SUG'ORILADIGAN O'TLOQI SAZ VA OCH TUSLI BO'Z TUPROQLARDAGI
MIKROELEMENTLAR MIQDORI 1Turdaliyev A.T., 2Axmadjonov A.A., 3Musayev I.I., 4Mamadaliyev M.Z.
1Farg'ona davlat universiteti b.f.d., professor 2,3,4Farg'ona davlat universiteti tayanch doktorantlari https://doi.org/10.5281/zenodo.11185508
Abstract. Ushbu maqolada Farg'ona viloyatidagi sug'oriladigan och tusli bo'z tuproqlar hamda sug'oriladigan o'tloqi saz tuproqlarning genetik qatlamlari tarkibidagi mikroelementlarning miqdorlari, ularning geokimyoviy xususiyatlari berilgan bo'lib, ularning tuproqlardagi fon miqdorlari hamda geokimyoviy spektrlari ishlab chiqilgan.
Tuproq qatlamlaridagi mikroelementlar miqdorlari A.I.Perelman va M.A.Glazovskayalarning majmuaviy usullaridan foydalanib geokimyoviy tahlil qilingan holda sug'oriladigan o'tloqi saz tuproqlarda Br, Sb, Cs va Hf mikroelementlari litosfera klarkidan birdan bir necha marotabagacha ortiq va sug'oriladigan och tusli bo'z tuproqlarda esa Sc, Br, Sb, Cs, Hf va Au mikroelementlari litosfera klarkidan ortiq miqdorlarda akkumulyatsiyalanganligi aniqlangan.
Kalit so'zlar: geokimyo, mikroelement, migratsiya, akkumulyatsiya, fon, konsentratsiya
klarki.
KIRISH
Hozirda sug'oriladigan maydonlardan dehqonchilikda intesiv foydalanish natijasida tuproqlar tarkibidagi kimyoviy elementlar balansi buzilib bormoqda, ya'ni mineral o'g'itlar, pestitsidlardan foydalanish va ba'zan ularni meyoridan ortiqcha qo'llash orqali tuproq qoplamini og'ir metallar va metalloidlar bilan ifloslanishi kuzatilmoqda. Har qanday tuproq tipi, ayirmasi uchun uning kimyoviy element tarkibi agrokimyoviy nuqtai nazardan katta amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi.
Tuproq tarkibidagi kimyoviy elementlar miqdorini, geokimyoviy va biogeokimyoviy xossalarini tadqiq qilish orqali ularni miqdor va sifat jihatdan hamda migratsiyalanish xossalarini boshqarib qishloq xo'jaligi o'simliklaridan yuqori va sifatli hosil olishga erishish mumkin.
Turli xil tuproqlar tarkibidagi kimyoviy elementlar miqdori tuproq sharoitlariga va elementning xossalariga bog'liq ravishda bir-biridan farq qiladi. Kimyoviy elementlarni litosfera-tuproq qatlamlari-o'simlik zanjirida migratsiyalanishi, akkumulyatsiyalanishi va geokimyoviy xossalari ularning tuproq tarkibdagi turli miqdorlariga, tuproq kesmasida qayta taqsimlanishiga va boshqalarga bog'liq bo'ladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Tuproqlar tarkibidagi kimyoviy elementlar undagi tirik organizmlarga ham o'z ta'sirini ko'rsatadi. Tuproqlardagi mikroelementlar, kamyob elementlar va boshqalar to'g'risidagi umumlashgan ma'lumotlar juda kam bo'lib, Vinogradov, Bowen va boshqalarni ishlarida o'z ifodasini topgan.
Kimyoviy elementlarni tuproqda tarqalishi, akkumulyatsiyalanishi, migratsiyalanishi, o'simliklar tomonidan singdirilishi, tuproqni singdiruvchi kompleksi tarkibiga kirishi va boshqalar boshqa omillar bilan birga bevosita ushbu elementni xossalariga ham bog'liq bo'ladi.
V.M.Goldshmidt [1] fikriga ko'ra, kimyoviy elementlarning tarqalishi ularning yadro xususiyatlari va elektron qobiqlari, ya'ni kimyoviy xossalari bilan bog'liq bo'ladi. A.Ye.Fersman
[2] esa bu fikrni to'ldirib, kimyoviy elementlarning tuzilishi bilan differensiatsiyasi orasidagi bog'lanish ularni birlamchi tarqalishiga bog'liqligini e'tirof etadi.
Kimyoviy elementlarni tuproqda yoki boshqa muhitda tarqalishida geokimyoviy kattaliklarga tayanilishi hozirgi kunda to'g'ri xulosalarga olib kelishi ko'pchilik olimlar A.A.Kist
[3], G.Yuldashev va A.Turdaliyevlar [4] tomonidan ta'kidlangan.
Bu yo'nalishda ko'pchilik tadqiqotchilar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilgan bo'lib, tuproqlarning geokimyoviy xossalari A.I.Perelman [5], M.A.Glazovskaya [6], A.P.Vinogradov [7], V.V.Dobrovolskiy [8], G'.Yuldashev [4, 12], V.Y.Isaqov [9], Sh.Y.Eshpulatov [10], D.M.Xoldarov [11], M.T.Isag'aliyev [12], A.T.Turdaliyev [4, 13, 14] kabi ko'plab olimlarning tadqiqotlarida o'z aksini topgan.
Tadqiqotlarda V.V.Dokuchayev usulida tadqiqot obektlaridan olingan tuproq namunalaridagi mikroelementlarning yalpi miqdorlarini aniqlashda O'zRFA Yadro fizikasi institutida neytron-aktivatsion analiz usulidan foydalanildi. Ma'lumotlarni geokimyoviy tahlil qilishda A.I.Perelman, M.A.Glazovskayalarning majmuaviy usullaridan foydalanildi.
NATIJA VA MUHOKAMA
Tuproqlar tarkibidagi kimyoviy elementlarni differensiatsiya, migratsiya va akkumulyatsiya jarayonlari ularni xususiyatlari bilan birga, tuproqlarni xossalariga ham bog'liq bo'ladi. Bunday holatlarni tadqiq qilingan tuproqlarning genetik qatlamlarida quyida keltirilgan jadval ma'lumotlaridan ham ko'rish mumkin (1-jadval).
1-jadval
Sug'oriladigan tuproqlarda mikroelementlar miqdori, mg/kg
Kesma t/r Chuqurligi, sm Sc Cr Co Ni As Br Sb Cs Hf Ta Au
Sug'oriladigan o'tloqi saz tuproqlar
4.A 0-32 7,7 42 8,0 23 0,083 9,6 1,3 5,6 3,4 0,70 0,0050
32-45 7,8 41 8,5 31 0,076 13,3 1,3 5,9 3,2 0,72 <0,001
45-58 6,2 34 6,7 17 0,12 8,8 1,2 4,8 2,5 0,54 0,0044
58-98 6,3 32 7,2 18 0,20 3,4 1,5 5,3 2,9 0,58 <0,001
98-114 5,6 28 5,0 <10 0,11 1,6 1,0 4,3 2,3 0,64 <0,001
114-129 6,4 33 6,7 20 0,081 2,7 1,6 5,7 3,1 0,70 <0,001
129-192 6,8 33 6,8 38 0,15 1,6 1,2 5 4,7 0,74 0,0054
Sug'oriladigan o'tloqi saz tuproqlar
11.A 0-27 7,1 37 7,2 33 0,074 10,4 1,3 5,2 3,4 0,70 0,0040
27-40 7,4 39 7,2 12 0,083 11,7 1,7 5,5 3,5 0,66 0,0045
40-66 6,8 34 6,3 14 0,15 4,9 1,7 4,5 3,5 0,62 <0,001
66-95 7,3 37 7,6 11 0,17 4,8 2,0 5,3 3,0 0,64 0,0085
95-118 6,6 33 6,5 <10 1,3 1,8 1,9 5,1 4,2 0,90 0,0049
118-185 7,6 39 8,1 15 0,10 3,9 2,1 6,3 3,1 0,57 <0,001
Sug'oriladigan och tus i bo'z tuproq ar
16.A 0-17 12 68 12,5 26 0,16 2,7 2,1 7 4,6 0,94 0,0057
17-34 12 75 13,5 41 0,16 4,4 1,9 7,3 5,3 0,87 0,0084
34-60 12 24 13 43 0,17 3,7 1,5 8 4,3 0,95 0,016
60-95 11 58 11 25 0,089 <1,0 0,95 6,7 5,1 0,81 0,012
95-150 12 61 11 32 0,095 <1,0 0,96 7,9 6,5 0,84 <0,001
Sug'oriladigan och tus i bo'z tuproq ar
23.A 0-28 12 64 12,5 56 0,12 4,9 1,4 6,6 5,1 0,72 0,010
28-40 12 58 13 39 0,15 4,9 1,3 8,1 6,9 0,84 0,0092
40-65 14 78 14,5 <10 0,15 3,3 1,4 8,7 4,0 1,0 0,0085
65-140 14 63 14 <10 0,13 3,5 1,4 6,8 4,3 0,89 <0,001
O'rtacha, o'tloqi saz tuproqlar 6,9 35,5 7,1 19,4 0,21 6,0 1,5 5,3 3,3 0,67 0,0032
O'rtacha, och tusli bo'z tuproqlar 12 61 12,8 31 0,14 3,3 1,4 7,4 5,1 0,87 0,0080
Litosfera klarki 10 83 18 58 1,7 2,1 0,5 3,7 1 2,5 0,0043
Yuqoridagi jadval ma'lumotlariga asosan, tuproqlarda Cr elementi miqdori eng yuqori ko'rsatkichda bo'lib, uning miqdori sug'oriladigan o'tloqi saz tuproqlarda 28-42 mg/kg gacha, sug'oriladigan och tusli bo'z tuproqlarda esa 24-78 mg/kg oraliqlarida tebranadi. Miqdori bo'yicha undan keyingi o'rindagi Ni esa mos ravishda 10-33 mg/kg va 10-56 mg/kg atrofida mavjud. Sug'oriladigan o'tloqi saz tuproqlarda Br, Sb, Cs va Hf mikroelementlari litosfera klarkidan birdan bir necha marotabagacha ortiq to'plangan. Sug'oriladigan och tusli bo'z tuproqlarda esa Sc, Br, Sb, Cs, Hf va Au mikroelementlari litosfera klarkidan ortiq miqdorlarda.
Har ikkala tuproq tipida ham Au va Ta lar eng kam miqdorlarni qayd etgan va tuproq qatlamlarida mos ravishda o'rtacha 0,14-0,21 va 0,0032-0,0080 mg/kg miqdorlarda mavjud.
Haydov qatlamlaridagi mikroelementlarning miqdorlarini geokimyoviy spektrda (1-rasm) ko'radigan bo'lsak, ularning ayrimlarini ko'rsatkichlari o'rtasida jiddiy farqlar hamda ba'zilarini o'zaro yaqinligini ko'rish mumkin.
/i 90 mg/kg
80 70 60 50 40 30 20 10 0
Sc Cr Co Ni As Br Sb Cs Hf Ta Au
■♦—4.A «-11. A 16. A *—23. A
Litosfera klarki
elementlar
1-rasm. Haydov qatlamlaridagi mikroelementlar miqdori, mg/kg
Tadqiqotga tortilgan mikroelementlarning sug'oriladigan o'tloqi saz tuproqlar uchun fon miqdorlari mg/kg, hisoblandi va quyidagi ko'rinishga ega bo'ldi.
Cr Ni Co Sc Br Cs Hf Sb Ta As Au 35,5 > 194 > 7,1 > 6,9 > 6,0 > 5,3 > 3,3 > 1,5 > 0,67 > 0,21 > 0,0032 Fon miqdorlari mg/kg, sug'oriladigan och tusli bo'z tuproqlar uchun: Cr Ni Co Sc Cs Hf Br Sb Ta As Au 61,0 > 310 > 12,8 > 12,0 >7,4>5,1>3,3>1,4> 0,87 > 0,14 > 0,0080
2-rasm. Mikroelementlarning fon miqdorlari, mg/kg
Sug'oriladigan och tusli bo'z tuproqlar uchun ishlangan fon miqdorlari bilan sug'oriladigan o'tloqi saz tuproqlar uchun ishlangan fon miqdorlari taqqoslanganda Cr, Ni, Co, Sc elementlari o'rtasida sezilarli darajada farqlar mavjudligi aniqlandi. Shuningdek, Br, Cs, Hf elementlari o'rtasida kata farqlar sezilmaydi. Sb deyarli ikkita fonimizda ham bir-biriga juda yaqin kelgan (2-rasm). XULOSA
Tadqiqotlarimizdan shunday xulosa qilish mumkinki, o'rganilgan tuproqlarimizda Cr, Ni li provinsiyalar mavjudligini ko'rishimiz mumkin.
Mikroelementlarning migratsiya, akkumulyatsiya, differensiatsiya jarayonlarini tadqiq qilish orqali olingan ma'lumotlardan hamda tuproqlar uchun ishlab chiqilgan fon miqdorlaridan madaniy ekinlarni joylashtirishda hamda mineral o'g'itlar qo'llashda muhim manba sifatida foydalanish ekinlar hosildorligi va sifatini oshirishga xizmat qiladi.
REFERENCES
1. Гольдшмидт В.М. Главнейшие работы по геохимии и кристаллохимии. -Л., 1933. 120 с.
2. Ферсман A.E. Геохимия. В 4-х т. - Л.: ОНТИ. 1939. Т.4. Стр.46.
3. Кист A.A. Феноменология биогеохимии и биоорганической химии. - Т., 1987. -236 с.
4. Turdaliyev A., Yuldashev G. Pedolitli tuproqlar geokimyosi. Monografiya // T. "FAN. - 2015. - С. 41-48.
5. Перельман A.K Геохимия. - M., 1989. -419 с.
6. Глазовская M.A. Геохимические основы типологии и методики исследования природных ландшафтов: (Учеб. пособие). — M.: MГУ, 1964. - 230 с.
7. Виноградов A.n. Геохимия редких и рассеянных элементов в почвах. M. PAH. - 2021. -298 с.
8. Добровольский В. В. Геохимическое землеведение: Учебное пособие / — M.: Владос, 2008. — 208 с.
9. Исаков В.Ю. и др. Закономерности галогеохимии почв Ферганской долины: Сб. науч. тр. Кыргызско-Узбекский ун-тет. Вып.3. Ош. 2003. С. 206-210.
10. Эшпулатов Ш., Юлдашев Г. Химические и геохимические свойства почв светлых сероземов. Т. 2010. с. 89-97.
11. Xoldarov D. Markaziy Farg'onaning sho'rlangan o'tloqi saz tuproqlari va sho'rxoklari geokimyosi. Dis. avtoref. T. 2006. 24 b.
12. Юлдашев Г., Исагалиев М. Геохимия почв конусов выноса. Т., Фан. 2012. -160 с.
13. Turdaliev, A., Yuldashev, G., Askarov, K., & Abakumov, E. (2021). Chemical and Biogeochemical Features of Desert Soils of the Central Fergana. Agriculture (Полънох,осподарство), Vol. 67 (Issue 1).
14. Turdaliyev A. Markaziy Farg'ona yerlaridagi arzik-shoxli, shox-arzikli qatlamlar genezisi, fizik-kimyoviy va biogeokimyoviy xususiyatlari: b.f.d. ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya avtoreferati. B.f.d. ilmiy darajasini olish uchun yozilgan diss. 2016.
15. Turdaliev A.; Askarov K.; Abakumov, E.; Makhkamov E.; Rahmatullayev G'.; Mamajonov G'.; Axunov A. Biogeochemical State of Salinized Irrigated Soils of Central Fergana (Uzbekistan, Central Asia) Scopus, 2023, 13, 6188. https://doi.org/ 10.3390/app13106188
16. А.Т.Турдалиев , Е.В.Абакумов, И.И. Мусаев Сугориладиган оч тусли буз тупрокларнинг морфологик белгиларидаги узгаришлар. INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND SOLUTIONS JUNE 6-7, https://doi.org/10.5281/zenodo.8007312
17. А.Т. Турдалиев, Т. Ураимов, Х.Т. Турдалиева. СУГОРИЛАДИГАН ТУПРО^ЛАРДА ТУЗЛАР ГЕНЕЗИСИ ВА ГЕОЭНЕРГЕТИКАСИ. INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND SOLUTIONS JUNE 6-7, https://doi.org/10.5281/zenodo.8007335