Научная статья на тему 'SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI-BOTQOQ TUPROQLAR UNUMDORLIGI VA SABZAVOT EKINLARI HOSILINI CHAMALASH'

SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI-BOTQOQ TUPROQLAR UNUMDORLIGI VA SABZAVOT EKINLARI HOSILINI CHAMALASH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
56
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
o‘tliqi-botqoq / sabzavot / bonitet bali / ekinlarni chamalash / hosildorlik / karam.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Isag‘aliyev Murodjon To‘ychiboyevich, Tolibova Dildora Komiljon Qizi

Maqolada Jo‘ydam fermer xo‘jaligi sug‘oriladigan o‘tloqi-botqoq tuproqlari unumdorligi va karam sabzavot ekini misolida hosildorligi chamalangan. Tuproqlar unumdorligi o‘rtachadan yuqori bo‘lib, bu tuproqlarda karam uchun 183 s/ga chamalash to‘g‘ri deb hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SUG‘ORILADIGAN O‘TLOQI-BOTQOQ TUPROQLAR UNUMDORLIGI VA SABZAVOT EKINLARI HOSILINI CHAMALASH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

SUG'ORILADIGAN O'TLOQI-BOTQOQ TUPROQLAR UNUMDORLIGI VA SABZAVOT EKINLARI HOSILINI CHAMALASH 1Isag'aliyev Murodjon To'ychiboyevich, 2Tolibova Dildora Komiljon qizi

1FarDU, b.f.d., professor 2FarDU, magistrant https://doi.org/10.5281/zenodo.8009482

Annotatsiya. Maqolada Jo'ydam fermer xo'jaligi sug'oriladigan o'tloqi-botqoq tuproqlari unumdorligi va karam sabzavot ekini misolida hosildorligi chamalangan. Tuproqlar unumdorligi o'rtachadan yuqori bo'lib, bu tuproqlarda karam uchun 183 s/ga chamalash to'g'ri deb hisoblanadi.

Kalit so'zlar: o'tliqi-botqoq, sabzavot, bonitet bali, ekinlarni chamalash, hosildorlik,

karam.

Ma'lumki, kishilik jamiyatining aqliy mehnatini yerga ta'siriga 15 ming yil atrofida vaqt sarflanmoqda. Bu ta'sir texnika, texnologiya, kimyo va agrotexnologiya rivoji natijasida yildan yilga ortib bormoqda. Inson faoliyati tuproqni vujudga keltiruvchi va rivojiga ta'sir etuvchi eng kuchli omillardan biri hisoblanadi [1]. Bu borada tuproq qoplamida inson ta'sirini 3 guruhga bo'lish mumkin:

1) tuproqlarning ifloslanishi va buzilishi, ya'ni degradatsiya jarayonlarining kuchayishi kabi salbiy oqibatlarga olib keluvchi ta'sirlar;

2) landshaft va uning oynasi bo'lgan tuproqni balans, ya'ni muvozanat holatiga qaratilgan ta' sirlar;

3) vaqt va masofada tuproqni saqlanishi, unumdorligini va madaniylashganlik darajasini oshirishga olib keluvchi ta'sirlar.

Bu jihatdan olib qaraydigan bo'lsak, sug'oriladigan o'tloqi-botqoq tuproqlar keyingi yillarda kuchli darajadagi antropogen omil ta'sirida katta o'zgarishlarga yuz tutgan, ya'ni bunday holatni sug'oriladigan o'tloqi-botqoq tuproqlarda ham ko'rish mumkin. Bu ta'sir natijasida tuproqlarning botqoqlanishi, sho'rlanishi, sho'rlanish sifati va miqdori, umumiy meliorativ holati, va nihoyat unumdorligi o'zgarmoqda. Shu bois antropogen omil ta'sirida o'tloqi-botqoq tuproqlari qoplamida, uning genetik-geografik holatida katta o'zgarishlar yuz bermoqda. Bu o'zgarishlarning yo'nalishini, dinamikasini va qishloq xo'jaligi ekinlari hosili miqdori va sifatiga ta'sirini aniqlash shu kunning dolzarb muammolari qatorida turadi.

Yuqorida aytib o'tilgan tuproqqa qaratilgan o'zgarishlar olinayotgan qishloq xo'jaligi hosili miqdori va sifatiga ham o'z ta'sirini o'tkazmay qolmaydi. Shu bois hozirgi kunda aholi sonini ortishi oqibatida qishloq xo'jaligi mahsulotlariga bo'lgan ehtiyoj kundan kunga ortib boraveradi. Bu esa o'z-o'zidan qishloq xo'jaligida yetishtirilayotgan mahsulotlarni tuproqning unumdorligiga bog'liq ravishda chamalash kerakligi taqazo qiladi.

Barcha toifadagi xo'jaliklarda qishloq xo'jaligi ekinlarining umumiy maydoni 3704,7 ming gektar bo'lgan bo'lsa, paxta-g'alla maydonlarini qisqarishi hisobiga kartoshka ekin maydoni 12,5 foizga, sabzavot ekin maydoni 4,6 foizga, poliz ekin maydoni 8,7 foizga, ozuqa ekinlari maydoni 5,5 foizga o'sdi. Umuman olganda respublikamizda o'tgan yili 6346,4 ming tonna sabzavot ekinlari yig'ib olindi [2].

Yuqoridagi keltirilgan ma'lumotlardan ko'rinib turibdiki, qishloq xo'jaligida yetishtirilayotgan mahsulotlarning miqdori asosan ektensiv usulda ko'payishi kuzatiladi. Bundan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

shuni xulosa qilish mumkinki, tuproqlar unumdorligi yildan yilga oshirish hisobiga emas, balki ekinlar maydonini oshirish hisboiga hosildorlik oshirilmoqda.

Bugungi kunda aholini sabzavot ekinlari mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirish, iqtisodiyotni to'g'ri tashkil qilish (talab va taklif qonunini), ya'ni rejalashtirishda qishloq xo'jaligida yetishtiriladigan ekinlarning hosilini oldindan chamalash katta ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.

Respublikamiz viloyatlaridagi fermer va dehqon xo'jaliklari turli tuproq-iqlim sharoitlarida joylashgan bo'lib, ularning tuproq qoplami, o'zining unumdorlik darajasi va xossalari bilan o'zaro farq qiladi. Ulardagi bu farq bonitirovkalashdan so'ngi ballarida ko'rinadi.

Tadqiqotning maqsadi o'tloqi-botqoq tuproqlari sharoitida, ya'ni Joydam massivi o'tloqi-botqoq tuproqlari sharoitida qishloq xo'jaligi ekinlari hosildorligini chamalash va chamalashdagi bir ballga to'g'ri keladigan koeffitsiyentlarni ishlab chiqishdan iborat.

Ma'lumki, qishloq xo'jaligining rivojlanishi tuproq unumdorligini uzluksiz oshirish va boshqarish hamda yerlardan samarali foydalanishga bog'liq. Bu o'rinda yer resurslaridan samarali foydalanish strategiyasi yer resurslarini sifat va miqdor jihatidan baholanishi va baho natijalaridan esa to'g'ri foydalanishda muhim ahamiyat kasb etadi. Tuproqni miqdori, sifati almashtirib bo'lmaydigan kattaliklar qatoridan joylashadi. Bu masala Davlat Yer kadastrining tarkibi qismi bo'lgan tuproq bontirovkasi orqali hal qilinadi [3].

Bonitirovkalash ishlarida asosiy ko'rsatkich tuproqni sifatini aniqlash hisoblanadi. Tuproqni sifat bahosi orqali undan olinadigan qishloq xo'jalik ekinlarini hosili rejalanadi. Tuproq bonitirovkasi uni, ya'ni tuproqni tabiiy shu kundagi mavjud hamda potensial unumdorlik darajasini belgilaydi.

Bonitirovka natijalari bonitet ballari tariqasida 100 balli yopiq shkala asosida baholanadi. Bonitet ballari qishloq xo'jalik ekinlarini ma'lum yerdan olinadigan aniq hosillariga to'g'ri ifodalashi kerak bo'ladi. Aniq bir qishloq xo'jaligi ekin turini ma'lum yerdagi hosildorligini aniqlash uchun eng avvalo ekin ekilgan maydonni ball boniteti aniqlangan bo'lishi kerak.

Bevosita hosilni chamalash uchun bir ballni hosilga muvofiq qiymatini, ya'ni bir ball necha s/ga ni ifodalashini aniqlab, shu ko'rsatkichga mos keladigan raqamga, ya'ni joyning ball bonitetiga ko'paytiriladi. Bir ballning hosilga to'g'ri keladigan qiymatini aniqlash uchun respublika bo'yicha olingan o'rtacha maqsimal hosil miqdorini eng unumdor, ya'ni 100 balli tuproq ko'rsatkichiga bo'linadi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 18-avgustdagi 235-sonli "Qishloq xo'jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tizimini takomillashtirish to'g'risida"gi qarori bilan tasdiqlangan "Qishloq xo'jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi to'g'risidagi nizomi"ning 2-ilovasiga ko'ra tuproqlarining bir bonitet baliga nisbatan hisoblangan normativ hosildorligi ishlab chiqilgan (1-jadval).

1-jadval.

Asosiy qishloq xo'jaligi ekinlari, bog'lar va tokzorlarning sug'oriladigan

tuproqlarning bir bonitet baliga nisbatan hisoblangan normativ hosildorligi [4]

Qishloq xo'jaligi ekinlari va ko'p yillik daraxtlar Tuproqning bir bonitet baliga nisbatan normativ hosildorligi, s/ga

G'o'za 0,4

Boshoqli don ekinlari 0,6

Tamaki 0,45

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

_JUNE 6-7, 2023_

Sholi 0,7

Bir yillik o'tlar (yashil yyem-xashak) 3,0

Sabzavotlar 3,0

Poliz mahsulotlari 2,7

O'tgan yillardagi beda 2,0

Don uchun makkajo'xori 0,75

Yem-xashakbop ildizmevali o'simliklar 9,0

Kartoshka 2,0

Bog'lar (o'rta hisobda) 0,6

Tokzorlar (o'rta hisobda) 0,8

Sabzavot ekinlari asosan, sabzavot olish uchun yetishtiriladigan madaniy o'simliklaming katta guruhi kiradi. Sabzavot ekinlarining 120 dan ortiq turi ma'lum bo'lib, 10 ta oilaga mansub 90 ta turi ko'p tarqalgan. Sabzavot ekinlari karamdoshlar, soyabonguldoshlar, sho'radoshlar, qovoqdoshlar, tomatdoshlar, burchoqdoshlar, murakkabguldoshlar, piyozdoshlar va boshqa botanik oilalarga mansub. Piyozdoshlar va boshoqdoshlar bir pallali, qolganlari ikki pallali usimliklarga mansub. Sabzavot ekinlari o'sishi va rivojlanishi davomiyligiga ko'ra, bir yillik, ikki yillik va ko'p yillik ekinlarga ajratiladi. Shuningdek, mahsuldor organlariga ko'ra 5 guruhga: ildizmevalilar (sabzi, lavlagi, sholg'om, turp, rediska), piyozlilar (piyoz, sarimsoq), mevali sabzavotlar (pomidor, bakqajon, kalampir, bodring, tarvuz, qovun va boshqalar), bargli sabzavotlar (karam, ukrop, ismaloq, selderey, petrushka), dukkakli sabzavotlar (ko'k no'xat, loviya, jandiq)ga bo'linadi [5].

Sabzavot ekinlari turining ko'pligi yetishtirilgan hosil miqdorning har xilligi sababli sabzavot ekinlari uchun ishlangan bir bonitet baliga nisbatan hisoblangan normativ hosildorlik har doim ham to'g'ri kelavermasligini ko'rsatmoqda. Shuning uchun ham bugungi kunda har bir sabzavot ekini uchun bir bonitet baliga to'g'ri keladigan normativ hosildorlikni ishlab chiqishni taqazo qiladi. Misol uchun 60 balli tuproqlar uchun sabzavot ekinlari hosilini hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi.

60*3,0=180 s/ga.

Bu jihatdan Jo'ydam fermer xo'jaligi o'tloqi-botqoq tuproqlari sharoitida yetishtirilgan karam sabzavot ekinining ko'p yillik o'rtacha hosildorligini tahlil qiladigan bo'lsak, quyidagi 2-jadvalda keltirildi.

2-jadval.

Jo'ydam fermer xo'jaligida karamning ko'p yillik hosildorligi ma'lumotlari

№ Yillar Ball boniteti Ekilgan maydon Olingan hosil, t. Hosildorlik, s/ga

1 2018 61 3 390 130

2 2019 61 5 1100 220

3 2020 61 5 900 180

4 2021 61 3 645 215

Jami/o'rtacha /61 16/4 3035/759 /186

Jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdi ki, fermer xo'jaligida erta bahorgi karam ekinidan

o'rtacha 186 s/ga hosil olingan. Bundan bir ball uchun koeffitsiyent 1,86 ga teng bo'lib, hosildorligini chamalaydigan bo'lsak, yuqoridagi uslubiyatga ko'ra 61 ballga teng o'tloqi-botqoq tuproqlarimiz mos ravishda quyidagicha hosiblash mumkin: 61*1,86=113,5 s/ga teng. Bundan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

ko'rinadiki, o'tloqi-botqoq tuproqlarining ball boniteti 61 ga teng bo'lganda 113,5 s/ga yillik meyor (norma) belgilash, ya'ni fermer uchun shartnoma tuzish noto'g'ri bo'ladi. Agar 61 balli o'tloqi-botqoq tuproqlar sharotida bir bonitet baliga nisbatan hisoblangan normativ hosildorligi asosida baholaydigan bo'lsak, unda 61*3=183 s/ga hosil chamalash kerak bo'ladi. Xo'jalikda olingan ko'p yillik o'rtacha hosil karam uchun bir bonitet baliga nisbatan hisoblangan normativ hosilni juda yaqinligini isbotlaydi.

Shuni unutmaslik kerakki, karam sabzavot ekini unumdorligi yuqori bo'lgan tuproqlarda ortacha maksimal gektaridan 300 sentner hosil bergan. Lekin bu sabzavot ekinlarining hammasini ham yuqori hosil beraveradi degani emas. Shuning uchun ham xulosa kelish mumkinki, sabzavot ekinlarining har bir turi uchun pasaytiruvchi koeffitsiyentlarni ishlab chiqish bugunda qishloq xo'jaligi rivojlantirishning dolzarb muammolari qatoridan joy oladi.

Sabzavot ekinlar uchun bir ballga to'g'ri keladigan hosil miqdori 3,0 s/ga teng bo'lganda, o'tloqi-botqoq tuproqlarimiz mos ravishda karam uchun hosil chamalansa 183 s/ga teng bo'lib, xatolik 1% teng. Sug'oriladigan o'tloqi-botqoq tuproqlarining unumdorligi 61 bonitet baliga teng bo'lib, o'rtachadan yuqori deb baholanadi.

REFERENCES

1. Qo'ziyev R.Q., Yuldashev G'.Y., Akramov I. Tuproq bonitirovkasi. T. 2004.

2. Юлдашев Г., Исагалиев М., Обидов М., Исагалиева С. Коэффициент биологического поглощения макро- и биомикроэлементов. /Аграрная наука - сельскому хозяйству: сборник материалов: в 2 кн. / XIV Международная научно-практическая конференция. - Барнаул: РИО Алтайского ГАУ, 2021. - Кн. 1. - С. 319-321.

3. Qayumov F.K., Abdug'aniyev A., Frolov V.T., Maqsudov J.M. va boshqalar O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarni sifatiy, iqtisodiy va qiymat bahosini aniqlashning muvaqqat uslubi. RX-16-025-00. T. 2000.

4. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Qishloq xo'jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tizimini takomillashtirish to'g'risida" 2014-yil 18-avgust 235-son qarori

5. https://uz.wikipedia.org/wiki/Sabzavot_ekinlari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.