sug'oriladigan och tusli bo'z tuproqlarning kimyoviy element tarkibi aniqlangan va ularning fon miqdorlari ishlab chiqilgan hamda ushbu elementlarni geokimyoviy xususiyatlarini ularning miqdorlariga bog'liq ravishda tadqiq qilingan. Shuningdek, ushbu tuproqlarni unumdorligini tadqiq etish maqsadida tuproq genetik qatlamlarida Na, K, Ca, Fe, Rb, Sr, Ba kabi elementlarni migratsiyasi, akkumulyatsiyasi va geokimyoviy xususiyatlari o'rganilgan.

Kalit so'zlar: och tusli bo'z tuproq, litosfera klarki, makroelement, akkumulyatsiya, migratsiya, geokimyo, klark konsentratsiya, fon.

Kirish. Dehqonchilik jadal rivojlanayotgan hozirgi davrda ko'pchilik tuproqlar turli ta'sirlar natijasida bir qator o'zgarishlarga yuz tutgan. Ushbu o'zgarishlarga tuproqlardan turli maqsadlarda foydalanish, ya'ni dehqonchilik, qurilish, sanoat, ishlab chiqarish va boshqalar sabab bo'lmoqda. Shuning uchun ham sug'oriladigan tuproqlarni geokimyoviy nuqtai nazardan tadqiq qilish katta nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.

Bizga ma'lumki, sug'oriladigan tuproqlarda ham o'ziga xos ravishda tuproq-iqlim sharoitlariga va boshqa omillarga mos bo'lgan jadalliklarda kimyoviy elementlar migratsiyasi kuzatiladi. Dehqonchilik madaniyati ortib borishi bilan tuproq va uning genetik qatlamlarida kechadigan kimyoviy, fizik-kimyoviy, biologik, geokimyoviy va boshqa jarayonlar ma'lum darajada jadallashib kimyoviy elementlarning migratsiyasida hamda akkumulyatsiyasida alohida rol o'ynaydi.

Elementlarni migratsiyasi va akkumulyatsiyasi jarayonlarini o'rganishda A.I.Perelman [1] tomonidan ishlab chiqilgan geokimyoviy barerlarning ahamiyati katta bo'lib, qisqa masofada kimyoviy elementlarning migratsiya jadalligini keskin kamayishi va uning natijasida konsentratsiyasining ortishiga tushuniladi.

Albatta, tuproq qatlamlarida elementlarning migratsiya va akkumulyatsiyasi jarayonlari asosan ichki va tashqi omillarga bog'liqdir. Bunda ichki omillarga migratsiyalanuvchi ionlarning davriy sistemadagi tartib raqami, valentligi, atom massasi, ion radiusi, Kartlej potensiali, energetik konstantasi va boshqalar kiradi. Tashqi omillarga esa tuproq gumusi, sho'rlanishi, singdirilgan kationlari, oksidlanish-qaytarilish jarayonlari va shu kabilar kiradi.

Ideal sharoitda, ideal eritmalarda Na, Mg, K, Ca kabi makroelementlarning tartib raqami va atom massasini ortib borishi bilan ularning migratsiyasi kuchsizlanib boradi. Bunday holat ayni ionlarning boshqa xossalari bilan ham bog'liq. Ammo ma'lumotlarga ko'ra, tuproqda aynan shunday deyish qiyin [2].

Bizni landshaft geokimyoviy tadqiqotlarimiz tuproq qatlamlarida makroelementlarni akkumulyatsiya, differensiatsiya va boshqa xususiyatlarini o'rganishga tayangan.

Bu borada ko'pchilik tadqiqotchilar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilgan bo'lib, tuproqlarning geokimyoviy xossalari A.I.Perelman [1], G'.Yuldashev [2, 9], M.A.Glazovskaya

[3], A.P.Vinogradov [4], V.V.Dobrovolskiy [5], V.Y.Isaqov [6], Sh.Y.Eshpulatov [7], D.M.Xoldarov [8], M.T.Isag'aliyev [9], A.T.Turdaliyev [2, 10] va boshqa olimlarning tadqiqotlarida o'z aksini topgan.

Tadqiqot usullari. Dala tadqiqotlari davomida tadqiqot obyektlaridan olingan tuproq namunalari tarkibidagi makroelementlarning yalpi miqdorlari O'zRFA Yadro fizikasi institutida neytron-aktivatsion analiz usulida aniqlandi. Shuningdek, olingan natijalarni geokimyoviy tahlil qilishda A.I.Perelman, M.A.Glazovskayalarning majmuaviy usullaridan foydalanildi. Usullar negizida yer po'sti va uning boshqa qobiqlarida (pedosferada) kimyoviy elementlar migratsiyasini o'rganish yotadi, bunda elementar landshaft hamda geokimyoviy landshaft miqyosida tahlil etildi.

Tadqiqot natijalari. O'rganilgan kimyoviy elementlarni tartib raqami ortishi bilan ularning atom massalari ortib boradi. Valentliklarini o'zgarishida esa aniq bir qonuniyat yo'q. Ion radiuslari ushbu elementlarni TSK tarkibida va bir qator minerallar tarkibida o'zaro almashina olish yoki almashina olmaslik xususiyatlaridan dalolat beradi. Shundan kelib chiqib, Fersman bo'yicha, ionlarning o'lchamlari o'rtasidagi o'zaro farq 20 % dan kam bo'lgan kimyoviy elementlar minerallarda va boshqa joylarda sharoitga bog'liq ravishda o'zaro almashina oladi. Bunday elementlardan Na, K, Ca, Fe alohida guruhni tashkil qilib, Sr, Ba va Rb elementlari esa keyingi guruhni tashkil qiladi. Kartlej potensialida esa, nisbatan katta ko'rsatkich Fe ga to'g'ri keladi, eng kichik potensialni esa Rb tashkil qiladi, boshqalar bu ko'rsatkichga ko'ra oraliq ko'rsatkichlarni tashkil qiladi. Kartlej potensiali 1 ga teng va undan kichik bo'lsa kimyoviy element tuproqda tipik ishqoriy metal tariqasida namoyon bo'ladi [11].

Kimyoviy elementlarning miqdorlari har xil tuproqlarda turlicha va yoki o'zaro yaqin bo'lishi mumkin. Bunday holatlarni tadqiq etilgan, madaniylashganlik darajasi turlicha bo'lgan sug'oriladigan och tusli bo'z tuproqlarda ko'rishimiz mumkin (1-jadval).

1-jadval

Och tusli bo'z tuproqlarda makroelementlar miqdori, mg/kg

Kesma t/r Chuqurligi, sm Na K Ca Fe Rb Sr Ba

2 I 0-19 6760 17000 109000 29600 89 455 550

19-25 4800 11000 127000 23900 60 320 360

25-55 5600 13000 146000 21100 65 355 380

55-98 4800 6750 170000 15100 44 370 370

5 I 0-22 6000 19000 97000 30300 87 350 580

22-31 5250 17000 98000 33900 94 250 690

31-55 4700 18000 90400 35200 93 260 680

55-105 3400 8700 147000 16300 46 270 320

6 I 0-17 6800 19000 85800 31200 88 330 610

17-26 2100 12000 142000 24900 65 140 340

26-70 3500 21000 85000 30600 90 470 460

70-90 9000 15000 109000 27000 72 270 630

9 I 0-25 8300 17000 88800 31400 83 230 710

26-41 8100 17500 93400 31000 97 240 670

41-63 9000 18000 92000 32000 88 210 680

63-92 8750 16000 96300 32800 91 300 710

92-130 10600 18000 91900 34800 95 285 770

O'rtacha 6321 15526 109918 28300 79 300 559

Litosfera klarki 25000 25000 29600 46500 150 340 650

Tuproq klarki 6000 15000 15000 40000 100 300 500

Ushbu jadvalda keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, eskidan va yangidan sug'oriladigan och tusli bo'z tuproqlarning genetik qatlamlarida Na ning miqdori 0,21-1,06 % oralig'ida tebranadi. Haydov qatlamlaridagi miqdori esa 0,676-0,830 % ni tashkil qiladi. Eskidan sug'oriladigan och tusli bo'z tuproqlarning genetik qatlamlarida natriyning miqdori deyarli bir xil tarzda tabaqalashgan.

Eng ko'p miqdor Ca ga to'g'ri keladi va tuproq qatlamlari bo'ylab 8,5-14,9 % ni tashkil qiladi, undan keyingi o'rinlarda Fe va K elementlari turadi. Eng kam ko'rsatkichlarda Ba, Sr elementlari va eng oxirgi o'rinda 0,0044-0,0097 % ko'rsatkich bilan Rb elementi joylashadi.

Kaliy esa aksariyat hollarda haydov qatlamlarda ko'proq nomoyon bo'ladi, ya'ni 1,7-1,9 % atrofida bo'lsa, boshqa tuproq qatlamlarida bu ko'rsatkich kam miqdorlarda.

Tadqiq qilingan tuproq kesmalarining deyarli barcha qatlamlarida Ca elementi miqdori litosfera va tuproq klarklaridan bir necha marta katta ekanligini jadval ma'lumotlaridan ko'rishimiz mumkin. Boshqa makroelementlar miqdorlari esa litosfera klarkidan past ko'rsatchilarni egallaydi.

Yuqorida keltirilgan makroelementlar miqdorlari ushbu tuproq qatlamlari uchun maxsus fon bo'lib, ular quyidagi ketma-ketlikni tashkil etadi: Ca10,99 > Fe2,83 > K1,55> Na0,63 > Ba0,06> Sr0,03> Rb0,008

O'rganilgan makroelementlarning tuproq kesmalaridagi haydov qatlamlari orasidagi miqdorlarini geokimyoviy spektrlar orqali ko'radigan bo'lsak, ushbu tuproq kesmalarining genetik qatlamlari o'rtasidagi farqlar quyidagi 1-rasmda keltirilgan.

1-rasm. Haydov qatlamlaridagi makroelementlar miqdori geokimyoviy spektri Makroelementlarning tuproq qatlamlaridagi akkumulyatsiya va migratsiya jarayonlarini ushbu elementlarni klark konsentratsiyalari miqdorlari orqali aniqlash mumkin.

Ma'lumki, yer qobig'ida tarqoq elementlarni tarqalishini o'ziga xos xususiyati shundaki, ularning miqdori tuproq klarklariga qaraganda o'nlab, yuzlab yoki minglab marotaba ko'p bo'lgan hududlarni (konlar) hosil qilish qobiliyatidadir. Lekin bunday joylarda tarqoq elementlarning ulushi yer qobig'idagi ja'mi miqdorga nisbatan juda kichik bo'ladi. Kimyoviy elementlarning ko'p jinsli tarqalishini miqdoriy tavsifini aniqlash uchun V.I.Vernadskiy [12] fanga Klark konsentratsiyasi (Kk = A/K) tushunchasini kiritdi. Bu o'rinda A berilgan obyektdagi (tog' jinsi, mineral) elementning miqdori, K esa uning klarki. Agarda Kk>1 bo'lsa, unda ushbu elementning shu obyektda to'planishi, Kk<1 bo'lganda yer qobig'ining o'rtacha ko'rsatkichiga nisbatan ayni element miqdorining pasayishi tushuniladi [13].

O'rganilgan makroelementlarning migratsiya jarayonlarini tahlil etish maqsadida ularning yuqorida keltirilgan ma'lumotlar asosida konsentratsiya klarklari miqdorlarini hisoblab chiqdik. Quyidagi 2-jadvalda sug'oriladigan, madaniylashganlik darajalari turlicha bo'lgan adir

zonasining och tusli bo'z tuproqlari uchun makroelementlarning I.P.Vinogradov tomonidan ishlab chiqilgan tuproq klarkiga nisbatan konsentratsiya klarklari miqdorlari berilgan.

Tuproq klarkiga nisbatan kimyoviy elementlarning konsentratsiya klarki miqdorlari esa yuqoridagi ko'rsatkichlardan biroz farq qiladi, buni quyidagi 2-jadval ma'lumotlaridan va 2-rasmda keltirilgan diagrammadan ko'ramiz.

2-jadval

Makroelementlarning konsentratsiya klarki (tuproq klarkiga nisbatan)

Kesma t/r Chuqurligi, sm Na K Ca Fe Rb Sr Ba

2 I 0-19 1,13 1,13 7,27 0,74 0,9 1,52 1,1

19-25 0,80 0,73 8,47 0,60 0,60 1,07 0,72

25-55 0,93 0,87 9,73 0,53 0,7 1,18 0,76

55-98 0,80 0,45 11,33 0,38 0,4 1,23 0,74

5 I 0-22 1,00 1,27 6,47 0,76 0,9 1,17 1,16

22-31 0,88 1,13 6,53 0,85 0,9 0,83 1,38

31-55 0,78 1,20 6,03 0,88 0,9 0,87 1,36

55-105 0,57 0,58 9,80 0,41 0,5 0,90 0,64

6 I 0-17 1,13 1,27 5,72 0,78 0,9 1,10 1,22

17-26 0,35 0,80 9,47 0,62 0,7 0,47 0,68

26-70 0,58 1,40 5,67 0,77 0,9 1,57 0,92

70-90 1,50 1,00 7,27 0,68 0,7 0,90 1,26

9 I 0-25 1,38 1,13 5,92 0,79 0,8 0,77 1,42

26-41 1,35 1,17 6,23 0,78 1 0,80 1,34

41-63 1,5 1,20 6,13 0,8 0,9 0,70 1,36

63-92 1,46 1,07 6,42 0,82 0,9 1,00 1,42

92-130 1,77 1,2 6,13 0,87 1 1 1,54

O'rtacha 1,05 1,04 7,33 0,71 0,8 1,00 1,12

Tuproq klarkiga nisbatan ishlangan konsentratsiya klarki ma'lumotlaridan ko'rish mumkinki, bunda ham eng yuqori miqdorlar Ca ga to'g'ri keladi va yangidan sug'oriladigan och tusli bo'z tuproqlarning (2 I-kesma) 55-98 sm da 11,33, umumiy holatda 5,67-11,33 oralig'ida tebranadi. Bu holat bo'z tuproqlar uchun xos xisoblanadi va o'rganilgan tuproqlarda kalsiyli provinsiya mavjudligidan dalolat beradi.

2-rasm. Haydov qatlamlaridagi makroelementlarning KK diagrammasi

Sr, Na, K va Ba larning ham konsentratsiya klarklari o'rganilgan tuproq kesmalarini aksariyat qatlamlarida 1 dan yuqori miqdorlarni tashkil etadi. Fe va Rb larning konsentratsiya klarklari esa 1 dan kichik, ya'ni ular tuproq qatlamlarida akkumuliyatsiyalanmagan.

Xulosa qiladigan bo'lsak, sug'oriladigan och tusli bo'z tuproqlarda Ca elementi tuproq klarklariga nisbatan eng ko'p miqdorlarni tashkil etadi. Albatta bu holat ushbu tuproqlar uchun xos xisoblanadi. Shuningdek, makroelementlardan Sr, Na, K va Ba larning ham konsentratsiya klarklari tuproq klarkiga nisbatan biroz yuqori ko'rsatkichlarga ega.

Kimyoviy elementlarning akkumulyatsiya, migratsiya xususiyatlarini tadqiq qilish orqali olingan ma'lumotlardan hamda ushbu tuproqlar uchun ishlab chiqilgan fon miqdorlaridan qishloq xo'jaligi ekinlarini joylashtirish jarayonlarida foydalanish ekinlar hosildorligi va sifatini oshirishga xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Перельман А.И. Геохимия. - M., 1989. - 419 с.

2. Turdaliyev A., Yuldashev G. Pedolitli tuproqlar geokimyosi. Monografiya //T."FAN. - 2015. - С. 41-48.

3. Глазовская M. А. Геохимические основы типологии и методики исследования природных ландшафтов: (Учеб. пособие). — M.: MГУ, 1964. - 230 с.

4. Виноградов А.П. Геохимия редких и рассеянных элементов в почвах. M. РАН. - 2021. -298 с.

5. Добровольский В. В. Геохимическое землеведение: Учебное пособие / — M.: Владос, 2008. — 208 с.

6. Исаков В.Ю. и др. Закономерности галогеохимии почв Ферганской долины: Сб. науч. тр. Кыргызско-Узбекский ун-тет. Вып.3. Ош. 2003. С. 206-210.

7. Эшпулатов Ш., Юлдашев Г. Химические и геохимические свойства почв светлых сероземов. Т. 2010. с. 89-97.

8. Холдаров Д. Mарказий Фаргонанинг шурланган утлоки саз тупроклари ва шурхоклари геокимёси. Дис. автореф. Т. 2006. 24 с.

9. Юлдашев Г., Исагалиев M. Геохимия почв конусов выноса. Т., Фан. 2012. -160 с.

10. Turdaliev, A., Yuldashev, G., Askarov, K., & Abakumov, E. (2021). Chemical and Biogeochemical Features of Desert Soils of the Central Fergana. Agriculture (Pol'nohospodárstvo), Vol. 67 (Issue 1).

11. Turdaliyev A. Markaziy Farg'ona yerlaridagi arzik-shoxli, shox-arzikli qatlamlar genezisi, fizik-kimyoviy va biogeokimyoviy xususiyatlari: b.f.d. ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya avtoreferati. B.f.d. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss. 2016.

12. Вернадский В.И. Очерки геохимии. - M.: Наука. 1963. -415 с.

13. Турдалиев, А. Т., Абакумов, Е. В., Myсаев, И. И., & Ахмаджонов, А. А. (2023). Сугориладиган оч тусли буз тупрокларнинг морфологик белгиларидаги узгаришлар. Science and innovation, 2(Special Issue 6), 867-872.

14. Турдалиев, А. Т., И. И. Myсаев, and Г. Г. У. Mамажонов. "Изменение морфологических характеристик и агрохимического свойства орошаемых светлых сероземов." Научное обозрение. Биологические науки.-2023 4 (2023): 86-91.

15. Юлдашев Г., Турдалиев А. Т., Исагалиев М. Т. Особенности миграции циклических элементов в ландшафтах пустынь //Живые и биокосные системы. - 2014. - №. 6. - С. 22.

16. Турдалиев А. Т., Мусаев И. И. СОВРЕМЕННОЕ СОСТОЯНИЕ МОРФОЛОГИЧЕСКИХ ХАРАКТЕРИСТИК ОРОШАЕМЫХ СВЕТЛЫХ СЕРОЗЕМОВ //Science Promotion. - 2024. - Т. 5. - №. 1. - С. 210-217.

17. Abduxakimova, X.A. (2021). Shoximardonsoy konus yoyilmasi sugoriladigan tuproklarining geokimyosi. B.f.f.d. diss. avtoref. F., 42. 2021.

18. Abdukhakimova, H. (2023). General physical properties of irrigated sierozem-meadow soils. Science and innovation, 2(D2), 140-142.

19. Abdullayevna, A.X. (2023). Sug'oriladigan tipik bo'z tuproqlarda biomikroelementlar miqdori va raqamli xaritalash. Qo'qon universiteti xabarnomasi, 265-267.

20. Isagaliev, M., & Yuldashev, G. (2018). Abdukhakimova Kh. Geochemistry of biomicroelements in irrigated serozemsof the south of Fergana. European Sciences review. Scientific journal.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.