Научная статья на тему 'SUFFIKSLARNING STRUKTUR-SEMANTIK TASNIFI'

SUFFIKSLARNING STRUKTUR-SEMANTIK TASNIFI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ingliz tili / gistologik terminologiya / suffiks / yunon / lotin / struktur-semantik tasnif.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Daulanova Xolida Iskandarovna

Ingliz gistologik terminologiyasida sо‘z yasalishining eng samarali usullaridan biri suffiksatsiya usulidir. Mazkur maqolada suffikslar struktur jihatdan guruhlarga ajratiladi va tahlillar asosida ularning semantik imkoniyatlari ochib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SUFFIKSLARNING STRUKTUR-SEMANTIK TASNIFI»

SUFFIKSLARNING STRUKTUR-SEMANTIK TASNIFI

Daulanova Xolida Iskandarovna

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11213854

Annotatsiya Ingliz gistologik terminologiyasida so'z yasalishining eng samarali usullaridan biri suffiksatsiya usulidir. Mazkur maqolada suffikslar struktur jihatdan guruhlarga ajratiladi va tahlillar asosida ularning semantik imkoniyatlari ochib beriladi.

Kalit so'zlar: ingliz tili, gistologik terminologiya, suffiks, yunon, lotin, struktur-semantik

tasnif.

Аннотация. Один из наиболее эффективных методов словообразования в английской гистологической терминологии -это суффиксация. В данной статье суффиксы классифицируются по структурным аспектам и через анализы исследуются их семантические возможности.

Ключевые слова: английский язык, гистологическая терминология, суффикс, греческий, латинский, структурно-семантическая классификация.

Abstract. One of the most effective methods of word formation in English histological terminology is suffixation. This article categorizes suffixes based on their structural aspects and explores their semantic possibilities through analysis.

Key words: English language, histological terminology, suffix, Greek, Latin, structural-semantic classification.

KIRISH

Tibbiy terminologiyada suffiksal yoki negiz tipidagi yunon-lotin morfemalari so'z oxiridagi termin-elementlar sifatida ko'rsatilishi mumkin. Ingliz gistologik terminologiyasida suffiksal morfemalar farqlanadi. Masalan, -al, -ar, -ate, -cul, -cle, -ell-, -ent, -ill, -io, -ity, -ol-, -ous, -ul-, -ura, -tion (lotin) va -i, -id, -ic, -ism, -ismus, -itis, -oma, -osis (yunon) kabilar so'z oxiridagi morfemalardir. G.Marchand bunday morfemalarni "terminal elementlar" deb atagan va ularning suffikslarga aylanishi borasida fikr bildirgan [3].

Ma'lumki, suffikslar tasniflash funksiyasiga ega. Suffiks so'zni shakllantiradi, grammatik ma'no beradi va so'zni muayyan so'z turkumiga kiritadi. Lekin ingliz tilida omonim-suffikslar ko'p bo'lgani bois har doim ham suffikslar so'z turkumini ko'rsatuvchi bo'lavermaydi. Shu bilan bir qatorda suffiks so'zni semantik jihatdan tasniflaydi va ma'lum bir leksik-semantik guruhga kiritadi.

ASOSIY QISM. Lotin tilidagi ot yasovchi suffikslar orasida semantik jihatdan bir guruhni tashkil etuvchi -ul, -ol, -cul, -ell, -ill suffikslarni alohida qayd etish lozim. Gistologik terminologiyada ular yordamida yasalgan atamalar faol qo'llanadi. Mazkur suffikslar uchun umumiy birlashtiruvchi ma'no "kichraytirish" ma'nosidir. Ular lotin va yunon tillaridagi ot asoslariga qo'shilib, kichraytirish ma'nosi bilan otlar hosil qiladi va o'zi hosil bo'lgan otning ma'nosini saqlab qoladi: nodus - nodule, blastos - blastule, nuclea - nucleolus, cavea - caveola, ossium - ossiculum, ossicula, retium - reticulum, organ - organelles va boshqalar.

-ity lotin suffiksi kelib chiqishi deadyektiv suffiks hisoblanadi. P.M.Karashukning fikriga ko'ra, -ity suffiksiga tugagan ko'p otlar to'g'ridan-to'g'ri lotin tilidan yoki fransuz tili orqali o'zlashtirilgan, ba'zilari ingliz tilida ona tilidan ko'proq bo'lgan lotin yoki fransuz sifatlarining asoslaridan yasalgan [1]. -ity suffiksi o'zlashtirilgan sifatlarning negizlariga qo'shilib, "holat,

xususiyat" ma'nolarini anglatadi. Gistologik terminologiyada faqatginapolar sifati asosida hosil qilingan birginapolarity ot yasalmasi kuzatildi.

-tion (-ation) suffiksi lotin va fransuz abstrakt otlardan o'zlashgan. Ingliz tilida deverbal -ion suffiksi uchta ot guruhini tashkil qiladi: 1) lotin adabiy tilidan o'zlashgan va terminlashgan yasama otlar bo'lib, keyinroq lotin ilmiy tilidan ingliz tiliga o'zlashgan: infection, injection, operation; 2) lotin tili terminologiyasida o'xshash model asosida yasalgan va undan ingliz tiliga o'zlashgan termin-neologizmlar: adaptation, transplantation; 3) otga asoslangan -ation suffiksining kengaygan varianti bilan birikkan termin-neologizmlar. Bu model terminologik tizimida kengaygan termin yasash qatorlarida kuzatiladi. Asos sifatida, ko'pincha, otning asosi namoyon bo'ladi: vaccina - vaccination, granula - granulation, ferment - fermentation, pigment -pigmentation. Ba'zi hollarda undovchi asos kelib chiqishi yunon tili bo'lishi mumkin: hydratation, oxidation, toxification.

-ure suffiksi orqali "harakat natijasi" ma'nosidagi so'zlar hosil qilinadi: incisum - incisure, flexum - flexure.

-ent suffiksi ingliz gistologik terminologiyasida sifatdan ot yasovchi sifatida kuzatiladi: bivalve - bivalent.

Yunon suffikslari ingliz tiliga lotin tilidan o'zlashgan so'zlar orqali, ya'ni lotinlashgan shaklda kirib kelgan. —i (-ia, -ium) lotinlashgan yunon formanti kelib chiqishi yunon va lotin tilidagi otlarning asoslari bilan birikadi, terminologik strukturada faol ishtirok etadi hamda yuqori mahsuldorlikka ega. -ia formanti birikkan ko'p asoslar terminologiyada faqat bog'langan holda uchraydi: dysglucemia, eupepsia, axopodia, colloidoclasia. Lekin ayrim asoslar erkin faoliyat ko'rsatuvchi ot terminlardan ajralib turadi: plasm - hypoplasia.

-ia formanti harakat, jarayon, holatning nafaqat umumiy ma'nosini, balki kasallik holatining ixtisoslashgan ma'nosini, patologik jarayonni ham belgilaydi (pneumonia, hyperplasia). -ium formanti gistologik terminologiyada mikroorganizmlar turkumini belgilash yoki to'planishiga nisbatan qo'llaniladi (plasmodium, syncytium).

-oma suffiksi to'qimalardan hosil bo'lgan "o'sma" yoki "shish" ma'nolarini anglatadi. Masalan: osteoma - suyak to'qimalaridan hosil bo'lgan o'sma; myoma - mushak to'qimalardan hosil bo'lgan o'sma. Shuningdek, fibroma, neuroma yasalmalari ham ushbu qatorga kiradi.

-itis formanti terminologiyada tor ixtisosli ma'noga ega bo'lib, yallig'lanish kasalliklarini nomlashda ishtirok etadi. Yallig'lanish ta'siri ostida turli organlar, to'qimalar, qobiqlar va boshqalarni bildiruvchi otlarning asoslariga birikadi: hepatitis, dermatitis, colitis, encephalitis. -itis formanti nafaqat yunon tili asosi bilan, balki ot va sifatlarning lotincha asoslari bilan ham birikishi mumkin: cellulitis, meningitis.

-osis (-asis, -esis) formanti kelib chiqishi jihatidan -sis yunon deverbal formantning varianti hisoblanadi. Mazkur suffiks ishtirokidagi terminlarining ayrimlari qadimgi yunon terminologiyasida Gippokrat, Erazistrat tomonidan yaratilganligi aytilgan [5]. Ingliz tiliga bunday terminlar lotin tili orqali kirib kelgan: genesis, kinesis, morphosis. Terminlarning ko'pi hozirda asosan, jarayonni anglatadi: fibrosis, phagocytosis, amebiasis, pinocytosis. Shuningdek, patologik holat, yallig'lanish xarakterdagi kasalliklar ma'nosidagi otlardan hosil bo'lgan terminlar yaratilgan: exocytosis, endocytosis, pinocytosis, potocytosis, macropinocytosis, transcytosis va boshqalar.

-ism suffiksi gistologik terminologiyada mahsuldor bo'lib, u bir xil turdagi yasama termin-neologizmlar qatorini yasaydi. -ism ingliz tiliga -isme roman tillaridan o'zlashgan so'zlar bilan kirib kelgan va mavhum otlarning so'z yasovchi suffiksi sifatida keng tarqaldi. Bu suffiks o'zining

struktur xususiyatlari bilangina emas, balki semantikasi, terminologiyada ega bo'lgan ma'noning kengligi bilan ham ajralib turadi. Masalan, gistologik terminologiyada "jarayon" ma'nosini anglatadigan catabolism, metabolism kabi terminlar kuzatiladi. Shuningdek, mazkur suffiks ham lotin, ham yunon tilidagi ot va sifatlarning asoslariga birika oladi: vital - vitalism, polymorphous - polymorphism.

Sifat yasovchi suffikslar. Ingliz gistologik terminologiyasida -ic, -id kabi yunon hamda -al, -ar, -ate, -ous kabi lotin suffikslari faol sifat yasovchi suffikslar hisoblanadi.

Odatda, lotin suffikslari lotin otlarining asoslari bilan, yunon suffikslari esa yunon otlarining asoslari bilan birikadi. Terminlar tizimida lotin va yunon komponentlarining bir yasama so'zda qorishishi termin-neologizmlarning sun'iy tabiatini ko'rsatadi. Barcha eng mahsuldor lotin sifat suffikslari gibrid shakllarni yaratishda ishtirok etadi: axonemal, allosomal, antigenous.

-ic so'z yasovchi suffiksi asosga nisbatan "tegishlilik, xoslik" ma'nolarini anglatadi. Mazkur yunon sifat suffiksi yunon asoslari bilan hosil qilgan so'zlar ingliz gistologik terminologiyasida ko'p sonni tashkil qiladi: cytoplasmic, nucleocytoplasmic, somatic, prismatic, exoplasmic, protoplasmic, cytosolic, endoplasmic, sarcoplasmic, mitotic, va boshqalar.

-id suffiksi otning asosiga bog'lovchi unli yoki bog'lovchisiz birikadi. Ushbu formant "yasama asos deb ataladigan moddaga o'xshash" ma'nosini belgilaydi: cuboid, spheroid, amoeboid, ovoid, crystalloid, adenoid kabi.

-al, -ar suffikslari o'zlari xosil bo'lgan asosga "tegishlilik" yoki "mansublik" ma'nolari bilan umumiy so'z yasovchi suffikslardir. Mazkur suffikslar yordamida hosil qilingan yasalmalar gistologik terminologiyada faol qo'llanuvchanligi bilan ajralib turadi: histological, internal, mitochondrial, axonemal, centrosomal, lysosomal, yoki cellular, microtubular, intercellular, vesicular, anular, nuclear, perinuclear, fibrillar, extracellular.

-ous suffiksi ingliz tiliga -ous (-us)ga tugagan lotin so'zlari va -ous ga tugagan qadimgi fransuz so'zlari orqali kirib kelgan. Lotin va qadimgi fransuz tilidagi kabi -ous suffiksi ingliz tilida ot asoslaridan sifatlar hosil qiladi va "xususiyat", "belgi" ma'nolariga ega. Masalan, squamous, microvillous, polymorphous, fibrous, amorphous, intermembranous, homologous, cartilaginous, osseous kabi hosilalarni keltirish mumkin.

Termin tizimidagi sifat suffikslarining ma'nolari ko'proq umumiylik tomon o'zgarib boradi - aksariyat suffikslar "munosabat" umumiy ma'nosiga ega, lekin bu umumiy ma'no doirasida ular "mansublik", "tegishlilik", "o'xshashlik" va hokazo ma'nolarni ham anglatishi mumkin. Masalan: antigenous - antigenga mansub.

Xulosa. Ingliz gistologik terminologiyasidagi suffikslarning struktur-semantik tasnifi ot yasovchi va sifat yasovchi suffikslarga bo'linadi. Ot yasovchi suffikslarning semantik imkoniyatlari keng bo'lib, ular kelib chiqishi jihatidan lotin hamda yunon guruhlariga ajraladi. Tahlillar natijasi sifat suffikslarining aksariyati "munosabat" umumiy ma'nosiga egaligini, shuningdek, "mansublik", "tegishlilik", "o'xshashlik" kabi ma'nolarni anglatishini ko'rsatadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Каращук П.М. ^oBoo6pa3oBaH^ английскoгo языка. - MocKBa, 1977. - 303 с.

2. Кириллoва Т.С. Пути фoрмирoвания и лексикoлoгические ocoôeHHocrn английскoй терминoлoгии пoдъязыка медицины (дерматoлoгия-венерoлoгия): Автореф. дисс. ... канд. филoл. наук. - Пятигорск, 1990. - 16 с.

3. Marchand H. The categories and types of present-day English word-formation. - Wiesbaden, 1960. - 404 р.

4. Зятковская Р.Г. Суффиксальная система современного английского языка. - Москва, 1971. - 187 с.

5. Чернявский М.Н. Краткий очерк истории и проблемы упорядочения медицинской терминологии. Энциклопедический словарь медицинских терминов. - Москва, 1984. -Т.З. - С.411-425.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.